Telegram Web Link
#lirikchekinish
Yaqinda o’zbek kino ko’rdim. Nomi «Adolat».

Syujet, kadrlar ketma-ketligi kinoning yarmigacha juda zo’r ketgan. Intriga va tomoshabinni qiziqtira olishiga besh baho. Lekin bitta juda katta kamchilik bor.

Egizaklardan biri Fotima odam o’ldirib qo’yadi. Opasi Zuhra uni militsiyaga olib bormoqchi bo’lganda uni ham o’ldiradi va hammaga o’zini Fotima emas, Zuhra sifatida tanishtirishni boshlaydi. Zuhra emasligini sezganlarni esa birma-bir o’ldiraveradi. Voqealar shu atrofda aylanadi.

Xato aynan mana shu yerda: barmoq izlari hech qachon bir xil bo’lmaydi. Ya’ni o’lgan insonning barmoqlaridan uning Zuhra ekanini bir deganda aniqlash mumkin edi…

Shu kinodan keyin ChatGPT bilan egizaklar jinoyati haqida gaplashdim. Agar barmoq izlari topilmasa, unda egizaklar jinoyatini fosh qilish qiyin bo’lardi, deydi.

Hatto Germaniyada shunday holat bo’lgan ekan. Bir joyda o’g’rilik bo’ladi va o’g’rining qo’lqopi qolib ketadi. Undan DNK orqali shaxs aniqlanadi. Lekin ular egizak bo’lib chiqadi.

Ikkisi ham ayblovdan bosh tortadi va jazodan qutilib qoladi. Shundan keyin qonunchilikning aynan egizaklarga aloqador qismlari qayta ko’rib chiqiladi.

Xullas, sun’iy intellektlar davrida bu kabi xatolardan ehtiyot bo’lish kerak. Bo’lmasa, menga o’xshagan «havaskor kriminalistlar» ham bunaqa jiddiy kamchiliklarni fosh qilib qo’yadi. 😁

📌 @Iysoxon
👍14😁113🔥2❤‍🔥1🤝1
Ruhiyat

Men uchun ishda, o’qishda yoki jamoada o’sha joyning ruhiyati muhim. O’zimga mos kelmaydigan joyda majbur ishlasam-da, bu uzoq davom etmaydi.

Shu kungacha ko’plab loyihalarda ishladim, turli joylardan takliflar bo’ldi. Lekin aylanib-aylanib ta’limga qaytib qolaverdim.

Chunki ta’limdagi insonlarning ruhiyati, zamonaviy tilda aytganda “aura”si o’zgacha.

Hozir aynan shunday muhitni qurish arafasidaman. Oz qoldi, nasib…

📌 @Iysoxon
11👍10🔥3❤‍🔥2
#motivatsiya
Bu dunyodagi hech narsa kuyinishga arzimaydi. Kayfiyatni ko’taring, baribir o’lib ketamiz. :)

Qaynoqqina” juma muborak! 🤝

📌 @Iysoxon
❤‍🔥10🔥5😁3🤝2👍1🎉1
Urinib ko‘ravering, sizdan deyarli hech narsa ketmaydi.

Harakat qilmasdan afsuslanish o‘rniga, sinab ko‘rib afsuslangan yaxshiroq. Chunki harakat — hech bo‘lmasa tajriba degani.

📌 @Iysoxon
💯12🤝5❤‍🔥3👍2🔥21
Tasavvur qiling, sizga shunday imkoniyat berildi: har bir 50$ kupyura evaziga 100$ olasiz. Siz qancha 50$ topishga harakat qilardingiz?

Marketing xarajatlari ham xuddi shunday ishlaydi. Agar narxlarni to‘g‘ri belgilab, bitta sotuv narxini to’g’ri hisoblay olsangiz, xarajatlar shunchaki pulni ko’paytirish jarayoniga aylanadi.

Lekin negadir ko’pincha biznes egalari bundan qochadi. Pul yo’q bo’lsa, tushunaman, ammo katta puli bo’la turib sarflamaslikni tushunolmasam kerak. )

📌 @Iysoxon
4👍4❤‍🔥1💯1
Ehtiyot bo’ling

Oldinlari Angren tabiati va go’zalligi haqida ko’p gapirardim. Bir akamiz bilan tanishgan vaqtimizda: “Boringlar, mehmon qilamiz, yaxshi dachalar bor”, deb qo’yibman.

Oradan yillar o’tib o’sha akamiz qo’ng’iroq qildi. Oilaviy dam olish uchun dacha topib berishimni so’radi.

O’sha paytdagi moliyaviy holatim yaxshi emasligi va tanishlar ham uzoqlashib ketgani uchun yaxshi dacha topolmadim. Topganlarim esa biroz qimmatroq edi.

Akamizga narxlar haqida xabar berdim. Keyin esa: “Siz bepul degan edingiz, shunga so’ragan edik. Pullik bo’lsa, shart emas”, degan SMS oldim. To’g’risi, juda xijolatli holatga tushib qoldim.

Shundan beri imkon qadar xursand yoki xafa bo’lgan vaqtlarimda va’da bermaslikka harakat qilyapman. Angren manzaralari-yu, dachalar haqida umuman gapirmay qo’ydim.

Siz ham hissiyotda va’da berib qo’yishdan ehtiyot bo’lavering. Zararingizga ishlab qoladi. )

📌 @Iysoxon
👍19👏4😁41
Ishonch narxi

Meni 150$ ga «uxlatib ketishdi».
Mashinada muammosi chiqdi. Ustaga olib bordim. Usta tanish bo’lib qolgan, anchadan beri shu insonga boraman.

Boshida ishonchga kirgan edi. Ammo oxirgi safar biroz shubhalanishni boshladim.

Ikkita «podshivnik» ishdan chiqqan, bittasini 200$ turishini aytdi. Usta haqi yana 50$ bo’ldi. Xo’p dedim. Ammo mashina oxirigacha tuzalmadi.

Keyin o’sha qismni surishtirsam, sifatlisini 100$ ga olish mumkin ekan. Angrenga olib borib, ikkinchisini alishtirib oldim.

Men-ku, mayli, indamay ketaverdim. Lekin o’sha usta men va mendan tashqari bir nechta mijoz yo’qotdi…

Bu nimaga o’xshaydi, bilasizmi?

Sizga taklif tushdi: yo hozir 100$ olasan, yoki yillar davomida har ikki-uch oyda 50-100$ olib turasan.

Aqlli inson ikkinchi variant yaxshiroq deydi. Lekin o’sha ustaga o’xshaganlar birinchi variantni tanlaydi va doimiy mijozlarini bir umrga yo’qotadi.

Xullas, ishingizga yolg’on aralashtirmang. Qimmat sotish boshqa, aldab sotish boshqa.

Qimmat sotsangiz ham o’zingizning mijozlar bo’ladi. Lekin aldab sotsangiz, ishingizda umuman baraka bo’lmaydi.

Bugun bittasi to’lashi mumkin, ammo ertaga o’ntasi sizni tashlab ketadi…

📌 @Iysoxon
💯9👍5🔥21
Energiya so’ruvchilari

Inson uchun qadrli resurslardan biri bu — energiya.
Uni qanday qilib to’g’ri sarflashni bilish esa san’at.

Chunki ayrim odamlar sizdan hech narsa olmagandek ko‘rinadi, ammo butun kunga yetadigan energiyangizni 1 daqiqada so‘rib oladi.

Bugun o’zimda shunday bo’ldi: bir kishi atay nafsoniyatimga tegdi. Qarasam, jiddiylashyapti. Telefonni o’chirdim va qutildim. Lekin shungacha ham mendan ancha narsa olib qo’ydi.

Shunaqa energiya so‘ruvchilardan vaqtida uzoqlashishni o‘rganish kerak ekan.
Chunki ba'zida sukut va befarqlik — eng katta g‘alaba bo’ladi…

📌 @Iysoxon
10🔥7💯2👍1
Oldinlari kimdir, ayniqsa rahbar yoki ishi ko‘p yaqinlarim xabarimga kech javob bersa, ichimda xafa bo‘lardim.

Endi esa tushunaman. Chunki o‘zim ham ko‘p xabarlarni o‘qishga yoki darhol javob yozishga ulgurmay qolaman. “Keyin yozaman” deb qo‘yaman-u, lekin esdan chiqib ketadi.

Agar siz bilan ham shunday holat bo‘lib qolgan bo‘lsa, iltimos, mendan xafa bo‘lmang, xo’p?

Bu ishni aniq sababi bo’lmasa, qasddan qilmayman.)

📌 @Iysoxon
👍11🔥63😁2❤‍🔥1💯1
Kuzatuvchilarimiz orasida arab, ingliz va rus tillari yoki boshqa sohalarda dars beradigan, repetitorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan ustozlar bormi?
Anonymous Poll
43%
Ha, albatta 🎓
57%
Yo’q, men boshqa sohadaman 🤝
3 yil davomida ta’lim loyihalarida ishladim — ustoz sifatida ham, rahbar, sotuvchi va marketolog sifatida ham tajriba to‘pladim.

Hozir esa ustoz sifatida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarga o‘quvchi yig‘ish va darslarini rivojlantirishiga yordam beradigan loyiha ustida ishlayapman.

Buning uchun sizning yordamingiz kerak.
Kanalimda 20 dan ortiq ustoz-mutaxassis bor ekan.

Agar siz ustoz bo’lsangiz, quyidagi so‘rovnomani to‘ldiring, men esa siz bilan BEPUL konsultatsiya o‘tkazaman va muammolaringizga imkon qadar amaliy yechim beraman.

Shu orqali siz nafaqat menga, balki o‘zingizga va boshqa ustozlarga ham yordam bergan bo‘lasiz. Oldindan rahmat. 🙂

👉 So‘rovnomani to‘ldirish

📌 @Iysoxon
4❤‍🔥3👍3
Iysoxon Yahyo | Qaydlar
Agar ta’lim sohasida faoliyat yuritsangiz yoki yaqinlaringiz orasida shunday insonlar bo’lsa — iltimos, ulashib qo‘ying. 🔗 So‘rovnomani to’ldirish Har bir javob men uchun juda qadrli. 🤝
Buguncha 3 kishi bilan suhbatlashishga ulgurdim. Ishtirokchilar savollari ko’payib ketganidan suhbatlarimiz 45 daqiqagacha boryapti.

Ertaga yana davom etamiz, nasib.

O’sha gap: agar siz ustoz bo’lsangiz, hali ham kech emas. Ro’yxatdan o’ting va imkoniyatdan foydalanib qoling.
👍7❤‍🔥21
Ha, men o’zimda qanday yomon ishlarim borligini bilaman. Lekin 50 ming inson bilan deyarli yalang’och ayollarning o’yinga tushishini tomosha qilishdan uyalaman.

Bunga din taraflama qaramaganda ham fitratim yo’l qo’ymaydi. Agar sizda ham shunday his o’tgan bo’lsa, tabriklayman, hali sog’lomsiz.

Pulni qayerdan olib, qayerga sarflash masalasida ehtiyot bo’lavering. Chunki bir kun shu haqida so’raladi…

📌 @Iysoxon
🔥13👍43❤‍🔥1
Hamma o‘z fikriga ega bo‘lishi mumkin.
Lekin har kim ham to‘g‘ri fikrga ega bo‘la olmaydi.

📌 @Iysoxon
👍14💯4❤‍🔥32🔥1
Bozorlarda hamma tarozini tekshiradigan yagona to’g’ri tarozi bo‘ladi. Istalgan do’kondan olgan narsangizni tekshira olasiz.

Hayotda esa hamma fikrni tekshiradigan yagona “mezon” bor.

Fikringizni o‘sha mezonga qo‘ying, shunda adashmaysiz.

📌 @Iysoxon
👍7💯52❤‍🔥1
31 soatlik «Jinoyat va jazo» audiosini tinglab tugatdim.

Asardan olgan xulosangni ikkita gap bilan ifodala deyilsa, shunday degan bo’lardim:

Insoniyat hech o’zgarmaydi. 150 yil oldin qanday hissiyotlarni his qilib, qanday xatolarga yo’l qo’ygan bo’lsa, bundan keyin ham shunday davom etadi…

📌 @Iysoxon
❤‍🔥64👍4
— Maqsadlaringa yordam ber.
— Qanday qilib?
— Ularni har kimga ham aytaverma.

📌 @Iysoxon
11💯6❤‍🔥1👍1
Kanalim anchadan beri monolog tarzida yurib kelmoqda — asosan men yozaman, siz o’qiysiz.

Endi esa biroz dialog shaklini yo‘lga qo‘ymoqchiman. Menimcha, sizlarning ham fikringiz va faolligingiz muhim.

Siz nima deysiz?

— Hozirgi format yaxshi 🤝
— Ko’proq muloqot bo’lsin 🔥
🔥24🤝162❤‍🔥1
Aytgancha, ustozlar bilan konsultatsiyalarni o’tkazib oldim.

Shunaqa izohlar yozishibdi. 🔥
👍3🔥3❤‍🔥22
2025/10/18 16:44:00
Back to Top
HTML Embed Code: