Telegram Web Link
Forwarded from Edu.uz
#Jarayon #BayramShukuhi

Navro‘z - milliy qadriyat va an’analarni o‘zida jam qilgan bayram


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Hay’at yig‘ilishidan so‘ng Jizzax davlat politexnika institutida o‘tkazilgan Navro‘z bayrami tadbirida ishtirok etdi.

Bahoriy ruhda o‘tgan tantanada oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ham qatnashdi. Tadbir davomida milliy qadriyat va an’analarni aks ettiruvchi arqon tortish, kamondan o‘q uzish, shaxmat, shashka, stol tennisi kabi sport o‘yinlari, milliy raqslar, kuy-qo‘shiqlar va laparlar namoyish etildi.

Bayram ishtirokchilarga yuqori kayfiyat va unutilmas taassurotlar ulashdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
Hay’at yig‘ilishi ishtirokchilari Jizzaxdagi ilmiy-amaliy markaz va texnopark faoliyati bilan tanishdilar

15-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at yig‘ilishi ishtirokchilari Jizzax politexnika institutida tashkil etilgan Muqobil energiya manbalarini tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi va Jizzax yoshlar texnoparki faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriq asosida tashkil etilgan ilmiy-amaliy markazda zamonaviy uskunalar o‘rnatilib, infratuzilma bilan to‘liq ta’minlangan. Markaz yiliga 4800 dona quyosh panellari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, hozirda ikki smenada 100 kVt quvvatli 200 dona quyosh panellari ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha maxsus amaliy guruhlar shakllantirilgan.

Shuningdek, Hay’at ishtirokchilari Jizzax yoshlar texnoparki faoliyati bilan tanishdi. Texnoparkda yiliga 500 nafar yosh mutaxassis zamonaviy yo‘nalishlar — veb-dasturlash, robototexnika, 3D modellashtirish, grafik dizayn, mexatronika, startaplar bilan ishlash kabi 10 dan ortiq yo‘nalishda o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan. Texnopark hududida innovatsion g‘oyalarni prototip darajasiga yetkazish va kichik ishlab chiqarish zonasi ham faoliyat yuritmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
2025/10/23 22:06:36
Back to Top
HTML Embed Code: