bootg.com »
United States »
YIRIK SOLIQ TO‘LOVCHILAR BO‘YICHA HUDUDLARARO DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI » Telegram Web
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlari takomillashtirildi
Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining “Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi.
👉PQ-223, 11.07.2025-yil
Qarorga asosan Savdo-sanoat palatasi huzurida soliq, iqtisodiyot, moliya va huquq masalalari boʻyicha ekspertlardan iborat Soliqqa oid nizolar boʻyicha ekspert kengashi (Kengash) tashkil etildi.
Ekspert kengashi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari:
✔️ tadbirkorlik subyektlari va soliq organlari oʻrtasida yuzaga kelgan soliqqa oid nizolarni koʻrib chiqish va ular yuzasidan xulosalar berish;
✔️ soliq qonunchiligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning qoʻllanishini oʻrganish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti sifatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
✔️ soliqqa oid nizolarni koʻrib chiqishda biznes hamjamiyati, davlat organlari va tashkilotlari hamda ilmiy tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik oʻrnatish.
⚡️ Ekspert kengashi doimiy faoliyat yurituvchi kollegial organ sifatida tashkil etiladi hamda uning majlislari bir oyda kamida ikki marta oʻtkaziladi. Savdo-sanoat palatasi Kengash faoliyatini tashkil etish boʻyicha ishchi organ hisoblanadi.
❗️ Ekspert kengashiga quyidagi vakolatlar berildi:
✔️ soliq organlarining qarorlaridan norozi boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini koʻrib chiqish, bundan jinoyat ishi doirasida yoki sud tartibida koʻrib chiqilayotgan soliqqa oid nizolar mustasno;
✔️ murojaatlarni koʻrib chiqish natijasi yuzasidan xulosa qabul qilish;
✔️ qabul qilingan xulosalarni majburiy tartibda koʻrib chiqish uchun soliq, bojxona va tegishli davlat organlariga yuborish hamda bu haqda tadbirkorlik subyektini xabardor qilish.
✍️ Ekspert kengashiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlar berildi:
✔️ soliq, bojxona, iqtisodiyot, moliya va huquq sohasida yetarli bilim, malaka va koʻnikmalarga ega bo‘lgan mutaxassis va ekspertlarni jalb qilish;
✔️ zarur hujjatlar va axborotlarni davlat organlari hamda boshqa tashkilotlardan bepul soʻrab olish, bundan qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlangan holatlar mustasno.
✅ Soliq qoʻmitasi soliqqa oid nizolarni sudgacha koʻrib chiqish jarayoni raqamlashtirilishi, sunʼiy intellekt texnologiyalari joriy etilishi hamda idoralararo elektron maʼlumot almashinuvi yaxshilanishini taʼminlaydi.
Shuningdek, soliqqa oid nizolar koʻrib chiqiladigan majlislarda masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlari yaratilib, nizolarni sudgacha koʻrib chiqishda soliq toʻlovchining (vakilining) ishtirok etishiga shart-sharoit yaratilishini, jumladan, alohida maxsus xonalar tashkil etilishiga masʼul hisoblanadi.
Maʼlumot uchun, 2025-yil 1-iyul holatiga Soliq qoʻmitasiga jami 1 275,7 mlrd soʻmlik 109 ta soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan.
Shundan:
🔸soliq auditi boʻyicha – 1 109,7 mlrd soʻmlik 75 ta;
🔸sayyor soliq tekshiruvi boʻyicha — 166 mlrd soʻmlik 34 ta.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlari takomillashtirildi
Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining “Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi.
👉PQ-223, 11.07.2025-yil
Qarorga asosan Savdo-sanoat palatasi huzurida soliq, iqtisodiyot, moliya va huquq masalalari boʻyicha ekspertlardan iborat Soliqqa oid nizolar boʻyicha ekspert kengashi (Kengash) tashkil etildi.
Ekspert kengashi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari:
Shuningdek, soliqqa oid nizolar koʻrib chiqiladigan majlislarda masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlari yaratilib, nizolarni sudgacha koʻrib chiqishda soliq toʻlovchining (vakilining) ishtirok etishiga shart-sharoit yaratilishini, jumladan, alohida maxsus xonalar tashkil etilishiga masʼul hisoblanadi.
Maʼlumot uchun, 2025-yil 1-iyul holatiga Soliq qoʻmitasiga jami 1 275,7 mlrd soʻmlik 109 ta soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan.
Shundan:
🔸soliq auditi boʻyicha – 1 109,7 mlrd soʻmlik 75 ta;
🔸sayyor soliq tekshiruvi boʻyicha — 166 mlrd soʻmlik 34 ta.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Pdf .pdf
2.2 MB
Pdf .pdf
2.2 MB