Telegram Web Link
Milliy libos – millat ko‘zgusi!

Shahrisabz shahrida o‘tkazilgan “Milliy libos – millat ko‘zgusi” festivali doirasida “Kashtalar jilosi” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan mohir kashtado‘zlar o‘z ijod mahsulotlarini namoyish etishdi.

🔹 Kitob tuman jamoasi ushbu tanlovda munosib ishtirok etib, o‘ziga xos ijodi, badiiy didi va puxta tayyorgarligi bilan ajralib turdi. Tumanlardan tashrif buyurgan jamoalar orasida “Eng kreativ kashtado‘z” nominatsiyasida Kitob tumani vakillari g‘olib deb topildi!

🏅 G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, ularni viloyat hokimi o‘rinbosari Ziyoda Aminova tantanali tarzda topshirdi.

🧵 Bunday festivallar milliy hunarmandchilik merosini saqlash va uni keng jamoatchilikka yetkazishda katta ahamiyat kasb etadi.
Ayniqsa, yoshlar orasida milliy san’atga bo‘lgan mehr va qiziqishni oshirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉 https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Kitob tumanida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun Kitob tumani hokimligida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uni tuman hokimi Rustam Gafurov olib bordi.

Yig‘ilishda tuman ijtimoiy-iqtisodiy holati, fuqarolar murojaatlari, infratuzilma loyihalarining amalga oshirilishi, yoshlar bilan ishlash holati muhokama qilindi. Ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi, yo‘l infratuzilmasi kabi dolzarb muammolar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, yig‘ilishda Prezidentimizning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida belgilangan vazifalar hamda viloyat hokimi tomonidan yuklatilgan ustuvor yo‘nalishlar ijrosi yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Tuman prokurori Xurshid Bahromov mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish borasida mahalla raislariga aniq vazifalar belgilab berdi. U, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

💼Tadbir davomida Olimov Jasur Ilxomovich O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasining Kitob tumani bo‘limi boshlig‘i sifatida jamoaga tanishtirildi.

Yig‘ilish yakunida barcha topshiriqlarning ijrosi qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉
https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat!

⚡️Tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi

ERTAGA SHAHRISABZ SHAHRI, KITOB, YAKKABOG‘, CHIROQCHI VA SHAHRISABZ TUMANIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI!


Muborak gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan gaz taqsimlash stansiyasiylarida texnik tadbirlar olib boriladi. Shu maqsadda 2025-yilning 9-iyul kuni (ertaga) soat 09:00 dan 17:00 ga qadar Shahrisabz shahri, Kitob, Yakkabog‘, Shahrisabz tumanida 13:00 dan 17:00 ga gacha Chiroqchi tumanidagi aholi va mazkur hududlarda joylashgan ulgurji iste'molchilarda (metan shoxobchalari bundan mustasno) tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

"Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉 https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Vatanga sadoqat saboqlari— yoshlar e’tiborida

Kitob tumanida yoshlarni vatanparvarlik, jasorat va insoniylik ruhida tarbiyalashga qaratilgan navbatdagi ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda asli kitoblik, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimi, kichik serjant Muhitdinov Bobur Anvarovich ishtirok etdi. Uchrashuv 4- va 96-umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Muhitdinov Bobur Anvarovich yaqinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda “Mard o'g'lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Uning matonati, fidoyiligi va insonparvarligi yoshlarimiz uchun chinakam ibrat namunasi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ma’lumot uchun: Turkiyada yuz bergan kuchli zilzila vaqtida kichik serjant Muhitdinov Bobur Anvarovich hamkasblari bilan birgalikda o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, bir necha oilani vayronalar ostidan qutqarib qolgan. Uning bu qahramonligi nafaqat O‘zbekiston, balki Turkiya ommaviy axborot vositalarida ham keng yoritilib, u “Turkiya qahramoni” sifatida e’tirof etilgan.

Uchrashuv davomida Bobur Muhitdinov o‘quvchilarga o‘z kasbiy faoliyati, xalq xizmatidagi vazifalari, xalqaro safarlari hamda boshidan kechirgan hayotiy voqealari haqida samimiy suhbat olib bordi. Yoshlar qahramonimizning mardligi va fidoiyligini katta qiziqish bilan tinglab, bu kabi uchrashuvlardan ilhom oldilar.

Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarda Vatanga muhabbat, halollik, jasorat va insoniylik fazilatlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉
https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
2025/10/25 19:44:36
Back to Top
HTML Embed Code: