Telegram Web Link
Kitob tumanida mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan 11.6 mln.dollarlik loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Kitob tumanida mahallalarni rivojlantirishga qaratilgan yirik infratuzilma loyihalarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Islom taraqqiyot banki hamkorligida, BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) ko‘magida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida amalga oshirilmoqda.

Taqdimotda BMTTD vakillari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, tashabbuskor guruh a’zolari va loyiha ishchi guruhi ishtirok etdi. Tadbir davomida mahallalarni rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish jarayonlari, mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha taklif etilgan yechimlar muhokama qilindi. Xususan, infratuzilmaviy ehtiyojlar yo‘l, ichimlik suvi, elektr energiyasi ta’minoti va ijtimoiy obyektlar bo‘yicha istiqbolli rejalar taqdim etildi.

Ma’lumot uchun, Kitob tumanidagi 8 ta mahalla — “Samarqand”, “Qaynar”, “Sharq yulduzi”, “Istiqbol”, “Yangi zamon”, “Charmgar”, “Bog‘bon” va “Paxtaobod” mahallalarida infratuzilmani yaxshilashga jami 11,6 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

Loyihalar aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish hamda infratuzilmaviy tizimlarni zamonaviy talablar asosida takomillashtirishga xizmat qiladi.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉
https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
🏆 “ENG YAXSHI YOSHLAR YETAKCHISI” TANLOVI tuman bosqichi yakunlanmoqda!

📅 Ertaga, 12-iyul soat 23:59 da tuman bosqichi yakunlanadi. TOP reytingdagi ishtirokchilar viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

🎯 Bu esa tanlovning eng mas’uliyatli bosqichi — viloyat finaliga yo‘l!

💰 Viloyat bosqichi mukofotlari:
🥇 1-o‘rin — 5 000 000 so‘m
🥈 2-o‘rin — 3 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 2 000 000 so‘m

JAMI: 10 million so‘mlik pul mukofoti!

📌 Ovoz berish 👉 OVOZ BERISH *
Kitob tumanida “Quyoshli xonadon”lar soni ortmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ–57-sonli qaroriga muvofiq, aholining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishini rag‘batlantirish maqsadida “Quyoshli xonadon” dasturi joriy etilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishda Kitob tumanida ham amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, “Alaqo‘yliq” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan quyosh panellari keng joriy etilmoqda. Ayni paytda mahallada o‘rnatilgan panellarning umumiy quvvati 300 kilovattdan oshgan.

E’tiborlisi, ushbu imkoniyatdan foydalangan fuqarolar orasida Olim Uzoqov ham bor. U o‘z yashash xonadonida 50 kilovatt/soat quvvatga ega quyosh panellarini o‘rnatib, nafaqat xonadonini elektr energiyasi bilan ta’minlamoqda, balki ortiqcha energiyani umumiy tarmoqqa uzatib, qo‘shimcha daromad topmoqda.

Mazkur dastur aholining energiyaga tejamkor texnologiyalarga bo‘lgan e’tiborini oshirib, yashil energiyadan foydalanish madaniyatini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, subsidiya olish jarayoni ham soddalashtirilgan bo‘lib, fuqarolar “Soliq” mobil ilovasining maxsus bo‘limi orqali subsidiya mablag‘larini bevosita bank kartalariga o‘tkazib olishlari mumkin.

Kitobliklarning bunday zamonaviy tashabbuslarga qiziqishi ortib borayotgani quvonarlidir. Bu esa hududda ekologik toza energiyadan foydalanish bo‘yicha yangi bosqich boshlanganidan dalolat beradi.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉
https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
🏆 “ENG YAXSHI YOSHLAR YETAKCHISI” TANLOVI tuman bosqichi yakunlanmoqda!

📅 Bugun, 12-iyul soat 23:59 da tuman bosqichi yakunlanadi. TOP reytingdagi ishtirokchilar viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

🎯 Bu esa tanlovning eng mas’uliyatli bosqichi — viloyat finaliga yo‘l!

💰 Viloyat bosqichi mukofotlari:
🥇 1-o‘rin — 5 000 000 so‘m
🥈 2-o‘rin — 3 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 2 000 000 so‘m

JAMI: 10 million so‘mlik pul mukofoti!

📌 Ovoz berish 👉 OVOZ BERISH *
#Bir_hudud_bir_mahsulot
🧅Kitob dehqonlari mehnati — xalq dasturxoniga baraka!

Bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash har bir hududda dolzarb masalaga aylangan. Shu bois, mamlakatimizda “Bir hudud — bir mahsulot” tamoyili asosida har bir tuman va qishloqning tabiiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, muayyan mahsulot turiga ixtisoslashuvga katta e’tibor qaratilmoqda.

Kitob tumanida esa bu borada aniq natijalar ko‘zga tashlanmoqda. Xususan, tumandagi dehqonlarimiz tomonidan piyoz yetishtirish yo‘nalishida katta tajriba va barakali mehnat namoyon etilmoqda. Joriy yilda tumanda 200 gektardan ortiq yer maydonida piyoz ekilib, hozirga qadar har bir gektardan o‘rtacha 55-60 tonnaga yaqin hosil olinmoqda.

Bugungi kunda hududda yig‘im-terim ishlari qizg‘in davom etmoqda. Yetishtirilgan piyozlar esa eng avvalo, mahalliy bozorlarimiz va aholi ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilmoqda. Shu yo‘sinda har bir xonadon dasturxoniga sifatli, yangi va arzon mahsulot yetib borishi ta’minlanmoqda.

Kitoblik dehqonlarning fidokorona mehnati nafaqat o‘z oilalari balki butun jamiyat farovonligiga xizmat qilayotganini ta’kidlab o‘tish joiz. Aynan ana shunday tashabbuslar orqali oziq-ovqat xavfsizligi, mahalliy mahsulotlar bilan ta’minlash masalasi bosqichma-bosqich hal etilmoqda.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉
https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Kitob tumanida “Hokimlik soati”da dolzarb masalalar muhokama qilindi

Kitob tumani hokimligida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Rustam Gafurov rahbarligida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar, ichimlik suvi va elektr ta’minoti, yo‘l infratuzilmasidagi kamchiliklar, shuningdek, yoshlar bilan ishlash holati atroflicha tahlil qilindi. Har bir masala yuzasidan tegishli tashkilot va soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi hamda ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Bundan tashqari, Prezidentimizning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida ilgari surilgan ustuvor vazifalar, shuningdek, viloyat hokimi tomonidan belgilab berilgan yo‘nalishlar ijrosi yuzasidan ham tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Tadbir yakunida hokim tuman hayotidagi har bir soha bo‘yicha ishlashda faollik va javobgarlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉
https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Kitob tumanini kompleks rivojlantirish bo‘yicha Fransiyaning "Groupe Huit" kompaniyasi bilan hamkorlik muhokama qilindi

Kitob tumani hokimligida hududiy rivojlantirish strategiyasi va master rejasini ishlab chiqish masalalari yuzasidan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimi Rustam Gafurov Fransiyaning "Groupe Huit" kompaniyasi vakillari, jumladan, guruh rahbari va hududiy rejalashtirish bo‘yicha ekspert Guillaume Josse bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Kitob tumanining infratuzilmaviy, iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlarini tahlil qilish, mavjud salohiyatni samarali boshqarish hamda barqaror shaharsozlik rejasini ishlab chiqish bo‘yicha fikr almashildi.

Mazkur tashabbus "O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish" loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda va xalqaro moliyaviy institutlar mablag‘lari asosida moliyalashtirilishi rejalashtirilgan. Loyihaning amalga oshirish muddati 2025–2026 yillarni qamrab oladi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, loyihani mahalliy sharoitga mos tarzda bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha kelishib oldilar.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉
https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
🥔Kitob tumanida takroriy ekin sifatida kartoshka yetishtirish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar tashkil etildi

Kitob tumanida g‘alladan bo‘shagan yer maydonlaridan oqilona foydalanish, takroriy ekinlar sifatida kartoshka yetishtirishni kengaytirish maqsadida amaliy ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Seminarda tuman hokimi Rustam Gafurov hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, tajribali dehqonlar va yosh fermerlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida g‘alladan bo‘shagan 10 gektar yer maydoniga qishloq xo‘jaligi texnikalari yordamida ishlov berilib, takroriy ekin sifatida kartoshka ekish jarayonlari namoyish qilindi. Yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida esa ushbu maydonning 50 sotixdan iborat qismlari 20 nafar ishsiz yoshlarga biriktirib berildi.

Ma’lumot uchun, joriy yilda Kitob tumanida g‘alladan bo‘shagan yerlarning 1200 gektariga kartoshka ekish rejalashtirilgan bo‘lib, bu nafaqat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, balki aholi bandligini oshirish va daromad manbalarini kengaytirish yo‘lida muhim qadamdir.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉
https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
2025/10/21 11:34:51
Back to Top
HTML Embed Code: