Telegram Web Link
Jizzax politexnika instituti rektorining Qurbon hayiti munosabati bilan bayram tabrigi

Qadrli hamkasblar, aziz talabalar!


Shunday munavvar kunlarda Siz azizlarni, sizlar orqali oila a’zolaringizni Qurbon hayiti munosabati bilan chin qalbimdan tabriklab, o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor qilaman.

Xayr-ehson, saxovat, mehr-muruvvat bayrami hisoblangan fayzli onda barchamiz, avvalo, Yaratganga bugungi qutlug‘ va barokatli kunlarga yetkazgani uchun behisob shukronalar aytamiz.

Qurbon hayitining ma’naviy hayotimizda olijanob fazilatlarni, bag‘rikenglik, muruvvat, do‘stlik va hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarni mustahkamlash borasidagi o‘rni va ahamiyati beqiyos.

Muborak Qurbon hayiti bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik hamda mustahkam sog‘lik tilayman.

Xonadonlaringizni fayz-u baraka va osoyishtalik aslo tark etmasin!

Institut rektori,
t.f.d., prof. Alisher Usmankulov
Jizzax politexnika instituti rektorining o‘qituvchi va murabbiylarga bayram tabrigi

Muhtaram ustoz va murabbiylar!


Avvalo, siz, azizlarni, ta’lim-tarbiya sohasida mehnat qilayotgan barcha pedagog xodimlarni “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bilan chin qalbimdan tabriklab, eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

O‘zining ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnati, jasorati har qancha e’tirofga munosibdir.

Hurmatli hamkasblar!

Institutimizda har bir ustozning mehnati va hissasi beqiyos. Sizning boy tajriba va mahoratingizga tayangan holda yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, talabalarga zamonaviy bilimlar berish hamda ilm-fan texnologiyalarini taraqqiy ettirishga doir ishlarimizni izchillik bilan davom ettirishimizni zamonning o‘zi talab qilmoqda.

Vatan taraqqiyoti, mamlakatimiz tinchligi va xalqimiz farovonligini ta’minlash yo‘lida olib borayotgan mashaqqatli hamda shu bilan birga sharafli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Sizlarni qutlug‘ bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat hamda xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.

Institut rektori,
t.f.d., prof. Alisher Usmankulov
2025/10/25 05:08:08
Back to Top
HTML Embed Code: