Telegram Web Link
Ibn Hushshob vafot etganidan keyin bir kishi uni tushida ko'rgan ekan. Tushda u kishi devorlari kitobdan bo'lgan bir shaharda yashar, atrofida son-sanoqsiz kitoblar bor ekan. O'zi esa o'sha kitoblarning mutolaasi bilan mashg'ul ekan. Shunda u kishiga: "Namuncha kitoblar ko'p?" deyilsa, "Alloh taolodan bu yerda ham dunyoda mashg'ul bo'lgan narsam bilan band qilishini so'ragan edim, menga izn berdi", deydi.

@kitobxonuz 📚
🔥4😇3
#Bismillahir_Rohmanir_Rohiym
#xulosa_odoblar_xazinasi_uchinchi_juz

Ushbu juzning boshlanishi asosan duo odoblariga bagʻishlangan boʻlib, unda Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan maʼsur boʻlgan duolar, sahobayi kiromlarning duodagi odoblari keltirilgan. Avvalo duoda Allohim xohlasang ber,xohlamasang berma deb duo qilish durust ish emas, chunki Allohni majburlovchi yoʻq. Keyin duoda uni ber,buni ber deb juda maydalashtirib yubormaslik kerak ekan, Alloh doʻzaxdan panoh berib,jannatga doxil qilsa shuning oʻzi oxirat va dunyo yaxshiligi ekan. Abdulloh ibn Zubayr roziyallohu anhu Momaqaldiroq yer ahli uchun qattiq ogohlantirishdir degan ekanlar, darhaqiqat koʻpchiligimiz ushbu tabiat hodisasidan qattiq qoʻrqamiz xuddi qiyomat boshlangandek tuyuladi. . .
Yana shamolni, zamonni soʻkmaslik lozim ekan. Sababi zamon Allohdir. Zamona yomon boʻldi deyish durust ish emas ekan.
Yana jamiyatimizda tarqalgan eng yomon ishlardan biri —gʻiybat boʻlib qolmasin-u deb boshlanuvchi aslida boshidan oxirigacha fisq fasod hisoblangan ish gʻiybat haqida hadislar keltirilgan. Gʻiybat qilivchi kimsa misoli oʻlgan eshakning goʻshtini yegan bilan barobar ekan. Ayniqsa bundan ham yomoni oʻlgan kishini gʻiybat qilish ekan. Yana mehmon uchun ziyofat  uch kun undan ortigʻi sadaqadir. Agar mezbon qavm mehmonga ikrom qilmasalar, mehmon oʻziga yetarlisini shu qavmdan olishi mumkin ekan. Kishilarga oʻziga xush kelmaydigan laqab toʻqish joiz emas ekan. Har bir inson farzandli boʻlar ekan dilbandiga munosib va chiroyli ism qoʻyishni xohlaydi. Ammo ism tanlaganda islomiy odoblarga koʻra Allohga xush yoqadigan ismlardan qoʻygan afzal. Ismi nojoiz ismlardan boʻlsa, uni chiroyli maʼnoli ismlarga oʻzgartirish lozim ekan. Musulmonning zimmasidagi haqlardan aksa urgan kishiga yarhamukalloh deyish lozim, qachonki u aksa urib Alhamdulillah desa. Esnaganda shayton insonning ogʻziga kirar ekan ,shu sabab kishi esnaganda qoʻlini ogʻzi bilan yopishi lozim ekan. Alloh taolo ushbu kitobdan olgan ilmlarimizni hayotimizga tadbiq qilishlikni nasib aylasin. Ushbu ilmlarni foydamizga hujjat qilsin . Amiyn.

#Bayzaqova_Sitora
@KitobxonUz
👏2👍1🔥1
Бир одам ўзи қилмайдиган ишни сенга насиҳат қилса, ҳайрон бўлма. Балки, у ўзи қила олмаган ишдаги яхшиликни сенга илинаётгандир.


📚@kitobxonuz
4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bismillahir Rohmanir Rohiym
#taqriz....
#Odoblar_xazinasi 3-juz......

Insoniyat ilk paydo boʻlganda Alloh subhana taolo "Oʻqi" deya buyurdi....
Oʻqi deb buyurgan Robbim bir kun kelib nimani oʻqiding ey bandam deya so'rashini anglagan holda keyingi mutolaam Shaximizning "Odoblar xazinasi" 3-juz ekan. Mutolaa jarayoni shunchalik qizgʻin va ilm olishga ishtiyoq oshishi bilan oʻtdiki, ich -ichimdan bu kitobni albatta yaqinlarimning hammasiga o'qish kerakligini tavsiya qilaman deb yuragimga tugib qoʻydim. Asarda rangli dunyo va u dunyoning bu ranggi qanday paydo bo'lishidek goʻyo har bir holatda odob tariqasida eslatmalar ,tavsiyalar voqealar koʻrinishida misollar bilan aytib oʻtilgan. Hattoki asarda
*duolar
*asma ul-husna
*nima mumkin yoki mumkin emasligi
*musulmonning hayot yoʻlini yaxshilashga doir ibratli voqealar ham yoritib berilgan.
Yana insoniyatga eng katta xavf soladigan gʻiybat haqida ,uning qanday sodir bolishi-yu qanday holatda gʻiybat qanday holatda tuhmat deyilishi,yana tabiat hodisasi boʻlmish momaqaldiroqni yokon ko'rmaslik,u haqida yomon soʻzlamaslik balki rahmat aytib Allohdan magʻfirat soʻrashlik haqida yozilgan. Bundan tashqari bandaga qaysi ismlar eng mahbubu va qaysilari yoqmaydigan ismlargacha aytib oʻtilgan. Bundan tashqari yana oilada nafaqa toʻgrisida bu faqat moddiy jihatdan emas balki ayolining ogʻziga soladigan luqmadan ham qanchalik ajr olishi mumkin ekanligi goʻzal sifatlar ila kitob varogʻlaridan joy olgan.
In sha Alloh endilikda "Odoblar xazinasi" 4-juz meni kutib qoldi.
Maroqli va ilmga boy kitob mutolaasini tugatganimga Robbimga hamdlar boʻlsin.


Tiflatun 5339
@KitobxonUz
👍21🔥1😇1
Bismillahir Rohmanir Rohiym...

Mutolaamizning keyingi mehmoni hazrati hazratimiz qalamlariga mansub Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Odoblar xazinasi" 3-juz kitobi ekan bu kitobda boshidagi ya'ni 1,2 juzlarning davomi boʻlgan yana bir odoblar jamlanmasi,xazinasining namoyondasi desak adashmagan boʻlamiz. Kitobxon bu juzda oldingi juzlardagi har bir vaziyatdagi holatlarda odob, madaniyat fazilatiga hamohanglik koʻlankasini rang-barangligini sezsa ajab emas. Insondagi qaysi hislatlarni sanamang u yangi bir bekat va yangi bir yoʻlovchidek uygʻunlik kasb etadi.Asar shunchalik ochiq tushuntirilib yozilganki, bunda kishi gʻazabi kelganda oʻzini qanay tutishidan tortib oyogʻi uyushgan kishiyu shamol oddiy tabiat hodisasi bolishiga qaramay shunga ham rahmatlar aytib odob fazilatlarini har narsada ustun yani fundamental asos qilib olishi qatiyan nazarda tutilgan.
Men asarni oʻqib nafaqat odobni balki odobsizlikdan ham ilm oʻrganib bu har narsada hikmat borligi,neki boʻlsa Alloh subhana taolodan ekanligiga iqrorligimni va shu hayrlisi ekanligini tushunib yetdim.
Mehribon va Rahmli Zotga hamdlar ,Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga dur-u salovatlar,ash'oblariga cheksiz duolar tilab qolaman.
#Qosimjon_qizi
@KitobxonUz
👍1🔥1
Одоблар ҳазинаси 3
#ҳулоса
Бисмиллаҳир роҳманир роҳим
Аллоҳ таолога ҳамду санолар бўлсин!
Пайғамбаримиз Муҳаммад Мустафо Соллаллоҳу алайҳи васалламга саловату саломлар бўлсин!
Имом Буҳорий роҳматуллоҳи алайҳининг ал-Адаб ал-Муфрад китобига шарх Одоблар ҳазинаси 3 китобини ўқидик.
Бу китобда Росулуллоҳ Соллаллоҳу алайҳи васаллам қандай дуо қилишни ўргатганлар дуода дунё ва охират учун яхшиликларни сўрашни буюрганлар ёмон нарсаларни сўрамасликни инсон кейин уларга бардош қила олмаслигини таъкидлаганлар.
Китобда яна ғийбат қилиш гуноҳи кабира эканлиги одамларни ғийбат қилиш ўлаксани егандан ҳам ёмон эканлиги маййитни ғийбат қилиш тирик одамни ғийбат қилишдан ҳам оғир гуноҳ эканлигини билиб олдик.
Меҳмон бн мезбоннинг одоблари ва уларнинг хақлари меҳмонга зиёфат бериш 3 кун ундан кейингиси садақа экан.
Фарзандга исм қўйишда яхши маъноли чиройли исм қўйиш ёмон маънодаги исмларни яхшисига ўзгартириш керак экан.
Фарзандга Пайғамбарларнинг исмини қўйиш яхши бўлиб Аллоҳ таолога энг маҳбуб исмлар Абдуллоҳ ва Абдурраҳмон исмлари экан.
Китобда яна шеър айтиш ҳақида яхши шеърни айтиш жоизлиги ҳақида ёзилган. Росулуллоҳ Соллаллоҳу алайҳи васаллам душманларига шеър орқали жавоб беришни Ҳассон ибн Собит розияллоҳу анҳуга буюрганлар ва бунда Жаброил алайҳиссалом уларга ёрдам бериши ҳақида айтганлар.
Росулуллоҳ Соллаллоҳу алайҳи васаллам:
Албатта мўмин киши қиличи ва тили билан жанг қилади. Менинг жоним қўлида бўлган Зотга қасамки, сизнинг уларга отадиган ўқингиз, камон ўқидан ҳам ўткирроқдир дедилар.
Мусулмоннинг мусулмон устидаги хақлари хақида ўқидим ва буни баъзисини амалда ҳам қилдим ва ич ичимдан хурсандман бунинг учун Алҳамдулиллаҳ.
Каъб ибн Молик розияллоҳу анҳунинг табукдан узрсиз қолиб кетиб тавбаси қабул бўлганини ўқиб йиғладим бу воқеани бошқа китобларда ҳам кўп ўқиганман ҳар сафар 😢 кўзимга ёш келади.
Бу китобдан кўп билмаган нарсаларни ўргандим ўқиб ўрганганларимга амал қилишлик насиб қилсин ин шаа Аллоҳ!

Salsabila
@KitobxonUz
👍2🔥2
🟢Test bugun 10.07.2025 @KitobxonUz kanalida
❗️ 21:30❗️da boshlandi.
❗️ 22:15❗️ da tugaydi.
Одоблар хазинаси 3-китобиддан.
Savollar soni: 41 ta
Test kodi: 165221

Javoblaringizni
@e_test2_bot ga quyidagi ko'rinishlarda yuborishingiz mumkin:

165221*abcdabcd...

yoki
165221*1a2b3c4d5a...


165221#abcdabcd...

yoki
165221#1a2b3c4d5a...


☝️ Eslatma!
Javoblar aynan @e_test2_bot ga yuborilishi shart, boshqasiga emas.
2👍2
🕊 Ilm-Ziyo 📚 pinned «🟢Test bugun 10.07.2025 @KitobxonUz kanalida ❗️ 21:30❗️da boshlandi. ❗️ 22:15❗️ da tugaydi. Одоблар хазинаси 3-китобиддан. Savollar soni: 41 ta Test kodi: 165221 Javoblaringizni @e_test2_bot ga quyidagi ko'rinishlarda yuborishingiz mumkin: 165221*abcdabcd...…»
Forwarded from Padsbot
Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblarini o‘qib, har 20 kunda hazratni ixtiyoriy bitta kitoblarini yutib olishni istaysizmi?
😇3🔥1
Bismillahir Rohmanir Rohim
#Odoblar_xazinasi_3-juz
#Xulosa

Navbatdagi mutolaamizdagi kitob " Al-adab al-mufrad" kitobining sharxi Odoblar xazinasi 3-juzi. Odoblar xazinasi 3-juzida quyidagi asosiy mavzular bilan tanishdim: kundalik hayotimizdagi duolar, duoning fazilatlari, g‘iybat gunohi kabiralardan ekani, musulmon kishi g‘iybatdan o‘zini tiyishi kerakligi, mehmonning hurmati va unga xizmat qilish, mezbonning esa odoblari, kishining ahliga nafaqasi, ota onalar farzandiga chiroyli ismlar qo‘yishlari, xayrsiz, yomon ma'noli ismlarni boshqa chiroyli ismga o‘zgartirish kerakligi, musulmon kishi aksa urganda nima deyishi, esnaganda qo‘lini og‘ziga qo‘yish kerakligi, yosh bolalar bilan qo‘l berib so‘rashish odoblari haqida ma'lumotlar oldim. Ayniqsa e'tiborimni tortgan bob, duolar bobi bo‘ldi. Duo qilganda azmu qaror bilan, duolarim qabul bo‘larmikin, ko‘p narsa so‘rab yubormadimmi degan gumonga bormasdan, duolarim albatta qabul bo‘ladi degan ishonch bilan so‘rash lozim ekan. Hadislarda, duolarni qabul qilishning turli shakllari, masalan, tezda, kechiktirib yoki boshqa bir yaxshilik bilan javob berilishi haqida ma'lumotlar berilgan. Alloh taolodan so‘ramagan kishidan Alloh taolo g‘azablanar ekan, shuning uchun barcha hojatlarimizni Robbul olamiynga arz qilib, mushkulimizni oson qilishini so‘rab, duo qilish biz uchun farzu vojib amallardan ekan. Duoning qabul bo‘lish makonlari bo‘lgani kabi, uning qabul bo‘lish zamonlari ham bor ekan; azon paytida va Allohning yo‘lida safda turgan paytda. Mana shu ikki paytdagi duolar deyarli rad qilinmas ekan.
#Bintu_Sobirjon
👍2
🎁📕🎁Bugun Sovrin loyiha @KitobxonUz da. 
📚📚📚1-10-dagi o'rinlarga Shayximizni Ixtiyoriy kitoblari beriladi.
«Одоблар хазинаси 3-китоби»  kitobidan test bo'ladi.
Savollar soni: 41 ta
Test kodi: ❗️165221❗️
Boshlanish vaqti: 21:30 ❗️
Tugash vaqti: ❗️22:15❗️
Test :❗️
@KitobxonUz❗️ga tashlanadi.
Javoblarni
@e_test2_bot ga pastagidek ro'yxatdan o'tib yuboriladi.

165221*1a2b3c4d5a...   40b41c
yoki
165221#1a2b3c4d5a...  40b41c
🟢41 ta javob bo'lishi shart. Bo'lmasa bot qabul qilmaydi.
Qo'llanma:
https://www.tg-me.com/Kitobxonuz/4191
❗️Eslatma bizda har 10/20 kunda 
#Kitobxonlik_Loyihalari o'tkazilmoqda.
Duolarizda eslab turing loyihamizda ishtirok etayotgan kitobxonlarni va jamiki hissasi tegayotganlarni🤲😇
🕊🌹  
https://www.tg-me.com/Kitobxonuz/15774 🕊☘️
🕊 Ilm-Ziyo 📚 pinned «🎁📕🎁Bugun Sovrin loyiha @KitobxonUz da.  📚📚📚1-10-dagi o'rinlarga Shayximizni Ixtiyoriy kitoblari beriladi. «Одоблар хазинаси 3-китоби»  kitobidan test bo'ladi. Savollar soni: 41 ta Test kodi: ❗️165221❗️ Boshlanish vaqti: 21:30 ❗️ Tugash vaqti: ❗️22:15❗️»
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😢3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️Kitobni o'qib Testni Halol ishlab (birovdan so'ramasdan, yordam olmasdan, kitobdan poisk bermasdan, javoblarni solishtrib qayta javob yubormasdan) yutib olishingiz yoki yuqoridagi va undan boshqa o'z bilimiga emas qandaydir yo'llar orqali yechib Birovni haqqiga ega bo'lmang. Agar kimda kim o'z bilimi orqali emas... qandaydir yo'llar va kitobdan foydalanib Test Yechsa BIZ ROZI EMASMIZ! Ogohlantirdik xolos.
2025/07/12 17:58:59
Back to Top
HTML Embed Code: