Telegram Web Link
#buguntarixda

Bugun 8-mart - Dunyoda birinchi uchuvchi ayol parvoz qilgan kun

1910-yil 8-martda fransuz baronessasi Eliza de Larosh imtihon parvozini amalga oshiridi va unga birinchi ayol uchuvchi unvoni taqdim etildi.
Bundan tashqari, u parvoz qilish uchun litsenziya oldi.
Litsenziya unga “Xotin-qizlar kuni"da topshirilgani shunchaki tasodif, chunki bunday bayram ilgari bo‘lmagan.
Havo sharlaridagi parvozlardan hayratda qolgan de Larosh Shaponda uchuvchi Charlz Vuazen bilan uchrashdi va 1909-yil 22-oktyabrda Vuazenning samolyotida mustaqil ravishda uchdi.
Vuazen de Laroshga faqat yerda samolyotda sayohat qilishga ruxsat bergan, lekin u itoat etmasdan bir necha yuz metrga uchgan.
1910-yil 8-martda Geliopolisda bo'lib o'tgan tanlov natijalariga ko‘ra fransuz aeroklubi de Laroshga 36-sonli uchuvchi litsenziyasini berdi va u Fransiya va dunyodagi birinchi ayol uchuvchiga aylandi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Kun_tarixi_tv24
Nega aynan 8-mart?

Dunyoda ko’plab maxsus kunlar mavjud. Har bir maxsus kunning qabul qilinishiga biron voqea sabab bo’lishi mumkin. 8-Mart xalqaro xotin-qizlar bayramining qutlanishiga sabab bo’lgan voqea esa, afsuski fojiadan iborat.
1857-yilning 8-mart kuni Amerikaning Nyu York shahrida 40 ming to’quv ishchisi mehnat sharoitining yaxshilanishini talab qilgan holda tekstil fabrikasida ish tashlash e’lon qiladi.
Fabrika boshqaruvchilari afsuski, bunga zolimlarcha qarshilik ko’rsatadilar. Buning boshqa fabrikalarga ham ta’sir ko’rsatishini oldini olish uchun ish tashlash e’lon qilgan ayollarni fabrika binosiga qamab qo’yadilar.
Lekin, o’sha payt noma’lum sabablarga ko’ra, fabrika binosida yong’in sodir bo’ladi. Afsuski, ayol ishchilardan juda ozchiligi bu fojiadan tirik qolishga muvaffaq bo’ladi. Fabrikadagi yong’indan qocha olmagan 129 ishchi ayol esa, jon beradi.
Bu voqea nafaqat mamlakatda balki, butun dunyoda katta shov-shuvga sabab bo’ladi. İshchi ayollarning janoza marosimiga 100 mingdan ziyod aholi qatnashadi.
Oradan ko’p vaqt o’tishiga qaramasdan, bu voqea aslo unutilmaydi.
1910-yili Daniyada o’tkazilgan ayollar yig’ilishida masala takror o’rtaga tashlanadi.
1857-yilning 8-mart kuni fabrika yong’inida hayotdan ko’z yumgan ishchi ayollar xotirasi uchun 8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida xotirlanishi haqidagi taklif bir ovozdan qabul qilinadi.
1- va 2-Jahon urushi yillarida ba’zi davlatlarda xotin-qizlar kunining nishonlanishi man qilingan.
Bu fojia o’z mamlakatida sodir bo’lishiga qaramasdan, Amerika ham ushbu kunni 1960-yil oxirlarida xotin-qizlar kuni deb qabul qilgan.
BMT Umumiy kengashi 1977-yilning 16-dekabr kungi yig’ilishida 8-martning Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida qutlanishini qabul qilgan. Bu esa, xotin-qizlar kuniga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirdi.
@Kun_tarixi_tv24
Ayollar jamiyatni tashkil qilgan eng muhim xalqalardan biridir. Jamiyatda ayolning roli bor ekan, u jamiyatda madaniyat bor demakdir. U jamiyat ilg’or demakdir, unumdor demakdir.
Ayol huquqini inson huquqidan ajratish mumkin emas.

Ayollarning talablari natijasida boshlangan kurashda butun dunyoda, qolaversa O‘zbekistonda ayollarning huquqini ta’minlash va sharoitlarini yaxshilash uchun katta masofa bosib o’tildi. Lekin, bu yetarli emas. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda har 3 ayoldan biri hayotida oila ichi zo’ravonlik va haqoratlarga duch kelmoqda. Ayollarga nisbatan kuch ishlatish dunyoda keng tarqalgan, lekin ularga berilgan jazolar qoniqarli emas.
Butun dunyoda 15 yoshdan 45 yoshgacha bo’lgan ayollar turli kasalliklar va avtohalokatlar natijasida emas, balki erkaklar tomonidan qo’llangan zo’ravonlik natijasida nobud bo’lmoqda yoki majruh bo’lib qolmoqda.
BMT tomonidan olib borilgan tadqiqotga ko’ra, dunyodagi mehnatning 66%i ayollar tomonidan amalga oshiriladi. Bunga qaramasdan ayollar dunyodagi jami daromadning faqatgina 10%iga ega xolos. Dunyodagi butun mol-mulkning faqatgina 1%i ayollarga tegishli.
Dunyoda sodir bo’layotgan urushlarning eng katta jabrlanuvchisi ham ayollardir. Vatangado bo’lib, boshpanasiz, ko’chishga majburlanib, nomusidan xavotir olib, ham ona ham ota vazifasini zimmasiga olib, qo’rquv va qiyinchilikda yashashga majbur bo’lmoqdalar.

8-Mart xalqaro xotin-qizlar kuni butun dunyoda ayollarning muammolariga takror razm solish va ularga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirish jihatidan muhim kun hisoblanadi.

Ushbu kun munosabati bilan butun dunyodagi mo’tabar onaxonlarni, opa-singillarni va butun ayollarni 8-Mart xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etamiz.

Kanalga ulanish⤵️
@Kun_tarixi_tv24
Bugun 8-mart 2025-yil, shanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Xalqaro xotin-qizlar kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇰🇿 Qozogʻiston, 🇺🇦 Ukraina - Yerni boshqarish kuni.
🇦🇱 Albaniya 🇱🇦 Laos - Onalar kuni.
🇸🇾 Suriya — Inqilob kuni.
🇵🇭 Filippin - Davao de Oro provonsiyasiga asos solingan kun.

👉 VOQEALAR:

- 1169 - Andrey Bogolyubskiy uch kunlik hujumdan so'ng Kiyevni egallab oldi va uni talon-taroj qildi.
- 1618 - Nemis astronomi Iogann Kepler oʻzining sayyoralar harakatining uchinchi qonunini kashf qildi.
- 1658 - Daniya va Shvetsiya o‘rtasida Roksill shartnomasi imzolandi.
- 1702 - Anna Styuart Angliya, Shotlandiya va Irlandiya qirolichasi bo‘ldi.
- 1722 - Pyotr I ning farmoniga binoan Peterburgda ob-havoni muntazam ravishda kuzatish ishi yoʻlga qoʻyildi.
- 1736 - Nodirshoh Eron shohi bo‘ldi.
-1759 - Parij parlamenti Deni Didroning „Ensiklopediya“sini qoralab chiqdi.
- 1802 - Nemis havaskor astronomi Genrix Olbers dastlabki mitti sayyora - Sererani kashf qildi.
- 1809 - Ivan Krilovning „Masallar“ nomli birinchi kitobi dunyo yuzini koʻrdi.
- 1862 - Nyu-Yorkda soʻnggi amerikalik qaroqchi - Nataniel Gordonni dorga osishdi.
- 1873 - Kanadaning shimoli-sharqiy hududlarida spirtli ichimliklar savdosi taʼqiqlab qoʻyildi.
- 1887 - Everett Xorton teleskopik qarmogʻi uchun patent oldi.
- 1900 - „Sanʼat dunyosi“ uyushmasi tuzildi, unga A. N. Benua, K. A. Somov, M. V. Dobujinskiy, N. K. Rerix, Ye. Ye. Lansere v. b. aʼzo boʻlishdi.
- 1910 - Kopengagenda Sotsialistik Internatsional 8-martni Xalqaro xotin-qizlar kuni deb e’lon qildi.
- 1910 - Fransiyada Eliza Derosh uchuvchi guvohnamasiga ega bo‘ldi va dunyoda birinchi uchuvchi ayolga aylandi.
- 1927 - O‘zbekiston SSRda “Hujum” kampaniyasi boshlandi. 100 000 dan ortiq xotin-qiz paranjisini gulxanga tashlashdi.
- 1944 - Bolqorlar deportatsiyasi boshlandi.
- 1950 - SSSR atom bombasiga ega ekanligini e’lon qildi.
- 1963 - Xitoy 1858-yilda Rossiya bilan tuzilgan Aygun shartnomasini bekor qildi va SSSRdan yerlarni qaytarib berishni talab qildi.
- 1965 - Janubiy Vyetnamga AQShning dastlabki quruqlik qo‘shinlari kiritildi.
- 1965 - Xalqaro xotin-qizlar kuni bo‘lgan 8-mart dam olish kuniga aylandi.
- 1973 - Shimoliy Irlandiyada referendumda ishtirok etganlarning 59%i Buyuk Britaniya tarkibida qolish uchun ovoz berishdi.
- 2014 - Malayziyaning Boeing 777-200ER samolyoti izsiz yo‘qoldi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1864 - Apte Xari Narayan (1919) - hind yozuvchisi, ma'rifatparvar.
- 1866 - Lebedev Petr (1912) - Rus fizigi, fiziklarning birinchi rus ilmiy maktabini yaratgan.
- 1879 - Gann Otto (1968) - Nemis fizigi va radiokimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1945).
- 1886 - Kendall Edvard Kalvin (1972) - Amerkalik biyokimyogar, Nobel mukofati  sohibi (1950).
- 1894 - Aaltonen Vyaynyo Valdemar (1966) - fin haykaltaroshi.
- 1910 - Claire Trevor (2000) - amerikalik kinoaktrisai.
- 1911 - Ahmedov Bardiyor - xuquqshunos, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1975).
- 1914 - Hamidova Manzura (1998) - O’zbekiston xalq artisti (1969).
- 1914 - Yakov Zeldovich (1987) - rus nazariyotchi-fizigi, akademik (1958).1939-yilda uranning bo'linishidagi zanjir reaksiyasini birinchi bo'lib hisoblab chiqdi (Yu. B. Xariton bilan hamkorlikda).
- 1920 - Burnasheva Qamara (2000) - O’zbekiston xalq artisti (1960).
- 1923 - Yo’ldosheva Muhabbat  - O’zbekiston xalq artisti (1969). 
- 1928 - Mirkarimova Qunduz - raqqosa, baletmeyster va pedagog, O’zbekiston xalq artisti (1966).
- 1930 - Mazohidova Rahima - xonanda va aktrisa, O’zbekiston xalq artisti (1976).
- 1957 - Sintiya Rotrok - amerikalik kinoaktrisa, jangavor san’at ustasi.
- 1975 - Sulton Ibragimov - rossiyalik professional bokschi, sobiq jahon chempioni.
- 1990 - Petra Kvitova - chex tennischisi, ikki karra Uimldon turniri g‘olibasi (2011 va 2014).
- 1994 - Raʼnoxon Omonova - oʻzbek suzuvchisi, Oʻzbekistonning koʻp karra chempioni, Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, Xalqaro sport ustasi.
- 2000  - Daniel Magnusson - shved kyorlingchisi, ikki karra jahon chempioni, Olimpiya chempioni.

BIZ BILAN QOLING!
@Kun_tarixi_tv24
🌸 8 март – Халқаро хотин-қизлар куни!

💐 Барча мўътабар онажонларимизни, меҳрибон опа-сингилларимизни, гўзалликда тенгсиз қизларимизни байрамлари билан табриклаймиз!

💐 Бахтимизга ҳар доим соғ-омон бўлишларингизни тилаймиз!

@Kun_tarixi_tv24
#buguntarixda

Bugun 11-mart - Qog‘oz ixtiro qilingan kun

Say Lun Xitoyda qog‘oz ixtiro qilgan deb hisoblanib, u Xan sulolasining amaldori sanaladi.

Manbalarda yozilishicha, u miloddan avvalgi 105-yilning 11-martida bambukdan qog‘oz tayyorlash usulini amalga oshiradi.

Shundan keyin qog‘oz ishlab chiqarish jarayoni jadallashib ketadi va tezda butun dunyo bo‘ylab tarqala boshlaydi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, Say Lunning ixtirosigacha qog‘ozni ipakdan tayyorlashgan. 

Kanalga ulanish ⤵️
@Kun_tarixi_tv24
#bayramlar

Bugun 11-mart - Litva mustaqillikka erishgan kun

1990-yil 11-martda Boltiqboʻyi davlatlaridan bo‘lgan Litva SSR SSSR tarkibidan birinchilar qatorida mustaqilligini e’lon qildi.

1991-yilda uni birinchi bo‘lib Islandiya tan oldi.

Avgustda Rossiya hukumati ham Litva mustaqilligini tan oldi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Kun_tarixi_tv24
🦠 Бугун Пандемиянинг туғилган куни экан, туғилмай ўлсин😡

11 март — ЖССТ томонидан коронавирус пандемияси эълон қилинган кун

2020 йил 11 март куни Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти раҳбари Тедрос Адхан Гебрейесус дунёда COVID-19 коронавирусининг тарқалиши пандемик характерга эга бўлгани ҳақида маълум қилган эди.

@kun_tarixi_tv24
#buguntarixda

Bugun 11-mart - Pablo Pikasso Barselonadagi muzeyga o‘zining 800 ta asarini sovg‘a qilgan kun

Mashhur rassom Pablo Pikassoing eng yirik rasm kolleksiyalaridan biri Barselona shahrida joylashgan.

1970-yil 11-martda Pikasso o‘zining 800 ta rasmini Barselona muzeyiga sovg'a qilgan.

Umuman olganda, Kataloniya poytaxtidagi san‘at muzeyida 3500 dan ortiq asarlar saqlanadi, ular asosan rassomning dastlabki ijodiga tegishli. Keyingi asarlar orasida Velaskes rasmiga asoslangan variatsiyalar - 59 ta rasmdan iborat Las Meninas seriyasi ajralib turadi.

Kanalga ulanish⤵️
@Kun_tarixi_Tv24
Bugun 11-mart Shekspirning Romeo va Julyettasi turmush qurgan kun.

"Romeo va Juliet" — William Shakespeare oʻz karyerasining boshida yozgan tragediya. Asarda ikki baxtsiz sevishganning oʻlimi ularning oilalari oʻrtasidagi mojaroga barham beradi. „Romeo va Juliet“ „Hamlet“ bilan bir qatorda Shakespearening tirikligidagi eng mashhur pyesalaridan biri boʻlgan

Ilk nashri: 1597
Muallif: William Shakespeare
Asl nomi: Romeo and Juliet
Janr: pyesa
Janrlari: Drama, Badiiy adabiyot

@Kun_tarixi_tv24
Bugun 11-mart 2025-yil, seshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Butunjahon musulmon madaniyati va kinosi kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh, 🇨🇦 Kanada - COVID-19 kuni.
🇹🇯 Tojikiston - Matbuot kuni.
🇷🇺 Rossiya - Giyohvand moddalarni nazorat qilish organlari kuni.
🇱🇸 Lesoto - Qirol Moshoeshoe I yubileyi.
🇱🇹 Litva - Mustaqillik qayta tiklangan kun (1990).

👉 VOQEALAR:

- 105 - Say Lun bambuk poyalaridan qo‘g‘oz olishga muvaffaq bo‘ldi.
- 1669 - Italiyada Etna vulqonining eng katta otilishi sodir bo'ldi.
- 1682 - Karl II Chelsida askarlar uchun gospitalga asos soldi.
- 1702 - Birinchi ingliz tilidagi kunlik gazeta “The Dailu Courant” chop etildi.
- 1702 - Pyotr I farmoniga ko‘ra Rossiyaning 40 ta shahrida o‘g‘il bolalar uchun boshlang‘ich maktablar ochildi.
-1744 - Londonda „Sotheby’s“ auksion uyi ochildi.
- 1811 - Nottigemda mashinaga qarshilar - ludditlar qo‘zg‘oloni boshlandi.
- 1824 - AQShda Hindular ishlari bo'yicha byuro tashkil etildi.
- 1835 - Kanadada birinchi qog‘oz pullar chiqarildi.
- 1861 - Amerika janubiy shtatlar Konfederatsiyasi konstitutsiyasi qabul qilindi.
- 1869 - Xitoyda fransuz tabiatshunosi sovg'a sifatida noma'lum hayvon - panda terisini oldi.
- 1879 - Yaponiya Ryukyuni anneksiya qildi.
- 1912 - Tojik tilidagi birinchi gazeta - “Buxoroi sharif” chop etildi.
- 1918 - Sovet hukumati Petrograddan Moskvaga ko'chib o'tdi.
- 1918 - AQShda “ispan grippi”ning birinchi qayd etilgan to‘lqini.
- 1931 - SSSRda Bibliyani olib kirish va sotish ta’qiqlandi.
-1938 - Avstriya Germaniyaga ittifoqchi boʻldi.
- 1941 - AQSHda lend-liz haqida qonun qabul qilindi.
- 1941 - Namangan viloyati tashkil etildi.
- 1970 - Pablo Pikasso Barselonadagi muzeyga o‘zining 800 ta asarini sovg‘a qildi.
- 1985 - M. S. Gorbachyov KPSS MQ Bosh sekretari etib saylandi.
- 1990 - Litva respublika mustaqilligi tiklanganligini eʼlon qildi.
- 1998 - Hindistonda balandligi 19 metr bo'lgan eng katta kaktus topildi.
-2004 - Madridda terroristik xurujlar sodir etildi. 191 ta qurbon.
- 2011 - Yaponiyada zilzila sodir boʻldi.
- 2017 - Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu Niderlandiyaga kiritilmadi. 
- 2020 - Xalqaro Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti koronavirus pandemiya degan xulosaga keldi.
- 2020 - Oʻzbekiston Respublikasining “Oliy darajali “Doʻstlik” ordenini tasis etish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1544 - Torkvato Tasso (1595) - italyan shoiri.
- 1726 - Vasiliy Chichagov (1809) - rus dengizchisi va flot qo‘mondoni.
- 1811 - Urben Jan Jozef Leverye (1877) - fransuz astronomi, noma’lum sayyora (Neptun) ning orbitasini hisoblab chiqqan olim.
- 1822 - Jozef Lui Fransua Bertran (1900) - fransuz matematigi.
- 1890 - Vanivar Bush (1974) - amerikalik olim, muhandis, analog kompyuterlar yaratuvchisi, fan tashkilotchisi.
- 1884 - Umar Sayfiddin - turk hikoyachiligining mumtoz vakili.
- 1906 - Zino Davidoff (1994) - shvetsariyalik sanoatchi, mashhur “Davidoff” firmasi va brendining asoschisi.
- 1920 - Nikolas Blumberg (2017) - amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1981).
- 1931 - Rupert Myordok - yirik medamagnat, ishbilarmon.
- 1941 - Dildorbek Rahmonov (1941) - Qirgʻiziston jamoat arbobi, Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining artisti, jurnalist va shoir.
- 1952 - Duglas Noel Adams (2001) - ingliz yozuvchisi.
- 1954 - Nazar Shukur (1985) - shoir, tarjimon.
- 1961 - Muhammad ibn Zayd ibn Sulton al Nahayon - Abu-Dabi amiri va Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti (2022-yildan).
- 1963 - Mardon Mavlonov - estrada xonandasi (lirik tenor), Oʻzbekiston (1999) va Tojikiston (2000) xalq artisti.
- 1978 - Didye Drogba - kot’divuarlik futbolchi.
- 1985 - Yelena Berkova - rossiyalik aktrisa, qo‘shiqchi va teleboshlovchi.
- 1988 - Fábio Alexandre da Silva Coentrão - portugaliyalik futbolchi, Portugaliya terma jamoasi himoyachisi.

Kanalga ulanish⤵️
@Kun_tarixi_tv24
Keling, birgalikda 100 000 so'm ishlaymiz! Mana shu havola orqali Salom Card'ga buyurtma bering https://app.tbcbank.uz/SfqR/hoa943x9. Yoki "TBC Do'stlar" bo'limida SC2D312DA5 promokodini kiriting. 30 kun ichida Salom Card bilan biror narsa sotib olsangiz, ikkalamiz 50 ming so'mdan olamiz.
@Kun_tarixi_Tv24 kanali sotiladi. Olmoqchi boʻlganlar @A2102t ga yozing. Narxi hamyonbop qilib beriladi
30-aprel – Xalqaro Jaz kuni

Xalqaro jazz kuni har yili 30-aprelda nishonlanadi. Ushbu bayram 2011-yilda YUNESKO tomonidan jazzning madaniy taraqqiyot va xalqaro hamkorlikdagi o‘rniga e’tibor qaratish maqsadida tashkil etilgan.

Jazz 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida AQShning Nyu-Orlean va Chikago kabi shaharlarida paydo boʻlgan. Bu Afrika va Yevropa madaniy anʼanalari elementlarini oʻzida mujassam etgan musiqa janri. Jazz erkinlik va ijodkorlik ramziga aylandi, u ijrochilarning kayfiyati va hissiyotlarini aks ettiradi.

Xalqaro jazz kuni - bu butun dunyo bo'ylab kontsertlar, ko'rgazmalar, ma'ruzalar va boshqa tadbirlar seriyasidir. Bu musiqa janriga keng jamoatchilikni jalb etish, u haqidagi bilimlarni oshirish va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga qaratilgan.‌‌

@Kun_tarixi_tv24
30-апрел – Сардоба тумани ташкил этилган кун

1964 йил (бундан 59 йил олдин) – Сирдарё вилоятидаги Сардоба тумани ташкил этилди. Маълумот ўрнида қайд этиш жоизки, туманнинг номи ҳисобланган “сардоба” сўзи форс тилидан олинган. У усти гумбаз шаклидаги ғишт қурилма билан беркитилган сунъий ҳовуз маъносини англатади. Қадим замонда сувсиз ерларда, чўлларда, карвон йўлларида ғиштдан қурилган усти ёпиқ ҳовузнинг номи шундай бўлган.
Майдони: 520 км²
Ахолиси: 67900 киши(2021)
Маркази: Пахтаобод

@Kun_tarixi_tv24
#tavalludlar

30-aprel - amerikalik aktrisa, qoʻshiqchi, rejissyor va raqqosa Dianna Agron tavallud tavallud topgan kun(1986)

Dianna Agron mashhur "Glee" musiqiy teleserialidagi Quinn Fabray roli bilan tanilgan. U 1986-yil 30-aprelda Jorjiya shtati Savanna shahrida tug'ilgan va San-Fransiskoda o'sgan. Agron o'z faoliyatini raqqosa sifatida boshlagan, biroq keyinchalik aktrisalik faoliyatini boshlagan.

Agronning birinchi yirik aktrisalik roli 2006-yilda "Begona qo'ng'iroq qilganda" filmida bo'lgan. Keyin u 2009-yilda Glee-da o'zining asosiy rolini qo'yishdan oldin bir qancha boshqa filmlar va teleko'rsatuvlarda paydo bo'ldi.

@Kun_tarixi_tv24
#tavalludlar

30-aprel - turkiyalik va shvetsiyalik aktrisa va model, futbolchi Mesut Özilning rafiqasi va „Miss Turkey 2014“ goʻzallik tanlovi g‘olibi Amine Gülşe Özil tavallud topgan kun(1993)

Amine Gulse Ozil - 1992-yil 30-aprelda Shvetsiyaning Stokgolm shahrida tugʻilgan turk aktrisasi. Uning otasi turk, onasi shved. U 2013-yilda Stokgolm universitetini marketing va jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

Amine modellik faoliyatini 16 yoshida boshlagan va Yevropa va Osiyoda podiumlarda ishlagan. 2014-yilda u aktrisalik faoliyatini boshlash uchun Turkiyaga ko‘chib o‘tdi.

U “Yo‘qotilgan” (Hayat Agaci), “Qora va oq sevgi” (Siyah Beyaz ask) va “Olmoslar gullaganda” (Elmaslarning Yarisi) kabi bir qancha turk seriallarida suratga tushgan. Shuningdek, u "Bosfordagi o'lim" (Bogazici Cinayeti) va "Eng xavfli odam" (En Tehlikeli Adam) filmlarida rol o'ynagan.

@Kun_tarixi_tv24
#buguntarixda

Bugun 30-aprel - AQSh birinchi Prezidentining qasamyodi boʻlib oʻtgan kun

Jorj Vashingtonning Amerika Qo'shma Shtatlarining 1-prezidenti sifatida birinchi inauguratsiyasi 1789-yil 30-aprelda bo'lib o'tdi.

Shu bilan birga, Jon Adams AQShning 1-vitse-prezidenti sifatida qasamyod qildi.

Prezidentlik qasamyodi Nyu-York kansleri Robert Livingston tomonidan qabul qilindi, vitse-prezidentlik qasamyodini esa AQSh Senati prospekti Jon Lengdon qabul qildi.

Ushbu inauguratsiya bilan AQSH hukumatining ijro etuvchi tarmoqlari Konstitutsiyada belgilangan hukumatning yangi tuzilmasi boʻyicha oʻz faoliyatini rasman boshladi.

Qasamyod qilgandan so‘ng Livingston yig‘ilganlarga: “Yashasin Jorj Vashington, Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti!” deb qichqirdi, ular qarsaklar hamda 13 ta quroldan salyut orqali javob berishdi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Kun_tarixi_tv24
#buguntarixda

Bugun 30-aprel - Berlin shahriga asos solingan kun

Berlin - Germaniya poytaxti va eng yirik shahridir. 

Bu shahar Shpre daryosi Xafeldaryosiga quyiladigan yerda, Shimoliy va Boltiq dengizlariga chiqiladigan kanallar boʻyida joylashgan.

Maydoni — 891,8km²

Aholisi — 3,7 mln kishi(2021)

Shaharning gʻarbi va sharqida koʻl koʻp.

Berlin haqidagi dastlabki tarixiy maʼlumot 1244-yilga tegishli.

U ikki aholi punkti Berlin va Kyollenning birlashuvidan tashkil topgan.

1486-yildan Brandenburg gersogligi poytaxti bulgan.

17-asrda Fransiya va Bohemiyadan kelgan qochoqlar hisobiga uning aholisn tez oʻsdi.

19-asr esa Berlinning iqtisodiy rivojida muhim davr hisoblanadi.

Ayni shu vaqtda (1871) u kayzer imperiyasining poytaxti va Yevropaning yirik markazlaridan biri sifatida shakllandi.

1990-yil 3-oktabrdan birlashgan Germaniyaning federal poytaxti. 

Kanalga ulanish ⤵️
@Kun_tarixi_tv24
30-aprel – Paragvayda O‘qituvchilar kuni

Paragvayda Ustozlar kuni har yili 30-aprelda nishonlanadi. Bu kun rasmiy bayram boʻlib, mamlakat taʼlim tizimidagi oʻqituvchilarning mehnati va ahamiyatini nishonlashga moʻljallangan.

Shu kuni o'qituvchilarga bag'ishlangan turli tadbirlar o'tkaziladi. Maktab o'quvchilari o'z o'qituvchilarini tabriklaydilar, shuningdek, gala-kontsertlarda chiqishadi. O'qituvchilar jamoalari yig'ilishlar o'tkazadilar va kasbiy faoliyat bilan bog'liq masalalarni muhokama qiladilar.

@Kun_tarixi_tv24
2025/06/27 20:19:51
Back to Top
HTML Embed Code: