Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ishga_taklif

Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi malakali mutaxassislarni jamoamizga soliq inspektori sifatida qo‘shilishga taklif qiladi.


Biz soliq jarayonlarining adolatliligi va shaffofligini ta’minlash orqali mamlakat soliq tizimini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor bo‘lgan mutaxassislarni izlayapmiz.

Ariza topshirish tartibi: Rezyumeni [email protected] manziliga "Soliq inspektori – Sizning ismingiz" mavzusi bilan yuboring.

Murojaat uchun: 71-202-21-06 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

Soliq organlarida ishlash - bu sizning muvaffaqiyat sari yo‘lingiz!

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter |Website
ПҚ-190.pdf
7.3 MB
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori.

(PQ-190-son, 23.05.2025 y.)


Telegram | Facebook | YouTube | Twitter |Website
Бугунги кунда мамлакатимизда тайёр кийим кечак, чарм-атторлик маҳсулотлари ва пойабзал ишлаб чиқарадиган 4 мингдан зиёд корхона бор.

Лекин уларни аҳолига танитиб, кенг танлов имконини берадиган, миллий маҳсулотлар бир жойда сотиладиган савдо марказлари йўқлиги кўрсатиб ўтилди.

Шу боис, фақат миллий маҳсулотлар сотиладиган “Mall of Uzbekistan” йирик савдо марказлари ишга туширилади. Бу ердаги савдо дўконлари тадбиркорларга минимал нархда ижарага берилади.

Ишчиларининг 15 фоизи эҳтиёжманд оиладан бўлган тўқимачилик ва чарм-пойабзал корхоналарига фойда солиғи 2 фоиз, ижтимоий солиқ 1 фоиз этиб белгиланган.

Эндиликда тўқимачилик ва чарм корхоналарига эҳтиёжманд одамларни ишга олиш бўйича 15 фоизли меъёр 2 баробар камайтирилади. Бундан буён имтиёз олиш учун корхонада эҳтиёжманд одамлар билан бирга ногиронлиги бор ишчилар ҳам ҳисобга олинади.

Facebook|Instagram|X
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-181-son, 14.05.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar etib belgilandi:

🔹 Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining (TIF TN) kodlarini Jahon bojxona tashkiloti va Jahon savdo tashkilotining qoidalari asosida yuritish;

🔹 import bojxona bojlari va TIF TN kodlarini yagona hujjat asosida tizimlashtirish.

Qaror bilan Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasniflash kodlari ro‘yxati tasdiqlandi.

2027-yildan Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uyg‘unlashtirilgan tizimiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini inobatga olib TIF TNni boj tarifi bilan birgalikda yuritish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter |Website
#Новости_законодательства

Утверждена Товарная номенклатура внешнеэкономической деятельности

Принято Постановление Президента «Об утверждении Товарной номенклатуры внешнеэкономической деятельности Республики Узбекистан» (ПП-181 от 14.05.2025 г.).

Согласно Постановлению, основными целевыми показателями определены:

🔹 ведение кодов Товарной номенклатуры внешнеэкономической деятельности (ТН ВЭД) на основе правил Всемирной таможенной организации и Всемирной торговой организации;

🔹 систематизация импортных таможенных пошлин и кодов ТН ВЭД на основе единого документа.

Постановлением утвержден Перечень классификационных кодов Товарной номенклатуры внешнеэкономической деятельности.

С учетом внесения изменений и дополнений в Гармонизированную систему описания и кодирования товаров, с 2027 года будет внедрена практика совместного ведения ТН ВЭД и таможенного тарифа.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter |Website
#onlayn_seminar

Yirik soliq to‘lovchilar uchun onlayn seminar: soliq qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarishlar muhokama qilindi

🗓 2025-yil 22-may kuni Yirik soliq to‘lovchilar bilan soliq qonunchiligiga kiritilgan asosiy o‘zgartirish va qo‘shimchalarni muhokama qilish maqsadida ZOOM platformasi orqali onlayn seminar o‘tkazildi.

Mazkur onlayn seminarda Inspeksiya mutaxassislari hamda elektrotexnika va elektr-energetika sohasidagi 11 ta yirik soliq to‘lovchi korxonaning mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

📌 Seminar davomida quyidagi hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi:

PQ-34 (30.01.2025 y.), PQ-78 (27.02.2025 y.), PF-41 (04.03.2025 y.), PF-85 (08.05.2025 y.) -sonli Prezident qarorlari va farmonlari,

O‘RQ-1031 (18.02.2025 y.), O‘RQ-1060 (22.04.2025 y.), O‘RQ-1063 (16.05.2025 y.) -sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari,

VMQ-168 (18.03.2025 y.), VMQ-200 (02.04.2025 y.) -sonli Hukumat qarorlari,

PF-184-sonli Farmon (14.11.2024 y.) va boshqalar.

So‘zga chiqqan inspektorlar tomonidan soliq qonunchiligidagi asosiy yangiliklar yuzasidan maxsus taqdimotlar namoyish etildi, shuningdek, korxona vakillarining qator savollariga javoblar berildi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter |Website
#онлайн_семинар

Онлайн-семинар для крупных налогоплательщиков: обсуждены последние изменения в налоговом законодательстве

📌 22 мая 2025 года был проведен онлайн-семинар с крупными налогоплательщиками через платформу ZOOM с целью обсуждения основных изменений и дополнений, внесенных в налоговое законодательство.

В данном онлайн-семинаре приняли участие специалисты Инспекции и ответственные сотрудники 11 крупных налогоплательщиков в сфере электротехники и электроэнергетики.

📌 В ходе семинара была разъяснена суть следующих документов:

→ Постановления и Указы Президента Реуспублики Узбекистан за номерами ПП-34 (30.01.2025), ПП-78 (27.02.2025 г.), УП-41 (04.03.2025 г.), УП-85 (08.05.2025 г.);

→ Законы Республики Узбекистан за номерами ЗРУ-1031 (18.02.2025), ЗРУ-1060 (22.04.2025 г.), ЗРУ-1063 (16.05.2025 г.) Республики Узбекистан;

→ Постановления Правительства за номерами ПКМ-168 (18.03.2025 г.), ПКМ-200 (02.04.2025 г.);

→ Указ Президента за номером УП-184 (14.11.2024 г.) и другие.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter |Website
2024 йилда заргарликда ишлаб чиқариш 200 миллион доллардан ошди, экспорт 17 фоизга ўсиб, 92 миллион долларга етди.

Шу билан бирга, мамлакатимизда йилига 100 тоннадан зиёд олтин қазиб олинаётгани билан имкониятларнинг ўндан бири ҳам ишга солинмаётгани қайд этилди.

Соҳада “хуфиёна” иқтисодиёт улуши юқори экани кўрсатиб ўтилди. Йилига 550-600 миллион долларлик буюмлар норасмий тилла бозорларида айланмоқда. Ёки, мустақил изловчилар 2020 йилда 40 килограмм олтин топширган бўлса, ўтган йили бу 100 карра камайган.

Йиғилишда соҳани “соя”дан чиқариш учун якка тадбиркорларга ҳам тилла буюмлари билан савдо қилишга рухсат бериш, заргарликда миллий бренд яратиш учун хориждан дизайнер, технолог, қимматбаҳо тошлар билан ишлайдиган геммологларни олиб келиш харажатининг бир қисмини қоплаш бўйича таклифлар билдирилди.

Давлатимиз раҳбари ушбу таклифларни маъқуллади.

Facebook|Instagram|X
Эндиликда заргарлар ҳам якка тадбиркор сифатида тилла буюмлари савдоси билан шуғулланиши мумкин бўлади.

Мутасаддиларга жойлардаги норасмий заргарлик расталарини замонавий кўринишга келтириб, уларнинг фаолиятини қонунийлаштириш топширилди.

Четдан мутахассис олиб келиш харажатининг 2,5 минг долларгача қисми камида 5 нафар шогирд чиқариш шарти билан қоплаб берилади.

Умуман, заргарликда ҳам саноат усулига ўтиб, ички бозорни ҳимоя қилиш ва миллий брендларни қўллаб-қувватлаш вақти келгани қайд этилди.

Бунинг учун заргарлик саноатида ишлатиладиган ускуналар ва уларни бутловчи қисмлари импорт божидан озод қилинади.

Навоий ва Олмалиқ комбинатларидан олтинни бўлиб тўлаш асосида сотиб олиш тартиби яна 3 йилга узайтирилади.

Нуфузли брендлар билан ҳамкорликни йўлга қўйиб, уларнинг дизайни ва қолипини олиб келиш харажатининг 30 минг долларгача қисми қоплаб берилади.

Facebook|Instagram|X
YIRIK SOLIQ TO‘LOVCHILAR BO‘YICHA HUDUDLARARO SOLIQ INSPEKSIYASI
ПҚ-190.pdf
#Qonunchilikdagi_yangiliklar #markirovka

Majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligi oshiriladi

“Majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-190-son, 23.05.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, raqamli markirovkalangan mahsulotlarning harakat zanjirini to‘liq kuzatib borish orqali yashirin ishlab chiqarish va kontrafakt mahsulotlar muomalasiga chek qo‘yish asosiy maqsad etib belgilandi.

Tadbirkorlar tomonidan olingan markirovka kodlarini mahsulotlarga qo‘llash uchun belgilangan 90 kalendar kunlik muddat bekor qilinadi.

Markirovka kodlari mahsulotga bevosita qo‘llangandan keyin ular uchun to‘lov amalga oshiriladi.

Shuningdek, raqamli markirovkalangan mahsulotlarni agregatsiyalashda qo‘llanadigan markirovka kodlari Raqamli markirovkalash va kuzatish milliy axborot tizimi operatori (Operator) tomonidan bepul taqdim etiladi

Tadbirkorlarning murojaatlarini tezkor hal etish maqsadida Operator tomonidan tunu kun ishlaydigan “Call-markaz” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan:

🔹 import qiluvchi tashkilot tomonidan O‘zbekiston hududiga olib kirilgan dori vositalarini ularning ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki uning rasmiy dilerlari orqali realizatsiya qilish elektron hisobvaraq-faktura asosida amalga oshiriladi;

🔹 raqamli markirovkalangan mahsulotlarni ulgurji sotish faqat naqd pulsiz shaklda bank hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter |Website
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi tashkil etiladi

Qarorga ko‘ra, raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi tashkil etiladi.

Raqamli markirovkalangan mahsulotlar aylanmasining barcha bosqichlarida tizimli nazoratni ta’minlash Inspeksiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

2025-yil 1-sentabrdan:

🔹 xavfni tahlil qilish tizimida majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlari soliq xavfi darajasini yuqori deb baholash uchun asos bo‘ladi;

🔹 majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni realizatsiya qilishda markirovka kodi biriktirilmagan elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi;

🔹 majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni chakana realizatsiya qilishda:

▪️ markirovka kodi kiritilgandan so‘ng onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa cheki shakllantiriladi;

▪️ avval foydalanilgan markirovka kodlari kiritilganda onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa chekini shakllantirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter |Website
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlari bo‘yicha masofaviy soliq tekshiruvi o‘tkaziladi

Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlarini soliq organlarining axborot tizimi orqali aniqlash bo‘yicha masofaviy soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi joriy etiladi. Bunda:

🔹 tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma olish talab etilmaydi;

🔹 majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlari aniqlanganda qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ogohlantirish beriladi;

🔹 2 marta ogohlantirish berilgandan so‘ng qoidabuzarlik holatlari aniqlanganda belgilangan miqdorlarda jarima qo‘llanadi;

🔹 jarima qo‘llanilgan tadbirkorlarga 1 yil davomida QQS summasining o‘rni qoplanmaydi.

2025-yil 1-sentabrdan farmatsevtika faoliyati hamda dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyati bo‘yicha yangidan tashkil etilgan subyektlarga litsenziya berishda quyidagi qo‘shimcha shartlar kiritiladi:

🔸 faoliyatini amalga oshirish uchun ko‘chmas mulk bo‘yicha ijara yoki tekin foydalanish shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi;

🔸 dori vositalarini realizatsiya qilishda xaridorlardan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha elektron to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilganligi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter |Website
2025/07/08 00:12:37
Back to Top
HTML Embed Code: