Telegram Web Link
Universitet xonalarida ustozlar uchun ajratilgan burchak. Shu yerdan turib prezentatsiyalarni boshqarib, nutq qilishadi. Xonada hech kim yo’qligida bu joydan turib auditoriyaga murojaat qilish qanaqa bo’lishini his qilib ko’rmoqchi bo’lgandim.

Leksiyalarda o’tirib ustozlarni tinglaganingizda hammasi oson ko’rinadi. Go’yoki bir mutaxassis shunchaki o’zi o’qigan va bilgan narsasini chiqib gapirib berayotgandek tuyuladi. 

Aslida esa bunday emas. Xonada hali hech kim yo’qligida shunchalik salobati bosayapti. Xuddi xona to’la odam sizga qarab turganday.
👍4🔥4
Which one? Photograph, photo or picture?
👍4
Dear Teachers!!!
As part of my dissertation project at the University of Exeter, I am inviting English language teachers working in state specialized schools in Uzbekistan to take part in my research project. I’ve already received kind support and agreement from several teachers across the country. I’m truly grateful for their brave and generous decision. 🙏 To complete my data collection, I just need a few more participants.

My research explores teachers’ perceptions of extensive reading (also known as independent reading) — how they view it, experience it, and what role it plays in their teaching.

What does participation involve?

If you decide to take part, you’ll be invited to a one-to-one interview with me, which will be conducted online in Uzbek language. The interview will be scheduled at a time that works best for you. Please know that you do not need to be a “reading expert” to take part. This study is not about testing knowledge. Rather, I’m eager to hear your thoughts, perspectives, and experiences. That’s what matters most.

Why is your input important?
The insights you share might help highlight challenges in teaching reading, for example, a lack of interesting reading materials in school libraries or student motivation. Your contribution could help inform the design of future training programs and improvements in classroom practices.

A few important notes:
• Participation is entirely voluntary
• Your identity will remain anonymous and protected

What’s in it for you?
I wish I could offer concrete benefits such as some financial bonuses😁, but I am not in that position now. The purpose of the project is to shed some lights on the challenges that teachers face as well as the opportunities they have, identify the areas for the improvement and establish the basis for the future teacher trainings to enhance pedagogical practices in reading. So, by being a part of the project, you can make your valuable contribution to the knowledge in English teaching education in Uzbekistan. Also, if you’re interested, I’d be happy to collaborate with you on future projects I plan to launch when I return to Uzbekistan.

I completely understand that this is your well-deserved summer break, and you may have other family or personal plans. But if you are an English teacher at a state specialized school and feel you’d like to make a contribution, I’d love to hear from you and collaborate.

📩 For more information, feel free to contact me at: @KhayitovTeacher
4🔥3👍1
Oqsoqol endi Oxfordda!

Oxford lug’atiga standart ingliz tilidagi so'zlardan tashqari turli hududlarda ommalashgan so'zlar ham kiritib boriladi.  Ingliz tilini global til sifatida o’rni kengayib, dunyoni turli hududlarga kirib borgani sari, har hil madaniyatlar ta’siri ostida tilda ham o’zgarishlar bo’ladi va turli kontekstlarda turlicha ishlatiladi.

Mana shunday turli madaniyatlar ta’sirida paydo bo’ladigan inglizcha so’zlar World Englishes turkumiga kiradi. World Englishes - bu standart ingliz tilidagi so’zlardan tashqari, turli kontekstlarda ingliz tilida ishlatiladigan va o’sha kontekstga xos bo’lgan so’zlarni ifodalash uchun ishlatiladigan termin.

O’zbek tilida biz oqsoqol deb o’rgangan so’z ham World Englishes sifatida Aksakal deb Oxford lug’atiga kiritilgan ekan.

Yaxshiyam "rais buva" kiritilmabdi.
😁51
#BooksToRead

Title:
The Boy at the Back of the Class

The book is about the life of a refugee boy from Syria, Ahmet who becomes a target for some bully kids.
The reviews about the book are really good. It seems like along with kids, it is a must-read book for primary teachers as well. 

Blurb: "There used to be an empty chair at the back of my class, but now a new boy called Ahmet is sitting in it. He's a refugee who's run away from a War. A real one. With bombs and fires and bullies that hurt people. And the more I find out about him, the more I want to help ..."
👍5
Maktab va maktabgacha ta'lim vazirining yangi lavozimga ko'tarilishida, uning ta'lim vaziri sifatidagi faoliyati nahotki shunchaki trampolin vazifasini o'tab bergan bo'lsa?!
🤔83
#BooksToRead

This looks like a good book for the parents concerned with their kids’ social media engagement and screen timing. The book presents the findings of the studies that focus on technology and its impact on children using a clear and easy language.

In case you want to know more about the book, I'm sharing the Amazon link below.

You can read some parts of the book for free.

https://www.amazon.co.uk/Media-Moms-Digital-Dads-Yalda/dp/1629560847
1🔥1
Hayotimizdagi ne'matlarga shukr qilib yashashni o'rgatadigan fan ekan)
😁7
O‘zbekistonda IELTS bo’yicha dars bergan vaqtlarimda o‘quvchilar ko‘pincha shu savollarni so'rashardi:


“Ingliz tilini qaysi aksentda gapirgan yaxshi? Qaysi aksentda gapirsam yuqoriroq ball olaman?”


Bu savol bilan ko‘pchilik o‘quvchilar ustozlariga murojaat qilgan bo‘lsa kerak.
Aslida hech kim biror bir aksentda gapirishga majbur emas. Kim xohlasa Amerika aksentida, kim xohlasa Britaniya, Hindiston yoki hatto o‘zbekcha aksentda gapiraverishi mumkin. Bu holat na IELTS imtihoni balliga, yoki Britaniyaga o‘qishga kelganingizda ta'lim olish yoki odamlar bilan muloqot qilish imkoniyatingizga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Odamlar sizning aksentingizga emas, balki aytayotgan fikringizning mazmuniga e’tibor berishadi.

Britaniyada esa aksent borasida tez-tez muhokama qilinadigan yagona mavzu bu britaniyaliklarning o’zini aksentidir. Britaniyada britancha aksentda gapira olmasligingiz muammo emas. Biroq, bu aksentni tushunmasligingiz muammo bo‘lishi mumkin.
Ishoning, hatto BBC kontentini 100% tushuna oladigan odam ham ko‘chada ikki inglizning suhbatini tushunishga qiynalishi mumkin.
Shu sababli ingliz tili o‘qituvchilari faqat darsliklardagi pedagogik materiallar bilan cheklanib qolmasdan sof britancha aksentda gapirilgan, ya’ni oddiyroq qilib aytganda "ko‘cha tili"dagi muloqotlardan ham oz-ozdan foydalanib o‘quvchilarga real britancha aksentni tushunishga yordam berib borishlari kerak deb o’ylayman.
👍11🔥2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Exeter universiteti O'zbekistonni universitetlaridan orqada ekan hali
👍5🔥3
O'zbek tilidagi video va audiolarni tekstga aylantirib beradigan yaxshi dastur kerak. Kimdir bilsa chatga yoki o'zimga @KhayitovTeacher yozvoringlar, please.
Britaniyada magistratura paytida tadqiqotingiz bo‘yicha yo‘nalish berib borish uchun sizga bitta supervisor (nazoratchi) tayinlanadi. Sizga biriktirilgan supervisor har doim ham siz tanlagan tadqiqot yo‘nalishida mutaxassis bo‘lmaydi.Britaniya tizimida “magistraturada talabalar mustaqil bo‘lishlari kerak. Tadqiqotni asosan mustaqil olib borishlari kerak, supervisorlar faqat yo‘nalish berib turadi” degan tushunchani talabalarga singdirishadi. Supervisorni soddaroq qilib aytganda, siz “o‘likmisiz yo tirikmi?” ishi yo‘q. Ishingizni bersangiz qarab berishadi, bo‘lmasa orqangizdan hech kim yugurmaydi. Bu bir tomondan to‘g‘ri, tadqiqotchilar mustaqil ishlashga o‘rganishlari kerak.

Agarda supervisor siz tanlagan tadqiqot mavzusida o‘zi mutaxassis bo‘lsa, uning tadqiqot yo‘nalishlari sizniki bilan to‘g‘ri kelsa, ya’ni ikki tomondan ham qiziqish tabiiy bo‘lsa, tadqiqot jarayoni boshqacha kechishi mumkin. Shuning uchun magistraturaga kirayotganda (ayniqsa xorijiy universitetlarga) oldindan o‘rganib ko‘rsangiz, sizga foydali bo‘ladigan ba’zi tavsiyalarni bermoqchiman:

1️⃣ Magistratura yo‘nalishlari bilan tanishing. O‘zingiz qiziqadigan yo‘nalishni tanlang.
Faqat hozirgi davr uchun ommabop bo‘lib turgan yoki ko‘proq daromad keltirayotgan yo‘nalishlarga kirishga qiziqmang!
2️⃣ Shu sohadagi ustozlar va professorlar profili bilan tanishing.
Universitetlar saytlarida ular haqidagi ma’lumotlarni topasiz. Ularning o'zlari o‘tkazgan tadqiqotlari va yozgan maqolalariga qarang. Ularga email yozib, o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.

3️⃣ Oldingi talabalar bilan bog‘laning.
Topshirayotgan universitetingizda sizdan oldin o‘qigan talabalarni topishingiz mumkin. Xorijiy universitetlar saytida yangi talabalarni oldingi talabalar bilan gaplashish imkonini beradigan maxsus chat platformalar bor. Shu orqali oldingi talabalar bilan bog‘lanib, kurs qanchalik foydali bo‘lgani, supervisorlar qanchalik yo‘nalish berib turgani va boshqa masalalarda ularning taassurot va tajribalarini o‘rganing.

Shu orqali dastlabki taassurotlarni shakllantirasiz va shunga qarab kerakli qarorlarni qabul qilasiz.
👍3🔥3
Britaniyada menga juda ma’qul bo’lgan bir narsa bu o’qishda bo’lsin yoki ishingizda, sizning o’z ishingizdan qanchalik mamnunligingiz, yaratib berilayotgan sharoitlar qanchalik sizni qoniqtirayotgani borasida fikringiz bilan hisoblashishadi.

Hozirda o’qish bilan birga part-time ish ham boshladim. Ishim o’qiyotgan sohamga yaqin desa ham bo’ladi. Bu yerda ham kitoblar bilan ishlaymiz, faqat ularni o’qishga vaqt yo’q. Har hil nashriyotlardan keladigan kitoblarni ro’yxatdan o’tkazib, kerakli manzillarga, haridorlarga jo’natamiz. Ish yuzasidan vazifalar o’zgarib turadi. Ba’zan kompyuterda registratsiya bilan shug’ullansak, ba’zida packing, yoki haridorlarning talabiga ko’ra kitoblarni laminat qilamiz va hokazo. Qanday ish qilishingizdan qat’iy nazar, rahbar yoki ish o’rgatuvchilar e’tiborga oladigan jihat avvalambor shu ish o’zingizga qanchalik yoqayotgani?

Ishni boshlaganingizdan keyin dastlab ular beradigan savollar “Are you OK?”, “Are you happy?” yoki “Are you enjoying?” bo’ladi. Bu savollar orqali avvalambor xodim o’zini shu ishda, shu vazifada qanchalik qulay his qilayapti, shu ish qanchalik uning o’ziga yoqayapti - shu tomonlarini o’rganishadi. Vazifani tushuntirishganidan keyin, sizga shu ish ma’qul bo’lgani va davom ettirishingizni tasdiqlaganingizdan keyin “Enjoy” deb qo’yishadi. Ichingizdan “E qanaqa enjoy?! Bu ish-ku, plyajda oftobda toblanib mohito ichib yotganim yo’qku” degan fikr o’tadi 😁

Keyin ishingizning samaradorligi va natijasi so’raladi.Bu juda ham yaxshi tajriba chunki insonning kechinmalari, o’zini qanday his qilayotgani ishiga ta’sir qiladi. Inson o’zini biror joyda yoki ishda qulay his eta olsagina, ishiga mehr berib ishlaydi va ishida samara bo’ladi.
👍10🔥3💯1
Even rubbish dumping can be an educational experience
7
What is the next destination?
12👍1
Bir yil muddat ham ko’z ochib yumguncha o’tib, Angliyadagi magistratura bo’yicha o’qishim ham o’z nihoyasiga yetib bormoqda. Shu vaqt ichida olgan tajribamni endi kelajakda Angliyaga o’qishga keladigan talabalar bilan bo’lishmoqchiman. Men keyingi postda aytib o’tadigan maslahatlar o’zimni tajribam va kuzatganlarim asosida shakllantirildi. Tavsiyalarning ba’zilari universitet va shaharlarga qarab biroz o’zgarishi mumkin, lekin katta qismi Angliyaning qaysi shahriga borsangiz ham foydali bo’ladi deb o’ylayman.
Postni o’qish 👇
👍7🔥72
Angliyaga o‘qishga keladigan talabalar uchun tavsiyalar

1.Universitet yotoqxonasidan oldindan joy band qiling.
Shaxsiy uy yoki kvartirada yashash uchun kamida bir oylik uy to‘lovi va garov (deposit)ni oldindan to‘lashingiz kerak bo‘ladi. Universitet yotoqxonasida esa joylashgandan keyin 1–2 oydan keyin ham to‘lovni amalga oshirish mumkin. Bundan tashqari, yotoqxona hayoti (residence life) ijtimoiy hayot uchun ancha qiziqarli: faqat yotoqxona talabalari uchun arzon sayohat turlari tashkil etiladi. Masalan, cho‘ntagingizdan 50–60 funt sarflab boriladigan joylarga yotoqxona orqali 15–20 funt evaziga borib kelishingiz mumkin. Shaxsiy kvartirada yashaydigan talabalar esa bu imkoniyatdan foydalana olmaydi.


2. Xarajatlarni tejash uchun second hand do‘konlaridan foydalaning.
O‘zbekistondan barcha kerakli narsalarni olib kelishning imkoni yo‘q. Angliyadagi second hand do‘konlaridan kiyim-kechak, oshxona buyumlari, texnik jihozlar (fen, tefal, ventilyator va h.k.), o‘quv qurollari va boshqa ko‘plab narsalarni arzon narxlarda topishingiz mumkin. “Ishlatilgan” degani yaroqsiz degani emas. O‘qishini tugatib ketayotgan talabalar ko‘pincha yaxshi holatdagi buyumlarini arzonga sotib yuborishadi yoki tashlab ketishadi. Bu orqali ancha mablag‘ tejashingiz mumkin.


3. Ko'proq insonlar bilan tezroq tanishing.

Kelgan kuningizdan boshlab kursdoshlaringiz, yotoqxonadagi yoki kvartiradagi talabalar bilan do‘stona munosabat o‘rnatishga harakat qiling. Barcha xalqaro talabalar bir xil savollar bilan keladi: “Qaysi joyga kelayapman?”, “O‘qishim qanday bo‘ladi?”, “Kimlar bilan yashayman va do‘stlashaman?”, “Kerakli narsalarni qayerdan topaman?” Ko‘proq suhbatlashish orqali siz yolg‘iz emasligingizni, bu jarayon hammada sodir bo‘layotganini his qilasiz. Bu sizga ruhiy dalda bo‘ladi. Shuningdek, shunday tanishuvlar orqali foydali ma’lumotlar ham olasiz.

4.Sayohat qilishni ertaroq boshlang.
Men Angliyaga kelganimda “oldinda bir yil bor, vaqt topib ko‘p joylarga boraman” deb o‘ylagandim. Bu fikr ham to‘g‘ri, lekin sayohat qilishni ertaroq boshlash ma’qul. Angliyada borib ko‘rishga arziydigan joylar juda ko‘p. Faqat ta’tilni kutmasdan, o‘qish paytida ham dam olish kunlarini rejalashtirib sayohat qilishingiz mumkin. Bugun 50–60 funt evaziga aylanib kelishingiz mumkin bo‘lgan joylarga keyinchalik minglab funt sarflab ham bora olmasligingiz ehtimoli bor. O‘z davlatingizga qaytgach, bu imkoniyatni topish qiyin bo‘lishi mumkin.


5. O‘qish va xordiq orasida balans saqlang.
Bir narsani unutmaslik kerak: ayniqsa, magistratura darajasida tavsiya etilgan barcha kitoblar, jurnallar, videodarslar va materiallarni bir yilda to‘liq o‘qib chiqishning imkoni yo‘q. 365 kun, 24 soatdan dars qilsangiz ham buni tugata olmaysiz. Shuning uchun o‘qish va dam olish o‘rtasida balansni topish muhim. Ko‘plab materiallarni o‘qish tugagandan keyin ham internet orqali topish va ulardan foydalanish mumkin.

Xulosa
Angliyaga magistraturaga kelgan talaba uchun bu bir yil nafaqat o‘qish, balki hayotiy tajribalarni to‘plash davri hamdir. Shu vaqt ichida ko‘proq sayohat qilish, turli millat vakillari bilan tanishib, do‘stlar orttirish, o‘qish va xordiqni uyg‘unlashtirish talabaning vaqtini yanada mazmunli qiladi.

To’gri reja va qarorlar qilishingiz bu bir yil hayotingizdagi unutilmas yil bo’lishi uchun xizmat qiladi!

Yana qandaydir foydali tavsiyalar qolib ketgan bo’lsa, kommentlarda qoldirsangiz, kelajakda Angliyaga o’qishga keladigan talabalar uchun foydali bo’ladi.
👍10🔥53🤩2🏆1
2025/09/13 10:37:41
Back to Top
HTML Embed Code: