Telegram Web Link
«Otaxon» Tramp uchun sammit. NATO davlatlari nimaga kelishib oldi va bu Ukraina uchun nimani anglatadi?

Marko Rubio NATOga a’zo davlatlarning har yilgi uchrashuvini «Tramp sammiti» deb atashni taklif etdi. Rubioning bu bahosi bilan bahslashish qiyin. Haagadagi tadbirga ko‘p oylardan buyon sinchkovlik bilan tayyorgarlik ko‘rib kelindi, aftidan, bundan yagona maqsad – AQSh prezidentini xursand qilish edi.

👉 https://kun.uz/88886592

Kun.uz rasmiy kanali
Isroil G‘arbiy sohildagi qochqinlar lagerida 1000 dan ortiq uyni vayron qildi

Isroilning bosib olingan G‘arbiy sohildagi qochqinlar lagerlariga bir necha oy davomida uyushtirgan hujumlari 47 mingdan ortiq falastinlikni uyini tark etishga majbur qildi.

👉 https://kun.uz/67621255

Kun.uz rasmiy kanali
Tramp Netanyahuga qarshi korrupsiya ayblovini olib tashlashga chaqirdi

Bu menga qarshi ovga juda o‘xshash siyosiy jodugarlar ovi - AQSh prezidenti.

👉 https://kun.uz/89643755

Kun.uz rasmiy kanali
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar

Karnataka shtatidagi yerosti suvlari xavfli darajada uran bilan ifloslangani aniqlandi. Uzoq muddat davomida bunday suvni iste’mol qilish buyrak, jigar va suyak tizimiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

👉 https://kun.uz/89479397

Kun.uz rasmiy kanali
Reuters: Eronda 9 ta atom bombasi uchun yashirin uran zaxiralari bo‘lishi mumkin

G‘arb davlatlari rasmiylari va AEXA Eronning yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralari bilan nima sodir bo‘lganini aniq bilmaydi, deb yozadi Reuters. Agentlik hisob-kitoblariga ko‘ra, ular to‘qqizta atom bombasi uchun yetarli bo‘lishi mumkin.

👉 https://kun.uz/16985518

Kun.uz rasmiy kanali
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti

O‘zbekistonda uy-joy oldi-sotdisini amalga oshirishda naqd puldan voz kechish rejalashtirilyapti. Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayevga ko‘ra, bu yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishga qaratilgan.

👉 https://kun.uz/22218697

Kun.uz rasmiy kanali
Hafta davomida harorat +43 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

1–5 iyul kunlari O‘zbekistonda issiq harorat asta-sekin kuchayadi. Respublikaning katta qismida havo +40…+43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +44…+46 darajagacha isiydi.

👉 https://kun.uz/85549519

Kun.uz rasmiy kanali
«Yoshlarimizni ko‘rib, har qanday davlat bizga havas qilsa arziydi» – prezident

O‘zbekistonlik yoshlar top-500 oliygohga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egallagani e’tirof etildi.

👉 https://kun.uz/12493356

Kun.uz rasmiy kanali
Yoshlarga sifatli ta’lim berish eng asosiy vazifamiz va burchimizga aylangan – prezident

Davlat rahbari hozirgi vaqtda dunyo notinch va murakkab bo‘lib borayotganini, tinchlik – eng buyuk ne’mat, inson qadri va adolat – eng oliy qadriyat ekani har qachongidan ham chuqur his etilayotganini ta’kidladi.

👉 https://kun.uz/78476292

Kun.uz rasmiy kanali
«Bu ishlar “kampaniyabozlik” bo‘lmasligi kerak» – prezident yoshlar bilan doimiy muloqot platformasini yo‘lga qo‘yish haqida

Ta’lim muassasalari va tadbirkorlarning boshini qovushtirib, yoshlarga ko‘maklashadigan tizim qilinsa, mamlakatda uyushmagan yoshlar degan tushunchalar qolmasligi ta’kidlandi. Yirik tadbirkorlardan yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasida hokimlar bilan uchrashib, takliflarini tez kunda shakllantirib berish so‘raldi.

👉 https://kun.uz/51226611

Kun.uz rasmiy kanali
Har yili eng salohiyatli 3 ming o‘quvchi saralanib, dunyoning nufuzli oliygohlariga tayyorlanadi

Shundan kamida 300 nafari ehtiyojmand oila farzandlari bo‘ladi.

👉 https://kun.uz/26300268

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
G‘azoda sulh “shabbodasi”, F-16’sidan ayrilgan Ukraina, TikTok’ka xaridorlar topgan Tramp va Rossiya bilan “sovuqlashayotgan” Ozarboyjon – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/01127823

Kun.uz rasmiy kanali
O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilarini band etish bo‘yicha dastur qabul qilindi

O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilari hamda texnikum va oliygohlarni tugatayotgan talabalarni band etish bo‘yicha ikkita alohida dastur qabul qilindi. Shu maqsadda 300 million dollar ajratildi.

👉 https://kun.uz/46680973

Kun.uz rasmiy kanali
Prezident yoshlarning innovatsion ishlanmalari va istiqbolli loyihalari bilan tanishdi

Mutasaddilarga ixtirochi yoshlarni tegishli vazirliklarga biriktirib, loyihalarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

👉 https://kun.uz/96943510

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Advokat bo‘lsin, lekin xolis bo‘lsin" - matbuot kotiblari haqida mediadagilarning fikri

Matbuot xizmati rahbarlari o‘z idorasiga «advokat» bo‘lib olib, asosan tashkiloti haqida yomon gap chiqmasligini asosiy vazifasi deb bilyapti. Kun.uz OAV vakillari bilan suhbatlasharkan, mediadagilar ham oxirgi paytlarda matbuot kotiblarining ishidan noroziligini bildirdi. Siyosatshunosga ko‘ra, ular «advokat» bo‘lishi normal, lekin xolis bo‘lishi talab etiladi. Noto‘g‘ri xabar berganlik uchun javobgarlik bor, deydi siyosatshunos.

📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?

Isroil va Eronning 12 kunlik urushidan keyin Yaqin Sharqda kayfiyat o‘zgardi, lekin mintaqaning «oyog‘i osmondan bo‘ldi» deb bo‘lmaydi. Xo‘sh, endi tinchlik bo‘ladimi? Isroil va Eron qanday yo‘l tutadi?

📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
Denov tuman sudi sobiq raisi 5 yilga qamaldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudi sobiq raisi Kamoliddin Murodov jinoiy jazoga tortildi: mast holatda mashina boshqarib, YTH sodir qilgan sobiq sudya 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Ushbu YTHda mashinada bo‘lgan advokat voqea joyida vafot etgandi.

👉 https://kun.uz/63053936

Kun.uz rasmiy kanali
Zargarlik buyumlarini YTT tarzida sotishga ruxsat beriladi

2025-yil 1-sentabrdan boshlab, zargarlik buyumlari savdosi bilan shug‘ullanish uchun yuridik shaxs ochish shart bo‘lmaydi: yakka tartibdagi tadbirkorlarga bu faoliyat turi bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi. Shuningdek, qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi.

👉 https://kun.uz/61491844

Kun.uz rasmiy kanali
Mashina olib berish bahonasida 840 dan ortiq odamni chuv tushirgan guruh qo‘lga olindi

O‘zbekistonning turli hududlarida MChJlar ochib, past foizda mashina olib berishni va’da qilgan holda, yuzlab odamlarni chuv tushirgan shaxslar ushlandi. Umumiy yetkazilgan zarar 50 mlrd so‘mdan oshadi. Holat bo‘yicha Maxsus tezkor shtab tuzildi.

👉 https://kun.uz/58679926

Kun.uz rasmiy kanali
Netanyahu G‘azoda ustuvorlikni garovdagilarga qaratishni boshladi. Tramp Hamas bilan «bitim» talab qilmoqda

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu G‘azoda «to‘liq harbiy g‘alaba» ritorikasidan chekinib, garovdagilarni ozod qilishni birinchi darajadagi maqsad sifatida e’lon qildi. Bu bayonot - AQSh prezidenti Donald Trampning sulh tuzish talabi ortidan yangramoqda. Ammo Hamas bilan sulhga doir asosiy kelishmovchilik saqlanib qolmoqda - tafsilotlar.

👉 https://kun.uz/86956091

Kun.uz rasmiy kanali
2025/07/05 22:42:30
Back to Top
HTML Embed Code: