Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Kuchli nurlanish Toshkentgacha kelish xavfi bor edi” - Eronga zarba radiatsiya to‘lqiniga qanday ta’sir qildi?

AQSH bomba tashlagan 3 yadroviy obyektdan asosiy jihozlar va uran olib chiqib ketilgani aytilmoqda. Kun.uz suhbatlashgan iqlimshunosga ko‘ra, yer qa’rining kamida 80-90 metr chuqurligida, o‘ta qiyin geografik sharoitlarda saqlanayotgan uran chindanam portlasa, havoda zangori nur hosil bo‘lardi. Bomba tushgan onda olingan tasvirlarda bu ko‘rinmagan va kuchli radiatsiya xavfi yo‘q. Yaqin kunlarda qayta portlatilgan taqdirda ham shamol yo‘nalishi O‘zbekistonga qarab esmagani xavotirlarni kamaytiradi.

👉 https://kun.uz/76609962

Kun.uz rasmiy kanali
Turkiya: AQShning Eron yadro inshootlariga aviazarbasi Yaqin Sharqda tartibsizlikka olib keladi

Faxriddin Altun xalqaro hamjamiyatni xalqaro tizimni provokatsiya va sabotaj qilish harakatlariga qarshi turishga va muammolarni hal etishda diplomatiyani talab qilishga chaqirdi.

👉 https://kun.uz/45939300

Kun.uz rasmiy kanali
Tramp Eronda rejim o‘zgarishi mumkinligini istisno etmadi

«Agar hozirgi Eron rejimi Eronni buyuk qilishga qodir bo‘lmasa, rejim o‘zgarishi kerak emasmi?» - deya yozdi AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

👉 https://kun.uz/96904904

Kun.uz rasmiy kanali
«Manchester Siti» «Al-Ayn»ni mag‘lub etdi. Abduqodir Husanov 61 daqiqa o‘ynadi

«Manchester Siti» klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida BAAning «Al-Ayn» klubini 6:0 hisobida mag‘lub etdi. Abduqodir Husanov uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshlab, ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida sariq kartochka oldi va 61-daqiqada almashtirildi.

👉 https://kun.uz/16027717

Kun.uz rasmiy kanali
AQSH-Eron urushi: bo'rondan avvalgi sokinlikmi?

AQSHning Isroil-Eron urushiga qo'shilishi ortidan Yaqin Sharqdan Osiyogacha, NATOdan Rossiyagacha bo‘lgan geosiyosiy zanjirlar keskin taranglashmoqda. Eron ehtimoliy javob nishoni qayer ekanligi so'roq ostida, xo'sh dunyo jahon urushi yoqalab ketyaptimi?

O‘zgarayotgan dunyo manzarasini
Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosiy tahlilchilar bilan kuzatib boring.

🔴 Telegram’da ko‘rish

🔴 YouTube'da ko‘rish
Qo‘shko‘pir tumani hokimining sobiq o‘rinbosari 8 yilga qamaldi

Qo‘shko‘pir tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan Bekzod Davlatov fuqaroga hokimlik zaxirasida bo‘lgan jami 51 ga yer maydonni auksion savdolari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

👉 https://kun.uz/81295620

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonda 1-iyuldan uy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi

Bu tizim qurilishda moliyaviy intizomni kuchaytirishi va mijozlar uchun xavfsiz muhit yaratishi kerak.

👉 https://kun.uz/15860268

Kun.uz rasmiy kanali
Eron tashqi ishlar vaziri Moskvaga keldi

Eron «hozirgi xavfli sharoitda» Rossiya bilan maslahatlashuvlarga katta ahamiyat beradi, dedi Moskvaga tashrif bilan kelgan Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi.

👉 https://kun.uz/86148751

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonda kurerlik faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi

Elektron tijoratda kurerlik xizmati faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi.

👉 https://kun.uz/85900729

Kun.uz rasmiy kanali
“Yangi O‘zbekiston” universiteti – sifatli ta’lim, kuchli akademik muhit va kelajakka yo‘l!

Zamonaviy bilim, xalqaro amaliyotlar va yetakchi xorijlik professorlardan dars olishni istaysizmi? Unda shoshiling, qabul tugashiga oz qoldi.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida kimyo muhandisligi, iqtisodiyot, IT, menejment va boshqa zamonaviy yo‘nalishlarda tahsil oling.

Ta’lim dunyoning nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda amaliyot bilan birga olib boriladi.
Kelajakdagi muvaffaqiyat — to‘g‘ri tanlovdan boshlanadi.

Qabul 3 kundan so‘ng yakunlanadi!

O‘qishga ariza topshirish

Reklama
O‘zbekiston prezidenti davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonga boradi

Bu O‘zbekiston prezidentining 1992 yilda ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan keyin Mo‘g‘ulistonga birinchi tashrifi bo‘ladi.

👉 https://kun.uz/68644969

Kun.uz rasmiy kanali
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati biroz pasayadi

Payshanba kuni respublikaning barcha hududlarida harorat pasayishi kuzatiladi. Hududning katta qismida harorat +30...+35 daraja atrofida bo‘ladi.

👉 https://kun.uz/13574120

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eronga zarba bergan AQSh, Putinning oldiga kelgan Araqchi va Fordodan ko‘chirilgan yadro materiallari – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/50071930

Kun.uz rasmiy kanali
Eron Rossiyaga yuzlandi. Putin yordam beradimi?

Isroilning ortidan AQSH ham Eron yadro inshootlariga zarbalar bergani va Tehronning ehtimoliy javobi – butun dunyoda muhokama markazida. Amerikaning hujumidan bir kun o'tib, Eron tashqi ishlar vaziri Moskvaga bordi. AQSH “Pandora qutisi”ni ochdimi? Bu zarbaning geosiyosiy oqibatlari qanday bo‘ladi?

Eron–Isroil/AQSH urushi bilan bog’liq so’nggi jarayonlar muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida.

🔴 Telegram’da ko‘rish

🔴 YouTube'da ko‘rish
Ikkilamchi avtomobil bozori: Chevrolet va Kia avtomobillari arzonlashdi, BYD modellari qimmatlashdi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti joriy yilning may oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxlarining o‘zgarishini tahlil qildi. Onix, Lacetti, Cobalt, Nexia, Spark va Damas arzonlashgan. Kia'ning qator modellari narxlarida ham pasayish kuzatilgan. Utilizatsiya yig‘imining oshishi fonida elektromobillar sezilarli darajada qimmatlashgan.

👉 https://kun.uz/31688978

Kun.uz rasmiy kanali
Dollarning rasmiy kursi 12 410 so‘mgacha tushdi

Yil boshidan beri AQSh dollari o‘zbek so‘miga nisbatan 3,8 foizga arzonlashdi. Iqtisodchi Yuliy Yusupovga ko‘ra, bu holatni valuta mustahkamlanishi sifatida baholash noto‘g‘ri. «So‘mning qadri ortmayapti, balki dollarning xalqaro miqyosda zaiflashuvi kuzatilyapti», deya yozdi u.

👉 https://kun.uz/50099796

Kun.uz rasmiy kanali
Eron AQShga yana bir bor tahdid qildi

Eron AQSh harbiy mojaroga aralashganidan keyin yana bir bor unga tahdid qilib, Isroilga qarata raketa va dronlar uchirdi. Isroil armiyasi Eron rejimining harbiy infratuzilmasiga zarba berdi.

👉 https://kun.uz/69773913

Kun.uz rasmiy kanali
Saida Mirziyoyeva BMT Davlat xizmati forumida ishtirok etdi

Shuningdek, BMT Bosh kotibining iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha yordamchisi Navid Hanif bilan uchrashdi.

👉 https://kun.uz/09223351

Kun.uz rasmiy kanali
Rossiyada «Gosuslugi» akkauntlarini buzgan o‘zbekistonlik ushlandi

U Rossiya fuqarolarining akkauntlarini buzib, migrantlarni manzilda noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazgani ta’kidlanmoqda.

👉 https://kun.uz/90596731

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Tartibsizlik yo‘lidagi yangi qadam” - AQShning Eronga zarbasiga dunyo davlatlari va siyosatchilar qanday reaksiya bildirdi?

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish AQShning Eron yadro obektlariga bergan zarbalarini “xalqaro tinchlik va xavfsizlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid” deya atadi. U mintaqadagi vaziyat shundoq ham xavf yoqasida ekanligini qayd etdi.

👉 https://kun.uz/55083232

Kun.uz rasmiy kanali
2025/06/30 23:05:40
Back to Top
HTML Embed Code: