Telegram Web Link
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan uchrashdi

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

👉 https://kun.uz/99860048

Kun.uz rasmiy kanali
Bayden Isroilga bir qator qurollar yetkazib berishni to‘xtatish bilan tahdid qildi

Bayden, agar Isroil Rafahda harbiy operatsiya boshlasa, unga ayrim turdagi qurollar yetkazib berishni to‘xtatish bilan tahdid qildi. Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar Isroilning mudofaa qobiliyatini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

👉 https://kun.uz/36565750

Kun.uz rasmiy kanali
Shavkat Mirziyoyev YeOII yig‘ilishida 5 tashabbusni ilgari surdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Moskva shahriga tashrifi doirasida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi majlisida ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

👉 https://kun.uz/91649280

Kun.uz rasmiy kanali
Istanbulda firibgarlik va odam savdosida ayblanayotgan o‘zbekistonlik erkak ushlandi

O‘zbekiston va Turkiya IIV hamkorligida amalga oshirilgan tezkor tadbir natijasida firibgarlik va odam savdosi jinoyatini sodir etishda ayblanayotgan shaxs qo‘lga olindi.

👉 https://kun.uz/05688058

Kun.uz rasmiy kanali
Ichimlik suvi yetib bormagan joylarga suv olib boriladi. Bunda fuqarolarning nazorati juda muhim

O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida ichimlik suvi hali ham muammo. Holbuki 2017-2022 yillar uchun ishlab chiqilgan rejalar uchun kattagina summalar ajratilgan edi. Nega suv hammayoqqa bormadi? Nega 2017-2022 yillarda amalga oshirilgan 68 ta loyiha, 2023 yilda amalga oshirilgan 200 dan ziyod loyiha samarasiz bo‘ldi?

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
«Qulay muhit yaratish imkoniyati cheklangan kishilarning jamiyat hayotida faol ishtirok etishini ta’minlaydi» - Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi rasmiylari Xitoy vakillari bilan imkoniyati cheklangan kishilar reabilitatsiyasi, bandligi va inklyuziv ta’lim olishi bo‘yicha tashabbuslarni muhokama qildi.

👉 https://kun.uz/12339621

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentda to‘yi kuni mashinadan tanasini chiqarib harakatlangan kelin-kuyov javobgarlikka tortildi

To‘yxonadan uyga qaytayotgan kelin harakatlanayotgan mashinaning lyukidan, kuyov esa orqa chap oynasidan tanasini chiqarib, qoidabuzarlik sodir etgan.

👉 https://kun.uz/44891816

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

O‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilgan idora raisi o‘rinbosari Jaloliddin Hamroqulov o‘rniga Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

👉 https://kun.uz/26838829

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonda aprel oyida harorat me’yordan 1−2 daraja iliqroq bo‘ldi

O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismi bo‘yicha aprel oyi meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng iliq aprel oylari beshligiga kirdi. Havoning o‘rtacha harorati 1−2 daraja iliq, respublika janubida esa me’yordan 3−5 daraja yuqori bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/85928494

Kun.uz rasmiy kanali
YI Rossiya aktivlaridan keladigan daromaddan foydalanish rejasini kelishib oldi

Yevropa Ittifoqi elchilari bir necha hafta davom etgan muzokaralardan so‘ng Rossiya aktivlarining foizini Ukrainaga harbiy yordam va uni qayta tiklash uchun ishlatishga kelishib oldi.

👉 https://kun.uz/56563478

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston TIV rahbari Pokiston bosh vaziri bilan uchrashdi

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish yuzasidan fikr almashildi.

👉 https://kun.uz/59008287

Kun.uz rasmiy kanali
Corriere della Sera: NATO Ukrainaga qo‘shin yubormaydi

Ittifoq iyuldagi sammitda qabul qilinadigan deklaratsiyaga Ukrainaga qo‘shin yuborishdan bosh tortish haqidagi bandni kiritmoqchi. Bundan buyon Kiyevga yordam Pentagon emas, NATOning Bryusseldagi bosh qarorgohi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

👉 https://kun.uz/33504340

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Markaziy Osiyo hududlarida havoning ifloslanish darajasi ortib boryapti” – tadqiqotchi
 
Vashington universiteti professori Jey Tyornerning aytishicha, global miqyosda havo ifloslanishi darajasi pasayayotgani haqida ma’lumotlar bor, lekin Markaziy Osiyo va Afrikada buning aksi kuzatilyapti.

📹 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Si Jinping Yevropada. Kun tartibida – uchta asosiy masala

Fransiya Xitoydan Ukrainadagi urush masalasida Rossiyaga bosim qilishni so‘rayapti, lekin Parij buning evaziga Pekinga nima taklif qila oladi? Kun.uz Si Jinpingning Yevropaga safari fonida ikki tomon manfaatlarini ko‘rib chiqish uchun siyosiy tahlilchilar Kamoliddin Rabbimov va Alouddin Komilovga yuzlandi.

📹 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Investitsiya uchun soliq” - Murod Muhammadjonov SQning ustav fondiga oid taklifi haqida

Korxona ustav fondini oshirish uchun yo‘naltirilgan tovar-moddiy boyliklar manbasini 10 kun ichida ochiqlamasa, korxonaga foyda solig‘i hisoblanishi taklif qilinyapti. Soliq maslahatchisi Murod Muhammadjonov buni “investitsiya uchun soliq” deb atab, bunday norma xufyona iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

📹 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
Urushdan 79 yil o‘tib: Sobir Rahimov bilan bir safda jang qilgan askar

Ikki akasining ortidan frontga jo‘nagan vodillik Orifjon ota Mo‘minov urush dahshatlari haqida eslaydi. U urushda tankchi bo‘lib xizmat qilgan.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Donbassni himoya qilayotgan artilleriyachilar va Luhanskdagi yong‘in. Urush suratlari

Urushning 805-kunidan qisqacha sharh va fotoreportaj.

📸👉 https://kun.uz/18156101

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Zelenskiyga suiqasd fosh qilindi

Ukraina Xavfsizlik xizmati xabariga ko‘ra, FSB Putinning inauguratsiya marosimi oldidan Zelenskiyni o‘ldirishga uringan. Bu uchun ikki nafar ukrainalik polkovnikni yollab, uzoq muddatli reja tuzilgan, deyiladi ukrainlar xabarida.

Kun.uz rasmiy kanali
2024/06/03 04:45:48
Back to Top
HTML Embed Code: