Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eron prezidentining o‘limi, Xarkiv frontini barqarorlashtirgan Ukraina va yana bir kemasidan ayrilgan Rossiya - kun dayjesti

O‘tgan kun mobaynida dunyoda sodir bo‘lgan voqealar, hodisalar va yangiliklar sharhi bilan odatdagidek kundalik dayjestimizda tanishtirib o‘tamiz.

👉 https://kun.uz/93196691

Kun.uz rasmiy kanali
Eron prezidentining halokati: birlamchi mulohazalar

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov Kun.uz'dagi doimiy kolonkasida Erondagi aviahalokat Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat fonida qasddan uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminlar nima uchun asossiz ekani borasida so‘z yuritdi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Serlot «Real»ga 4 ta gol urdi, «Chelsi» ham yevrokubokda. Kun o‘yinlari

Yakshanba oqshomida Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat.

📹 👉 https://kun.uz/89589487

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kun.uz 2023 yilning eng yaxshi brendi deb topildi

Kun.uz internet nashri “MAKON” marketing forumida ommaviy axborot vositalari orasida “Yil brendi” nominatsiyasiga munosib topildi.

👉 https://kun.uz/13024104

Kun.uz rasmiy kanali
Samarqandda 5 yoshli bola tok urishi oqibatida vafot etdi

Holat yuzasidan «Samarqand viloyat hududiy elektr tarmoqlari» AJga xizmat tekshiruvi tayinlangan.

👉 https://kun.uz/57857425

Kun.uz rasmiy kanali
Jonli efirda suhbat: Siyosiy tahlilchilar Erondagi halokat haqida qanday fikrda?

Ibrohim Raisiyning vertolyotda halokatga uchrashi bilan bog‘liq qanday versiyalar bor? Bu hodisa mamlakat ichki yoki tashqi siyosatida biror o‘zgarishga sabab bo‘lishi mumkinmi? G‘arb sanksiyalari Eronning samolyotlar sotib olishiga va mavjudlarini ta’mirlashiga qanchalik to‘siq bo‘lib kelmoqda?

Bu savollarga ayni daqiqalarda Kun.uz studiyasida boshlangan to‘g‘ridan to‘g‘ri efirdagi suhbatda siyosiy tahlilchilar Farhod Karimov va Bektosh Berdiyev javob berishadi.

📹 EFIRNI TOMOSHA QILING
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rossiya Xarkiv oblastidagi dam olish bazasini o‘qqa tutdi. Yetti kishi, jumladan homilador ayol halok bo‘lgan

Urushning 816-kunidan qisqacha sharh va fotoreportaj.

📸👉 https://kun.uz/18894869

Kun.uz rasmiy kanali
Haaga sudi prokurori Netanyahu va Hamas yetakchilarini hibsga olishni so‘radi

BMT Xalqaro jinoyat sudi prokurori Karim Ahmad Xon Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu, isroilliklar mudofaa vaziri, shuningdek falastinliklarning Hamas guruhining uch yetakchisini hibsga olish uchun order berishni so‘ragan.

👉 https://kun.uz/42869063

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonda oltin quymalar narxi yana oshdi

O‘lchovli oltin quymalar haftani yangi narx rekordi bilan boshladi – 1 grammli oltin quymalar 1 mln 38 ming so‘mni tashkil qilmoqda. Narx bir haftada 2,7 foizga o‘sdi.

👉 https://kun.uz/35831775

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbeklarning tushlikka yeydigan ovqati me’yoridan ikki barobar ko‘p” – Daniyadagi o‘zbek olimi bilan suhbat

Bekzod Hakimov 20 yildan beri Yevropaning turli universitetlarida o‘qib, dars berib keladi. Uning jamoasi yaqinda qo‘y go‘shti va mol go‘shti iste’mol qiladigan o‘zbekistonliklar ustida tadqiqot o‘tkazdi. Kun.uz olim bilan qo‘y go‘shti nega yaxshiroq ekani, qizib ketgan yog‘da ovqat pishirish zararliligi, oziq-ovqat iste’moli bo‘yicha dunyo qaysi yo‘ldan ketayotgani va boshqa qiziqarli mavzularda suhbat qildi.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Malayziyaning Petronas kompaniyasi O‘zbekiston gaz sanoatiga qaytadi

Malayziyaning Petronas kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga qaytadi va gazni qayta ishlash bo‘yicha ikkita yirik loyihani amalga oshirishda ishtirok etadi. Ushbu kompaniya 2014 yilda O‘zbekistondagi vakolatxonasini yopib, mamlakatdan chiqib ketgandi.

👉 https://kun.uz/62347621

Kun.uz rasmiy kanali
Ibrohim Raisiy — u Eronning bo‘lajak oliy rahnamosi sifatida ko‘rilardi

63 yoshida fojiali tarzda halok bo‘lgan siyosatchining hayoti va faoliyatining eng asosiy pallalari haqida.

👉 https://kun.uz/20640054

Kun.uz rasmiy kanali
Islom moliyasi vositalari – tashqi qarz yukini yumshatish yo‘li

Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda innovatsion yondashuv – islomiy moliya vositalaridan foydalanish iqtisodiy faollikni va inklyuziv o‘sishni rag‘batlantiradi, uzoq muddatli investitsiyalarni, xususan xorijiy sarmoyalarni ko‘proq jalb qilish imkonini beradi.

👉 https://kun.uz/29339373

Kun.uz rasmiy kanali
Milliy bank 2,5 million aholi bandligini ta’minlaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 may kuni xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda banklarning ishtirokiga oid taqdimot bilan tanishdi.

👉 https://kun.uz/98848011

Kun.uz rasmiy kanali
Shaffof brendi ostidagi gaz shoxobchalar mas’ullariga sud hukmi o‘qildi

Brend mutasaddilari birgalikda jinoiy faoliyat olib borish uchun uyushgan guruh tuzib, 2018-2023 yillar davomida qariyb 450 mlrd so‘m soliqlarni to‘lamagan. Ular 1 trln 376,5 mlrd so‘mlik savdo tushumlarini yashirib, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini ham juda ko‘p miqdorda buzgan. Ish doirasida 100 dan ortiq “metan-zapravka”, 120 ga yaqin yengil va yuk avtomobillari xatlandi.

👉 https://kun.uz/08811048

Kun.uz rasmiy kanali
Markaziy bank raisi o‘rinbosari energetika tariflarining inflatsiyaga ta’sirini izohladi

Behzod Hamroyevning aytishicha, Markaziy bank qattiq pul-kredit siyosatini saqlab turish orqali tariflar yangilanishiga tayyorgarlik ko‘rib kelgan, shu sababli narxlarning erkinlashishi bir martalik ta’sirga ega bo‘ladi va inflatsiya ko‘rsatkichi “yil oxirida qayta joyiga tushadi”.

👉 https://kun.uz/54770356

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chilonzordagi “suvli” ko‘cha: hokimlik va’dasini qachon bajaradi?

Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi “3-Charx Kamolon” MFY aholisi ellik yildirki har yomg‘ir yog‘ishini xavotir bilan o‘tkazadi. Sababi, kuchli yog‘ingarchilikda mahallaning ayrim ko‘chalariga suv toshib, chiqindi aralash xonadonlargacha kirib boradi. Mahalliy hokimlik 1 yil oldin bu masalani 1 oyda hal qilishni va’da bergandi. Ammo hudud aholisi va’da bajarilishini hamon kutib yashamoqda.

👉 https://kun.uz/52293618

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
20 mayning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqealar va hodisalar

Eron xalqiga ta’ziyanoma, Farg‘ona va Samarqandda do‘pposlangan maktab o‘quvchilari va Angrenda qulagan vagonlar - O‘zbekistonda 20 may kuni yuz bergan muhim va shov-shuvli voqea-hodisalar hamda yangiliklar sharhi bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/39939475

Kun.uz rasmiy kanali
Eron prezidenti vertolyotining qulashi sababi aytildi

Shuningdek, Eronda yangi prezident saylovi sanasi ma’lum qilindi.

👉 https://kun.uz/16757863

Kun.uz rasmiy kanali
2024/05/20 19:31:56
Back to Top
HTML Embed Code: