Telegram Web Link
Forwarded from Nargiza G'affarova
Yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorli yoshlarni yuzaga chiqarish maqsadida Sharof Rashidov nomidagi SamDU Agrobiotexnologiyar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti talabalar turar joyida madaniy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda talabalar va uyushmagan yoshlar ishtirok etishdi. Iqtidorli yoshlarimiz tomonidan ijro etilgan ajoyib kuy-qo'shiqlar gulhan atrofida davom etdi.

Sherzod Yuldashev
Jomboy tumani Samarqand MFY yoshlar yetakchisi


@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
Aziz yoshlar!

Sizda innovatsion g‘oya yoki startap loyiha bormi? Uni amalga oshirishda moliyaviy ko‘mak qidirayabsizmi? Unda bu e’lon aynan Siz uchun!

Samarqand viloyat hokimi E.O.Turdimov tashabbusi bilan respublikamizning barcha yoshlarining innovatsion g‘oyalari va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Startap loyihalar tanlovi” e'lon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 24-may sanasi kech soat 18:00 ga qadar quyidagi manzil orqali elektron ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin: https://forms.gle/f7CYFfrpUkvcRu5w9

Saralash bosqichidan o‘tgan loyihalar taqdimoti 30-may kuni Samarqand viloyati Yoshlar markazida bo‘lib o‘tadi.

Istiqbolli startap loyihalar moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Murojaat uchun telefonlar:

+998 90 504-88-04 (Mashrab Otamurodov)
+998 97 895-85-55 (Erkin Danaboyev)

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
📌 Subsidiyaga uy olmoqchimisiz?

Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya ajratishga doir xizmat yangi maqsadli ko‘rsatkichlar asosida qayta ishga tushirildi.

Subsidiya olish uchun my.gov.uz portaliga kiring. “Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olishga ariza berish” xizmatini tanlang. Arizani to‘ldiring va yuboring.

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 Otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida tuman yoshlari erishayotgan natijalar sarhisob qilindi

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
TOP-100 dagi Yoshlar yetakchilarining ota-onalari e‘tirof etildi

Xabaringiz bor, 2024-yilning 1-choragi davomida mahallada yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan Yoshlar yetakchilarining TOP-100 reytingi e‘lon qilingan edi.

Bugun ushbu reytingdan o‘rin egallagan samarqandlik yoshlar yetakchilari hamda ularning ota-onalari Yoshlar markazida jam bo‘lishdi.

Samarqand viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sarvar Boboyev e‘tirof etilgan yetakchilarning ota-onalariga mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi Qahramon Quronboyev hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa‘dullayevning tashakkurnomasini o‘qib eshittirdi va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

#etirof

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yoshlar!
Qadrli tumandoshlar!

Bugun, ya'ni 4-iyun soat 18:00da Jomboy tumani Markaziy o'yingohida bo'lib o'tadigan sportning futbol va mini futbol turi bo'yicha "O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi"ning tuman bosqichi g'oliblarini taqdirlash marosimi va gala konsertga barchangizni taklif etamiz.

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
#Ayni_vaqtda

Jomboy tumani Markaziy o'yingohida sportning futbol va mini futbol turi bo'yicha "O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi"ning tuman bosqichi g'oliblarini taqdirlash marosimi va gala konsert boshlanish arafasida.

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 DXX kubogi uchun o‘tkazilgan futbol va mini-futbol musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi

Nufuzli musobaqaning tuman bosqichida quyidagi mahalla jamoalari g‘olib bo‘ldi.

🏃Yigitlar o‘rtasida (mini-futbol):

🔹 3-o‘rin: To‘qqizboy mahallasi yoshlari;

🔹 2-o‘rin: Sherqo‘rg‘on mahallasi yoshlari;

🔹 1-o‘rin: Saroy mahallasi yoshlari.

🏃‍♀️ Qizlar o‘rtasida (mini-futbol):

🔸 3-o‘rin: Xitoypoyon qizlari jamoasi;

🔸 2-o‘rin: Shirinkent qizlari jamoasi;

🔸 1-o‘rin: No‘sh qizlari jamoasi.

🏃‍♂️Yigitlar o‘rtasida (futbol):

🔹 3-o‘rin: Qo‘lbosti mahallasi yoshlari;

🔹 2-o‘rin: Shirinkent mahallasi yoshlari;

🔹 1-o‘rin: Sarichashma mahallasi yoshlari.

🏆 G‘oliblar diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘lari bilan taqdirlandi.

@Nargiza_Gafforova
2024/06/09 01:38:29
Back to Top
HTML Embed Code: