Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
- Ta'kidlaganingizdek, anarxiyada kuchli hukumat yo'qligidan juda qo'rqasiz? Bu Vladimir Putinning qo'rquvi.
- Men mamlakatda kuchli hukumat yo'q deb aytmayapman. Aytmoqchimanki, agar umuman hukumat bo'lmasa, unda anarxiya va vakuum bo'ladi. But vakuum va anarxiya tezda terrorizmga aylanadi. Masalan, Iroqni olaylik. Saddam Husayn. U yaxshi yoki yomon bo'ladimi, ehtimol siz buni unutgansiz. Bir vaqtlar, AQSh Saddam bilan Eronga qarshi kurashayotganda juda faol hamkorlik qilar edi. Siz unga qurol bilan yordam berdingiz. Diplomatik yordam ko'rsatildi. Siyosiy yordam taqdim etildi va hokazo. Keyin negadir siz janjallashdingiz va AQSh Saddamni yo'q qilishga qaror qildi. Ammo Saddam Husaynni yo'q qilish orqali AQSh Iroq hukumatini va sobiq Baas partiyasidan minglab odamlarni yo'q qildi. Davlatning sunniy elitasining bir qismi bo'lgan minglab Iroq harbiylari ko'chalarga tashlandi. Hech kim ular haqida o'ylamagan. Endi ular IShID saflarini to'ldirishmoqda. Biz bunga qarshi kurashmoqdamiz. Biz biron bir mamlakatning yetakchiligini namoyish etishiga qarshi emasmiz. Biz tuzatish qiyin bo'lgan bunday salbiy holatlarga olib keladigan o'ylamasdan harakatlarga qarshimiz.

1. Anarxiya nima?

Manba: CNS News
📩 @JAHONSIYOSATI🇺🇳
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xorazmliklarning Quddusni egallashi haqida.

©️
"O'tror va Ayn-Jalut orasida"
📩 @JAHONSIYOSATI🇺🇳
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tarix
1982-yil mart oyida Saddam Husayn vazirlar mahkamasi yig'ilishida o'zining Sog'liqni Saqlash vaziri Riyod Ibrohimni shaxsiy masalalarni muhokama qilish uchun alohida xonaga chaqiradi. Keyin Saddam Ar-Riyodni otib o'ldirdi va hech narsa bo'lmagandek uchrashuvni qaytadi. Saddamning shafqatsizligi sababi, biograf Said K.Aburishning fikricha, Ar-Riyod Buyuk Britaniyadan sotib olingan eskirgan penitsillinni armiyaga yetkazib bergan va bu ko'plab iroqlik askarlarning o'limiga sabab bo'lgan.

1. Qon bilan yozdirgan Qur'on kitobi
2. Saddam Hussayn yovuz yoki qahramon

📩 @JAHONSIYOSATI🇺🇳
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿 1992-yil 4-yanvarda O'zbekiston bosh vaziri lavozimi ta'sis etilgan. Shu kungacha bo'lgan O'zbekiston Respublikasi bosh vazirlari:

🔹️ (1992-1995) Abduhoshim Mutalov
🔹️ (1995-2003) O'tkir Sultonov
🔹️ (2003-2016) Shavkat Mirziyoyev
🔹️ 2016-yil 14-dekabrdan Abdulla Aripov

1. O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirlari ro'yxati.

📲 @JAHONSIYOSATI🇺🇳
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yevropa davlatlarining tashqi razvedka (ayg'oqchilik) agentliklari belgilari.

🇷🇺 Слу́жба вне́шней разве́дки Росси́йской Федера́ции (СВР РФ) - Rossiya Federatsiyasining tashqi razvedka xizmati
🇬🇧 Secret Intelligence Service (SIS) yoki MI6 - Maxfiy razvedka xizmati
🇫🇷 Direction générale de la sécurité extérieure - Tashqi xavfsizlik bosh boshqarmasi
🇩🇪 Bundesnachrichtendienst - Federal razvedka xizmati

1. MI6 va MI5 Buyuk Britaniya razvedkasi
2. Dunyodagi eng yaxshi razvedka
3. AQSh razvedkasining sharmanda bo'lgan missiyalari
4. KGB SSSR razvedkasi haqida
5. Ayg'oqchi mushuklar

📲 @JAHONSIYOSATI🇺🇳
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇰🇷 Janubiy Koreyaning prezidentlari va ularning taqdiri (Xavfli o'yin):

1. Li Sinman – to‘ntarilgan va Gavayi orollariga qochib ketgan.
2. Yun Boson – to‘ntarilgan
3. Pak Chonxi – o'z do'sti Korea razvedka boshlig'i Kim tomonidan otib o'ldirilgan.
4. Chxve Gyu Xa – harbiylar tomonidan to‘ntarilgan.
5. Chon Du Xvan – prezidentlikdan ketganidan so‘ng korrupsiya va Gvanju qirg'ini uchun o‘limga hukm qilingan lekin keyinchalik o'lim jazosi bir umrlik qamoq jazosi bilan almashtirilgan.
6. Ro Deu – prezidentlikdan ketganidan so‘ng 22 yilga qamalgan. Lekin keyin kechirilib ozod etilgan.
7. Kim Yonsam – o‘zidan avvalgi ikki prezidenti qamagan.
8. Kim Dechjun – prezidentlikdan oldin surgun qilingan.
9. No Muxyon – Prezidentlikdan ketgandan so‘ng korrupsiyada ayblangan. Tergov jarayonida qoyadan sakrab joniga qasd qiligan.
10. Li Myonbak – prezidentlikdan ketgandan so‘ng hibsga olingan va 15 yilga qamalgan. Keyinchalik avf etilgan.
11. Pak Gyon Xe - 25-yilga qamalgan. Keyinchalik qo'yib yuborilgan.

1. Davlat rahbarlari tomonidan yozilgan siyosiy kitoblar to'plami.
2. Eng yaxshi diktator - Li Kuan Yu

📲 @JAHONSIYOSATI🇺🇳
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇳 2015-yil aprel oyida BMTda urush jarayonida jangchi robotlaridan foydalanish to'g'risida muhokama bo'lib o'tgan. Ko'pchilik robotlar askarlar va fuqarolar ajarata olmasligini ta'kidlab, bu esa urushning an'anaviy qoidalariga to'g'ri kelmaydi deb qarshi chiqishgan. Xo'sh urushning o'zi yana qanday qoidalari bor?
Tarixan urushda qatnashmaydigan oddiy fuqarolarni(ayollar va bolalar) jang oqibatlaridan asrashga harakat bo'lgan. Bu esa keyinchalik urush qoidalarining asosiga aylangan. XIX-XX asrda Jeneva konvensiyasi va boshqa shartnoma orqali bu qoidalarga rasmiy kuch berilgan. Quyida urush qoidalariga zid bo'lgan harakatlarga misollar:
👩‍🌾 Askarlarning oddiy fuqarolarga hujum qilishi
🌾 Fuqarolarning ekiniga zarar yetkazish
🚰 Ichimlik suvini zaharlash
🩸 Jangda asirga olinganlarni qiynash
Lazerli, kimyoviy qurollar va minalardan foydalanish
Urush qoidalariga bo'ysunish vaziyatni doimo chigallashtiradi, ayniqsa terroristlar bilan bo'lganlarini. Sababi terroristlar ko'pincha o'zlarini oddiy fuqarolar qilib ko'rsatadi yoki fuqarolardan jonli qalqon sifatida foydalanishadi. Urush hech qachon haqqoniy bo'lmaydi, lekin urush qoidalar uning asoratlarini kamaytirishga harakat qiladi.

1. AQShning oshkor bo'lgan maxfiy operatsiyalari

Manba: NowThis World
📩 @JAHONSIYOSATI🇺🇳
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇰🇵🇰🇷 1950-1953-yillardagi Korea urushi.

1.
Korea prezidentlari yoxud xavfli o'yin.

📲 @JAHONSIYOSATI🇺🇳
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hafta karikaturalari:

1. Isroil: "Biz shunchaki o'zimizni himoya qilyapmiz"
2. AQShning timsoh ko'z yoshlari.
3. Yevropa Ittifoqi: "Ahmoq yanada ko'proq qurol so'ramoqda" (Zelenskiy haqida)
4. Putin: "Navalniyni ko'mishdimi?"

1. Hafta karikaturlari (1)

📩 @JAHONSIYOSATI🇺🇳
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​🇨🇴 "Narkotik qiroli" yoki "Robin Gud"?

"Narkotik qiroli" laqabi bilan mashhur bo'lgan kolumbiyalik Pablo Eskobar 1980-yillarda mashhurlikka erishgan. Shu davrdan u Amerika materigiga keladigan 80% narkotikni yetkazib bergan. Eskobar o'z monopoliyasini kuch ishlatish yo'li bilan ushlab turgan. Eskobar shaxsiy kallakesarlardan biri Jon Velaskesning o'zi 3000 ortiq odam o'limiga sababchi hisoblanadi. Bundan tashqari, u har bir qora dori savdosiga qarshi kurashuvchi davlat xodimlarini o'ldirgan insonga 250,000 dollar mukofot puli taklif qilgan. 1990-yillarga kelib, Pablo Eskobar boyligi 30 milliard dollarga yetadi bu bilan u tarixdagi eng boy jinoyatchiga aylanadi. Pablo shaxsiy yaxtalar floti va hayvonot bog'iga ega edi. Lekin u barcha pullarini shaxsiy manfaatlariga sovurib yubormagan. U ,shuningdek, "Narkotik qiroli" bo'lishidan, tashqari kambag'allar uchun "Robin Gud" sanalardi. Pablo Eskobar juda katta mablag'larini qashshoq aholiga xayriya qilgan. U Moraviya nomli shaharchada 1000dan ortiq uylarni qurib, mahalliy aholiga tekin tarqatgan. Kolumbiya bo'ylab uning mablag'lar bilan ko'plab maktablar va futbol maydonlari qurilgan. Garchi 1993-yilda o'tib o'ldirilgani qaramay, u hali hamon ko'plab qashshoq Kolumbiyaliklar uchun qahramon hisoblanadi.

1. Janubiy Korea prezidentlari va ularning taqdiri.
2. Ayg'oqchi mushuklar

📩 @JAHONSIYOSATI🇺🇳
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍱 Dunyodagi eng kuchli mafia - Yakudza (Yaponiya) hisoblanadi. Yakudza bir necha klanlarga bo'lanadi. Ulardan eng kattasi Yamaguchi Gumi o'zida 200,000 atrofida a'zolar yig'ilganlar va bu klan 80 milliard dollar miqdorida pulga egalik qiladi.

🇷🇺 Sovet ittifoqi parchalangach Rossiyada ko'plab mafialar tashkil topa boshladi. Ular ichida eng kuchlisi - Solntsevskaya birodarligi edi. Ular davlat xizmatchilar bilan yaqin aloqalar o'rnatgan va hattoki ularni FSB( Rossiya maxsus kuchlari) ham himoya qiladi deb hisoblashadi.

🇮🇹 Mafia vatani Italiyada eng mashhuri Cosa Nostra (Sitsiliya mafiasi) bo'lishiga qaramay, 1990-yillarda o'z ta'sirini Ndrangheta oilasiga boy beradi. Bu to'dalar Yevropaga o'tadigan kokaini 80% o'z qo'llarga olishgan.

2009-yilgi hisob kitoblarga ko'ra bunday uyushgan to'dalar yillik daromadi 1 trillion dollarga teng, bu esa dunyo yalpi ichki mahsulotining 1,5 % tashkil qiladi.

1. Yakudza mafiasi haqida.

📩 @JAHONSIYOSATI🇺🇳
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✈️ 2018-yildan boshlab Turkiyaning Bayraktar TB2, Akinci, Karayel-SU, Aksungur va Anka-S razvedka-zarba samolyotlarining jahon eksporti.

🇹🇷🤝🇺🇿 2023-yil 16-noyabrda Surxondaryodagi harbiy qismga tashrifi chog'ida prezident Shavkat Mirziyoyevga Turkiyaning Bayraktar TB2 uchuvchisiz uchish samolyoti namoyish etilgan edi. Qo'shnilarimiz Qozog'iston shu o'rinda Anka-S, Turkmaniston esa o'z Bayraktar TB2 ega bo'lsa, Qirg'izistonda Bayraktar TB2, Akinci, Aksungur va Anka-S razvedka-zarba samolyotlarining barchasi mavjud.

1. O'zbekiston armiyasi.

Manba: IISS, Gazetauz
📩 @JAHONSIYOSATI🇺🇳
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸📖 Amerikalik siyosatshunos Samuel Xantington "Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi va yangi dunyo tartibi" kitobidan Rossiya-Ukraina munosabatlari rivojlanishini 3 ta mumkin bo'lgan ssenariylari. Kitob 1996-yilda yozilgan.

Quyidagi postda ushbu 3 ta ssenariyning qisqacha mazmunini o'qishingiz mumkin.

1. Geosiyosat kitoblar to'plami.
2. Ayni damda sayyoramizda qayerlarida urushlar davom etmoqda.

📩 @JAHONSIYOSATI🇺🇳
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/03 05:33:39
Back to Top
HTML Embed Code: