Telegram Web Link
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan olgan birinchi davlat bo‘ldi

Moskva Kobul bilan savdo-iqtisodiy yo‘nalishda, xususan, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi va infratuzilma loyihalari sohalarida hamkorlik uchun katta istiqbollarni ko‘rmoqda.

👉 https://kun.uz/72982126

Kun.uz rasmiy kanali
Ohangaron shahar hokimligining mansabdor xodimi tezkor tadbirda qo‘lga olindi

Hokimlikda bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlovchi shaxs fuqaroga hokimiyat balansiga o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan 3 xonali xonadonni sud tizimidagi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. U buning uchun 18 500 dollar talab qilib, shundan 9 500 dollar olganda ushlangan.

👉 https://kun.uz/02530607

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xo‘jaobodda profilaktika inspektorini pichoqlab o‘ldirgan shaxs ushlandi

U “So‘qoloq“ qabristonidagi makkapoya ichida yashirinib yotganligi aniqlangan. Gumonlanuvchi qo‘lga olish jarayonida o‘zining qorin qismiga pichoq bilan jarohat yetkazgan hamda birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib borilgan.

👉 https://kun.uz/42413619

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ozarboyjon – Rossiya: sovuqlik fonida Embraer 190 halokatiga oid shov-shuvli tafsilot paydo bo‘ldi

Ozarboyjon nashri Embraer 190'ni urishga buyruq bergan rossiyalik harbiyning audiosini e’lon qildi. Birinchi raketa xato ketgach, kapitan yana bir marta o‘t ochishni buyurgan. Rossiyalik harbiy nishonda dron emas samolyot bo‘lganini raketa uchirilgach bilganini aytgan.

📹 YOTUBE'DA TOMOSHA QILING
“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi 15 iyuldan boshlanadi

Joriy yildagi 2-mavsum g‘oliblari 1 sentabr - Mustaqillik bayrami kuni e’lon qilinadi.

👉 https://kun.uz/81944333

Kun.uz rasmiy kanali
Yerosti gaz quvuri sabab xonadon portlab ketdi. Zarar qoplab beriladimi?

Farg‘ona shahrida yer ostidagi quvurdan gaz chiqib, uyning xonasiga to‘planishi oqibatida portlash sodir bo‘lgan. Bir kishi kuyish jarohatini olgan, uy yaroqsiz holga kelgan. 5 oydan beri omborxonada yashashga majbur bo‘layotgan uy egalariga ko‘ra, kadastr hujjatlari joyida bo‘lishiga qaramay, aybdorlar zararni qoplashni paysalga solyapti. Gaz idorasi esa aybni xonadon egalari zimmasiga yuklamoqda.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Tramp Putin bilan suhbat haqida: o‘zgarish yo‘q

AQSh prezidenti Rossiya rahbari bilan suhbatdan «ko‘p narsa olmaganini» aytdi. Bu yanvar oyidan beri siyosatchilarning oltinchi rasmiy telefon suhbatidir.

👉 https://kun.uz/41790540

Kun.uz rasmiy kanali
Kiyevga tungi hujum: 20 dan ortiq kishi jabrlangan, temiryo‘l shikastlangan

Putin va Trampning suhbatidan keyin ham Rossiya Kiyevga zarba berishda davom etmoqda.

👉 https://kun.uz/45508182

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Isroil bilan iqtisodiy aloqalarni uzishga chaqirgan BMT rasmiysi, rasman tan olingan «Tolibon» va Putin bilan qo‘ng‘iroqlashgan Tramp – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/45583527

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston va Afg‘oniston iqtisodiy aloqalarni faollashtirishga kelishib oldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston vakili Abdul G‘ani Birodar uchrashuvida siyosiy va iqtisodiy aloqalar, temir yo‘l kommunikatsiyalarini rivojlantirish, savdo, tranzit va elektr ta’minoti masalalari muhokama qilindi.

👉 https://kun.uz/31839434

Kun.uz rasmiy kanali
Hafta oxirida harorat pasaya boshlaydi

O‘zbekistonda dam olish kunlari issiq harorat pasaya boshlaydi, biroq u qadar sezilarli bo‘lmaydi. Yakshanbada harorat +38…+41, janubda +42…+44 darajagacha bo‘ladi. Ayrim joylarda shamol kuchayishi mumkin.

👉 https://kun.uz/15322416

Kun.uz rasmiy kanali
Stolda pichoq, uning oldida mast odam, xodim telefon “titib” o‘tiribdi – Buxorodagi hodisada kim antiqahramon?

Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘ziga zarar yetkazmoqchi bo‘lgan erkakni zararsizlantirib, qahramonlik ko‘rsatdi. Biroq erkakni mastlik darajasini aniqlash uchun narkolog huzuriga olib kelgan mayor va katta leytenant ushbu holatni beparvolik bilan kuzatib turdi. Ulardan biri – telefon “titib” o‘tirgan, vaziyat jiddiyligini ko‘rib turgan holda hatto o‘rnidan turgani ham yo‘q. Hozirda xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

👉 https://kun.uz/88099408

Kun.uz rasmiy kanali
Sankt-Peterburgda Bosh harbiy-dengiz paradi bekor qilindi

2017 yildan beri o‘tkazib kelinayotgan Bosh harbiy-dengiz paradi bu yil «xavfsizlik choralari» tufayli birinchi marta o‘tkazilmaydi, deb yozadi "Fontanka" manbalarga tayanib.

👉 https://kun.uz/96490966

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Taxtaqoracha dovonida yong‘in chiqdi

Yong‘in Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lab turuvchi dovondan o‘tgan avtomobil yo‘liga xavf solmayotgani ma’lum qilingan.

👉 https://kun.uz/39525962

Kun.uz rasmiy kanali
Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida bir qator tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston rahbari mintaqadagi xavfsizlikni ta’minlash, ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik, Falastin-Isroil ziddiyatini adolatli hal etish, tashkilotning o‘rta va uzoq davrdagi ustuvor rivojlanish yo‘nalishlari, shuningdek, iqtisodiy hamkorlikning strategik maqsadlari kabi masalalarga e’tibor qaratdi.

👉 https://kun.uz/64248507

Kun.uz rasmiy kanali
Hikmatilla Ubaydullayev Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasi ijrochi direktori v.b. etib tayinlandi

Tegishli qaror AICA raisi Vladimir Imomovich Norov tomonidan qabul qilindi.

👉 https://kun.uz/76030190

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rossiyada ozarboyjonlik kriminal avtoritet Vagif Bakinskiy ushlandi

«Qonunga bepisand o‘g‘ri» Vagif Sulaymonov (Bakinskiy) Rossiyaning immigratsiya qonunchiligini buzganlikda gumon qilinmoqda. Unda O‘zbekiston pasporti ham borligi aytilmoqda.

👉 https://kun.uz/70563203

Kun.uz rasmiy kanali
Xivada an’anaviy “Qovun sayli” festivali bo‘lib o‘tadi

8–10-avgust kunlari Xorazm viloyati markazi Xiva shahrida an’anaviy “Qovun sayli” festivali bo‘lib o‘tadi. Ming yillik qovunchilik an’analarini yodga soluvchi ushbu tadbir Ichanqal’a va “Arda Xiva” majmualarida tantanali tarzda tashkil etiladi. Festivalning asosiy tadbirlari mahalliy va xorijiy yulduzlar ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

👉 https://kun.uz/41333095

Reklama
Rossiyaning yozgi yurishi: Ukrainadagi vaziyat bir oy ichida qanday o‘zgardi?

Iyunda Rossiya armiyasi Ukraina frontining bir qancha uchastkalarida ilgarilash tezligini oshirdi, katta yo‘qotishlarsiz katta hududlar egallab olindi.

👉 https://kun.uz/57342145

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
IShID va ash-Shar’aning maqsadlari ayro, Suriyadagi o‘zbeklar-chi?

Ahmad ash-Shar’a hokimiyatga kelgach Suriyada barchasi ijobiy tomonga o‘zgarayotgandek tuyulgandi, lekin mamlakatdagi qurolli guruhlar bilan to‘qnashuv yana tez-tez ko‘zga tashlanyapti. Suriyada so‘nggi 30 kunda sodir etilgan teraktlarning barchasi IShID nomi bilan bog‘liq. Ba’zi xabarlarda o‘zbeklar nomi ham qayd etilganiga ko‘zingiz tushadi.

📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
2025/07/14 18:23:47
Back to Top
HTML Embed Code: