Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘ulistonga bordi, attestatsiyadan o‘tkazib berish evaziga pul so‘ragan shaxs ushlandi. Yerusti metrosining yana 6 ta bekati vaqtincha yopiladi – mahalliy dayjest

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonga bordi. Qashqadaryoda sobiq hokim o‘rinbosari ozodlikdan mahrum etildi. Tog‘li va cho‘l hududlarda turizm subsidiyalar bilan qo‘llab-quvvatlanadi. Jizzaxda 50 nafar pedagogni attestatsiyadan o‘tkazib berish evaziga pul so‘ragan shaxs ushlandi. Kun davomida Kun.uz yoritgan shu va boshqa muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/93943321

Kun.uz rasmiy kanali
«Ular nima qilayotganini bilmaydi» - Tramp Erondan ham, Isroildan ham mamnun emas

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron va Isroil o‘rtasida «to‘liq va mutlaq» o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qilgandi. Biroq kelishuvga qaramay, ikki tomondan ham davom etgan hujumlar tinchlik rejasining kelajagini shubha ostiga qo‘ymoqda. Tramp «sulh»dan keyin ham Isroilni bir necha marta tanqid qildi, ikki tomon qilgan hujumlarni qoralash uchun haqoratli so‘z ishlatdi – tafsilotlar.

👉 https://kun.uz/98886965

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Urush kundaligi: Isroil vayronalari

«HAMASga qarshi urush» iddaosi bilan G‘azoning kulini ko‘kka sovurayotgan vaqtda Isroil rahbarlari ko‘p o‘tmay ularning shaharlarida ham xuddi shunaqa vayronalar paydo bo‘lishi, uyidan ayrilgan odamlar zor yig‘lashi, ota-onasini qidirgan go‘daklar azob chekishini o‘ylamagan bo‘lsa kerak.

Lekin azaliy haqiqat o‘zgarmaydi – urush bir kun kelib shubhasiz uni boshlaganning boshiga qulaydi.

📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
Metrodagi profilaktika ishlarida qator kamchiliklar aniqlandi – Transport prokuraturasi

Toshkent metrosining “Do‘stlik” bekatidan Sergeligacha olib boruvchi liniyasidagi 14 ta bekatdan 9 tasi vaqtincha yopilmoqda. Profilaktika ishlari doirasida hozirgacha “Qipchoq” va “Turon” bekatlari oralig‘ida relslar va shpallar olib tashlangan. Transport prokurori boshliq ishchi guruh 8 iyundan boshlangan bu ishlarni o‘rganib, “qator kamchiliklar” aniqlanganini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/36014304

Kun.uz rasmiy kanali
AQSh O‘zbekiston fuqarolarining viza arizalarini qariyb 65 foizini rad etdi

O‘tgan yili B-1/B-2 tashrif vizasini olish uchun ariza bergan o‘zbekistonliklarning 64,41 foiz rad javobini olgan. Bu Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich.

👉 https://kun.uz/48751110

Kun.uz rasmiy kanali
Eron: Isroil hujumlarida 606 kishi halok bo‘ldi, 5332 kishi jarohat oldi

Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi Zaferkendining ta’kidlashicha, Isroil Eronga tajovuzni boshlagan 13 iyundan beri eng dahshatli hujumlar oxirgi 24 soat ichida amalga oshirilgan.

👉 https://kun.uz/58597584

Kun.uz rasmiy kanali
Bloomberg: Oq uy ishdan bo‘shatilgan MXK xodimlarini qaytarmoqchi

Yangi tahdidlar fonida Oq uy AQSh Milliy xavfsizlik kengashida kadrlar yetishmasligini his qildi, deb yozadi Bloomberg. Idora xodimlari avvalroq Donald Tramp tomonidan qisqartirilgan edi.

👉 https://kun.uz/53084126

Kun.uz rasmiy kanali
AQSh razvedkasi Eron yadroviy dasturi yo‘q qilinganini tasdiqlamadi

Amerika zarbalari Eronning yadroviy dasturini yo‘q qilgani yo‘q, deb xabar qilmoqda OAV AQSh razvedkasi hisobotiga tayanib. Oq uy bunday ma’lumotlarni tarqatayotganlarga haqorat bilan javob berdi.

👉 https://kun.uz/07036773

Kun.uz rasmiy kanali
Erdo‘g‘an va Tramp yopiq uchrashuv o‘tkazdi

NATO sammiti doirasida Haagada bo‘lib turgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi. Erdo‘g‘an uchrashuvda mudofaa sanoatidagi hamkorlikning rivojlanishi AQSh-Turkiya savdo aylanmasini 100 milliard dollarga yetkazish maqsadiga xizmat qilishini aytgan.

👉 https://kun.uz/48989491

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi

Blogerga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi, timsoh esa hayvonot bog‘iga topshirildi.

👉 https://kun.uz/52750438

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Qo‘lma-qo‘l bo‘lasan”: Chilonzorda mahalla raisi ajrim yoqasidagi ayolga tahdid qildi

Kun.uz’ga Chilonzor tumanidagi Katta Qozirobod mahallasi raisi Abdusamad Mutalovning qo‘polligi va boricha aytganda – axloqsizligidan shikoyat qilingan yana bir murojaat kelib tushdi. Bu gal u “tarbiyasiz” maktab o‘quvchilari yo ularning ota-onalarini so‘kmagan. Bu gal raisning “shirin so‘zlari” nishoni turmushida muammolar chiqib, ajrim yoqasiga kelib qolgan oila a’zolari, xususan, yoshgina kelinchak bo‘lgan.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Yangi uylar bozoridagi dolzarb narxlar va takliflarni qo‘ldan boy bermang!

— Oylik to‘lov 5 mln so‘mdan boshlanadi
— Boshlang‘ich to‘lov 0%
— Tayyor ta’mirlangan uylar

👉 Uylarni ko‘rish

Reklama
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar

OTMga kirish imtihoni qachon boshlanadi? Minimal o‘tish balli oshiriladimi? Natijalarni hisoblashda maktab baholari inobatga olinadimi? Kun.uz shu kabi savollar bilan Oliy ta’lim vazirligi hamda BMBA (sobiq DTM) rasmiylariga yuzlandi. Suhbat davomida ayni kunlarda aksariyat abituriyentlarni qiziqtirayotgan eng muhim masalalarda javob berildi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Rossiyaning Dneprga hujumi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi

24 iyun kuni Dnepr shahriga ballistik raketalar bilan qilingan hujum oqibatida 18 kishi, qo‘shni Samar shahrida esa 2 kishi qurbon bo‘ldi. Viloyat ma’muriyatiga ko‘ra, deyarli 300 kishi jabrlangan. Ular orasida poyezd yo‘lovchilari ham bor. Rossiya tomoni hujumga izoh bermadi.

👉 https://kun.uz/96624828

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Erdo‘g‘an bilan uchrashgan Tramp, Zelenskiyni o‘ldirmoqchi bo‘lgan pensioner va NATOning muhim yig‘ilishi – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/26273378

Kun.uz rasmiy kanali
«Mudofaa xarajatlarini oshirish va 5-moddaga sodiqlik» – NATO sammitidan nimalar kutilmoqda?

Haagada bo‘ladigan NATO yetakchilarining eng muhim va Donald Tramp uchun moslashtirilgan sammitida a’zo davlatlar mudofaa xarajatlarini YaIM 5 foizigacha oshirishni ma’qullashi mumkin. Bundan tashqari, Tramp sammitga yo‘l olayotib, NATO bosh kelishuvining 5-moddasini qo‘llash masalasida shubha uyg‘otdi.

👉 https://kun.uz/78231805

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Karimov bankirlarni qo‘rqitish uchun kuch tuzilmalarini chaqirgan edi” - Rustam Ahmedov konvertatsiya yopilganidan keyingi korrupsiya haqida

O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri general-polkovnik Rustam Ahmedov 1990-yillarda valuta konvertatsiyasi yopilganini esga oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqqa deb ajratilgan xorij valutasini “o‘zinikilarga”ga tarqatish boshlanib ketganidan keyin, Islom Karimov bankirlarni “qo‘rqitib qo‘yish uchun” bank-moliya sohasi va kuch tuzilmalari rahbarlarini tor doirada yig‘ilish o‘tkazgan.

👉 https://kun.uz/51062151

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Haydovchi mashinani qulflaganidan keyin oynaning ko‘tarilishi bolaning bo‘ynidan qisib qoldi

Kun.uz'ga ma’lum bo‘lishicha, holat Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida ro‘y bergan. Yo‘l chetiga to‘xtagan Nexia haydovchisi do‘konga kirib-chiqishda mashinani qulflagan. Natijada mashina oynalari ko‘tarila boshlagan, bu vaqtda esa ichkaridagi yosh bola boshini oynadan chiqarib, qisilib qolgan. Shu vaqtda kelib qolgan YPX inspektori safdor Azim Xalifayev oynani sindirib, bolaning hayotini saqlab qoldi.

👉 https://kun.uz/48817340

Kun.uz rasmiy kanali
Kun.uz | Rasmiy kanal
“Qizimni uzatib qutulay degan niyatda bo‘lish kerak emas” - Tanzila Norboyeva erta unashtiruvlar haqida Senat raisi Tanzila Norboyeva Kun.uz muxbirining savoliga javoban Qashqadaryoda maktab qizlarining unashtiruvi bilan bog‘liq holatlarga munosabat bildirib…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ogoh bo‘ling! Taniqli shaxslar obrazi asosida Rossiya armiyasiga yollanishga chorlovchi dipfeyk videolar tarqalmoqda

Senat raisi Tanzila Norboyevaning Kun.uz'ga bergan intervyusi – O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya armiyasiga yollanishga chorlovchi dipfeyk obyektiga aylandi. Internetda tarqatilayotgan feyk video – original tasvirning sun’iy intellekt yordamida murakkab tarzda soxtalashtirilgan shakli hisoblanadi.

Xuddi shu mazmundagi dipfeyklar og‘ir atletikachi Ruslan Nuriddinov va boshqalarning obrazi asosida ham tarqalmoqda.

👉 https://kun.uz/10300249

Kun.uz rasmiy kanali
Xitoy O‘zbekistonga eski mashina nomi ostida yangi mashinalar yetkazib bermoqda – OAV

Bu «nol masofalik» deb ataladigan avtomobillar hech qachon minilmagan, biroq Rossiya, Markaziy Osiyo (jumladan, O‘zbekistonga) va Yaqin Sharq kabi bozorlarga eski mashina sifatida eksport qilinmoqda, bu esa xitoylik avtomobil ishlab chiqaruvchilarga o‘sish va ichki bozorda sotish qiyin bo‘lgan mashinalardan qutulish imkonini beradi.

👉 https://kun.uz/53481771

Kun.uz rasmiy kanali
2025/06/27 07:07:47
Back to Top
HTML Embed Code: