Bojxona qo‘mitasi pul evaziga mashinalarni Tojikistonga o‘tkazib bergan shaxslarni fosh qildi
8 nafar shaxs jami 59 ta mashinani haydab, chegara bojxona postlari orqali Tojikistonga o‘tkazib bergan. Ular bu xizmati evaziga har bir mashina uchun 100-200 AQSh dollari olgan. Mazkur mashinalarning barchasi Tojikistonga olib o‘tilib, noqonuniy tarzda sotib yuborilgan. Kun.uz ayni shu jinoiy sxema bo‘yicha bir nechta surishtiruv e’lon qilgandi.
👉 https://kun.uz/47667793
Kun.uz rasmiy kanali

Shveytsariya G‘azodagi «oziq-ovqat tuzog‘i» - GHFʼni yopmoqda
Shveytsariya hukumati Isroil va AQSh tomonidan moliyalashtirilgan «G‘azo insonparvarlik fondi»ning Jyenevadagi bo‘limini yopmoqda. BMT va xalqaro tashkilotlar fondni G‘azoda betaraflik prinsiplariga amal qilmaslikda ayblab kelayotgandi. So‘nggi 2 haftada GHFʼning yordam karvonlariga yetib borishga uringan kamida 580 falastinlik halok bo‘ldi.
👉 https://kun.uz/78192888

O‘zbekiston - Ozarboyjon parlamentlararo forumi – Xivadagi muloqot qanday o‘tdi?
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Ozarboyjon Respublikasi Milliy Mejlisi a’zolari ishtirok etgan forumda iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamli transformatsiya va ekologiya kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish masalalarina e’tibor qaratildi. Forum doirasida o‘tkazilgan panel sessiyalarida bir qator muhim yo‘nalishlarda muhim hujjatlar qabul qilindi.
👉 https://kun.uz/84287440

Kurskda Rossiya harbiy-dengiz floti bosh qo‘mondoni o‘rinbosari halok bo‘ldi
Mixail Gudkov muqaddam Tinch okeani flotining 150-brigadasini boshqargan, yangi lavozimga uch oy oldin tayinlangandi. U va yana o‘ndan ortiq ofitser oldingi chiziqdagi qo‘mondonlik punktiga ukrainlar tomonidan berilgan zarba qurboniga aylangan.
👉 https://kun.uz/61095666

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bali, Alanya, Bodrum, Dalaman yo'nalishlariga hamyonbop narxlarda aviachiptalar!
Hozir ta’tilingizni foydali va ortiqcha to‘lovlarsiz band qilish uchun yanada qulay payt.
🔹5-iyul
Toshkent → Bali: 625 USD
Bali → Toshkent: 1300 USD
🔹5 va 6-iyul
Toshkent → Antaliya: 325 USD
Antaliya → Toshkent: 250 USD
🔹6-iyul
Toshkent → Dalaman: 375 USD
Dalaman → Toshkent: 125 USD
🔹7-iyul
Toshkent → Bodrum: 325 USD
Bodrum → Toshkent: 125 USD
📞 1111
Dilfuza: 99 7998788
Liana: 99 3058788
Davron: 95 9788788
Web | Instagram | Telegram
Reklama

40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Yozda 40 daraja atrofida issiq bo‘lishi – O‘zbekiston uchun odatiy hol. Bunaqangi issiqda ishlash esa nafaqat qiyin, balki xavfli ham. Shu sabab ayrim davlatlarda havo juda isib yoki sovib ketganida, xodimlarning ish vaqti qisqartiriladi. Xo‘sh, bizda-chi, mehnat qonunchiligimizda normalar bormi? Hozirgidek jazirama kunlarda xodimlar qanday huquqlarga ega? Kun.uz shu kabi savollarga javob izladi.
📹 VIDEONI TOMOSHA QILING

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan fuqaroni zararsizlantirdi
46 yoshli erkak profilaktika inspektori tomonidan mastlik holatini aniqlash maqsadida narkolog xonasiga olib kelingan. Fuqaro stol ustida turgan pichoqni olib, o‘ziga jarohat yetkazmoqchi bo‘lgan.
👉 https://kun.uz/03300483

Shavkat Mirziyoyev Mulla Abdul G‘ani Barodarni qabul qildi
O‘zbekiston prezidenti Xonkandidagi uchrashuvda Afg‘oniston hukumati vakili bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qilgan. Xususan, strategik muhim mintaqaviy loyiha – Transafg‘on temiryo‘lini qurish loyihasini jadallashtirish zarurligi qayd etilgan.
👉 https://kun.uz/30709135
Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston prezidenti Xonkandidagi uchrashuvda Afg‘oniston hukumati vakili bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qilgan. Xususan, strategik muhim mintaqaviy loyiha – Transafg‘on temiryo‘lini qurish loyihasini jadallashtirish zarurligi qayd etilgan.
👉 https://kun.uz/30709135
Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston osmonida qatorlashib uchayotgan jismlar ko‘rindi. «O‘zbekkosmos» holatni tushuntirib berdi
Kun.uzʼga obunachilar 3 iyulga o‘tar kechasi Angren hududidan olingan videotasvirlarni yubordi. Videoda O‘zbekiston osmonida raketaga o‘xshab qatorlashib uchayotgan jismlarni ko‘rish mumkin. «O‘zbekkosmos» agentligi «zamonaviy kosmik davrga oid go‘zal, ammo ilmiy jihatdan tushunarli» hodisa haqida ma’lumot berdi.
👉 https://kun.uz/76954258

AQSh – futbol mamlakati emas. U yerda mundial o‘tkazish qanchalik to‘g‘ri qaror?
AQSh mezbonlik qilayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘zbekistonlik muxlislar uchun har tomonlama noqulay – o‘yinlar boshlanish vaqtidan tortib, futbol o‘ynab bo‘lmaydigan ob-havogacha, translatsiyalar sifatidan tortib, muxlislar tashrifigacha hech kimning ko‘ngli to‘lmayotgandek.
👉 https://kun.uz/72805102

Yangiariqda ushlangan sudya ishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi
U sudda ko‘rilayotgan ishni vakolatli hamkasblari orqali hal qilib, oqlov hukmini chiqartirib berish evaziga 15 ming dollar so‘ragan, pulning bir qismini plastik kartasiga olgan, va’dasi ustidan chiqmagach, pulni qaytarayotganida qo‘lga olingan.
👉 https://kun.uz/52460568

Toshkentning Ohangaron shohko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi
3 iyuldan boshlab Yashnobod tumanidagi Ohangaron shohko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Ushbu ko‘chadagi qurilish-ta’mirlash ishlari 10 iyulga qadar davom etadi.
👉 https://kun.uz/41898464

Anorbank aksioneri Parijda o‘g‘irlab ketildi
Anorbankning asosiy aksioneri Qahramon Olimov 23 iyun kuni Parij shahrida o‘g‘irlab ketilib, ikki kun Nitssa yaqinidagi villada tahdid va zo‘ravonlikka uchradi, so‘ng tovon puli evaziga qo‘yib yuborildi, deya xabar tarqatdi Le Monde. Nashr bu voqeani “Parijning boy tumanlarida ro‘y bergan, josuslik romanlariga xos voqea” deb ta’rifladi.
👉 https://kun.uz/20223814
Kun.uz rasmiy kanali
Anorbankning asosiy aksioneri Qahramon Olimov 23 iyun kuni Parij shahrida o‘g‘irlab ketilib, ikki kun Nitssa yaqinidagi villada tahdid va zo‘ravonlikka uchradi, so‘ng tovon puli evaziga qo‘yib yuborildi, deya xabar tarqatdi Le Monde. Nashr bu voqeani “Parijning boy tumanlarida ro‘y bergan, josuslik romanlariga xos voqea” deb ta’rifladi.
👉 https://kun.uz/20223814
Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rossiyada o‘yinchoq qurol bilan raqsga tushgan o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi
19 yoshli yigit bezorilik jinoyatini sodir etgan deb topildi.
👉 https://kun.uz/33462627
Kun.uz rasmiy kanali
19 yoshli yigit bezorilik jinoyatini sodir etgan deb topildi.
👉 https://kun.uz/33462627
Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Ilon Mask o‘z bizneslaridan xavotirda, Tramp bilan to‘qnashuvini esa kutgandik" - amerikalik tahlilchi
Davlat budjeti bo‘yicha qonunni deb yana Tramp va Mask aytishib qoldi. Mask shu hujjat qabul qilinganining ertasiga yangi partiyasi ochishini aytsa, Tramp subsidiyaxo‘r Mask shu subsidiyalar bo‘lmaganida do‘konini yopib, allaqachon Afrikasiga qaytgan bo‘lishini yozdi. Kun.uz bilan suhbatlashgan amerikalik tahlilchi Jyeyms Dursoga ko‘ra, ikki milliarderning to‘qnashuvi aniq edi. Biroq bu qadar tez kelishmovchilik kelib chiqadi deb o‘ylamagandik, deydi ekspert.
👉 https://kun.uz/17078241

«Rossiya o‘z maqsadlariga erishadi». Putin Tramp bilan navbatdagi muloqotida nima haqda gaplashdi?
Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasida bir soatga yaqin davom etgan telefon suhbati bo‘lib o‘tdi.
👉 https://kun.uz/64546750
Kun.uz rasmiy kanali
Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasida bir soatga yaqin davom etgan telefon suhbati bo‘lib o‘tdi.
👉 https://kun.uz/64546750
Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentdan Baliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys qo‘yildi
Asialuxe Travel Toshkentdan Baliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Bu esa afsonaviy orollarga sayohatni ancha qulay va tejamli qiladi. Tranzitlarsiz va ortiqcha vaqt yo‘qotmasdan tropik orolga yetib borish mumkin.
👉 https://kun.uz/41852202

Qirg‘iziston aholi daromadlarining o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘ringa chiqdi. Nimaning hisobiga?
Qirg‘izistonda aholi jon boshiga daromadlar oxirgi 3 yilda 85 foizga oshib, 2 500 dollarga yetgan. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevga ko‘ra, bu o‘sish tendensiyasi saqlanib qoladigan bo‘lsa, qo‘shni respublika 2027 yilga borib jon boshiga daromadlar bo‘yicha O‘zbekistondan o‘tib ketadi. 2030 yilga borib, o‘rtacha qirg‘izistonlik o‘rtacha o‘zbekistonlikdan 1,5 baravarga boyroq bo‘lishi mumkin.
👉 https://kun.uz/55439037

“Tasodifiy, lekin yaxshi kontekst” - ekspertlar Ozarboyjonga tashrifning geosiyosiy ahamiyati haqida
O‘zbekiston prezidentining Ozarboyjonga davlat tashrifi Boku–Moskva munosabatlari ancha taranglashgan kunlarga to‘g‘ri kelib qolgani, garchi tasodif bo‘lsa-da, turkiy birlikni urg‘ulovchi yaxshi signal bo‘ldi, deydi siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov. Iqtisodchi Shuhrat Rasul ikki davlat o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik uchun juda katta potensial va xalqaro platformalar borligini qayd etdi.
📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
O‘zbekiston prezidentining Ozarboyjonga davlat tashrifi Boku–Moskva munosabatlari ancha taranglashgan kunlarga to‘g‘ri kelib qolgani, garchi tasodif bo‘lsa-da, turkiy birlikni urg‘ulovchi yaxshi signal bo‘ldi, deydi siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov. Iqtisodchi Shuhrat Rasul ikki davlat o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik uchun juda katta potensial va xalqaro platformalar borligini qayd etdi.
📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan shaxsni zararsizlantirdi, bankdan 90 ming dollar talon-toroj qilganlar ushlandi - mahalliy dayjest
Xususiy oliy ta’lim muassasasi ochish uchun yangi talablar belgilandi. Iyulda eng issiq harorat kuzatiladigan kunlar ma’lum qilindi. Pul evaziga mashinalarni Tojikistonga o‘tkazib bergan shaxslar fosh etildi. 90 ming dollarni talon-taroj qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Shifokor pichoq ko‘targan fuqaroni zararsizlantirdi. Kun davomida Kun.uz yoritgan shu va boshqa muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.
👉 https://kun.uz/99655101