Telegram Web Link
Forwarded from Nargiza G'affarova
Jomboy tumani Qangli mahallasi beshligi Xalq deputatlari Jomboy tuman kengashi deputati D.Urinboyev va mahalla faollariga xisobot topshirdi.

Xisobot davomida 2023-yil amalga oshirilgan ishlar, asosiy ko'rsatkichlar va 2024-yil amalga oshirmoqchi bo'lgan ishlar yuzasidan ma'lumotlar berildi.

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
TAKLIFNOMA

Ertaga 2 fevral kuni soat 14:00da tuman Barkamol avlod maktabida "Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun" shiori ostida madaniy-ma'rifiy konsert dasturi o'tkaziladi. Konsert mehmoni O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan Madaniyat xodimi Shuxrat Vohidov hamda taniqli ustoz san'atkor Axror Usmonovlar.

Kirish mutlaqo bepul

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Oʻzbekiston–2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilindi.

🔰Davlat dasturi loyihasida 5 ta ustuvor yoʻnalish bo'yicha quyidagilar belgilanmoqda:

• amaliy chora-tadbirlar rejalari

• normativ-huquqiy hujjatlar ro'yxatlari

Muhokamalar 2024-yilning 31-yanvaridan 9-fevraligacha davom etadi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi jamoasi barcha yurtdoshlarimizdan 2024-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, oʻz takliflarini Markazning maxsus uzbekistan2030.uz onlayn portali orqali bildirishlarini soʻraydi.

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Nargiza G'affarova
Yurtimizda "Zakovat" intellektual o'yinini ommalashtirish va kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida 38-manzil koloniyasida jazo muddatini o'tayotgan mahkumlar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi. Jomboy tumani Yoshlar ishlari bo'limi va manzil koloniya rahbariyati hamkorligida tashkil etilgan mazkur turnir qiziqarli baxs va munozaralarga boy bo'ldi. G'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalar hamkorlarning esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Tadbir so'ngida Yoshlarga oid davlat siyosatini keng targ'ib qilishda va jazo muddatini o'tayotgan mahkumlar o'rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkillashtirishda faolligi va o'zaro hamkorligi uchun Jomboy tumani Qangli mahallasi yoshlar yetakchisi Nargiza G'affarova, Zarafshon mahallasi yoshlar yetakchisi Javlon Absamatov, Toshkent mahallasi yoshlar yetakchisi Gulshoda Asrorova, Qo'rg'onsalomon mahallasi yoshlar yetakchisi Sheroz Shanonov koloniya rahbariyatining tashakkurnomasi bilan taqdirlanishdi.

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
#Bilasizmi

🖐Tez kunlarda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumiga start beriladi. Xo’sh bu yilgi mavsumda qanday o’zgarishlar bo’ladi?

O‘tgan davr moboynida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi loyihalarni tashkil etish jarayonida yuzaga kelgan muammolarda kelib chiqib, mazkur yilda loyihaga bir qancha yangiliklar kiritildi.

Joriy yildan boshlab “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi har bir loyiha va tanlovlarni o‘tkazish uchun bir haftadan, o‘n kungacha muddat beriladi. (O‘tgan yillarda loyihalarni o‘tkazish oralig‘i har kuni yoki kunoraga to‘g‘ri kelgan. Ushbu holatda ko‘chalarao mahalla bosqichini amalda tashkil qilishga ulgurmaslik holatlari yuzaga kelgan)

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
#Bilasizmi

🖐“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumida qanday o’zgarishlar bo’ladi?

Endilikda yoshlar yetakchilari tanlov va loyihalarni mahalla yoshlariga qulay bo’lgan vaqtida o’tkazadi. Bu esa yoshlarning o‘qish yoki ishdan keyingi bo‘sh vaqtida ham mazkur loyihada ishtirok etish imkoniyati yaratadi.

Ma’lumot uchun; oldingi mavsumlarda loyihalar o‘tkazilish vaqti asosan tushgacha yoki tushdan keyingi vaqtlarga belgilangan. O‘qish va ishdagi yoshlar esa loyihalarda ishtirok etolmaslik holatlari kuzatilgan. Aynan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarda shu vaqt masalasidan ko’p e’tirozlar kelgan)

@Nargiza_Gafforova
2024/06/08 04:01:26
Back to Top
HTML Embed Code: