Telegram Web Link
Yevropaga, ayniqsa Angliyaga o’xshagan ko’p millatli davlatga kelib o’qish va yashash insonga ko’p tomondan ta’sir qiladi. Buning o’ziga yarasha ijobiy va ijobiy bo’lmagan tomonlari bor.

Masalan, yaqinda Shotlandiyaga IATEFL konferensiyasida qatnashdim. U yerda imkon qadar sohamizdagi mutaxassislar bilan tanishishga va fikr almashishga harakat qildim. Ancha yaxshi tanishuvlar va suhbatlar bo’ldi. Ammo ba’zi jihatlarda Angliyadagi yashash mobaynidagi tajribalarim va qilgan xulosalarim bu tanishuvlarga biroz salbiy ta’sir o’tkazdi.

O’zbekistonda bo’lgan paytlarimda nativelar (til egalari) yoki boshqa davlatdan kelgan mutaxassislar bilan mabodo gaplashish yoki fikr almashish imkoniyati paydo bo’lsa, xursand bo’lib, bunaqa imkoniyatlardan foydalanishga imkon qadar harakat qilardim. O’sha paytlarda qanaqadur naivety (soddalik) bo’lganmi — bu tajriba ko’proq ijobiy bo’lgan.
Angliyada esa bunaqa uchrashuvlarda turli o’ylar hayolimga kelib boshlaydi.
Siz bilan gaplashib turgan odam aslida racist (irqchi) emasmi? Siz bilan samimiy gaplashayaptimi? Yoki shunchaki vaziyat yuzasidan yolg’on, soxta kulib muomala qilayaptimi? O’zi bir normal insonmi …?

Xullas, mana shunga o’xshash va boshqa miyangizdan o’tadigan xayollar ba’zida tanishuvlar va muloqotingizga ijobiy ta’sir o’tkazmasligi mumkin.

Lekin bu xarakter yaxshi emas. O’zbeklar va qoraqalpoqlar hamkorlikda ishlagan “Tank” degan bir film bor. O’sha filmda bir qariya chol bor. Chol juda sodda va tanti inson. Film davomida uning bu jihatlari unga maqsadiga erishish uchun qo’l keladi.
Shu qariyadagi xarakter menga yangi tanishuvlar muvaffaqiyatli bo’lishi uchun universaldek tuyuladi.

Ba’zida shu qariya chol “rejimi”ni yoqib olish kerak deb o'ylayman.
6👍6🤔1
#Vocabulary_Game

I have always been a keen user of the board games with dices in my classes because such activities are unpredictable, exciting and fun.

Here is the game English teachers can use in their classes to facilitate their students to recycle vocabulary.

Teachers can adapt the activity to tailor it to their students' level.

I hope your students will enjoy the activity and have fun 😊
3🏆2🔥1
#Kitob_tavsiya
Angliyaga kelib o’qishni boshlaganimda, ishonchim yanada komil bo’lgan narsalardan bittasi bu biz kitoblarda o’rganadigan (ko’pincha rasmiy) ingliz tili bilan xaqiqiy muomalada ishlatiladigan so’zlar va frazalardagi farqlar borligi.

Ba’zida qanchalik uzoq yillar ingliz tilini o’qigan bo’lmaylik, kundalik hayotda inglizlar ishlatadigan ayrim so’z va frazalar biz uchun yangilik bo’lishi mumkin sababi ularga oldin duch kelmagan bo’lishimiz mumkin.

Ana shunday bo’shliqni to’ldirish uchun “English for Everyone” kitobini tavsiya qilaman. Aynan bugungi kunda kerakli, xozirgi zamonda va real kontekstda ishlatiladigan 100 ga yaqin mavzuga oid funksional so’zlar va frazalar jamlangan.  

O’zimizda “Oxford” va “Macmillan” kitob do’konlaridan balki topilishi mumkin.
72👍2🔥2
Hayitov ELT
Photo
Kitobni yaxshi tayyorlashgan. Faqat mualliflar yana bitta narsa qo'shishlari mumkin edi. Ingliz tili ustozlari PPP (presentation, practice, production) metodikasini yaxshi bilishadi. Kitob faqat PP (Presentation va Practice) bilan cheklangan. Kichkina qism bo'lsa ham Production uchun ajratilsa yanada zo'r bo'lardi. Bu qismda o'quvchilar o'rganilgan so'zlar va frazalarga mustaqil gap tuzishlari uchun promptlar berilishi mumkin edi.
42
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu kutubxona St Luke’s kampusida joylashgan. Asosan magistratura talabalari foydalanadi.

Ichkarisini ham ko‘rsatardim, lekin ilojim yo‘q. Video yoki rasmga olish taqiqlanmagan bo'lsada ba'zi xodimlar va talabalar kadrga tushib qolishni istamasligi mumkin.
👍6🥰2
This part of the article is driving me crazy "Relations of meaning implicated in the process of distantiation and re-instantiation include de-classification, decomposition, role/incumbent identification, de-specification, metaphor/congruence, and defusion/infusion. The process of re-instantiation therefore requires a sophisticated level of control of commitment of multiple systems of meaning making." jinni bo'b qolation😁
😱41😁1🤔1
Eddie (it) janoblari bilan eksklyuziv uchrashuv tashkil qilishibdi. Rahmatli Hojiboy Tojiboyev esimga tushib ketdi.
👍3😁3🤣1
Angliyada maktablarida dars berish ham oson emas. Yaqinda 6000 nafar ustozlar orasida o’tkazilgan so’rovnomaga ko’ra:

40% ustozlar o’quvchilardan jismoniy zo‘ravonlik yoki tajovuzga uchrashgan

20% ustozlar o'quvchilardan kaltak yeyishgani haqida xabar berishgan

85% og‘zaki haqoratga duch kelgan.

38% turtib ketilgani yoki kuch bilan yo‘ldan surilgan

96% gap qaytarish va qo‘pol muomala haqida xabar bergan.

Qolgan statistikani rasmlarda ko’rishingiz mumkin.

Nima deb o’ylaysiz, bu borada bizda vaziyat qanday?
🤯4👎2
📢 A great opportunity for English language teachers!

Are you an English Language Teacher at a secondary school?

In collaboration with the Ministry of Preschool and School Education of the Republic of Uzbekistan and the Norwich Institute for Language Education (UK), the British Council has been running the ‘Continuing professional development (CPD) of teachers at schools in Uzbekistan’ project in more than 100 schools and is now pleased to announce the next open call for new schools and school-based CPD Champions.

If you:
currently teach English at a secondary school
are eager to implement a new model of continuing professional development at your school – then this opportunity is for you! Join us in empowering teachers and shaping a better learning environment at your schools!

📌 Schools and English language teachers interested in participating in this project are invited to apply by 31 May 2025, 23.00 (Uzbek time)
ℹ️ Find out more about the project: https://ow.ly/Qi6G50VPU07
📄 Submit your application: https://ow.ly/EcOm50VPU0c

Only shortlisted candidates will be invited for an interview.

Don’t miss your chance to become a leader of change at your school!
________________________________________

📢 Ingliz tili o’qituvchilari uchun ajoyib imkoniyat!

Britaniya Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Buyuk Britaniyadagi Norwich Til Ta’limi Instituti bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi maktablarda ingliz tili o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy rivojlanishini yangi modelini tadbiq etishga qaratilgan loyihani 100 dan ortiq maktablarda amalga oshirib kelmoqda. Endilikda ushbu loyiha doirasida yangi maktablar va maktabdagi kasbiy rivojlanish yetakchilarini (School-based CPD Champions) navbatdagi ochiq tanlovnini e’lon qilinadi.

Agar siz:
ayni paytda umumta’lim maktabida ingliz tilidan dars berayotgan bo‘lsangiz
maktabingizda uzluksiz kasbiy rivojlanishning yangi modelini joriy etishni istasangiz – unda bu imkoniyat aynan siz uchun! O‘qituvchilarni ruhlantirish va maktabingizda yanada samarali o‘quv muhitini yaratishda bizga qo‘shiling!

📌 Loyihada ishtirok etish istagidagi maktablar va ingliz tili o‘qituvchilari 2025-yil 31-may, soat 23.00 (Toshkent vaqti) gacha ariza topshirishlari mumkin.
ℹ️ Batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali olishingiz mumkin: https://ow.ly/Jqf850VPU0a
📄Ariza topshirish havolasi shu yerda: https://ow.ly/EcOm50VPU0c

Tanlovning saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar suhbatga taklif etiladi.

Maktabingizda o‘zgarish yetakchisiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!


🔵 | 🔵 British Council Uzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ustozlar ham inson, qanchalik ko’p kitob o’qishmasin, akademik darajalari oshmasin, masalan doktor yoki professor bo’lishadimi, hamma narsani akademik hayot bilan bog’lashmaydi. Ularning ham atrofga va insonlarga bo’lgan ijtimoiy va subyektiv qarashlari bor.

Yaqinda UCL (University College London) dan tashrif buyurgan ustoz uning qo’l ostida magistraturani bitirgan talabalari bilan bog’liq qiziqarli xangomalarni gapirib berdi.
Professor talabalarining xarakteridan kelib chiqib, ularga laqab qo’yib olgan. Ba'zilarini biz bilan bo'lishdi.

Bitta magistr talabasini “Distracted Comedian” deb nomlagan va sababini shunday tushuntiradi:

“Unga baho umuman qizig’i yo’q edi. Supervisor bilan uchrashuvga kelganda ham yonida sandwich, shirinliklar va ichimliklar bilan kelardi. O’tirib, u yog’dan bu yog’dan xangoma qilib ketardi. U bilan ishlash alohida zavq edi.”

Ikkinchi talaba — “Workhorse”:
“O’ziga juda talabchan, mehnatkash, doim o’ziga yuqori plankani qo’yib olgan va maqsadiga qatiy intilardi.”

Uchinchi talaba — “Silent Type”:
“Bir paydo bo’ladida, shu bilan yo’q bo’ladi. Na xat bor, na xabar (jim-jit). Oradan qanchadir vaqt o’tib, bir ko’rinadi, bir olam g’oyalarni ko’tarib keladi, yana keyin shu bilan ancha vaqt yana yo’q bo’ladi (jim-jit).”

Janob professorning fikrlaridan shuni xulosa qildim:

har bir inson o’ziga xos, noyob va bir-biriga o’xshamaydi. Insonlarga faqat bitta linza orqali qarash va shuni to’g’ri deb hisoblash hayotimizni ancha zerikarli qilib, munosabatlarimizni ham chigallashtirib yuborishi mumkin.
👍113🔥1
When in theory
😁12
This looks like a good scholarship for language teachers primarily teaching German, Spanish and French. I did not look at the criteria closely, so I am not sure if English teachers can also apply. They might also be eligible, please, do review the criteria. The link can also be shared with the teachers who teach Spanish, German or French. https://www.britishcouncil.org/education/he-science/opportunities/ltts
👍2
O'zimizdagi o'quv dasturlaridan birida "outside of the box thinking" ni "qutidan tashqarida fikrlash" deb tarjima qilishibdi. Bu tarjima Google translate bilan bir hil. Bu ustozlarning ishi emas, tarjima yuqoridan shunday kelgan.             

Nima ham derdik, buyuklik oddiylikda shioriga amal qilishayotgan bo'lishsa kerak!      
                                                  
O'zbekcha tarjimada so'zma so'z emas, ko'proq ma'nosi va mazmunini yetkazish uchun qanday tarjima qilsak bo'ladi shu jumlani?                                                                      Marhamat fikrlaringizni qoldiring!

Tanqid qilishga qildik, o'zimiz yaxshiroq variant topishga harakat qilaylik endi.
😁2
Hayitov ELT
O'zimizdagi o'quv dasturlaridan birida "outside of the box thinking" ni "qutidan tashqarida fikrlash" deb tarjima qilishibdi. Bu tarjima Google translate bilan bir hil. Bu ustozlarning ishi emas, tarjima yuqoridan shunday kelgan.              Nima ham derdik…
"Thinking outside of the box" ni tarjimasiga berilgan variantlar uchun katta rahmat barchaga. O'zi tarjima qilish balki shart ham emasdir. Balki ta'rif berib o'tib ketish ma'quldir. Bu tarjimadagi muammo "Outside of the box thinking" ota onaga yoki ta'limni ichida bo'lmagan odamga yetkazishda qiyinchilik bo'lishi mumkin. Ota onalarga biz bolangizga ingliz tilidan tashqari "qutidan tashqarida fikrlashni ham o'rgatamiz" desangiz, ota onalar ham keyin ustozni oldiga kelganda bolam yaxshi o'qiyabtimi? "Qutini ichidan chiqib turibdimi tashqariga?" deb so'rashadigan bo'lishadi.
😁4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
I found an island where you can live like Robinson Crusoe. Does anyone want to live here?
4👍3🕊1
Yangi joyda ish boshlayotgan ustozlar o’quvchilar bilan ishlashda nimalarga e’tibor berishlari kerak?

Yangi ish joyiga kelgan ustozlar o‘zlarining dars berish metodikasi va til o‘rganishga bo‘lgan qarashlari (ya’ni teachers’ beliefs) bilan kelishadi. Xuddi shunday qarashlar o‘quvchilarda ham bo‘ladi. Bu learners’ beliefs deb ataladi. O‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan munosabati odatda ularga dars bergan oldingi ustozlar tajribasi asosida shakllanadi.

Shuning uchun yangi o’quvchilar bilan dars boshlashdan oldin ularning til o‘rganishga bo‘lgan munosabatini aniqlab olish zarur. Bu jarayon ta’lim joyiga qarab xar hil kechikishi mumkin. O‘qituvchining til o‘rganish haqidagi qarashlari va metodikasi dars jarayonida o‘quvchilarda ham til o‘rganishga nisbatan muayyan munosabatni shakllantiradi. Masalan, biror ustoz "Ingliz tilini o‘rganishda birinchi navbatda grammatikani chuqur o‘zlashtirish kerak", deb o‘rgatgan bo’lsa, o‘quvchilar keyinchalik o‘yinlar asosida dars o‘tadigan boshqa ustozning metodikasini darhol qabul qila olmasligi mumkin.

Ustozlar o‘quvchilarning ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan munosabati, maqsadi va xohishlarini o‘rganishlari zarur. Bunda quyidagi uchta faktorni hisobga olish kerak:

1 Wants (xohishlar): O‘quvchilar nimani o‘rganishni xohlashadi?
2 Lacks (kamchiliklar): O‘quvchilarda nimalar yaxshi rivojlangan va nimalar yetishmayapti? (Masalan, grammatika yaxshi, ammo insho yozishda gaplarni mantiqan bog‘lay olmaydi.)
3 Necessities (zaruriyatlar): o'quvchilar ingliz tilini nima maqsadda o‘rganishmoqda? (Masalan, IELTS imtihoniga tayyorlanish uchun.)

Lekin shu bilan ish bitadi degani emas.

Bu faktorlarni aniqlab olish muammoni hal qilmaydi. Faqat ustozga vaziyatni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Ba’zi holatlarda o‘quvchilarning xohishlari ularning haqiqiy zaruriyatlari bilan mos kelmasligi mumkin. Bunday vaziyatda ustoz o‘quvchining fikrini va xohishlarini ochiqchasiga rad etmasdan, hozirgi bosqichda nima muhimroq ekanligini yaxshilab tushuntirgani ma’qul. Bu tomoni ustozning kommunikativ mahorati bilan bog‘liq.

Qiziqarli tomoni bu jarayon bir martalik emas. O‘quvchilarning xohishlari, ehtiyojlari va kamchiliklari vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi. Shu sababli ustozlar bu 3 ta faktorni doimiy ravishda kuzatib, o’rganib, kerakli reaksiya va choralarni qila olishlari kerak bo’ladi.

Bu faktorlarni o‘rganish va inobatga olish ustozlarga o‘quvchilarni yaxshiroq tushunish, dars jarayonini yaxshiroq tashkil etish hamda o‘quvchilar bilan ijobiy munosabat o‘rnatishda yordam beradi.
👍1
2025/09/14 20:29:06
Back to Top
HTML Embed Code: