Forwarded from Kompyuter Savodxonligi kursi
Kursimizni birinchi bo'lib tugatayotgan o'quvchimiz Dilshodbek bilan tanishing. Kursimizga shu yilning 14-yanvar kuni qo'shilgan edi va mana 2 oy bo'lmasdan kursimizni to'liq yakunlash arafasida turibdi. Kursni o'qish davomida Test va topshiriqlar kanalimizda ham faolligini sezib turdik.
📑 Endilikda biror kunni tanlab sertifikat uchun imtihonni o'tkazib olsak bo'lgani 🤗.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20
Kompyuter Savodxonligi kursi
Assalomu alaykum hammaga! Nasib qilsa ertaga kechki soat 20:30 da ochiq dars oʻtkazamiz. ✔️ Darsimizning mavzusi ega koʻplab talablarni hisobga olgan holda "Excel dasturini yaxshi oʻrganish" deb nomlaymiz. Dars boshida fikrlarimni aytsam, savol-javoblar…
Assalomu alaykum hammaga!
Nasib qilsa 11-martga qadar ochiq darsimizni videosini tayyorlab, eʼlon qilamiz.
🧐 Bir savol bilan sizlarga murojaat qilmoqchi edim:
Obunachilarimiz orasida Excelni oʻrganishga qiziquvchilar koʻpchilikni tashkil etar ekan. Lekin 0 dan boshlab, qandaydir yuqori darajaga olib chiquvchi, tizimlashtirilgan kursimiz yoʻq ekan.
Toʻgʻri @ks_kursi da excel va sheets boʻyicha videodarslar bor, lekin ular boshlangʻich hisoblanadi.
❓ Nima deb oʻylaysiz: Excel & Sheets bilan ishlashni 0 dan professional darajagacha oʻrgatuvchi arzon va sifatli kurs tayyorlasak kursimizni koʻpchilikka foydasi tegadimi?
@ka_rasmiy
Nasib qilsa 11-martga qadar ochiq darsimizni videosini tayyorlab, eʼlon qilamiz.
Obunachilarimiz orasida Excelni oʻrganishga qiziquvchilar koʻpchilikni tashkil etar ekan. Lekin 0 dan boshlab, qandaydir yuqori darajaga olib chiquvchi, tizimlashtirilgan kursimiz yoʻq ekan.
Toʻgʻri @ks_kursi da excel va sheets boʻyicha videodarslar bor, lekin ular boshlangʻich hisoblanadi.
@ka_rasmiy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍65
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
ninja-pendisk-1.5-installer_i-5B191 @ka_rasmiy.exe
1.7 MB
Fleshka uchun "antivirus"lar 🫤
#dastur
ℹ️ Ancha oldinroq fleshkalarga virus tushishidan himoya qiluvchi antivirus dasturlarini topishni va ular haqida video yoki maqola yozish bo'yicha va'da bergan edim. Lekin ancha izlanishlar natijasida bunday yaxshi dastur yo'q ekanligiga amin bo'ldim (balki men topolmagandirman).
🌐 Ushbu saytda esa yuqorida yuklangan dasturlar yordamida fleshkani himoyalash mumkinligi haqida ma'lumot berilgan, lekin dasturlarni sinab ko'rish davomida birorta foyda his qilmadim. Istasangiz dasturlarni sinab ko'ring, balki sizga foydasi tegar.
✅ Tavsiya: IT sohasidagi 60 yillik tajribamga tayanib fleshkani himoyalashni quyidagi usullarini tavsiya qilaman:
- Imkon qadar virusli, ko'pchilik foydalanadigan kompyuterlar bilan fleshka orqali aloqa qilmang. Bu eng oson himoyalanish yo'li.
- Kompyuteringizda antivirus bo'lsin va tez tez fleshkangizni tekshirtirib turing.
- Jamoat kompyuterlaridan foydalanishga majbur bo'lsangiz fleshkangizni ushbu usul bilan ham qisman himoya qilishingiz mumkin, ilgari o'zim o'qish davrida shu usuldan ko'p foydalanar edim: Fleshani himoyalashni oson usuli
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
🛫 Telegram I 📺 YouTube
#dastur
- Imkon qadar virusli, ko'pchilik foydalanadigan kompyuterlar bilan fleshka orqali aloqa qilmang. Bu eng oson himoyalanish yo'li.
- Kompyuteringizda antivirus bo'lsin va tez tez fleshkangizni tekshirtirib turing.
- Jamoat kompyuterlaridan foydalanishga majbur bo'lsangiz fleshkangizni ushbu usul bilan ham qisman himoya qilishingiz mumkin, ilgari o'zim o'qish davrida shu usuldan ko'p foydalanar edim: Fleshani himoyalashni oson usuli
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18👎1
Forwarded from Kompyuter Savodxonligi kursi
Excel'ni yaxshi o'rganish bo'yicha tavsiyalar
#excel / #sheets
ℹ️ Excel dasturini yaxshi o'rganish uchun nimalarga e'tibor berish kerak? Ushbu darsimizda shu masala bo'yicha turli amaliy tavsiyalar berishga harakat qilgandik.
✅ Dars tarkibi:
- Excel nima o'zi? U bilan nimalar qilsa bo'ladi?
- Excelni qanday o'rgansa bo'ladi? Bepul va pullik manbalar
- Excelni to'liq o'rganishni iloji bormi?
- Faqat Excelni bilib ish topsa bo'ladimi?
- Sheets nima? Sheets vs Excel
🆓 Excel dasturini bepul o'rganish bo'yicha manbalar:
- @Kompyuter_Akademiyasi dan #excel #sheets deb izlash kerak
- @ExcelDarsbot
- @OfisDarsbot
🛍 Excel, Sheets va to'liq kompyuterni o'rganish bo'yicha kursimiz (20% chegirmada):
https://www.kompyuter-savodxonligi.uz yoki @ks_kursi
🎞 Videodarsni ko'rish
💻 Kompyuterni professionallardan oʻrganing!
#excel / #sheets
- Excel nima o'zi? U bilan nimalar qilsa bo'ladi?
- Excelni qanday o'rgansa bo'ladi? Bepul va pullik manbalar
- Excelni to'liq o'rganishni iloji bormi?
- Faqat Excelni bilib ish topsa bo'ladimi?
- Sheets nima? Sheets vs Excel
- @Kompyuter_Akademiyasi dan #excel #sheets deb izlash kerak
- @ExcelDarsbot
- @OfisDarsbot
https://www.kompyuter-savodxonligi.uz yoki @ks_kursi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14
Forwarded from Ofis Darslar
Excel'da raqamlarini formatlash yorliqlari.xlsx
126.7 KB
Formatlarni almashtirish kombinatsiyalari
ℹ️ Har bir katakga kiritgan ma'lumotimiz qaysidir formatga tegishli ma'lumot sifatida qabul qilinadi. Ushbu qo'llanmada o'sha formatlarni osonlik bilan almashtirishni o'rganamiz.
🎞 Video Darsi
📇 @OfisDarsBot

👍11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
6-dars. Sana bilan ishlash uchun formula va amallar
ℹ️ Ushbu darsimizda Excel dasturida sanalarga bog'liq bo'lgan 9 ta formula va amallarni o'rganamiz. Ushbu funksiyalarni amaliyotda albatta sinab ko'ring:
©Kompyuter Akademiyasi
@ExcelDarsBot
ℹ️ Ushbu darsimizda Excel dasturida sanalarga bog'liq bo'lgan 9 ta formula va amallarni o'rganamiz. Ushbu funksiyalarni amaliyotda albatta sinab ko'ring:
сегодня, тдата, чистрабдни, долгода, целое, день, месяц, год, дата.©Kompyuter Akademiyasi
@ExcelDarsBot
👍17
#soragan_edingiz
1. Microsoft PowerToys yordamida (Windows) – Eng oson usul
Microsoft PowerToys dasturining Keyboard Manager funksiyasi orqali tugmachalarni qayta bog‘lash (remap) mumkin.
Qanday qilish kerak?
1. Microsoft PowerToys dasturini yuklab oling va o‘rnating: Microsoft PowerToys GitHub
2. Dasturni oching va Keyboard Manager bo‘limiga kiring.
3. Remap a Key tugmachasini bosing.
4. + Add Remapping tugmachasini bosing.
5. Chap tomonda F12 ni tanlang, o‘ng tomonda esa CapsLock ni tanlang.
6. OK yoki Apply tugmachasini bosing va PowerToys'ni fonda ishlashga qoldiring.
2. SharpKeys yordamida (Windows) – Registry orqali doimiy o‘zgarish
Agar PowerToys o‘rnata olmasangiz, SharpKeys dasturi yordamida Windows'ning Registry tizimini o‘zgartirib, tugmachalarni almashtirish mumkin.
Qanday qilish kerak?
1. SharpKeys dasturini yuklab oling va o‘rnating: SharpKeys yuklab olish
2. Dasturni oching va Add tugmachasini bosing.
3. Chap tomonda F12 ni tanlang, o‘ng tomonda esa CapsLock ni tanlang.
4. OK ni bosing va Write to Registry tugmachasini bosib, kompyuterni qayta ishga tushiring.
3. AutoHotkey skripti orqali vaqtinchalik o‘zgarish (Windows)
Agar doimiy o‘zgarish kerak bo‘lmasa, AutoHotkey (AHK) skripti yozib, F12 tugmachasini CapsLock sifatida ishlashini ta’minlashingiz mumkin.
Qanday qilish kerak?
1. AutoHotkey dasturini yuklab oling va o‘rnating: AutoHotkey rasmiy sayti
2. Yangi .ahk fayl yarating va quyidagi kodni ichiga yozing:
F12::CapsLock
3. Faylni saqlang va ishga tushiring.
4. Agar har safar avtomatik ishlashi kerak bo‘lsa, faylni Startup papkasiga joylashtiring.
MacOS uchun yechim
Agar Mac ishlatayotgan bo‘lsangiz, Karabiner-Elements dasturidan foydalanishingiz mumkin:
1. Karabiner-Elements yuklab olish
2. Dasturni o‘rnatib, Simple Modifications bo‘limida F12 tugmachasini CapsLock sifatida qayta bog‘lang.
🤗 Ushbu usullardan birini tanlab, F12 tugmachasini CapsLock bilan almashtirish mumkin. Hurmat bilan ChatGPT!
@ka_rasmiy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19
Windows OT’da faylga nom berish bo’yicha qaysi talab to’g’ri?
Anonymous Quiz
20%
Istalgancha belgidan iborat bo’lishi mumkin
65%
Fayl nomi 255 belgidan oshmasligi kerak
12%
Faqat lotin harflaridan iborat bo’lishi kerak
2%
Faqat kirill harflaridan iborat bo’lishi kerak
👍21
Forwarded from IT specialist
#excel
Kerakli listga tezkor o‘tish 🚀
Agar siz ishlab turgan faylda ko‘plab miqdorda ishchi listlari qo‘llanilayotgan bo‘lsa, unda ular bo‘ylab o‘tish siz uchun biroz qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.
Bunday holatda dastur oynasining pastki chap qismida listlarga o‘tkazish uchun xizmat qiluvchi istalgan strelka ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosib, ochilgan listlar ro‘yxatidan biror band ustiga bosgan holda sizga kerakli bo‘lgan listga bir zumda o‘tish mumkin.
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija

👍9
SI'larni ishlataylik!
#tavsiya / #dastur / #ai / #chatgpt
ℹ️ Menimcha oramizda ko'pchilik sun'iy intellektlardan xabari yo'q yoki nimagadir foydalanmaydi. SI dan foydalanish sizni aqlsiz qilib qo'ymaydi (agar uncha juda suyanib, hamma narsani ishonib qo'ymasangiz), aksincha ko'p ishlaringizni osonroq bitishiga ko'mak beradi. Odatiy ishlarni SI ga bering, o'zingiz esa ko'proq kreativ bo'lishga harakat qilganingiz ma'qul.
Men o'zim sevgan SI bu ChatGPT, o'zbek tilini ham ancha yaxshi biladi. Bepul versiyasini o'zida ham ancha ishlarni qilish mumkin. Bitta profil ochasiz, istasangiz kompyuter va telefonga o'sha profildan kirib qo'yasiz. Shunda hamma so'ragan savollaringiz saqlab boradi, kerak paytda oldin olgan yechimlaringizni osonlik bilan yana qayta topishingiz mumkin bo'ladi.
⬇️ Android uchun ChatGPT
⬇️ iOS uchun ChatGPT
⬇️ Windows uchun ChatGPT (Microsoft Store)
🔎 Kanalimizdan #chatgpt yoki #ai deb izlash orqali SI ga oid chiqargan xabarlarimizni osonlik bilan topishingiz mumkin.
@ka_rasmiy
#tavsiya / #dastur / #ai / #chatgpt
Men o'zim sevgan SI bu ChatGPT, o'zbek tilini ham ancha yaxshi biladi. Bepul versiyasini o'zida ham ancha ishlarni qilish mumkin. Bitta profil ochasiz, istasangiz kompyuter va telefonga o'sha profildan kirib qo'yasiz. Shunda hamma so'ragan savollaringiz saqlab boradi, kerak paytda oldin olgan yechimlaringizni osonlik bilan yana qayta topishingiz mumkin bo'ladi.
@ka_rasmiy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Windows 10'ni mustaqil o'rnatishni o'rganamiz
#videodars / #windows
ℹ️ Windows 7'ni o'rnatish bo'yicha kichik videokursimizni oldinroq eʼlon qilgan edik. Biroq kursimizdan foydalanganlarda juda ko'p savollar va tushunmovchiliklar yuzaga keldi.
😎 Shularni hisobga olgan holda Windows 10'ni o'rnatish va sozlashni biroz kattaroq va to'liqroq kurs qilishga qaror qildik.
📃 Kurs tahminan quyidagi darslardan tashkil topadi (kichik o'zgarishlar bo'lishi mumkin):
1️⃣ Windows o'rnatishga oid savol javoblar
Ushbu videoni ko'rish orqali siz nega, qachon va qanday qilib windows o'rnatish kerakligi va h.k haqida beriladigan ko'pgina savollarga javob topasiz.
2️⃣ Windows'larning barcha turlari, redaksiyalari (Pro, LTSB va h.k) bilan tanishamiz. O'zimiz uchun Windows tanlaymiz!
Windows o'rnatishda kerakli Windows'ni qanday tanlashni o'rganamiz. Ultimate, Pro va b. versiyalarni o'zaro farqlarini bilib olamiz.
3️⃣ Katta hajmli fayllar (dastur, o'yin, kurslar va b) ni yuklash usullari (torrent, internet, telegram)
Tabiiyki Windows fayli ham ancha katta hajmga ega bo'ladi. Bu video orqali katta hajmli fayllarni yuklab olishni 3 usuli bilan tanishamiz.
4️⃣ Istalgan Windows (7/8/8.1/10) ni yuklash va fleshkaga yozishni 2 usuli!
Windows o'rnatish jarayonida muammolarga duch kelmaslik uchun windows'ni fleshkaga to'g'ri va to'liq yozish kerak bo'ladi.
5️⃣ Windows 10'ni o'rnatish
Windows'larni o'rnatish jarayoni deyarli hamma versiyalarida bir xil amalga oshiriladi.
6️⃣ Drayverlarni onlayn va oflayn yangilash. DriverPack dasturlari bilan ishlash.
Windows o'rnatib bo'lganimizdan keyin o'zimizga qulay qilib kichik sozlamalarni amalga oshiramiz. Drayverlarni yangilashni ham onlayn ham oflayn usullarini ko'rib chiqamiz. Bunda bir qancha "gigant" dasturlar bilan ham tanishamiz.
7️⃣ Dasturlarni avtomatik o'rnatuvchi dasturlar
Kompyuter ustalari kerakli dasturlarni bittalab o'rnatib chiqadi deb o'ylaysizmi? Ular BELOFF va Minstall kabi dasturlardan foydalanishadi 😉.
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh

👍23
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (pcacademy)
Hujjatdagi barcha rasmlarni birdaniga o'chiramiz yoki matn/rasmga almashtiramiz!
#mohirlik / #word
ℹ️ Har 10 ta Word foydalanuvchisidan 9 tasi "Найти и заменить" funksiyasisiz oʻz hayotini tasavvur qila olmaydi, deb hisoblasak, xato qilmaymiz. Shu bilan birga, ularning deyarli hech biri qo'shimcha funksiyalari haqida bilmaydi. Yoki siz bilasizmi?
❓Unda Sizga savol: Aytaylik hujjatimizdagi hamma rasmlar keraksiz, ularni o'chirishimiz yoki ularni joyiga qandaydir matn yoki rasm bilan to'ldirishimiz kerak. Buni qanday qilamiz?
✅ Javob: Kerakli matn yoki rasmni buferga nusxalab oling (belgilab,
• "Найти" maydoniga
• "Заменить на" joyiga esa
Va "Заменить всё" ni bosganimizda bufer xotiramizdagi eng so'nggi rasm/matn bilan hujjatdagi mavjud rasmlar almashtiriladi. ©️lifehacker.ru
❗Agar rasmlarni o'nini bo'sh qoldirmoqchi bo'lsangiz "Заменить на" joyini bo'sh qoldiring.
🤗 Nasib qilsa tez kunlarda ushbu mohirlikni video formatda e'lon qilamiz. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishni davom eting.
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
#mohirlik / #word
ℹ️ Har 10 ta Word foydalanuvchisidan 9 tasi "Найти и заменить" funksiyasisiz oʻz hayotini tasavvur qila olmaydi, deb hisoblasak, xato qilmaymiz. Shu bilan birga, ularning deyarli hech biri qo'shimcha funksiyalari haqida bilmaydi. Yoki siz bilasizmi?
❓Unda Sizga savol: Aytaylik hujjatimizdagi hamma rasmlar keraksiz, ularni o'chirishimiz yoki ularni joyiga qandaydir matn yoki rasm bilan to'ldirishimiz kerak. Buni qanday qilamiz?
✅ Javob: Kerakli matn yoki rasmni buferga nusxalab oling (belgilab,
Ctrl+C) (shu belgilangan narsa oxirida hujjatimizdagi rasmlar o'rnini egallaydi). Ctrl+H buyrug'i orqali "Найти и заменить" oynasini ochamiz. • "Найти" maydoniga
^g ; • "Заменить на" joyiga esa
^c buyruqlarini yozamiz. Va "Заменить всё" ni bosganimizda bufer xotiramizdagi eng so'nggi rasm/matn bilan hujjatdagi mavjud rasmlar almashtiriladi. ©️lifehacker.ru
❗Agar rasmlarni o'nini bo'sh qoldirmoqchi bo'lsangiz "Заменить на" joyini bo'sh qoldiring.
🤗 Nasib qilsa tez kunlarda ushbu mohirlikni video formatda e'lon qilamiz. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishni davom eting.
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
👍19
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
CV nima? + Namuna
#info / #hujjatlar
ℹ️ Oldinroq ishga kirish yoki o'qish uchun kerak bo'ladigan hujjatlar haqida ma'lumot bergan edim. Shu o'rinda obektivka deb nomlanuvchi hujjatning ham namunasini kanalga joylagan edim. Bugun CV haqida gaplashamiz.
📋 CV (lot. Curriculum Vitae, с лат. «hayot kechirishi», ruschada «резюме») — jamlashgan hujjat bo'lib, unda siz ta'lim olish darajangiz va ish faoliyatingizni barcha ketma-ketligini yoritib berasiz.
📃 Obektivka kabi CV'ning ham butun dunyoda tan olingan yagona ko'rinishi yo'q, turli maqsadlar va so'ralayotgan tashkilotlardan kelib chiqib CV turlicha ko'rinishga ega bo'lishi mumkin. Biroq CV tayyorlashda shaxsiy tajribamdan kelib chiqib maslahat berishim mumkin:
- CV da imkon qadar barcha imkoniyatlaringizni to'liq, asosli ravishda ko'rsating. Ba'zi CV'larda birorta ko'nikma (kompyuter dasturlarini bilish, jamoa bilan ishlay olish va h.k) ni foiz yoki birorta diagramma ko'rinishida ko'rsatish mumkin. Bu ko'rsatkichni o'zingizni imkon darajangizdan kelib chiqib ko'rsating (amaliyotda ko'rsatib ber desa uyalib qolmang 😉).
- CV tayyorlashda ishga yoki o'qishga oid ma'lumot, yutuqlaringizga ko'proq urg'u berish. Chunki ish beruvchiga ishga oid bo'lgan jihatlaringiz muhimroq.
- CV'ni o'qingiz bilgan tilda to'ldiring. Ingliz tilini umuman bilmay turib inglizcha CV to'ldirish mumkin, lekin suhbat jarayonida "hammasi fosh bo'lishi" ham mumkin. Biroq ish beruvchi tashkilotda asosiy til ingliz tili bo'lsa va siz ham bu tildan xabaringiz bo'lsa yozavering.
- CV'da faqat kerakli va arziydigan yutuqlar haqida ma'lumot bering.
❌Maktabda olgan maqtov yoki faxriy yorliqlar
✅Institutda olingan imtiyozli (qizil) diplom
🔜 Keyingi postda CV tayyorlashda yordam beradigan bir android dasturi haqida ma'lumot berib o'taman.
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat

👍22
Forwarded from UltraSoftUz | Dasturlar
@ultrasoft_uz - Wondershare.Filmora.exe
236.5 MB
Wondershare Filmora – bu videolarni tahrirlash uchun mo‘ljallangan qulay va funksional dastur bo‘lib, uni professional va havaskor videomontajchilar foydalanishi mumkin.
Filmora'ning asosiy xususiyatlari:
✅ Oddiy va intuitiv interfeys – boshlovchilar uchun qulay, tushunarli dizayn.
✅ Drag & Drop funksiyasi – videolarni kesish, ulash, effektlar qo‘shish juda oson.
✅ Ko‘plab vizual effektlar va filtrlari – tayyor shablonlar va maxsus vizual effektlar mavjud.
✅ Yuqori sifatli video eksport qilish – HD, 4K formatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
✅ Yashil fon (Chroma Key) bilan ishlash – fon almashtirish imkoniyati.
✅ Ekranni yozib olish – o‘yinlar, darsliklar yoki boshqa videolarni yozish mumkin.
✅ Kuchli ovoz muharriri – fon musiqasi, ovoz effektlari va tovushni optimallashtirish.
Kimlar uchun mos?
🎬 YouTuberlar – kontent yaratish uchun juda yaxshi tanlov.
📹 Havaskor video tahrirchilar – shaxsiy videolarini chiroyli qilish uchun.
🎞 Ijtimoiy tarmoqlar uchun videolar tayyorlovchilar – TikTok, Instagram, Facebook uchun mos.
🎥 Professional video tahrirchilar – tezkor va sifatli montaj qilish uchun ishlatish mumkin.
@UltraSoft_uz — IT dasturlar!

👍15
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍19
x64_Office_2021_ProPlus_LTSC_ru (@kompyuter_akademiyasi).exe
1.7 GB
Microsoft Office Pro Plus 2021 (x64/x86)
ℹ️ Microsoft Office dasturining 2021-yilgi versiyasi. Qaysi kompyuterlarga to'g'ri kelishi haqida bu yerdan ma'lumot olishingiz mumkin.

👍24👎2
Forwarded from UltraSoftUz | Dasturlar
@ultrasoft_uz - Disk.Digger.exe
2.2 MB
DiskDigger – bu yo‘qotilgan fayllarni tiklashga mo‘ljallangan dastur. U kompyuter, USB fleshka, xotira kartalari va boshqa saqlash qurilmalaridan tasodifan o‘chirilgan yoki formatlangan fayllarni qayta tiklashga yordam beradi.
Asosiy xususiyatlari:
✔️ Fotosurat, video, hujjat va boshqa fayllarni tiklash – DiskDigger ko‘plab fayl formatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
✔️ Chuqur skanerlash – oddiy va chuqur tahlil rejimlari mavjud.
✔️ Har xil qurilmalar bilan ishlash – qattiq disk, SD-karta, USB fleshka va boshqalar.
✔️ Windows va Android versiyalari – Android uchun root huquqiga ega bo‘lish talab qilinishi mumkin.
✅ @UltraSoft_uz — IT dasturlar!
Asosiy xususiyatlari:
Agar siz tasodifan muhim fayllarni o‘chirib qo‘ygan bo‘lsangiz, DiskDigger yordamida ularni tiklashga harakat qilishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23👎1