Telegram Web Link
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasi qo‘llab-quvvatlanadi

“Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-207-son, 26.06.2025 y.) qabul qilindi.

Ushbu qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

🔹 qimmatbaho metallarni qayta ishlashning yillik hajmini 7 tonnaga, zargarlik buyumlarini eksport qilish ko‘rsatkichlarini 300 mln AQSH dollariga yetkazish;

🔹 qimmatbaho metallar va zargarlik buyumlarining norasmiy aylanmasini kamida 50 foizga qisqartirish.

📙 Qarorga ko‘ra, zargarlik markazlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etiladi, jumladan:

qimmatbaho metallarni kechiktirib to‘lash sharti bilan sotishda 90 kun ichida amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga foiz hisoblanmaydi, 91-kundan boshlab 180-kungacha amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga – yillik 3 foiz miqdorida foiz hisoblanadi;

zargarlik markazlarida "O‘zbekzargarsanoati" uyushmasi va Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining filiallari faoliyati (sayyor xizmat ko‘rsatish) yo‘lga qo‘yiladi;

zargarlik markazlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga a’zo bo‘lganda a’zolik badalini 50 foizlik chegirma bilan to‘laydi.

Mazkur qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter |Website
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi

Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan quyidagilar bekor qilinadi:

🔹 qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlari va yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani QQSdan ozod qilishga oid imtiyoz;

🔹 oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yig‘im.

2028-yil 1-yanvargacha zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yoki ularni sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga QQSning 80 foizi har oyning 25-sanasigacha avtomatik ravishda respublika byudjetidan qaytariladi.

2025-yil 1-sentabrdan:

🔸 YTTlarga zargarlik buyumlarini sotish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi;

🔸 Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi tomonidan Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida zargarlik buyumlarining asillik darajasini tekshirish va ularni tamg‘alash bo‘yicha sayyor xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi;

🔸 qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risida "Soliq" mobil ilovasi orqali xabar bergan shaxslarga undirilgan jarima miqdorining 50 foizi miqdorida mukofot to‘lanadi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter |Website
#mobil_ilova

Soliq ilovasi yangilandi

📲 Soliq mobil ilovasining yangilangan 2.0.16 versiyasiga yangi xizmatlar va bir qator qulayliklar qo‘shildi:

🎤 «Konsert-tomosha faoliyati» - ushbu xizmat orqali xonanda va ijrochilar uchun yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani to‘ldirish imkoniyati yaratildi;
⬇️ «Soliq imtiyozlarini qaytarish» - ushbu xizmat takomillashtirildi va bir nechta imtiyoz turi bo‘yicha deklaratsiyani to‘ldirish imkonini beradi;
🪙 «Keshbek» - bu bo‘limda endilikda har bir ro‘yxatdan o‘tgan chek tadbirkorlik subyektlari bo‘yicha taqsimlanadi.
______________
#мобильное_приложение

Мобильное приложение Soliq обновлено

📲В обновленной версии мобильного приложения Soliq 2.0.16 добавлены новые услуги и ряд улучшений:

🎤 «Концертно-зрелищная деятельность» - услуга позволяет певцам и исполнителям заполнять декларацию о годовом доходе.
⬇️ «Возврат налоговых льгот» - услуга усовершенствована и позволяет заполнять декларацию по нескольким видам льгот.
🪙 «Кешбэк» - в данном разделе каждый зарегистрированный чек теперь распределяется в разрезе субъектов предпринимательства.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SOLIQ_TAQVIMI_IYUL_2025.pdf
173.9 KB
#soliq_taqvimi

🗓 Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2025-yil iyul oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Календарь налогоплательщика – юридического лица на июль 2025 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#aksiz_soligi

Tamaki mahsulotlariga qo‘llaniladigan aksiz solig'i stavkalari

2025-yil 1-iyuldan boshlab ba’zi turdagi tamaki mahsulotlarini import qiluvchi va ishlab chiqaruvchilar uchun aksiz solig‘i stavkasi 1000 dona mahsulotga 340 000 so‘m miqdorida belgilandi.

👉Soliq kodeksi 289¹-modda
____________
#акцизный_налог

Ставки акцизного налога на табачную продукцию

С 1 июля 2025 года для импортеров и производителей некоторых видов табачной продукции установлены ставки акцизного налога в размере 340 000 сумов за 1000 штук.

👉ст. 289¹ НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2_iyul

🗓 2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi davlat Gerbi qabul qilingan kun

🇺🇿 Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilinganligiga 33 yil to‘ldi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter |Website
#2_июля

🗓2 июля - День принятия Государственного герба Республики Узбекистан

📌 Сегодня исполняется 33 года со дня принятия Государственного герба Республики Узбекистан.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter |Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ERI

Elektron raqamli imzodan foydalanish nima uchun qulay?


✔️ yuqori darajadagi xavfsizlik
✔️ vaqt va resurslarni tejash
✔️ soliq va boshqa elektron davlat xizmatlaridan masofadan foydalanish

ERI qanday olinadi?

e-imzo.soliq.uz sayti orqali ERIni onlayn olish mumkin.

Ariza topshirishda ekrandagi QR-kodni Soliq mobil ilovasining "Elektron raqamli imzo" bo'limi orqali skanerlash va Face ID-dan o'tish kerak.

ERI qancha turadi?

▫️Yuridik shaxslar uchun - BHMning* 10%i (37 500 so'm),
▫️jismoniy shaxslar uchun - BHMning 7%i (26 250 so'm).

*1 BHM = 375 000 so'm
__________
#ЭЦП

Почему удобно использовать электронную цифровую подпись?

✔️ высокая степень защиты
✔️ экономия времени и ресурсов
✔️ дистанционное получение налоговых и других государственных услуг

Как получить ЭЦП?

Получить ЭЦП можно онлайн через сайт e-imzo.soliq.uz.

При подаче заявки QR-код на экране нужно отсканировать через раздел "Электронная цифровая подпись" в мобильном приложении Soliq и пройти Face ID.

Сколько стоит ЭЦП?

Для юрлиц - 10% БРВ* (37 500 сумов),
Для физлиц - 7% БРВ (26 250 сумов).

*1 БРВ = 375 000 сумов

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qayta_aloqa #ERI

Soliq mobil ilovasida elektron kalit uchun to‘lov qildim, lekin ERI berishmadi?

❗️ Soliq mobil ilovasining "Elektron raqamli imzo" bo'limida to‘lov amalga oshirsa bo‘ladi.

ERI kalitni:
✔️ e-imzo.soliq.uz sayti orqali onlayn olish mumkin.
Ariza topshirishda saytdagi QR-kodni Soliq mobil ilovasining "Elektron raqamli imzo" bo'limi orqali skanerlash va Face ID-dan o'tish kerak.

✔️ Davlat xizmatlari markaziga bevosita murojaat qilib.
_________
#обратная_связь #ЭЦП

Оплатил в мобильном приложении Soliq за электронный ключ, но ЭЦП не дали?

❗️В разделе "Электронная цифровая подпись" мобильного приложения Soliq осуществляется оплата за электронную цифровую подпись.

Получить сам ключ ЭЦП можно:

✔️ дистанционно через e-imzo.soliq.uz,
при подаче заявки QR-код на сайте нужно отсканировать в разделе "Электронная цифровая подпись" в мобильном приложении Soliq и пройти Face ID;

✔️ в явочном порядке в Центрах государственных услуг.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish #taksi

O‘zini o‘zi band qilgan taksi haydovchilari uchun soliqlarni agregatorlar to‘laydi

Bugungi kunda respublikamizda 776,7 mingta o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxs 🚕 yengil avtotransport vositasida yo‘lovchilarni tashish hamda buyurtma asosida tovarlarni yetkazib berish yo‘nalishida ro‘yxatdan o‘tib faoliyat yuritmoqda.

Joriy yilning 1-iyul holatiga mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi 208 ta yuridik shaxslar – onlayn taksi agregatorlari soliq organlarining axborot tizimlari bilan to‘liq integratsiyalashgan. Ular orqali 430 mingdan ortiq o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar aholiga yo‘nalishsiz taksi xizmati ko‘rsatmoqda. Ushbu agregatorlar tomonidan davlatga 89,6 mlrd so‘m soliq to‘langan.

2025-yilning 2-iyulidan boshlab, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning yillik daromadlari 100 mln so‘mdan oshganda, ular to‘lashi lozim bo‘lgan soliqlar soliq organlarining xabarnomasi asosida yuridik shaxslar (soliq agenti) – ya’ni agregatorlar tomonidan to‘lov manbaida ushlab qolinadi.

👉 VMQ-200, 02.04.2025-yil

Ma’lumot uchun: joriy yil davomida 189 ta o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning yillik daromadi 100 mln so‘mdan oshgan.

Mazkur tartib sohada band bo‘lgan jismoniy shaxslarga soliqlarni hisoblash, to‘lash va hisobot topshirish kabi ortiqcha ovvoragarchiliklardan xalos etadi.

Yandex Uzbekistan platformalaridagi o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar va kuryerlar uchun soliqni to‘lash jarayonini avtomatlashtirgan birinchi kompaniya bo‘ldi.
___________
#самозанятость #такси

Налоги за самозанятых таксистов будут уплачивать агрегаторы

На сегодняшний день в Узбекистане зарегистрировано 776,7 тыс. самозанятых физических лиц, оказывающих 🚕 перевозки пассажиров легковыми автотранспортными средствами и доставку товаров на основе заказа.

По состоянию на 1 июля текущего года 208 юридических лиц – онлайн-такси агрегаторов, предоставляющих интерактивные услуги по поиску клиентов, полностью интегрированы с информационными системами налоговых органов. Более 430 тысяч самозанятых водителей через агрегаторы предоставляют населению услуги линейного такси. В совокупности этими агрегаторами в бюджет уплачено 89,6 млрд сумов налогов.

Начиная со 2 июля 2025 года, если доход самозанятого лица превысит 100 млн сумов, то налоги, подлежащие уплате, будут удерживаться у источника выплаты юридическими лицами (налоговыми агентами), – то есть агрегаторами, на основании уведомления налоговых органов.

👉 ПКМ №200 от 02.04.2025 года

Для справки: с начала 2025 года у 189 самозанятых лиц совокупный годовой доход превысил 100 млн сумов.

Данный порядок избавит физических лиц, занятых в данной сфере, от лишних хлопот, связанных с начислением, уплатой налогов и представлением отчетности.

Yandex Uzbekistan стала первой компанией, которая автоматизировала процесс уплаты налогов для работающих на ее платформах самозанятых водителей и курьеров.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#foyda_soligi

15-iyul - III chorak uchun foyda solig'i bo'yicha boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etishning oxirgi kuni

Jami daromadi 10 mlrd so‘mdan oshadigan soliq to‘lovchilar foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini har oyning 23-kunidan kechiktirmay to‘lashlari lozim.

Soliq toʻlovchilar har chorak birinchi oyining 15-sanasidan kechiktirmay joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida soliq organlariga maʼlumotnoma taqdim etish huquqiga ega.

▫️Ma’lumotnoma o‘z vaqtida taqdim etilmasa bo‘nak to‘lovini hisoblab chiqarish soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
▫️Kutilayotgan foyda summasi asossiz kamaytirib ko‘rsatilsa soliq organlari maʼlumotnomaga o‘zgartirish kiritishga haqli.

👉Soliq kodeksi 340-modda
_____________
#налог_на_прибыль

15 июля - последний день представления справки о сумме авансовых платежей по налогу на прибыль за III квартал

Налогоплательщики с совокупным доходом более 10 млрд сумов ежемесячно не позднее 23-го числа уплачивают авансовые платежи по налогу на прибыль.

Налогоплательщики вправе представить в налоговые органы справку о сумме авансовых платежей не позднее 15 числа первого месяца следующего квартала исходя из ожидаемой суммы прибыли в текущем квартале.

▫️Если справка своевременно не представлена, исчисление авансового платежа осуществляется налоговыми органами самостоятельно.
▫️При необоснованном занижении ожидаемой суммы прибыли налоговые органы вправе вносить изменения в справку.

👉ст.340 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#foyda_soligi

Foyda solig‘i hisobotida daromadlar va xarajatlar to‘g‘ri ko‘rsatilishi kerak

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar, joriy yil 21-iyul 2025-yil II chorak yakuni bo‘yicha foyda solig‘i hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni

Barcha soliq to‘lovchilar II chorak uchun foyda solig‘i hisobotini hisobot davri yakunlari bo‘yicha — hisobot davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan* kechiktirmay taqdim etishlari belgilangan.

🖇Soliq to‘lovchilar foyda solig‘i hisobotini shakllantirishda, xususan hisobotda daromadlar va xarajatlarni to‘g‘ri aks ettirishda quyidagi normalarga eʼtibor berishlari lozim:

▫️foyda solig‘i bazasini aniqlashda ushbu soliq to‘lovchining jami daromadidan daromad olish bilan bog‘liq barcha xarajatlar chegirib tashlanadi (chegirib tashlanmaydigan xarajatlar bundan mustasno);

▫️soliq to‘lovchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida ham, uning hududidan tashqarida ham hisobot (soliq) davri davomida amalga oshirilgan (ko‘rilgan), asoslangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan chiqimlari xarajatlar deb eʼtirof etiladi.
👉Soliq kodeksi 305-modda

Quyidagi hollarda:

▫️foydalanilmagan moddiy xarajatlarni foydalanilgan deb, ishlab chiqarish hisobotiga qo‘shish;

▫️tovarlarni sotishdan (xizmat ko‘rsatishdan) olingan tushumni hisobot davridan keyingi davrga o‘tkazish (sotish hajmini va daromadni (foydani) qasddan kamaytirish);

▫️moddiy, yoqilg‘i-energetika resurslari xarajatlarini (limitlarni) va amortizatsiya (eskirish) normasini sunʼiy ravishda oshirish yoki normativlarni noto‘g‘ri qo‘llash soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb eʼtirof etiladi hamda yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) soliq bazasi summasining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 223-moddasi

☝️Yuqoridagilardan kelib chiqib, Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilardan hisobotlarda asossiz xarajatlarni ko‘rsatmaslik, foyda solig‘i bazasini to‘g‘ri shakllantirish orqali soliq hisobotlarini o‘z muddatida taqdim etishlarini so‘raydi.

*2025-yil 20-iyul dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, hisobotni taqdim etish oxirgi muddati 21-iyulga ko‘chiriladi.

👉Foyda solig‘i bo‘yicha hisobot shakli to‘ldirildi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_xavfi #savdo

Savdo qoidalari buzishning huquqiy oqibatlari

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 164-modasida savdo qoidalarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga BHMning 20 baravaridan- 80 baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Soliq kodeksining 221-moddasiga muvofiq, nazorat-kassa texnikasining va (yoki) hisob-kitob terminallarini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik5 mln so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Soliq organlarida ro‘yxatga olinmagan nazorat-kassa texnikasini qo‘llaganlik — 7 mln so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan hisob-kitob terminallaridan soliq to‘lovchi tomonidan foydalanilishi — 20 mln so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Texnik talablarga muvofiq bo‘lmagan nazorat-kassa texnikalaridan foydalanganlik — 20 mln so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Soliq kodeksi 223-moddasiga muvofiq,

-yuklarni tovar-kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtirmasdan yoxud soxta hujjatlar bo‘yicha tashish,

-hisobda realizatsiya qilinmagan deb ko‘rsatilgan tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi,

-tovarlarni sotishdan (xizmat ko‘rsatishdan) olingan tushumni hisobot davridan keyingi davrga o‘tkazish,


-realizatsiya qilingan tovarlar qiymatini hisob hujjatlarida haqiqatda realizatsiya qilingan qiymatidan pasaytirilgan narxlar bo‘yicha aks ettirish soliq bazasini yashirish deb baholanadi va yashirilgan soliq bazasining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek,  hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida olingan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga yoxud faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlariga va amalga oshiriladigan turlariga muvofiq bo‘lmagan identifikatsiya kodlarini aks ettirish realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining 1 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Soliq kodeksi 226-moddasiga muvofiq, transfert narx bo‘yicha nazorat qilinadigan bitimlarda soliq solish maqsadida mustaqil shaxslar o‘rtasidagi bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlari bilan solishtirib bo‘lmaydigan tijorat va (yoki) moliyaviy shartlar qo‘llanilishi natijasida soliq summalarini soliq to‘lovchi tomonidan to‘lamaganlik yoki to‘liq to‘lamaganlik, — to‘lanmagan soliq summasining 40 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Soliq kodeksi 227-1-moddasiga muvofiq,import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish — realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter |Website
#hayat

Tanqidiy xulosa va qonun ustuvorligi

Soliq qoʻmitasining kengaytirilgan Hayʼat yigʻilishi oʻtkazilib, unda joriy yilning I yarim yilligi, jumladan II chorak soliq tushumlarining tezkor tahlili hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining “Qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida”gi taqdimnomasi tanqidiy muhokama etildi.

Yigʻilishda qoʻmita va hududiy soliq idoralari, tizim tarkibidagi tashkilotlar rahbarlari, shuningdek Bosh Prokuratura masʼullari ishtirok etdi.

Joriy yilning I yarim yilligi va II chorak yakuni bilan budjetga soliq tushumlari oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 20 foizga, hududlarda 26 foizga oʻsganligi qayd etildi.

Iqtisodiyotdagi ijobiy oʻzgarishlar, korxonabay va mahallabay ishlash institutlari samaradorligi hamda soliq bazasini kengaytirishda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, prokuratura organlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar natijasi bilan II chorakda hududlarda foyda soligʻi tushumi – 44 foizga va QQS - 40 foizga oʻsganligi eʼtirof etildi.

Shu bilan birga, Surxondaryo viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasida budjetga qoʻshimcha daromadlarni jalb etish topshirigʻi, aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha Surxondaryo, Jizzax, Xorazm, Namangan, Andijon, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida, jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari tushumi boʻyicha Andijon va Qashqadaryo viloyatlari hamda jismoniy shaxslarning daromad soligʻi boʻyicha Fargʻona viloyati soliq idoralarida yetarli darajada ish tashkil etilmaganligi koʻrsatib berildi.

Shuningdek, soliq xavfi asosida tadbirkorlik subyektlarini tekshiruvlarga segmentlash, soliq nazorati tadbirlarini tashkil etish, oʻtkazish, natijalarini koʻrib chiqish, moliyaviy jarimalarni qoʻllash hamda korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻyilishidagi kamchiliklar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining taqdimnomasi asosida aniq misollar bilan tanqidiy koʻrib chiqildi.

Muhokama natijalari bilan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, budjetga tegishli har bir soʻm mablagʻlarni joyiga undirish, aybdor xodimlarga nisbatan tayinlangan xizmat tekshiruvlarini yakuniga yetkazib, tegishli jazo choralarini belgilashga qaror qilindi.

Hayʼat yigʻilishida soliq tushumlari yuqori oʻsish darajasini III chorakda ham saqlab qolish, soliq bazasini kengaytirish hisobiga mahalliy budjetlar daromadini oshirish, soliq qarzi va ortiqcha toʻlov summalarini keskin kamaytirish, yashirin ish oʻrinlarini legallashtirish, tizimda korrupsiya holatlarini mutlaqo bartaraf etish, moliyaviy jarimalarni qoʻllashda tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qilish ustuvorligini taʼminlash kabi yoʻnalishlarda manzilli vazifalar belgilab olindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
2025/07/05 20:14:39
Back to Top
HTML Embed Code: