Telegram Web Link
#royxatdan_otish

Yuridik shaxslar qayta ro‘yxatdan o‘tishda nimalarga e’tibor berish kerak?

Yuridik shaxslar yuridik manzilini o‘zgartirganda yoki qayta tashkil etilganda (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, qayta tuzish, bo‘lish yoki ajratib chiqarish) Davlat xizmatlari markazlari tomonidan qayta ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

❗️Ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlari o‘zgartirilganda soliq majburiyatlarining bajarilishi tekshiriladi va quyidagi asoslarga ko‘ra rad etilishi mumkin:

- yuridik shaxsning BHMning 50 barobaridan ortiq soliq qarzi mavjudligi;

- amalga oshirilgan tovar aylanma yoxud tovarlar importi bo‘yicha realizatsiya hajmining soliq hisobotlarida to‘liq aks ettirilmaganligi;

- soliq hisobotlari belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganligi.

Agar belgilangan mezonlarga mos kelmaganligi sababli qayta ro‘yxatdan o‘tish rad etilgan bo‘lsa, kamchiliklar bartaraf etilgach, Davlat xizmatlari markazlariga qayta murojaat qilish mumkin.

👉VMQ-66-son, 09.02.2017-yil

Biroq ba’zi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan soliq nazoratidan qochish, shubhali tovar aylanmalarini amalga oshirish maqsadida bir hududdan boshqa hududga ko‘chish yoki boshqa tadbirkorlik sub’yekti tarkibiga qo‘shib yuborishga urinish holatlari ko‘paymoqda.

Soliq organlari tomonidan o‘tkazilgan tahlillar natijalariga ko‘ra bunday noqonuniy xatti-harakatlar tezda aniqlanib, qonunchilik talablari asosida tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Ma’lumot uchun:
2025 yil yanvar-iyun oylarida jami 9 413 ta tadbirkorlik sub’yekti ko‘chish va qo‘shilish bo‘yicha qayta ro‘yxatdan o‘tgan.
Shundan:
- 7 045 tasi yuridik manzilini o‘zgartirgan;
- 2 368 tasi boshqa korxona tarkibiga qo‘shilgan.

2025-yil iyun oyining o‘zida yuridik shaxslarning 699 tasi yuridik manzilini o‘zgartirgan va 130 tasi boshqa korxona tarkibiga qo‘shilgan, biroq, 1 436 ta holatda korxonalar yuqoridagi mezonlarga to‘g‘ri kelganligi sababli rad javobi berilgan.
_______________
#регистрация

Перерегистрация юридических лиц: что нужно знать?

Юридическим лицам при смене юридического адреса или при реорганизации (слияние, присоединение, преобразование, разделение, выделение) следует пройти перерегистрацию в Центрах государственных услуг.

❗️При изменении регистрационных данных проверяется исполнение налоговых обязательств и может быть отказано на основании:

- наличия налоговой задолженности, превышающей 50-кратный БРВ;

- неполного отражения
в налоговой отчетности объемов товарооборота и объема реализации импортированных товаров;

- несвоевременной сдачи налоговой отчетности.

В случае отказа в перерегистрации из-за несоответствия данным критериям, можно повторно обратиться в Центры государственных услуг после устранения недочетов.

👉ПКМ№66 от 09.02.2017г.

Однако с целью уклонения от налогового контроля и осуществления теневого товарооборота некоторыми субъектами предпринимательства все чаще предпринимаются попытки смены региона регистрации либо присоединения к другим юридическим лицам.

В результате проведенного налоговыми органами анализа, подобные незаконные действия оперативно выявляются, и в соответствии с требованиями законодательства по ним принимаются соответствующие меры.

Для справки:
▫️ в январе-июне 2025 года в связи с реорганизацией и изменением места нахождения перерегистрированы 9 413 юрлиц, из них:
- у
7 045 - изменен юридический адрес;
- 2 368
- реорганизованы в форме присоединения.


▫️только в июне 2025 года:
- 699 - юрлиц перерегистрированы по новому адресу;
- 130 - реорганизованы в форме присоединения к другим юрлицам;
- в
1 436 случаях было отказано для исправления недостатков.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
2025/07/06 18:58:32
Back to Top
HTML Embed Code: