Telegram Web Link
📊 Qaysi hududda sanoat korxonalari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatimizda 2025- yilning 1-iyun holatiga jami 2 879 ta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

📊 Ularning soni yil boshidan buyon 108 taga oshgan. Shuningdek, hududlar kesimida tahlil qilinganda eng yuqorisi Qarshi shahriga to‘g‘ri kelib, jamiga nisbatan 18,2 % ni tashkil etgan.

🔸 Qarshi shahri – 524 ta
🔸 Kitob tumani – 358 ta
🔸 Yakkabog‘ tumani – 277 ta
🔸 Shahrisabz shahri – 220 ta
🔸 Shahrisabz tumani – 214 ta
🔸 Qarshi tumani – 199 ta
🔸 G‘uzor tumani – 184 ta
🔸 Koson tumani – 146 ta
🔸 Chiroqchi tumani – 137 ta
🔸 Qamashi tumani – 118 ta
🔸 Kasbi tumani – 106 ta
🔸 Ko‘kdala tumani – 104 ta
🔸 Muborak tumani – 79 ta
🔸 Nishon tumani – 75 ta
🔸 Mirishkor tumani – 74 ta
🔸 Dehqonobod tumani – 64 tani tashkil etgan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ko'kdala tumanida keng ko'lamda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari.



📌📌📌@Kukdala_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#reportaj

📍Suyultirilgan gaz ta'minoti borasida

📽 "Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati Ko‘kdala tumanining "Guliston" qishlog‘ida bo‘lib suyultirilgan gaz ta'minoti borasida suhbatlashdi.

https://www.tg-me.com/HUDUDGAZ_QASHQADARYO_GTF
📚Кўкдалалик амалиёт ўтаётган талабалар диққатига.

Журналистика ҳамда филология йўналишида амалиётга чиқарилган талабалар учун июль ойи амалиётнинг сўнгги ойи эканини ҳисобга олиб,
Туман ҳокимлиги матбуот хизмати ёки ҳокимлик қошидаги "Yangi Ko'kdala" газета нашрида амалиёт ўтамоқчи бўлган талабалар амалиёт муддати тугамасдан келиб, ўз вақтида амалиётни ўташлари сўралади.

Амалиёт ўтамаган талабаларга имзо ва муҳр қўйиб берилмайди.

❗️Амалиётчи талабалардан ўз вақтида амалиётда қонуний иштирок этишларингни сўраб қоламиз.

❗️✉️ Қўшимча маълумот олиш ва боғланиш учун: @Kukdalauzbot га ёзинг



📌📌📌@Kukdala_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KO`KDALA | HUQUQNOMASI (Shuhratbek Maxmadaminov)
#adliya_xabari

Adliya vaziri o’rinbosari Mahmud Istamov xizmat safari bilan Qashqadaryoda bo’ldi.
Dastlab, vazir o’rinbosari Ko‘kdala tumanida joylashgan, Italiya bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Cotonella” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishish, mavjud muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida MCHga tashrif buyurdi.
Mazkur qo‘shma korxona 2023-yil avgust oyida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda korxonada 200 ga yaqin ishchi-xodim mehnat qilmoqda. Korxona asosiy faoliyat yo‘nalishi — ichki trikotaj tikuv mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
E’tiborga molik jihati shundaki, “Cotonella” MCHJda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 100 foizi Yevropa davlatlariga eksport qilinmoqda. 2024-yil davomida korxona tomonidan 1,5 million AQSH dollarilik mahsulot eksportga chiqarilgan.
Ushbu qo‘shma korxona nafaqat eksport hajmini oshirish, balki mahalliy aholini ish bilan ta’minlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ko'kdala tumanida g‘alladan bo‘shagan maydonlardan samarali foydalanish takroriy ekinlarni sifatli ekish, ishsiz fuqarolarni ish bilan ta'minlash va bozorlarni arzon, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida "Jumanov Botir" fermer xo'jaligida Respublika Fermerlar kengashi ishchi guruhi a’zolari N.Mirabdullayev, M.Turdiyev hamda tuman fermerlar kengashi tomonidan g'alladan bo'shagan maydonlarda takroriy ekin ekish ishlari o'rganildi.

Xususan, 2025-yil hosili uchun g'alladan bo'shagan maydonlarga takroriy ekin uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ekinlar joylashtiriladi:

•Sabzavot – 263 gektar
•Poliz ekini – 620 gektar
•Kartoshka – 80 gektar
•Moyli ekin – 104 gektar
•Dukkaklilar – 585 gektar
•Ozuqa ekinlari – 597 gektar
Mazkur rejalarni amaliyotda samarali yo‘lga qo‘yish va fermerlarga zarur ko‘nikmalarni berish maqsadida F.Xo'jayev hududidagi “Karimsoy” fermer xo‘jaligida hozirgi kunda takroriy ekinga piyoz, tarvuz, sholg’om ekilgan.

@Kukdala_uz
Forwarded from Qashqadaryo.adliya.uz
#adliya_xabari

Shu kuni adliya vaziri o‘rinbosari “Huquqiy mahalla” konsepsiyasi doirasida Ko‘kdala tuman adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi. Tashrif chog‘ida u “Ko‘kdala” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Shuningdek, aholi orasida qonun hujjatlarining yetkazilish darajasi, fuqarolarning huquqiy xabardorligi holati ham atroflicha tahlil qilindi.

Mahalla yettiligi bilan uchrashuvda fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish, profilaktik chora-tadbirlarni samarali tashkil etish, shuningdek, yoshlar va ayollar bilan ishlash borasidagi mexanizmlar muhokama qilindi.

Tuman adliya boʻlimiga biriktirilgan “og'ir toifa”dagi yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar , mavjud kamchiliklar, mahallalarda olib borilayotgan targ'ibot tadbirlari, uchrashuvlar,hamda mahallalar kesimida jinoyatchilikni holatlarini nazorat qilish holatlari o'rganildi.

Tashrif yakunida vazir o‘rinbosari tomonidan mahalla va adliya organlari hamkorligida huquqiy madaniyatni oshirish, huquqiy muammolarni hal qilishda mahalla tizimining rolini kuchaytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Kanalga ulaning👇👇👇
https://www.tg-me.com/qashqadaryoviloyatadliya
2025/07/04 15:37:10
Back to Top
HTML Embed Code: