Telegram Web Link
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Sizda HDD yoki SSD? Tekshirishning oson yo'llari
#info

Ko'pchilik foydalanuvchilar kompyuteridagi qattiq diskni HDD yoki SSD ekanligi haqida ma'lumot olishga qiynalishadi. Bu ma'lumot ko'pincha yangi yoki ishlatilgan kompyuter sotib olishda kerak bo'ladi.

Kompyuterdagi diskning turini aniqlash uchun aynan birorta dasturni o'rnatish va u orqali aniqlash shart emas.

📜Нажмите WIN + R ga dfrgui buyrug'ini kiritish orqali "Оптимизация дисков" ga kiramiz. "Тип носителя" joyida o'zimiz uchun kerakli ma'lumotni olishimiz mumkin.

📄 Ushbu ma'lumotni olishning yana bir usuli: PowerShell orqali. PowerShell'ga kirib (Win+R -> powershell) Get-PhysicalDisk ni kiritib enter tugmasini bosamiz. ©@pcTeapot

P.S. HDD va SSD nima ekanligi, farqlari haqida kanalimizda yetarlicha ma'lumot bor. Kerak bo'lsa marhamat 🔎.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
👍11
Excel dasturida qanday turdagi saralash (сортировки) mavjud emas?
Anonymous Quiz
10%
kamayish tartibi bo'yicha
29%
hajmi (o'lchami) bo'yicha
7%
o'sish tartibi bo'yicha
54%
barcha turlari mavjud
👍4
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Win tugmasi bilan bajariladigan barcha kombinatsiyalar (2-qism)
#info / #hotkeys

Windows tugmasini faqatgina “Пуск” oynasini chaqirishdan tashqari ushbu tugma yordamida ishimizni juda osonlashtirishimiz mumkin. Buning uchun ushbu tugma bilan bog’liq barcha tugmachalar kombinatsiyalarini o’rganib chiqamiz. 1-qism

Win+W — Windows Ink Workspace’ni ochish (pero bilan chizish, ekranni rasmga olish (skrinshot));
Win+X — “Центр мобильных приложений Windows” (Windows mobil dasturlar markazi)ni ochish (Windows Vista va 7 o’rnatilgan mobil kompyuterlar uchun);
Win+Y — Yahoo! Messenger’ni ochish (o’rnatilgan bo’lsa);
Win+Pause — tizim xususiyatlarini ochish (свойства системы);
Win+Tab — vazifalar panelidagi tugmalar bo’ylab harakatlanish (Windows Aero’da — oynalar bo’ylab harakatlanish, Flip 3D’ni qo’llagan holda);
Win+F1 — “Центр справки и поддержки Windows” (Windows ma’lumotlar va qo’llab-quvvatlash markazini) ochish;
Win+1 … 0 — vazifalar paneliga joylangan va tartib raqamiga ega dasturlarni ishga tushirish/o’tkazish (faqat Windows Vista va yangilarida);
Win+Shift+1 … 0 — vazifalar paneliga joylangan va tartib raqamiga ega dasturlarni yangi nusxalarini ishga tushirish (faqat Windows Vista va yangilarida);
Win+Ctrl+1 … 0 — vazifalar paneliga joylangan va tartib raqamiga ega dasturni oxirgi faol oynasini ochish (faqat Windows Vista va yangilarida);
Win+Alt+1 … 0 — vazifalar paneliga joylangan va tartib raqamiga ega dasturlarga o’tadigan dasturlar ro’yxatini ochish (faqat Windows Vista va yangilarida);
Win+ — oynani kattalashtirish (faqat Windows Vista va yangilarida);
Win+ — oynani tiklash/minimallashtirish (faqat Windows Vista va yangilarida);
Win+ yoki — oynani kattalashtirish rejimini o'zgartirish (shu jumladan ko'p monitorli konfiguratsiyalardagi monitorlar o'rtasida) (faqat Windows Vista va yangilarida);
Win+Shift+ yoki — ko'p monitorli konfiguratsiyalardagi monitorlar o'rtasida o’tkazish oynasi (faqat Windows Vista va yangilarida);
Win+Shift+ yoki — faol oynani ekranning yuqoridan pastgacha cho'zish/oyna hajmini tiklash;
Win+Home —barcha maksimal (ochiq) oynalarni kamaytiring/tiklash, veb-sahifaning yuqori qismiga o'tish (faollashtirilgan oynalar bundan mustasno (faqat Windows 7 da));
Win+Space — ish stoliga qarash (faqat Windows 7) / tilni almashtirish (klaviatura uchun) (faqat Windows 8 va 10);
Win+PrtScr — kompyuter ekranini rasmga olish va saqlash (Windows 8’dan boshlab);
Win+ — ekran lupasini yoqish/tasvirni 100% ga yaqinlashtirish (faqat Windows Vista va yangilarida);
Win+ — ekran lupasi faol holatda tasvirni 100% ga kichraytirish (faqat Windows Vista va yangilarida);
Win+Esc — ekran lupasini o’chirish (faqat Windows Vista va yangilarida).
Win+.” yoki Win+;” — emojilar (smayllar) panelini ochish.
Win+Z — ilovada mavjud bo'lgan buyruqlarni to'liq ekran rejimida ko'rsatish (e'lon qilingan, lekin amalda ishlamaydi). Windows 10’dan boshlab "muzlatilgan" (vazifani qonuniy / odatiy usul bilan o'zgartirish mumkin emas). ©ru.wikipedia.org

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
👍17
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Windows o'rnatishdan oldin qanday amallarni bajarish kerak?
#info / #windows

Oldinroq Windows o'rnatgandan so'ng nimalar qilish kerakligi haqida gaplashgan edik. Bugun biroz orqaga qaytamiz va Windows o'rnatishdan oldin nimalar qilishimiz kerakligi haqida gaplashamiz. Ushbu tavsiyalar Windows'ning barcha versiyalarini o'rnatishga aloqador.

1⃣ Kerakli fayllarni saqlab qo'ying. Odatda Windows C diskga o'rnatilishi sababli Windows o'rnatish paytida C diskni format qilishimiz (tozalash) ga to'g'ri keladi. Рабочий стол, Загрузки va shunga o'xshash joylardagi fayllar C diskda joylashgan bo'ladi.

2⃣ Brauzerdagi zakladkalar saqlab qo'yish. Brauzerlarimiz ham o'chirilishi sababli o'zimiz uchun kerakli deb bilgan web sahifalarimizning manzillarini yozib olib qo'ying.

3⃣ Kompyuterda mavjud o'yin va dasturlarga tegishli fayllarni saqlab qo'ying. Asosan Documents papkasida dasturlarga tegishli bo'lgan tayyor fayllarni saqlab oling. Tizimga aloqadorlarni olib qolish shart emas.

4⃣ Internet va tizimga oid sozlamalarni eslab qoling. Ba'zan sozlamalarni o'zimiz uchun optimal holatga keltirganimizda Windows o'rnatishga to'g'ri kelib qoladi. Shu sabab oldingi holatga qaytarish uchun kerakli sozlamalarni eslab qolamiz.

5⃣ O'rnatilgan dasturlar ro'yxatini saqlab qo'yish. Kompyuterni endi o'rganishni boshlaganimda har safar Windows o'rnatishimdan oldin o'rnatgan dasturlarim ro'yxatini skrinshot qilib olib qo'yar edim (keyingi safar tezda nimalarni o'rnatishim kerakligini anglash uchun).

6⃣ Parollarni yozib olamiz. Ayniqsa brauzerlar bizga kerakli lekin bizning yodimizda qolmagan parollarni eslab qolishadi. Shu parollar ichidan keraklilarini saqlab olamiz. Masalan, Chrome dasturidagi parollar ushbu manzilda saqlanadi: chrome://settings/passwords

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
👍5
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Windows o'rnatib bo'lgandan so'ng qilinadigan ishlar
#info / #windows

Windows 7 yoki Windows 10 o'rnatishingizdan qat'i nazar quyidagi ishlarni amalga oshirishingiz kompyuteringizni yanada yaxshiroq va to'liqroq ishlashiga ta'sir qiladi. Bu ishlarni deyarli barchasini o'zim Windows o'rnatganimdan so'ng ham amalga oshiraman.

1⃣ Drayverlarni yangilang. Windows yangi bo'lishiga qaramasdan undagi drayverlarning sizga keraklilari eski yoki umuman bo'lmasligi mumkin. Shunday ekan doimo Windows o'rnatgandan so'ng albatta drayverlarga vaqt ajrating. Ba'zan Win o'rnatilgandan keyin ekranni "yoqimsiz" ko'rinishiga drayverlar aybdor bo'ladi.

2⃣ Antivirus o'rnating. Win o'rnatilgandan so'ng kompyuter toza bo'ladi. Ushbu tozalikni saqlash uchun antivirus kerak.

3⃣ Ortiqcha dasturlarni o'chiring & kerakli dasturlarni o'rnating. Ortiqcha dastur - Windows o'rnatganda o'rnashadigan hech kim ishlatmaydigan dasturlar. Kerakli dastur - o'zimiz uchun faqat kerakli dasturlar.

4⃣ Avtozagruzkadagi ortiqcha dasturlarni o'chiring. Kerakli dasturlarni o'rnatgandan so'ng ko'pchiligi avtozagruzkaga kirib olishadi.

5⃣ Fayllarni ochadigan dasturlarni belgilash. .mp3 larni AIMP, .mp4/.avi larni GOM Player va h.k lar tartibida belgilab chiqamiz. Bunda qaysi turdagi faylni qaysi dastur ochishi nazarda tutilyapti.

6⃣ Dasturlarning yuklash papkalarini o'zgartiring. Telegram va brauzerlar orqali yuklangan fayllar asosan C diskdagi Downloads papkasiga tushadi, bu esa C diskni to'lib qolishiga sabab bo'ladi.

🤗Bu eng kerakli deb bilganlarim. Qolganini o'zingizni ehtiyoj/xohishingizga qarab belgilashingiz mumkin.

P.S. Yuqoridagi aytilganlar bo'yicha kanalda video va ma'lumotlar mavjud, ularni ataylab belgilamadim. Sababi izlanishni o'rganishimiz kerak 😉.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
👍10
KOMPYUTER AKADEMIYASI pinned «Assalomu alaykum hammaga! Bizni @k_a_chat guruhimiz o'chib ketmagan, uning manzili o'zgarganini eslatib qo'ymoqchi edim. Kompyuter bo'yicha savollaringizni shu guruhga yozishingizni tavsiya qilardim: @ITgroupStudy Kanalimizga ulangan guruhda esa faqatgina…»
📶 "Подключено, без доступа к интернету" — nega shunday bo‘lishi mumkin?
#muammo / #internet

⚠️ Agar sizning qurilmangiz Wi-Fi tarmog‘iga ulangan, lekin internetga kira olmasa, sabablar quyidagilar bo‘lishi mumkin:
Provayder tomonda muammo
– Kabel uzilgan, texnik xizmat ishlari ketmoqda yoki siz to‘lovni o‘z vaqtida bajarmagansiz.
Limitlar yoki toʻlovlarda cheklovlar
– Trafik limiti tugagan, provayder sizning sessiyangizni bloklagan bo‘lishi mumkin.
Routerda yoki yo‘riqchida texnik nosozliklar
– Qurilma ishlamay qolyapti, kabel noto‘g‘ri ulangan, WAN-portda muammo.
Noto‘g‘ri tarmoq sozlamalari
– IP yoki DNS avtomatik sozlanmagan, DHCP xizmati ishlamayapti.
Qurilmada yoki routerdagi nosozliklar
– Wifi-drayver eskirgan, routerdagi kanallar to‘lib ketgan, signal zaif.

Yechimlar:
Router va qurilmani qayta yoqish 🔄
– Ko‘pincha oddiy restart muammoni hal qiladi.
Kabel va WAN portini tekshirish 🔌
– Kabel uzilmaganmi, bo‘shab qolmaganmi?
Tarmoq sozlamalari ⚙️
– IP va DNS avtomatik olish rejimiga qo‘yilganmi?
Boshqa qurilmada tekshirib ko‘rish 📱💻
– Agar faqat bitta qurilmada ishlamasa, muammo shu qurilmaning sozlamalarida.
Provayder holati 📞
– To‘lovni o‘z vaqtida qilganmisiz, texnik ishlar bormi?

©️Manba va muallif

@kompyuter_akademiyasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Windows'dagi dasturning internetga kirishini taqiqlash!
#info / #internet

ℹ️ Barcha dasturlar ham internetga kirishga muhtoj emas. Biroq, ularning ba'zilari trafikni faol ravishda "yoqib" yuboradi, yangilanishlar mavjudligini tekshiradi yoki xizmat ma'lumotlarini yuboradi. Bu, ayniqsa, hisoblangan ulanishdan foydalanganda (masalan, smartfondan internetni tarqatishda) yoqimsizdir.

Windows'da ma'lum bir dasturning umuman internetga kirishini yoki ma'lum tarmoqlarga ulanishni cheklash imkonini beruvchi o'zining standart funksiyasi mavjud.

🗒 Buning uchun:

1️⃣ Win + R tugmalarini bosib, firewall.cpl ni kiritib, xavfsizlik devorini ishga tushiring.

2️⃣ "Дополнительные параметры" tugmasini bosing va "Правила для исходящего подключения" ni tanlang.

3️⃣ O'ng qatordagi "Создать правило" tugmasini bosing.

4️⃣ "Для программы" ni tanlang.

5️⃣ Internetni blokirovka qilish kerak bo'lgan dasturga yo'lni belgilang.

6️⃣ "Блокировать подключение" katagiga belgi qo'ying.

7️⃣ Agar kerak bo'lsa, qoida qo'llaniladigan muayyan tarmoqlarni belgilashingiz mumkin.

8️⃣ Qoidani aniq nomlash va tavsiflashni unutmang, shunda kelajakda uni topish osonroq bo'ladi.

9️⃣ "Готово" tugmasini bosing. @tech_lifehacks

😉 Oldingi holatiga qaytarish uchun o'zimiz kiritgan bandni tanlab, sichqonchani o'ng tugmasini bosaniz va "Oтключить правилo" ni tanlaymiz, bo'ldi!

▶️ Keyingi postda to'liq video qo'llanma berilgan.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita I Loyihalar
👍4😁1
Kompyuterda yashirin miner borligini qanday aniqlash va olib tashlash
#tavsiya / #xavfsizlik

Miner nima va qanday ishlaydi?

🔸 Miner (mayner) — bu kompyuteringiz kuchini foydasiz kriptovalyuta qazib olishda ishlatadigan dastur. Farqi: ba’zilari foydali, lekin yashirin miner sizning roziligingizsiz, tizimni yuklab, resurslarni iste’mol qiladi.

Turlari:
1. Mahalliy minerlar — kompyuterga o‘rnatiladi, CPU yoki GPU ni ishlatadi.
2. Brauzer minerlar (cryptojacking) — saytlar ichidagi JavaScript orqali ishlaydi, sahifa yopilganda to‘xtaydi.

⚠️ Minerning zararli tomonlari
* Kompyuter juda issiydi, “shovqin” chiqadi, fanlar tez ishlaydi — komponentlarga ishdan chiqish xavfi oshadi.
* Elektr energiyasi sarfi oshadi.
* Ma’lumotlar o‘g‘irlanishi, boshqa zararli dasturlar kirishi ehtimoli oshadi.

🔍 Belgilar – miner borligini anglatishi mumkin
* “Bo‘sh” holatda ham CPU yoki GPU ning yuklanishi yuqori; kompyuter sekinlaydi.
* FPS tushadi, dastur yoki o‘yinlarda lag ko‘p bo‘ladi.
* Elektr hisoblari oshadi; kompyuter doimiy ravishda g‘ichirlaydi.

🛠 Yashirin minerni aniqlash usullari
1. Task Manager (Vazifalar menejeri) – CPU/GPU yukini kuzatish, noma’lum jarayonlarni aniqlash.
2. Resource Monitor — jarayonlar va tarmoq aloqalarini chuqur ko‘rib chiqish.
3. Autostart / Autoloading tekshiruvi — Win + R → msconfig yoki Autostart tab orqali.
4. Tarmoq monitoringi — GlassWire, Wireshark kabi vositalar bilan.

🧹 Minerni olib tashlash
* Antivirus dasturlari: Malwarebytes, Dr.Web CureIt!, Bitdefender, Kaspersky Virus Removal Tool, MinerSearch bilan to‘liq skanerlash.
* Qo‘l bilan:
1. Suspect jarayonni aniqlash → uning joylashgan faylini topish → faylni o‘chirib tashlash.
2. Registry (regedit) orqali miner bilan bog‘liq yozuvlarni yo‘q qilish (faqat ishonchli narsalarga).
3. Firewall’ni sozlash — shubhali dasturdan chiqish aloqalarini bloklash.
* Agar hech narsa yordam bermasa — Windows’ni qayta o‘rnatish.

Oldini olish yo‘llari
* Operatsion tizim, drayverlar, dasturlarni yangilab boring.
* Faqat ishonchli manbalardan dastur yuklab oling; kraklar, “super takliflar”ga ehtiyot bo‘ling.
* E-maildagi noma’lum fayllar va linklarga ehtiyotlik.
* Brauzerda bloklovchi kengaytmalar o‘rnatish: uBlock Origin, NoScript kabi.

©️ Как обнаружить и удалить скрытый майнер в Windows — Лайфхакер

@kompyuter_akademiyasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Live stream scheduled for
Live stream started
AnyDeskPortable.zip
4 MB
Suhbatimizda so'ralgan narsalar

- AnyDesk'ni yangi versiyasi hozirda reklamalari ko'pligi sababli ishlatishga qiyin bo'lyapti. Bu versiya esa oldingidek muammosi ishlayapti. Arxivdan chiqargandan keyin AnyDeskPortable.exe ni ishlatasiz.

- @ka_pptx - PowerPoint uchun tayyor shablonlar kanalimiz.

- Word, Excel dasturlarida kirill 🔄 lotin amaliyotlari uchun saytlar (saytlardan dasturlarini olishingiz mumkin):
https://matn.uz/
https://savodxon.uz/
https://tilmoch.ai/

@kompyuter_akademiyasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15
Live stream finished (1 hour)
Excel va Google Sheets ishini yengillashtirish uchun 10 ta neyroset (AI) xizmati
#excel / #AI

ℹ️ Bugun jadval (spreadsheet) bilan ishlash ko‘p murakkab formulalar, vaqt talab qiluvchi analiz va ma’lumotlarni tozalash kabi zerikarli ishlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Yuqoridagi neyroset xizmatlari buning ustidan tushib, ish samaradorligini oshiradi!

🔗 Har bir servis sayt havolalari:
1. GPT for Sheets And Excel https://gptforwork.com/
2. SheetAI https://www.sheetai.app/
3. Numerous AI https://numerous.ai/
4. Rows AI https://rows.com/ai
5. Formula Bot https://www.formulabot.com/
6. GPT Excel https://gptexcel.uk/
7. AI Excel Bot https://aiexcelbot.com/
8. ChatCSV https://www.chatcsv.co/
9. GeniusSheets https://www.geniussheets.us/
10. Formulizer https://formularizer.com/


Kimlar uchun qulay?

* Ma’lumotlar tahlili bilan ko‘p shug‘ullanuvchilar (business analyst, moliyaviy bo‘lim, studentlar)
* Formulalardan unchalik xabari yo‘q yoki esdan chiqarganlar
* Vaqtni tejashni xohlaganlar
* Axborot “tozaligi” va aniqligini ta’minlash muhim bo‘lgan hollarda

⚠️ E’tibor qilish lozim bo‘lgan jihatlar

* Ba’zilari pullik, bepul versiyalari qisman cheklangan boʻlishi mumkin.
* Maxfiy ma’lumotlar bilan ishlaganda — API kaliti va ma’lumotlar xavfsizligi masalalarini tekshirish lozim.
* Har bir xizmat turli xududda tillar va interfeys bo‘yicha farq qilishi mumkin — mosligini oldindan sinab ko‘rish muhim.

©️ 10 нейросетей, которые упростят работу с таблицами Excel и Google — Лайфхакер

@kompyuter_akademiyasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
KOMPYUTER AKADEMIYASI
"Sun'iy intellekt (chatgpt va AI boshqa saytlar) dan foydalanish odamni aqlsiz va dangasa qilib qo'yadi" - degan fikrga munosabatingiz qanday?
Meni fikrim:
AI ga ishonib, u aytgan hamma gaplarni tahlil qilmay qabul qilsak, oddiy narsalarga ham miyamizni ishlatmasdan AI dab foydalansak u biz uchun zararga ishlaydi.
👍42
Forwarded from Ofis Darslar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
easyQuizzy - test tuzish uchun yana bir qulay dastur

ℹ️ easyQuizzy - turli savollardan test tuzish va testni .exe fayl ko'rinishida saqlash imkoniyatini beruvchi dastur hisoblanadi. Tuzilishi juda sodda hamda ichida o'zbek tili ham mavjud. Bugungi darsimizda ushbu dasturni o'rnatish, aktivlash, savollar kiritish va test holatida saqlashni o'rganamiz.

🔽 Dasturni yuklash

: 10:51 💾: 31.2 MB (720p)

📇 @OfisDarsBot
👍15
Kursimiz o'quvchilarining kasblari

Davlat yoki boshqa ishlarda ishlaydiganlar ko'pchilik (44.6%), tolibi ilmlar 27.1% ni tashkil etayotgan bo'lishsa, ustozlarimiz 13.3% ni tashkil etishmoqda.

🤔 Anchadan beri ustozlarimiz uchun kursimizda alohida bo'lim ochish haqida o'ylab yuribman, lekin aniq g'oyalar kelmagani uchun ish ortga surilmoqda.

Qanday videodars va qo'llanmalar qilsak ustozlarimiz uchun foydasi tegadi deb o'ylaysiz?

💻 Kompyuterni professionallardan o'rganing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11
Excel’ni tezlashtiradigan eng kerakli klaviatura kombinatsiyalari
#hotkeys / #excel

ℹ️ Istalgan dastur singari Excel'da ham klaviatura kombinatsiyalarini bilish ish tezligimizni oshirishga hissa qo'shadi, quyida dasturda ishlatiladigan eng ko'p kombinatsiyalarni ko'rib chiqamiz.

🔹 1. Navigatsiya
• Ma’lumotning oxiriga sakrash — Ctrl + ↑/↓/←/→
• Birinchi katakka (A1) teleport — Ctrl + Home
• Varag‘lar orasida almashish — Ctrl + Page Up/Page Down
• Qidiruv — Ctrl + F
• Istalgan katakka o‘tish — Ctrl + G (F5)

🔹 2. Formatlash
• Kataklarni formatlash menyusi — Ctrl + 1
• Qalin, kursiv, tagiga chizish — Ctrl + B / I / U
• Pul birligi — Ctrl + Shift + $
• Foiz — Ctrl + Shift + %
• Rang to‘ldirish — Alt + H + H

🔹 3. Tahrirlash
• Faol katakni tahrirlash — F2
• Pastga to‘ldirish — Ctrl + D
• O‘ngga to‘ldirish — Ctrl + R
• Bugungi sanani kiritish — Ctrl + ;
• Joriy vaqtni kiritish — Ctrl + Shift + :

🔹 4. Tanlash & Ma’lumot
• Hammasini tanlash — Ctrl + A
• Butun qatorni tanlash — Shift + Space
• Butun ustunni tanlash — Ctrl + Space
• Filtr qo‘shish/olib tashlash — Ctrl + Shift + L
• Tezkor AutoSUM — Alt + =

Siz bulardan qaysilarini ko'p ishlatasiz?

@kompyuter_akademiyasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14
💭 Nasib qilsa bugun soat 20:40 larda @ks_kursi kanalimizda Kompyuterni o'rganish bo'yicha savol-javoblar o'tkazamiz. Savollaringizni tayyorlab turing, javoblarimiz 5 yillik tajribaga asoslangan bo'ladi.

📍 Chat manzili: @ks_kursi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16
2025/10/19 23:40:51
Back to Top
HTML Embed Code: