Telegram Web Link
Excel dasturida ... – ishchi varoqni boshiga (A1 katakga) qaytishga xizmat qiladi.
Anonymous Quiz
41%
Alt + home
39%
Ctrl + home
12%
Alt + F4
8%
Endi bilib olaman
Kanalimizda kompyuterdan boshqa sohalar boʻyicha ham video, maqola va boshqa turdagi maʼlumotlar berib borilishiga qanday munosabatdasiz?
Boshqa sohalar deganda shaxsiy rivojlanish, samarali oʻrganish, kompyuterdan boshqa IT sohalari va h.k
Anonymous Poll
49%
Menimcha kompyuter bilan birgalikda boshqa sohalar boʻyicha ham u bu narsa qiziq boʻlardi 🤓
24%
Hozirgi yoʻlida davom etaversin 😎
19%
Sinab koʻrish kerak, shunga qarab biror nima deyishim mumkin 😐
8%
Bugun hovlidagi ishlarimni qilaman desam rosa yomgʻir yogʻdi 🧐
Rasmlarni sifatini tiklash uchun bepul 4 neyrotarmoq
#manba / #AI / manba

ℹ️ Eski yoki unchalik sifatli bo'lmagan rasmlarni sun'iy intellektlar yordamida yaxshilashingiz mumkin. Buning uchun quyidagi saytlarni sinab ko'ring:

1️⃣ PhotoRestore.io

2️⃣ Smartmine AI Image Restoration

3️⃣ jpgHD

4️⃣ GFPGAN

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
🛫 Telegram I 📺 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6/10k

Barchangizga tashakkur 🤗

👉 @OfisDarsBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kompyuterchi uchun eng kerak narsa...
#tavsiya

💻 Kompyuterchi uchun eng kerak narsa bu zo'r kompyuter, tezkor internet yoki alohida ko'nikmlar deyishingiz mumkin, lekin sog'lom bo'lmagan odamga yuqoridagi narsalar tatimaydi. Nafaqat kompyuter yoki IT chilar balki barcha uchun salomatlik eng kerak narsa hisoblanadi.

✍️ O'zimni shaxsiy blogimda sportni boshlaganim haqida motivatsion postlar yozgan edim:
Tana haqida g'amxo'rlik qilamiz!
1Fit'dan foydalanish bo'yicha qo'llanma

💪 Sizga ham hafta davomida kamida 5-6 soat vaqtingizni o'z tanangiz va salomatligingiz uchun ajratishingizni tavsiya qilaman.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
🛫 Telegram I 📺 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ma'lumotlari bilan ko'chirish & duplikat qilish
#shorts / #excel

ℹ️ Qachondir aniq kerak bo'ladigan mohirlikni kutib oling! Ushbu mohirlikda qator va ustunni ma'lumotlari bilan ko'chirish & duplikat qilishni o'rganamiz!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube
Forwarded from Shaha Dolimov
Hech narsa tekin emas ayniqsa yangiliklar!

Yangilik kanallarini aktiv kuzatmay qo’yganimga chamasi 1 yil bo’ldi. Hamma ijtimoiy tarmoqlarimda (hattoki telegramda ham) ulardan obunamni bekor qilganman. Mabodo menga aloqasi bor biror yangilik chiqsa, ularni kuzatmasam ham qayerdandir menga yetib keladi. Shu payt o’qib olaman. Lekin bunday yangiliklar 1 oyda 2-3 marta keladi halos.

Tasavvur qiling minglab chiqadigan yangiliklar orasida menga aloqasi bori 2 yoki 3 dona. Demak 99.9% yangiliklarni menga umuman aloqasi yo’q. Balki sizda bu raqam 90% yoki 95% dir lekin aniq bilaman 90% dan ko’p. Boshqacha qilib tushuntirsam, siz yangiliklarni kuzatishga ketkazgan 90% vaqtingiz isrof.

Ertalabda yaxshi kayfiyatda turdingiz va ijtimoiy tarmoqlardagi yangilik kanali kimdir avtoxalokatga uchragani, yana kimdir korrupsiya bilan qo’lga tushgani, va orqasidan ko’prik qulab tushgani haqida ma’lumotni yozib qo’ygan bo’ladi.

Siz “tekinga” o’qigan shu ma’lumotingizga, kayfiyatingiz bilan jarima to’ladingiz.

O’zingizni asrang!

@shahadolimov
Hard skills va soft skills
#info

ℹ️ Katta muvaffaqiyatga erishish uchun "hard skills"ga ham, "soft skills"ga ham ega bo‘lish kerak. Odamlarning nutqida tez-tez yangrab turgan bu so‘zlar nima degani o‘zi?

1️⃣ Qattiq ko‘nikmalar (hard skills) — kasbiy, texnik ko‘nikmalar. Har bir kasb egasi muayyan ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Ularni namoyish qilish, tekshirish va baholash oson. Tarjimon uchun tillarni bilish, haydovchi uchun mashinani boshqara olish, sartarosh uchun soch va soqolni ola bilish qattiq ko‘nikmalar hisoblanadi. Inson qaysi jamoa yoki kompaniyada ishlamasin, bu ko‘nikmalar o‘zgarmay qolaveradi.

2️⃣ Yumshoq ko‘nikmalar (Soft skills) — qo‘shimcha, universal ijtimoiy-psixologik ko‘nikmalar. Ular kasbga bog‘liq bo‘lmaydi, lekin insonning hayotdagi muvaffaqiyatiga taʼsir ko‘rsatadi. Odamlar bilan muomala qilish madaniyati, nizolarni hal qilish qobiliyati, odamlarni ishontirish mahorati, moslashuvchanlik, masʼuliyatlilik, puxtalik, har ishni o‘z vaqtida bajarish, tanqidiy fikrlash, kreativlik kabi xususiyatlar "yumshoq ko‘nikmalar"ga misol bo‘ladi. Bunday ko‘nikmalar nafaqat ishda, balki hayotning barcha jabhalarida kerak bo‘ladi.

Qattiq ko‘nikmalarni faqatgina aniq belgilangan ko‘rsatmalar yordamiga egallash mumkin bo‘lsa, yumshoq ko‘nikmalar odamda yo tug‘ma bo‘ladi, yo hayotiy tajriba bilan rivojlanib boradi. ©️@xatoliklar

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
CV/rezyume & Portfolio hammasi bir saytda
#tavsiya

👨‍💼Ish beruvchi: Portfolio yoki CV'ingiz bilan tanishsak bo'ladimi?
👷‍♂️Siz: Marhamat mana bu saytda hammasi berilgan!

Ishga kirishingizda CV/rezyume bilan birgalikda portfoliongiz haqida so'rashlari ham mumkin. CV/rezyume siz haqingizda gapirsa, portfolio esa siz nima ishlarni "qoyillatganingiz" haqida gapiradi.

Ishga kirishda boshqa nomzodlardan ajralib turish uchun o'zingiz va qilgan ishlaringiz haqida ma'lumotlarni kichik sayt ko'rinishida taqdim etishingiz mumkin. Agar dasturlashni bilmasangiz kecha aytib o'tgan no-code platformalardan foydalanishingiz ham mumkin.

💡Bu taklif g'oyasi mana bu videoni ko'rganimdan so'ng hosil bo'lgandi: Build a Portfolio Website With Next JS, Tailwind CSS & Framer Motion

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
🛫 Telegram I 📺 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ofis Darslar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
25 daqiqada 41 funksiyani o'rganamiz!

Excel dasturida ko'p kerak bo'ladigan 41 funksiyani qisqa vaqt ichida o'rganib chiqamiz.

📕 Excel fayllar:
Kitob va qo'llanmalar ➡️ Excel ➡️ 41 funksiya

: 26:07 💾: 101 MB (1080p)

📇 @OfisDarsBot
Forwarded from Ofis Darslar
41 funksiya @ofisdarsbot.zip
228.7 KB
41 funksiyani o'rganamiz!

📊 Excel dasturidagi 41 funksiyani o'rganishga oid videoda ishlatilgan fayllar.

📦 Arxiv ichida 3 ta excel fayl mavjud:
- Dars davomida ishlatganimiz;
- Dars uchun tarjima qilingan, lekin bo'sh fayl;
- Videodars muallifi tomonidan tayyorlangan fayl (funksiyalar 6 tilda berilgan).

📇 @OfisDarsBot
Assalomu alaykum akademiklar!

Xabaringiz boʻlsa oʻzimning shaxsiy blogim bor va unda imkon boʻlganda u bu fikrlarimni yozib turaman.

Agar sizga ham fikr va xulosalarim qiziq boʻlsa kirib koʻrishingiz mumkin.

👉 @VMblogi
Ingliz tilida kino ko'rish uchun manbalar
#English

ℹ️ Ingliz tilini o'rganish degani test ishlash yoki faqat grammatikani o'rganish degani emas. O'zingizga yoqgan va ozuqa beradigan, yaxshi kinoni ko'rish & tahlil qilish orqali ham "jonli" ingliz tilini o'rganishingiz mumkin.

😎 Quyida kinolarni ingliz tilida ko'rish imkonini beruvchi manbalarni keltiramiz.

🌐 Internet saytlari:
tubitv.com US vpn kerak
moviesjoy.is
pluto.tv
hoopladigital.com (zo'r narsalari bor ekan-u, lekin ro'yxatdan o'tish muammo)
plex.tv
therokuchannel.roku.com
popcornflix.com
play.xumo.com/free-movies
moviehdkh.com

🎞 Telegramdagi kanallar:
Films in English
Movies in English

❗️Yuqoridagi ko'p saytlar faqat AQSh'da faoliyat yuritishi sababli VPN'siz ishlamas ekan, ularga kirish uchun VPN'ni US deb sozlab kirish kerak.
‼️ Keltirilgan ro'yxatlardagi barcha kinolar "toza" deb javob bermayman. Har kim o'ziga kerak narsani qidiradi!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Forwarded from IT Masters
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tayyor moushn elementlar
#manba

🌐 Jitter.Video - oldin ham aytgan moshn saytlarimdan biri, bepulga ham anchagina tayyor elementlar mavjud.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
🛫 Telegram I 📺 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
blender-4.1.1-windows-x64.msi
327.3 MB
Blender 4.1.1 (x64)
#dastur / #3d

ℹ️ 3D sohasini o'rganish uchun bepul dastur (aktivatsiya va h.k lar kerak emas!) izlaganlarga mos dastur. Kuchsiz kompyuterlarda ham dastlabki amallarni bajarishingiz mumkin.

🎞 O'rganish bo'yicha youtube'da yetarlicha videolar bor, nasib qilsa biz ham keyinchalik videokurs tayyorlarmiz.

💽327.2 MB (.msi)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
🛫 Telegram I 📺 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/05/23 06:29:28
Back to Top
HTML Embed Code: