Telegram Web Link
Forwarded from KO`KDALA | HUQUQNOMASI (Shuhratbek Maxmadaminov)
#adliya_xabari

Adliya vaziri o’rinbosari Mahmud Istamov xizmat safari bilan Qashqadaryoda bo’ldi.
Dastlab, vazir o’rinbosari Ko‘kdala tumanida joylashgan, Italiya bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Cotonella” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishish, mavjud muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida MCHga tashrif buyurdi.
Mazkur qo‘shma korxona 2023-yil avgust oyida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda korxonada 200 ga yaqin ishchi-xodim mehnat qilmoqda. Korxona asosiy faoliyat yo‘nalishi — ichki trikotaj tikuv mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
E’tiborga molik jihati shundaki, “Cotonella” MCHJda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 100 foizi Yevropa davlatlariga eksport qilinmoqda. 2024-yil davomida korxona tomonidan 1,5 million AQSH dollarilik mahsulot eksportga chiqarilgan.
Ushbu qo‘shma korxona nafaqat eksport hajmini oshirish, balki mahalliy aholini ish bilan ta’minlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ko'kdala tumanida g‘alladan bo‘shagan maydonlardan samarali foydalanish takroriy ekinlarni sifatli ekish, ishsiz fuqarolarni ish bilan ta'minlash va bozorlarni arzon, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida "Jumanov Botir" fermer xo'jaligida Respublika Fermerlar kengashi ishchi guruhi a’zolari N.Mirabdullayev, M.Turdiyev hamda tuman fermerlar kengashi tomonidan g'alladan bo'shagan maydonlarda takroriy ekin ekish ishlari o'rganildi.

Xususan, 2025-yil hosili uchun g'alladan bo'shagan maydonlarga takroriy ekin uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ekinlar joylashtiriladi:

•Sabzavot – 263 gektar
•Poliz ekini – 620 gektar
•Kartoshka – 80 gektar
•Moyli ekin – 104 gektar
•Dukkaklilar – 585 gektar
•Ozuqa ekinlari – 597 gektar
Mazkur rejalarni amaliyotda samarali yo‘lga qo‘yish va fermerlarga zarur ko‘nikmalarni berish maqsadida F.Xo'jayev hududidagi “Karimsoy” fermer xo‘jaligida hozirgi kunda takroriy ekinga piyoz, tarvuz, sholg’om ekilgan.

@Kukdala_uz
Forwarded from Qashqadaryo.adliya.uz
#adliya_xabari

Shu kuni adliya vaziri o‘rinbosari “Huquqiy mahalla” konsepsiyasi doirasida Ko‘kdala tuman adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi. Tashrif chog‘ida u “Ko‘kdala” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Shuningdek, aholi orasida qonun hujjatlarining yetkazilish darajasi, fuqarolarning huquqiy xabardorligi holati ham atroflicha tahlil qilindi.

Mahalla yettiligi bilan uchrashuvda fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish, profilaktik chora-tadbirlarni samarali tashkil etish, shuningdek, yoshlar va ayollar bilan ishlash borasidagi mexanizmlar muhokama qilindi.

Tuman adliya boʻlimiga biriktirilgan “og'ir toifa”dagi yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar , mavjud kamchiliklar, mahallalarda olib borilayotgan targ'ibot tadbirlari, uchrashuvlar,hamda mahallalar kesimida jinoyatchilikni holatlarini nazorat qilish holatlari o'rganildi.

Tashrif yakunida vazir o‘rinbosari tomonidan mahalla va adliya organlari hamkorligida huquqiy madaniyatni oshirish, huquqiy muammolarni hal qilishda mahalla tizimining rolini kuchaytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Kanalga ulaning👇👇👇
https://www.tg-me.com/qashqadaryoviloyatadliya
2025/07/05 05:52:31
Back to Top
HTML Embed Code: