Telegram Web Link
#Singapur
Bejiz "Singapur mo‘jizasi" deyilmaydi.

@KL_Qashqadaryo
INSON QISMATI

2. Moddaparastlik (tovar va xizmatlar)
Yuqoridagi qayg‘uli turmush tarzi noodatiy emas, odatiy holga aylanib ulgurdi. Norma, andoza, model. Moddaparastlarga ko‘ra haqiqiy baxt – narigi dunyodagi va’da qilingan jannatda topilmaydi. Shunday ekan, yashab turgan dunyosida vujud rohatlarini oshirish, yeb-ichish, o‘yin-kulgi va kayf-safo qilish insonning qismatiga aylangan. Buning eng maqbul yo‘li va yechimi – tovar va xizmatlardir.

Odamlarga ko‘proq oziq-ovqatlar, tezpishar taomlar, kafe-restoran, to‘y-tomoshalar, gadjetlar bering. Ularga qulaylik bo‘lishi uchun ko‘proq avtomatlashtiring. Ha, ko‘proq, ko‘proq, ko‘proq…

Tovar va xizmatlar qancha keng bo‘lsa ular shunchalar yaxshi yashaydi. Qachonlardir Iphone telefonlari chiqqanda siz eng yaxshi telefoningiz borligidan mamnun bo‘lsangiz hozirga kelib u eskilik sarqitiga aylanib bo‘ldi, yemasdan-ichmasdan yoki kimnidir haqini yeb so‘nggi rusumdagi mashina yoki gadjetga ega bo‘lishga intiladi. Texnologiyalar va xizmatlar, qulaylikka ega yaratiqlar yaratilib borilar ekan biz uni faxr bilan – TARAQQIYOT deb nom beramiz.
Bir necha asrlar avval yashagan iqtisodchilar va faylasuflar: Adam Smit, Jon Lok, Jon Syuart kabilar inson qancha taraqqiyotga erishsa erkinlik va tenglik hamda adolat shunchalari ta’minlanadi, degan falsafani uqtirishgan. Bu aslida moddaparastlik falsafasi edi. Cheklovlarsiz ehtiyoj va xizmatlar baxtga olib boradimi? Inson baxtining katta qismi faqat oziq-ovqatlarga bog‘liq emas. Inson hayotida katta xizmatlar va texnologiya turganida hamma narsaning imkoni bordek. Tayyor planshetlar pornografik lazzatni bera olganida, fohishalar ochiqchasiga o‘z narxini aytib turganida insonlar oilasidan, farzandidan osongina voz kechishi oson bo‘lib qoldi. Axir siz o‘z karerangizni yaratishingiz uchun sizga xalaqit berayotgan farzandingizni nazoratiga oluvchi tashkilot – bog‘cha va maktab, uni kelajakda ish bilan ta’minlash kafolatiga ega – oliy ta’lim muassasasi, arzimas maosh berishga tayyor tashkilotlar bor-ku! Nega sizni e’tiqod, ibodat, odamlar bilan munosabatda yaxshilik va sadaqalar qiziqtirishi kerak?..

Axir ishonchingiz oshiradigan notiqlar to‘dasidagi motivatsion nutqlar bor-ku! Qolaversa, ijtimoiy tarmoqlar yordamida tayyorgina telefoningizga kelib tursa, nimasi yomon? Bir qarashda zamonaviy odam qiyofasidagi ushbu qulayliklar va texnologiyalar, taraqqiyot va tashkilotlar, sun’iy yaratiqlar inson ongini zerikishga olib boradi. Buning uchun inson og‘riq qoldiruvchi dorilar, dipretsiyaga qarshi ukollar, giyohvand moddalarga mubtalo bo‘lib qoladi. Natijada, o‘z joniga qasd qilish, tuzalmas kasalliklar ko‘paya boshlaydi.

3. Baxt koeffitsiyenti moddiyatda(mi?)
Baxt va daromad darajalari dunyo bo‘ylab o‘nlab mamlakatlarda kuzatilganda shunisi ayon bo‘ldiki, ko‘plab moddiy boylik ko‘proq baxtga sabab bo‘lmaydi. Qachonki insonda birlamchi ehtiyojlar qondirilsa, o‘sha odamning baxtiyorligi, nisbiy statusga, boshqalarga nisbatan yuqori ekanligingizga bog‘langan bo‘ladi. Millionerlar ham o‘zini baxtsiz his qilishi mumkin agarda uning aatrofi milliderlar bilan to‘lgan bo‘lsa, xuddi shuningdek, milliaderlar ham atrofidagi mega milliarderlar oldida o‘zini baxsiz hisoblashlari mumkin.
(Davomi bor)

Muhammadali Mamadaliyev

@KL_Qashqadaryo
Kelajak Liderlari
Soroka_uchebnik_1.pdf
Rus tilini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun o‘quv qo‘llanma. 3 yoshdan yuqori bolalar ham o‘rgansa bo‘ladi.

@KL_Qashqadaryo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir musulmon uyiga yegulik olib kirolmayotgan bo‘lsa, “Menga nima, axir ularni ochlikka men mahkum etganim yo‘q-ku”, deyilmaydi.

Haq yo‘li va da’vosi bunday yondashuvni qat’iyan man etadi.
Buning aksi o‘laroq, shu narsani hech qachon unutmasligimiz kerak:

“Men musulmonman. Jiddu jahd qilaman.
Hammaning qornini to‘yg‘azadigan jamiyat qurilishi uchun bor imkonimni ishga solaman.
Yo‘qsa, boyagidek qiyinchilik bilan kun kechirayotgan, boshiga ochlik balosi tushgan kimsalar hisobini Alloh mendan so‘raydi.”

Inson bo‘lmoq demak - mana shunday fikrlamoq demak.
Yaxshi odam aynan shunday o‘ylaydi, tafakkur qiladi..🫧

Najmiddin Erbaqonning “G‘oyam” kitobidan 🧠

@KL_Qashqadaryo
Farzandingiz bormi?
Anonymous Poll
47%
Bor
53%
Yo‘q
ONALAR QARIGANDA

Onalar qariganda dardkashi -- yotadigan joyi boʻlib qolarkan. Eshik poylab, bolalari, nabiralarini kutib turar ekan.
Hatto, non chaynashga qiynalib, ovqatini yosh boladay toʻkib yer ekan. Injiqlik qilishsa, qarilikda deya bolalari indamas ekan.
Ana shunda onalarimiz bizga qanday mehr bilan ulgʻaytirganini eslashimiz lozim ekan. Bu SINOV deb atalar ekan.
Baxtimizga onalarimiz, buvilarimiz sogʻ boʻlishsinlar.

25.01.2023
Siz nimani xohlaysiz?
@KL_Qashqadaryo
2025/07/01 13:31:06
Back to Top
HTML Embed Code: