Telegram Web Link
Yaqin Sharqda urush olovi va Putinning bayonotlari — “Geosiyosat” haftaligi

Putin Ukrainani bosib olish niyati yo‘qligini ayta turib, uni “bizniki” deb atadi. Xitoy Markaziy Osiyoda sammit o‘tkazib, o‘z nufuzini mustahkamlashga urinmoqda. Rossiya Isroil-Eron urushida ittifoqchisiga yordam bermoqchi emas. Hafta oxirida Eron–Yevropa muzokaralari bo'lib o'tdi. Lekin ko'p narsa Trampning kutilayotgan qaroriga bog'liq.

Ortda qolayotgan haftaning xalqaro maydondagi mavzulari muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” haftaligida.

🔴 Telegram'da ko‘rish

🔴 YouTube'da ko‘rish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yevropa bilan gaplashishni xohlamayotgan Eron, Putinning ajabtovur bayonotlari va Iordaniyaga kelgan F-22 eskadroni – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/33168244

Kun.uz rasmiy kanali
AQSh elchixonasi: Ta’lim vizalariga talabgor o‘zbekistonliklarning ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlari ochiq bo‘lishi kerak

AQShning Toshkentdagi elchixonasi ta’lim yoki almashinuv dasturlarida ishtirok etish uchun ariza topshirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolaridan – barcha ijtimoiy tarmoq akkauntlaridagi maxfiylik sozlamalarini «ommaviy» holatga o‘tkazishni so‘radi. Elchixonaga ko‘ra, bu talab AQShga kirish huquqini aniqlash uchun zarur bo‘lgan tekshiruvni osonlashtirish maqsadida» bo‘lib, ushbu ma’lumotni kiritmaslik kelgusida viza olish huquqidan mahrum bo‘lishga olib kelishi mumkin.

👉 https://kun.uz/86234377

Kun.uz rasmiy kanali
Kun.uz | Rasmiy kanal
«Maqsadi bitta – tadbirkorlarga sotish!» – prezident yashil hududlar qurilish uchun berib yuborilayotganini tanqid qildi Shavkat Mirziyoyev mas’ullarga qaysi hududda «yashil» hudud, sport maydonchasi, bolalar o‘yingohi boshqa maqsadlar uchun berib yuborilgan…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda yashil hududlarni sotish uchta hokim davridan beri davom etyapti — ekofaol

Jamoatchilik faoli Alisher Nasimov Kun.uz studiyasidagi suhbatda poytaxtning hozirgi hokimi tomonidan mahallalardagi 200 dan ortiq yer uchastkalari yopiq qaror asosida tadbirkorlarga berib yuborilganini iddao qilmoqda. Ekofaolning so‘zlariga ko‘ra, bir nechta holatlarda qarorlar sud tomonidan qisman haqiqiy emas deb topilgan.

📹 TO‘LIQ VIDЕO
Toshkentda bosh rejaga zid uchta yirik loyiha taqdim etildi

O‘tgan yili xususiylashtirilgan “Foton” AJ Amir Temur xiyoboni yaqinidagi zavod o‘rnida 53 qavatli majmua (Nest One'dan ham balandroq) qurishni taklif qilmoqda. Geologiya qo‘mitasi binosini sotib olganlar esa u yerga 30 qavatli “dom”lar qurmoqchi. Toshkent shahar hokimligi ham Beshyog‘ochda 30 qavatli bino qurishni xohlayapti. Bu uchala loyihada binolarning qavati bosh rejada ruxsat etilganidan karrasiga ko‘p.

👉 https://kun.uz/50041856

Kun.uz rasmiy kanali
Chakana savdoda chegirma berish va aksiya o‘tkazish qoidalari belgilanishi mumkin

Raqobat qo‘mitasi ishlab chiqqan qaror loyihasi bilan, sotuvchilarning narxlarni sun’iy oshirib, keyin go‘yoki arzonlashtirilgan narx deya chegirma berish orqali iste’molchilarni chalg‘itishini taqiqlash taklif etilmoqda. Sotuvchilarga aksiya va chegirma haqidagi batafsil ma’lumotlarni 10 kun oldin soliq organiga taqdim etish majburiyati yuklanishi mumkin.

👉 https://kun.uz/03076882

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonda kredit ajratilishini o‘ziga o‘zi taqiqlash imkoniyati paydo bo‘ldi

Jismoniy shaxslar o‘ziga o‘zi kredit olishni taqiqlash orqali, ularning nomidan boshqalar kredit olishining oldini olgan bo‘ladi. Taqiqni onlayn tarzda faollashtirish va bekor qilish mumkin, bu xizmatdan foydalanish bepul.

👉 https://kun.uz/09556113

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Prezident tashrifi bo‘lishi aniq, lekin vaqti noma’lum" - Britaniya elchisi bilan suhbat

Kun.uz Buyuk Britaniya elchisi Timoti Smart bilan suhbatlashdi. Diplomatga ko‘ra, O‘zbekistonning eng katta yutuqlaridan biri – kambag‘allar sonini qisqartirgani bo‘ldi. Biroq uzoq yillar davlat iqtisodni boshqargan, hukumatga tanbeh berib bo‘lmasdi. Biz O‘zbekistonning katta davlatlar ta’siriga tushib qolishini istamaymiz, deydi elchi.

📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Eldor Shomurodov atrofidagi mish-mishlar. U yozda «Roma»ni tark etadimi?

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Italiyaning «Roma» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishi kutilyapti. Unga Turkiya, Fransiya va AQSh chempionati vakillaridan jiddiy takliflar bor. Ayrim turk manbalari futbolchi yaqin vaqt ichida Istanbulning «Bashakshehir» klubi bilan shartnoma imzolashi haqida yozyapti.

👉 https://kun.uz/58053772

Kun.uz rasmiy kanali
Eron oliy rahbari vafot etgan taqdirda uch nafar o‘rinbosari nomini aytdi – OAV

Oliy rahbarni tayinlash uchun mas’ul bo‘lgan Ekspertlar assambleyasiga vorisni tezkor tanlash bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

👉 https://kun.uz/24712427

Kun.uz rasmiy kanali
Erondan 60 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ko‘rsatmasiga muvofiq Tehron va Ashxoboddagi diplomatik vakolatxonalarda uzluksiz ishlaydigan tezkor shtablar tuzilgan. Tezkor shtab Eronda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini Turkmaniston orqali qaytarish choralarini ko‘rmoqda.

👉 https://kun.uz/82639439

Kun.uz rasmiy kanali
“Eronning javob hujumlari AQShni o‘ylantirib qo‘ydi” - ekspertlar

Tramp AQShning eng zamonaviy harbiy kuchlarini Yaqin Sharqqa safarbar qildi va Isroil bilan birgalikda Eron ustidan tezkor g‘alaba haqida o‘yladi, lekin Eronning jiddiy javob zarbalaridan keyin, Tramp ehtiyotkorlikka majbur bo‘lmoqda. Endi u ayniqsa o‘z saylovchilari oldida Yaqin Sharqdagi bu vaziyatdan mag‘lubiyatsiz chiqib ketish haqida o‘ylamoqda.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
«Fordo endi yo‘q» – AQSh Erondagi yadroviy obektlarga zarba berdi

Isroil shu vaqtgacha zarba bera olmagan yer ostidagi Fordo zavodi bunkerlarga qarshi mo‘ljallangan B-2 samolyotlari bilan bombardimon qilingan. Bu bilan amalda amerikaliklar isroilliklarning hujumlariga qo‘shildi. «Tinchlik vaqti keldi», - deb yozgan hujumdan keyin Amerika prezidenti.

👉 https://kun.uz/05689254

Kun.uz rasmiy kanali
Zelenskiy: Rossiya almashuv doirasida Ukrainaga o‘zining 20 nafar harbiysi jasadini ham topshirdi

Ular orasida Isroil fuqarosi ham bor.

👉 https://kun.uz/55403449

Kun.uz rasmiy kanali
«Endi tinchlikni tanlash kerak. Aks holda, keyingi hujumlar bundan kattaroq bo‘ladi» - Tramp Eronga hujumlar ortidan murojaat qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Erondagi yadroviy obektlarga berilgan zarbalar ortidan murojaat bilan chiqdi. Tramp ushbu hujumlarni «hayratomuz harbiy muvaffaqiyat» deb atagan hamda Eronning yadroviy inshootlari «butunlay va to‘liq yo‘q qilinganini» da’vo qildi.

👉 https://kun.uz/29299341

Kun.uz rasmiy kanali
«Konstitutsiyaga mutlaqo zid» - AQSh qonunchilari Trampning qarorini muhokama qilmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp Kongress ruxsatini olmasdan Eronning yadro obektlari joylashgani aytilgan uchta yadroviy obektga B-2 bombardimonchilari bilan hujum qildi. Qonunchilar Trampning harakatlari Konstitutsiyaga zid ekani, faqat AQSh Kongressi mamlakatni urushga olib kirish huquqiga egaligini aytmoqda.

👉 https://kun.uz/53223058

Kun.uz rasmiy kanali
AES bo‘yicha yangi bitim, Farg‘onadagi “maska-shou” va qulayotgan dollar — hafta dayjesti

“O‘zatom” “Rosatom”ning AES haqidagi bayonotini nuqta-verguligacha ko‘chirib bosdi: bunaqasi o‘zidan yuqori turuvchi organning press-relizini ulashadigan quyi tashkilotga yarashadi.

“Portal”dan umidini uzganlar najotni boshqa joydan izlayapti: dispetcherga aylanib qolgan xalq qabulxonalari tanqidga uchradi.

Bosh rejaga amal qilmaslikni Toshkent shahar hokimligining o‘zi boshlab bermoqchi: hokimiyat 9 qavatdan yuqorisi taqiqlangan joyga 30 qavatli “dom” qurish niyatida.

Ortda qolayotgan hafta voqealari – Kun.uz dayjestida.

📹 VIDЕOSHARHNI TOMOSHA QILING
Eron AQSh hujumiga qaramay, yadro sohasini rivojlantirishga va’da berdi

Eron tomoni yadroviy obektlarga berilgan zarbalar «MAGATE loqaydligi, hattoki ko‘magida sodir etilgani»ni ta’kidlab, dunyo hamjamiyatini AQShning harakatlarini qoralashga chaqirdi.

👉 https://kun.uz/87469805

Kun.uz rasmiy kanali
Eron AQSh hujumidan keyin Isroilga raketalar uchirdi

Eron Isroil tomon 20-30 ta ballistik raketa uchirdi. Hujum oqibatida kamida 11 kishi jarohat oldi.

👉 https://kun.uz/81840175

Kun.uz rasmiy kanali
2025/07/01 08:15:08
Back to Top
HTML Embed Code: