Forwarded from Zabarjad Mediа
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉Zabarjad Media nashriyoti 6 yoshda — maxsus chegirmalar bilan!
Faqat 6-may kuni nashriyotimizdagi barcha kitoblarga 36% chegirma e’lon qilamiz.
Kitoblaringiz ro‘yxatini tuzing, chegirmani qo‘ldan boy bermang!
Buyurtma uchun: @sotuv_zabarjad
🔸 Zabarjad Media - eng yaxshisini ilinamiz!
Faqat 6-may kuni nashriyotimizdagi barcha kitoblarga 36% chegirma e’lon qilamiz.
Bundan tashqari videomizni o‘z sahifangizda ulashish orqali qo‘shimcha 10% chegirmani qo‘lga kiritishingiz mumkin!
Kitoblaringiz ro‘yxatini tuzing, chegirmani qo‘ldan boy bermang!
Buyurtma uchun: @sotuv_zabarjad
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
Forwarded from Feruza Xayrullayeva
Madijon, Sen hayotimga dovulday kirib kelgansan, suronlaring, yovqurliging, dangalliging, bo'yimizdan ming karra katta orzu-maqsadlaring bilan. Ularga qo'shib jonni chayqatib tashlaydigan she'rlaring bilan tengdoshlarimizni silkitib qo'yganing ham rost. Esingdami, "Dunyo oppoq edi o'shanda"... O'shanda, orzular qilardik – o'ttiz yoshga kirgunimizcha hozirgi o'zbek she'riyatiga nomimizni yozib qo'yamiz. O'ttizgacha yozolmasak, uyog'iga hech kim bo'lmaymiz, derding. Bugun vaqtdan, zamondan ilgarilab ketib aytishni istardim: nomimizni yozish masalasini hal qilib qo'yding balki, allaqachon) She'rlaringdagi jangchi ruh, tiynatingdagi dashtlaringdek keeeeng ruh hech qachon yo'qolmasin, parvozing baland, go'zal bo'lsin iloho!
@FeruzaXayrullayeva
@FeruzaXayrullayeva
❤13👍10🔥4🎉1
Forwarded from Nilufar
Madina opa, sizni taniganimdan berib haqiqiy sheʼr yoʻlini, yozish kerak ekanini, qolgan hammasi sheʼrdan past narsalar ekanini uqtirib kelasiz. Hammasi uchun rahmat. Umringiz uzoq boʻlsin!
* * *
Худоё, Аёлга куч бер, Худоё,
Қирқ жонига қирқ минг жаллод тикмиш дор.
Қачондир қўллари гул эди унинг
Бугун елкасида қушлар ини бор.
Худоё, аёлга ишқ бер,
Жунун бер
Ўз умри ичинда бўлмасин талош.
Йўл бер, кўзларидан томчи-томчилаб.
Сўнгида Ўзингга этувчи йўлдош.
Жангларга ташласанг
Зафар бер, шон бер
Зулм арқонига танғилмасидан.
Гар болам деб ўлса, қайтадан жон бер,
Иймон бер нафсига енгилмасидан.
Сўнгсиз тоқат берма,
Ўтдай исён бер
Севги бер шу ўтни ўчиргунингча.
Бир Одам кўксидан мутлақ қўрғон бер
Токи ҳузурингга кўчиргунингча.
Худоё,
Аёлга куч бер!
©Madina Norchayeva
@Nilufar_Ergasheva

🎉9👍6🔥4
Forwarded from Mahliyoxon Umurzoqova
#shukrona_kun
Madina bilan yelkama-yelka 4 yil birga o'qidik. Biz nafaqat kursdosh balki ruhdosh, tuyg'udosh edik. O'qish yillarida she'riyat, adabiyot mavzularida uzoqdan-uzoq suhbatlar qurdik. Madina har qanday vaziyatda ham she'rga sodiq qoladigan, xayollari ulg'aygan dashtlaridek keng, qat'iyatli qiz. So'nggi yillarda uning oilaparvar ayol va mehribon ona bo'lish bilan bir qatorda ijodga mas'uliyati kamaymaganini ko'ramiz. Madina bizni hayot qiyinchiliklari yana ham ulg'aytiradi. Senda bu ulg'ayishlar hayrli bo'lsin, ijodin barhayot yashasin! Hayot faqat baxt bilan siylasin!
https://www.tg-me.com/mahliyoxon_umurzoqova

🔥16👍11🎉2
Forwarded from Jaloliddin Sayid (Jaloliddin Sayidov)
Madina Norchayeva tug‘ilgan kun
* * *
Kuz bitdi.
Necha bor aldadim yorni
"Men borsa kelmasdan omon qaytaman",
Taqdir boshimizdan sochguncha qorni
Bari boshlanadi qaytadan.
Mungli sukutgohlar oromin choʻqib,
Chagʻalay tovushli qushlar sayradi.
Qumsoat — koʻzlarim yubordi toʻkib
Yashab yashalmagan kunlar, oylarni.
Qonimda kurashdi itoat — isyon,
Zirqirar ichimga oʻsgan qanotim.
Tobora olislab boradi Osmon,
Tobora torayib borar hayotim.
Kuz bitdi.
Vaʼdasi yoʻq endi uning...
Ahdimni oʻzimga takror aytaman.
Taqdir boshimizdan sochguncha qorlar
"Men borsa kelmasdan ozod qaytaman".
https://www.tg-me.com/Madina_Norchayeva
* * *
Kuz bitdi.
Necha bor aldadim yorni
"Men borsa kelmasdan omon qaytaman",
Taqdir boshimizdan sochguncha qorni
Bari boshlanadi qaytadan.
Mungli sukutgohlar oromin choʻqib,
Chagʻalay tovushli qushlar sayradi.
Qumsoat — koʻzlarim yubordi toʻkib
Yashab yashalmagan kunlar, oylarni.
Qonimda kurashdi itoat — isyon,
Zirqirar ichimga oʻsgan qanotim.
Tobora olislab boradi Osmon,
Tobora torayib borar hayotim.
Kuz bitdi.
Vaʼdasi yoʻq endi uning...
Ahdimni oʻzimga takror aytaman.
Taqdir boshimizdan sochguncha qorlar
"Men borsa kelmasdan ozod qaytaman".
https://www.tg-me.com/Madina_Norchayeva
Telegram
Мадина НОРЧАЕВА
Madina Norchayeva she'rlari
❤6👍2🔥2👏1
Forwarded from XURSHID DAVRON KUTUBXONASI (Xurshid Davron)
YouTube
Madina Norchayeva. Men qushman... Ikki she'r
Madina Norchayeva. Men qushman... Ikki she'r / Мадина Норчаева. Мен қушман... Икки шеър.
Bugun shoira Madina Norchayevaning tug‘ilgan kuni / Бугун шоира Мадина Норчаеванинг туғилган куни.
Shoira qizim Madina! Yaxshi kunlaringiz ko‘p bo‘lsin! She'r daftaringiz…
Bugun shoira Madina Norchayevaning tug‘ilgan kuni / Бугун шоира Мадина Норчаеванинг туғилган куни.
Shoira qizim Madina! Yaxshi kunlaringiz ko‘p bo‘lsin! She'r daftaringiz…
❤7🔥1
Forwarded from Jadid.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turkiston mushoirasi | Madina Norchayeva
• Abdulhamid Choʻlponning “Ko‘ngil” sheʼri
• “Ortda bir dasht qoldi”
• “Ukamga aytolmaganlarim”
📱 Videoni HD formatda YouTube kanalimizda tomosha qiling: https://youtu.be/NAfwDJkJhkE
Ushbu yangi loyihamizning keyingi sonlarida kimlardan sheʼr tinglashni istaysiz?
Bu yerga yozing.
Tilda, fikrda, ishda birlik!
Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥5❤2
Kollejda o‘qib yurgan vaqtlarimda adabiyot o‘qituvchim tug‘ilgan kunimda shunday tilak bildirgandi:
“30 yoshingni Usmon Nosirning tavalludi kabi butun O‘zbekiston nishonlasin.”
O‘shanda Usmon Nosirni bilmasdim. Haliyam bilmasman. Ammo bu naqadar ulkan tilak bo‘lganini, Usmon Nosirning mingdan biri boʻlolmasligimni bilaman. Bugun shularni oʻyladim.
Bizga har doim eng yaxshi tilaklar bildiriladi. Eng yaxshi boʻlishni esa hech eplolmaganman. Yaxshi farzand, yaxshi do‘st, yaxshi ona bo‘lish...
Men esa shunchaki o‘zim bo‘lishga harakat qildim.
Qarorlarim, talablarim, yozganlarim — ichimdagi o‘zligimning aksidir. U esa hali to‘liq shakllanmagan. Uning ham xatolari, chegaralari bor.
Kelayotgan barcha tabriklar uchun rahmat. Xudo hammamizni doim qadrli qilsin.

❤20👍8👏5🔥4🥰3
Forwarded from Zabarjad Mediа
Zabarjad Media nashriyoti va Santuagara hamkorlikda yil loyihasiga start beradi!
Mazkur postni ulashish orqali siz barcha ayol-qizlarimizni rag‘batlantirgan va nomlarini kashf etilishiga sabab bo‘lgan bo‘lasiz.
Bizdan uzoqlashmang, tez kunda loyiha haqida batafsil ma'lumot beramiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👏5👍2
DARVESHONA
"ҚЎРҚИНЧЛИ ОДАМ"
Jontemirning chindan ham “Qo‘rqinchli odam”ga aylanayotganini sezganmidingiz? Bu uning uchinchi kitobi. “Darvesh qo‘shig‘i”dan keyin “Jazba”, undan so‘ng “Qo‘rqinchli odam”... Butun umrini so‘zga aylanib yashab o‘tayotgan shoirimizdan hali bunday tuhfalarning ko‘pi nasib etsin!
🥰18👍10👏7❤🔥1
Forwarded from Feruza Xayrullayeva
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uzoq vaqtdan buyon o‘ylangan bir loyiha boshlanyapti. Hali u bilan bog‘liq rejalarimiz bisyor. Hozircha esa yaqin kunlarda taqim qiladiganlarimizni muntazam kuzatib borish uchun sahifalarimizga obuna bo‘lib oling. Chunki sizga aytadiganlarimiz ko‘p...
Aytgancha, xabarni, sahifalarni, tizerni ulashib qo'yishingiz ham mumkin.
Instagram
You tube
@FeruzaXayrullayeva
Aytgancha, xabarni, sahifalarni, tizerni ulashib qo'yishingiz ham mumkin.
You tube
@FeruzaXayrullayeva
👍4❤2
Forwarded from Duel
Bu yil "DUEL"da kim g‘olib bo‘ladi?!
Uzoq davom etgan intiqlik va kuttirishlardan soʻng "DUEL" yana qarshingizda. Eng avval bu sukunat uchun barchangizdan uzr soʻraymiz! Lekin hech qanday ish bejiz va besabab boʻlmagay, illo, bu vaqtda duelchilarimiz yetarlicha kuch toʻplab, qalamlarini oʻtkirlab olishdi. Mana endi barchamiz haqiqiy janglarning guvohi boʻlamiz!
Va nihoyat o‘sha kun yetib keldi – 13-14-iyun kunlari Duelning Respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi!
Duelning bu mavsum gʻoliblari kimlar boʻlishini aynan ushbu sanalarda bilib olasiz.
Manzil: Yoshlar ishlari agentligi, Press club.
Batafsil maʼlumotlarni keyingi postlarda yozib boramiz! Bizdan uzoqlashmang!
@duelloyihasi

🔥7❤4
***
Ўзим йўқ жойларда узоқ яшадим,
Ўзим йўқ жойларда яралдим қайта.
Авжи саратонда бир дашт гулининг
Бошига булутни келгандек ҳайдаб.
Ўзим йўқ жойларда
Кийиклар хушҳол,
Қонга ботмаганди шерлар панжаси.
Жилғада ой нурин тотинган қушлар
Пардек тузғитарди вақтнинг жандасин.
Ўзим йўқ жойларда
Туйғулар беҳол,
Севги ҳам йўқ эди, сир ҳам бўлмаган.
Фақат аён эди:
Бўлса у аёл —
Банди яшамоғи, озод ўлмаги.
Ўзим йўқ жойларда
Мактублар ёздим
Шамолнинг кафтига: "Ичкидим сўзга."
Жилғада ой нурин симирдим қониб,
Энди вақтни кесар қанотим ўсгай.
Кетарман.
Кўзимда шамоллар тинар,
Қай манзилга нақшдек ўяркан лаввоҳ.
Бир кун қайтаради мени ўзимга —
Руҳимни иккига айирган Илоҳ.
https://www.tg-me.com/Madina_Norchayeva
Ўзим йўқ жойларда узоқ яшадим,
Ўзим йўқ жойларда яралдим қайта.
Авжи саратонда бир дашт гулининг
Бошига булутни келгандек ҳайдаб.
Ўзим йўқ жойларда
Кийиклар хушҳол,
Қонга ботмаганди шерлар панжаси.
Жилғада ой нурин тотинган қушлар
Пардек тузғитарди вақтнинг жандасин.
Ўзим йўқ жойларда
Туйғулар беҳол,
Севги ҳам йўқ эди, сир ҳам бўлмаган.
Фақат аён эди:
Бўлса у аёл —
Банди яшамоғи, озод ўлмаги.
Ўзим йўқ жойларда
Мактублар ёздим
Шамолнинг кафтига: "Ичкидим сўзга."
Жилғада ой нурин симирдим қониб,
Энди вақтни кесар қанотим ўсгай.
Кетарман.
Кўзимда шамоллар тинар,
Қай манзилга нақшдек ўяркан лаввоҳ.
Бир кун қайтаради мени ўзимга —
Руҳимни иккига айирган Илоҳ.
https://www.tg-me.com/Madina_Norchayeva
❤18🔥5❤🔥4👏1
Суҳбат
1
Кўзларингни юмиб чизиб оласан
Ёдингга қадрдон суратларингни.
Бошоқлар товланган буғдойзорларда
Саратон куйдирди фурсатларингни.
Эй дўст,
Умримизнинг баҳори ғариб,
Гулгун фаслимизни совурди ҳижрон.
Ғариб таскинларни нондек ушатиб,
Тўшайсан рўмолинг қадим дастурхон.
2
Йўл бўлсин, йўлингда гул бўлсин дедим,
Чўл бўлсин, бошимда У бўлсин дединг.
Кўрган кечирганинг шул бўлсин дедим,
Бағримда биргина ул бўлсин дединг.
Дединг: ёбонимда бирор дарахт йўқ,
Бўлганда беланчак осмоқчи эдим.
3
Қуёш ботмайдиган ерлар бормикан?
Маҳзун термилардик шафақ изига.
Мен сўз қайғусига гирифтор эдим,
Сен хумор қилардинг гўдак исига.
Аммо ишонардик адолат Кўкда —
Кун келар, кўнгилдан ғамлар арийди.
Шундай умид билан улғаяр юрак,
Умидини асраб аёл қарийди.
Йўл бўлсин.
https://www.tg-me.com/Madina_Norchayeva
1
Кўзларингни юмиб чизиб оласан
Ёдингга қадрдон суратларингни.
Бошоқлар товланган буғдойзорларда
Саратон куйдирди фурсатларингни.
Эй дўст,
Умримизнинг баҳори ғариб,
Гулгун фаслимизни совурди ҳижрон.
Ғариб таскинларни нондек ушатиб,
Тўшайсан рўмолинг қадим дастурхон.
2
Йўл бўлсин, йўлингда гул бўлсин дедим,
Чўл бўлсин, бошимда У бўлсин дединг.
Кўрган кечирганинг шул бўлсин дедим,
Бағримда биргина ул бўлсин дединг.
Дединг: ёбонимда бирор дарахт йўқ,
Бўлганда беланчак осмоқчи эдим.
3
Қуёш ботмайдиган ерлар бормикан?
Маҳзун термилардик шафақ изига.
Мен сўз қайғусига гирифтор эдим,
Сен хумор қилардинг гўдак исига.
Аммо ишонардик адолат Кўкда —
Кун келар, кўнгилдан ғамлар арийди.
Шундай умид билан улғаяр юрак,
Умидини асраб аёл қарийди.
Йўл бўлсин.
https://www.tg-me.com/Madina_Norchayeva
❤13❤🔥5🔥4