Telegram Web Link
Forwarded from Zabarjad Mediа
Aziza Mukofoti Nizomi.pdf
322.8 KB


Shoir, nosir va tarjimonlar uchun:

– adabiy jamoatchilik orasida e'tirof;

– kitoblari 2000 adadda nashr etish va

– 800 AQSh dollari miqdordagi pul mukofoti va qo‘shimcha sovg‘alarni qo‘lga kiritish imkonini beruvchi tanlov NIZOMi.

Mazkur postni ulashish orgali siz barcha ayol-qizlarimizni ragʻbatlantirgan va nomlarini kashf etilishiga sabab boʻlgan boʻlasiz.

P.s: mazkur mukofot sababli tug‘ilgan savol va takliflaringizda izohlarda qoldirishingiz mumkin.

🕊Zabarjad Mediaeng yaxshisini ilinamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥5🎉4
***
Сен ёрни кутгандек кутарсан кузни,
Келса, қўлларида хазонлар – гулбарг.
Оҳанглари тугаб-битган заминнинг
Энг сўнгги қушисан, этолмаган тарк.

Ўтдек илинжингга кимдир исинар,
Шамол силкитади шол рўмолингни.
Отангни кутгандек кутарсан кузни,
Келса, ҳасратлардан асрар жонингни.

О, нечун келмайди?
Тўрт томон бўм-бўш.
Кечиккан болангга бўлгандек илҳақ.
У келар йўлларга муштоқ қарайсан,
Олий адолатин кўрсатади Ҳақ.
Баргларинг тўкилар...


https://www.tg-me.com/Madina_Norchayeva
17👏7🔥3🥰3❤‍🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Шоир-у шеър-у шуур..." Шавкат Раҳмон. "Ичингдаги хоинни ўлдир...". Шоирнинг ўзи ўқиган.

⭕️ Каналга обуна бўлинг👇👇👇
https://www.tg-me.com/mushtumjurnali
🥰6🔥4😁1
Yozuvchi, shoir, tarjimon, ijodkorlarning shaxsiy kanali. Marhamat, a’zo bo‘ling:

https://www.tg-me.com/addlist/JETsMcDbXOFkMGQy
👍1
Forwarded from DARVESHONA
#Эълон
Тарқатамиз.

#Шеърий кеча қиладиган бўлдим.
Жуда каатта бўлмаган, минг хил оҳангжама аралашмаган, мўжаз, содда давра.
Бу биринчи пулли шеърий йиғин бўлади. Ҳа, шоирнинг ўзидан шеър тинглаш учун чипта олиб киришни бошлаймиз. Тажриба.
Эхтиёж, талаб қандай одамларимизда, билиб оламиз. Давом эттирамизми-йўқми шунга қараб хулоса чиқарамиз.
Текин деган гап йўқ!

Кечада ўзим шеър ўқийман. Суҳбатлашамиз. Савол-жавоб дегандай. Бироз ҳазл, бироз саҳна кўриниш ҳам бўлади вазиятга қараб.

Сана: 25-сентябр (пайшанба) Кечки соат 20:00

Манзил: Мустақиллик метро. Брадвей кўчаси. Харитага Spot Stand-Up Club Matbuotchilar 17 деб ёзсангиз чиқариб беради.

Жойлар сони: 60 та.
Жой банд қилишга шошилинг!

Чипта нархи: 100 минг сўм. (талабалар учун чегирма бор)

Чипталарни: 912206126 рақамига боғланиб, ёки шу рақамдаги телеграмга ёзиб сотиб олишингиз мумкин.

Янаям тўлиқ маълумот қуйидаги суратда жам.

Жонтемир

@Jontemir_t
6👍43🔥2
Gulnoz opa, ayyom muborak boʻlsin!

ИЮЛЬ

Кўнглим қудуғини қуритди июль,
Мендан чиқиб кетди юввош гиначи.
Турибман – қаршимда охири йўқ йўл,
Теграмда бир гала сариқ ниначи.

Надоматнинг тахир ҳосилини кенг
Этагимга сола қаҳ-қаҳ отар ёз.
Шу лаҳзада ўлмак шаҳидликка тенг,
Шу лаҳзада ўлмак тирикликдан соз!

Саратон баргларга олов уфурган,
Қара – кузни кутмас хазонлиғлар бор.
Кўнгил қудуғига беўй тупурган
Кимсаларга наҳот омонлиғлар бор?

Ким у? Йўлга чиқмиш куннинг тиғида?
Ким у? Кетаётир ғамгин аланглаб.
Инонч ва шаккоклик оралиғига
Тикилган дор узра руҳим саланглар...

Маъносин йўқотди муқаддасликлар,
Бир дуо қолмади – бўм-бўш ҳовучим.
Ўчгач қалбимдаги жами битиклар,
Нафратим Иблисла кетар қовушиб.

Унгача эгнимда олов кўйлаги,
Унгача юз берар вулқон совиши.
Ларзага келтирар умрим йўлагин
Учрашган тошларнинг қарс-қурс товуши...


Gulnoz Mo'minova
6🔥4👏3😁1
Forwarded from MohiRa🌕
Diqqat tanlov!!!

“Qanot” loyihasi doirasida yozuvchi MohiRaning “Qirq  birinchi kun” kitobi asosida taqriz, foto va videolar tanlovini e’lon qilamiz.

Shartlar quyidagicha:

1️⃣ Ushbu e'lonni 3 ta kanal yoki guruhlarga ulashish;
2️⃣ "Qirq birinchi kun" kitobini sotib olish;
3️⃣  Kitob bilan kreativ rasmlarga tushib ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarga
#41kun, #kitobkadr  hashtaglari bilan joylash; (Muallifni belgilagan holda)
4⃣ Taqriz yozish;
5⃣ Kitob asosida videorolik tayyorlash;

Taqriz, foto, video bo’yicha alohida-alohida tanlanib, har bir yoʻnalish bo’yicha uch nafar g'olib aniqlanadi. Bundan tashqari 10 nafar faol kitobxon ham saviyali kontenti uchun taqdirlanadi.
Endi berdisiga keldi navbat)

Har 3 yoʻnalish bo'yicha alohida 3 nafar g'olib 1 mln so'mdan taqdirlanadi.

10 nafar faol ishtirokchilar "Izlam" va boshqa kitob to’plamlari bilan taqdirlanadi.


✔️ Baholashda taqrizlarning adabiy til me'yorlariga rioya qilinganligi, SI dan foydalanmaganligi, badiiy yuksakligi, ko'ruvi singari mezonlarga asoslanib g'oliblar aniqlanadi. Rasm va videolarning esa o'ziga xosligi, sifati, ko'ruvi singari mezonlarga ahamiyat beriladi.

Tanlovga ishlar 15-sentabrdan 1-noyabrgacha qabul qilinadi. 

Kitobni shu yerdan topish mumkin:
http://www.tg-me.com/akademsavdo

Tanlovga ishlarni
https://www.tg-me.com/qanotadmin2025 ga yuborishingiz mumkin.

https://www.tg-me.com/qirq_birinchi_kun
4🔥4😁1
Forwarded from САКИНАТ
Bugun Rauf Parfi tug‘ilgan kun!

* * *

1. Ясатиб қўйибдир сeнга бир дунё,
Орзиқиб кутадир бу кун юрагим.
Менинг юрагимга келгил, марҳабо,
Менинг юрагимга келгил, малагим.

Ошиқлар бахтини топадир бунда,
Келгил, афсоналар айтмоқда боғлар.
Азиз бошинг узра ялтираб кунда,
Олтинга айланар куйчи япроқлар.

Меҳрибон елларнинг қанотларида,
Қани юр, борайлик лола тергали,
Ғаройиб гулларим бордир нарида.

Гулим, кўрмагансан умрингда ҳали,
Инон, от ўйнатиб бир тонг маҳали,
Сарбозларим келар Ғиротларида.

2. Зангор тўлқинларда отармиз қулоч,
Яна-да кетармиз йироқ-йироққа.
У ерда тун йўқдир, абадий Қуёш,
Нурларин сочадир она тупроққа.

Қарагил, нақадар тиниқдир осмон,
Ундан-да, гўзалдир, ундан ғаройиб.
У ерга қора куч йўламас асло,
Булутлар қайғудан кетмас қорайиб.

Балки шоирдирман, бир ошиқ куйчи
Сени севмак учун тушганман ерга.
Қани, қўлларингни қўлимга қўй-чи.

Менинг юрагимга кетайлик бирга,
Сира ҳам у ердан келмайлик кўчиб,
Аччиқ тажрибалар ортиб тақдирга.
1966
🔥5🥰31
Forwarded from Feruza Xayrullayeva
Demak, tanlov boshlaymiz!

Tanlovda ishtirok etish uchun keksa yoshdagi hamqishloqlaringiz, qarindoshlaringiz, bobongiz, buvingiz yoki ota-onangizdan eshitgan rivoyatlar, ertaklar, xalq qo’shiqlari, topishmoqlar yoki yashash hududingiz nomi haqidagi qiziqarli afsona, ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarning istalgan biri (Feysbuk, Instagram, Telegram, Twitter) ga Feruza Xayrullayeva profilini belgilab joylaysiz.

Yoki @nurmatqizi telegram profiliga ism-familiyangiz, telefon raqamingizni yozgan holda yuborishingiz kerak.

G’oliblarni quyidagicha taqdirlaymiz:

1-o’rin - Akademnasr to’plami
2-o’rin - O’zbek xalq og’zaki ijodi to’plami
3-o’rin - Yozuvchi Nazar Eshonqulning ikki saylanmasidan iborat to’plam.

Aytgancha, to’plamlarda nashriyot rahbari imzosi ham bo’ladi(Ishqilib, Sanjar aka bilan Ma’mura opa ko’nishsin😁)

G’oliblar matndagi rivoyat, qo’shiq, afsonalarning qanchalik ijodkorona, mohirona ochib berilganiga ko’ra aniqlanadi.

❗️Ogohlantirish: Iltimos, o’zingiz to’qimang, baribir sezilib qoladi bu.

Tanlov 20-oktyabrgacha davom etadi. Va 21-oktyabrda g’oliblar nomi e’lon qilinadi.

Tanlov bahona yangi asotirlarga mushtoqmiz!

@FeruzaXayrullayeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥61
Forwarded from Muhammad Siddiq
* * *
(Ustozim Murod Xidir xotirasiga)

Bir kulba bor edi –
Do‘rmon yo‘lida,
Ijara uyimning shundoq yonida,
Kitoblar terilgan bir kishvar edi,
Xazina bor edi har javonida.

Unda yashar edi yolg‘iz faylasuf,
To‘shakka mixlanib surardi xayol.
Kamiga ko‘zi ham ko‘rmasdi, afsus,
Go‘dakdek ingranib yotardi behol.

Va lekin hayotni sevardi chunon,
Qalbida jo‘sh urar edi muhabbat!
Qoshida turardi ilhom har qachon,
Fikr-u zikri edi ilm-u ma’rifat…

Talabalik kezlar.
Kun ora yo‘qlab,
Kirib o‘tar edim shu xonadonga.
Kitoblar jildiga boqardim quvnab,
Nedir yuqsaydi deb mendek nodonga.

Keyin hikoyalar tinglardim, ajab,
Sho‘ng‘ib ketar edim fazo darsiga!
Ustoz so‘zlar ekan vazmin, hijjalab,
O‘xshatardim xuddi Hans Andersenga.

Nurdek tuyulardi menga bu daho,
Tun uya qursa-da qaroqlariga.
Oro kirar edi joniga goho
Malham surtib qo‘ysam oyoqlariga.

Nedir shuurimda jimirlar edi,
Tamshanib shirinlik yegan chog‘lari.
Ehtimol, kulishin har ko‘rganimda
Yuvilib ketardi ko‘nglim dog‘lari!

Garchi hastalikdan azob cheksa-da,
Zamin qayg‘usidan kuyunib, beshak,
Tinmay o‘rtanardi,
G‘arib keksa-da,
Go‘zal bo‘lsin derdi hech yo‘q kelajak.

Ba’zida haftalab intiq yo‘limga,
Gap qopi to‘lsa ham, fe’li keng edi.
Uch-to‘rt so‘m tutqazib ba’zan qo‘limga,
Yo‘lkira qilarsiz, shoir, der edi…

Men o‘ychan borardim dorilfununga,
Qo‘ltig‘imda kitob, rektorga tilxat…
Nima qildiykin deb Hans Andersenga,
Derazadan kuzga boqardim ilhaq.

Va nogoh keldi-yu mash’um shumxabar,
Ulgura olmadim xayrlashuvga!
Ustoz menga bergan xotira daftar
To‘lib qoldi achchiq ko‘zyosh yuqiga.

Bir kulba bor edi –
Ziyoga to‘la,
Unda yashar edi yolg‘iz faylasuf.
Menga olam-olam hikoya so‘ylab,
O‘zi g‘oyib bo‘ldi, afsus, ming afsus.

© Muhammad Siddiq
🔥85😢2
Bugun Halima Ahmedova tavallud topgan kun!
***

Begunoh parvardigor,
Gunohkorman oldingda...
Maysalarga aylansam —
Qolamanmi yodingda?
Rayhon bargi silkinib,
Yuz ochsa shabbodaga,
Shabnamga ko‘ngil bersam —
Qonamanmi bodaga?
Ishq faslidan adashib
Dil so‘rasa qaldirg‘och,
Karbalo dashti uchun
Jonim bo‘larmi xiroj?
Subhidam kokillarin
Tarasa malak yog‘du,
Mendan umidin uzib,
Tashlab ketarmi qayg‘u?
Begunoh Parvardigor,
Gunohkorman oldingda...
Halimadan voz kechsam
Qolamanmi yodingda...
9🔥3🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QARG’ALAR uchsa qaraylik,
Marg’ilonning yo’liga!
(Xalq og‘zaki ijodi)


Qo’shiq 1875-yildagi Marg’ilon qatliomi haqida. 1938-yil 4-oktabr esa millatimiz oydinlari qatag’on bo’lgan kun.

Rejissor, rassom, tasvirchi va montajchi:
Elnur EGAMOV

Qo’shiq:
FOZIL guruhi

Cho’lpon she’ri ijrochisi:
Erkin BOZOROV
😢127👍2
Forwarded from Ezzi's diary🌚
Бораман.
Бизни адаштирган йиллар оралаб
Жингалак сочимга тақасан ялпиз.
Сўнг ортга қайтаман...
Кимни қоралаб
Ёлғиз.

Мадина Норчаева
12❤‍🔥6👍5
Forwarded from Adabiy klub
Assalomu alaykum. Adabiy davraga xush kelibsiz!
 
Biz bu yerda o‘zbek va jahon adabiyotining eng yaxshi va engyangi asarlarini birgalikda o‘qib muhokama qilamiz.
 
Siz bu yerda:
🔸mulohazalaringizni to‘g‘ridan to‘g‘ri muallifga yetkazish,
🔸adabiyotshunoslar tahlilini bevosita eshitish,
🔸boshqa kitobsevarlar bilan erkin fikr almashish imkoniga ega bo‘lasiz.
 
Ilk davrada yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammadning qizg‘in bahslarga sabab bo‘layotgan yangi asari – “Qahr” qissasi haqida suhbatlashamiz (“Sharq yulduzi” jurnalining 2025-yil 1-sonida chiqqan). Tadbirda muallifning o‘zi va adabiyotshunoslar ham qatnashadi.
 
Vaqt: 31-oktabr soat 19:00.
Manzil: “Oltin Manas” kafesi.
To‘lov: 100 ming so‘m (bir martalik).
 
To‘lovni 5614683008238115 (F.Jabborov) karta raqamiga o‘tkazib, @adabiy_club_bot manziliga yuboring. Shundan so‘ng sizga qissaning elektron varianti taqdim etiladi.
 
❗️Eslatma: kirish faqat ro‘yxat asosida. Joy cheklangan.

@adabiy_klub
5👍3
Forwarded from Jadid.uz

YOMG‘IRLI SATRLAR

Yomg‘ir – shoirlar qalbida sog‘inch va sokinlik, yangilanish va poklanish timsoli sifatida gavdalanadi. Ushbu to‘plamda turli davr o‘zbek shoirlarining yomg‘ir haqidagi she’rlari jamlanib, o‘quvchini tabiat va inson ruhiyati o‘rtasidagi nozik uyg‘unlikni his etishga chorlaydi.

✍️ Abdulla ORIPOV
✍️ Rauf PARFI
✍️ Tilak JO‘RA
✍️ Matnazar ABDULHAKIM
✍️ Usmon AZIM
✍️ Shukur QURBON
✍️ Xurshid DAVRON
✍️ Baxtiyor GENJAMUROD
✍️ Aziz SAID
✍️ Salim ASHUR
✍️ Iqbol MIRZO
✍️ Xosiyat RUSTAMOVA
✍️ Ikrom ISKANDAR
✍️ Muhayyo RUSTAMOVA
✍️ Zuhra BEGIM
✍️ Guljamol ASQAROVA
✍️ Faxriddin HAYIT
✍️ Shodmonqul SALOM
✍️ Nargiza ASADOVA
✍️ Dilmurod DO‘ST
✍️ Dadaxon MUHAMMADIYEV
✍️ Bahodir BAHROM
✍️ Mansur JUMAYEV
✍️ Saodat FAYZIYEVA
✍️ Najmiddin ERMATOV
✍️ Abdumannon MUHAMMAD
✍️ Suhrob ZIYO
✍️ Islomjon QO‘CHQOROV
✍️ Mehrinoz ABBOSOVA
✍️ Madina NORCHAYEVA
✍️ Xurshid ABDURASHID
✍️ Shahriyor SHAVKAT
✍️ Nozima HABIBULLAYEVA
✍️ Gulhayo ANOROVA
✍️ Muhammad SIDDIQ
✍️ Ahmadali SHERNAZAROV
✍️ Parizoda RO‘ZIBOYEVA
✍️ Shahzoda ORIFJONOVA


🔗 Batafsil: jadid.uz/?p=6811

Tilda, fikrda, ishda birlik!

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰6🔥2
Forwarded from Sog‘inch...
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ОТА...

У шабнамдек тоза шеърлар ўқиганди. Эсимда, қиш кунларининг бирида сурпа бошида, ошхонада, уй ишларида хонама-хона видеода шу шоира шеър ўқиётган телефонимни кўтариб юргандим. Болаларим ҳам бирга тинглашар, маъноли-маъноли қарашарди. Бир озод руҳ, бир дунё меҳр, бир жонкуяр ота сиймоси гавдаланган эди тасаввуримда...

Ўтганларнинг охиратлари обод бўлсин. Ҳамдардмиз. Отажонингизни Аллоҳ раҳмат қилсин

***

Ота, азон чақир,
Овул уйқуда.
Аллоҳу Акбар,  де тушлари учсин.
Яшил жойнамозда қирлар мизғийди,
Тонгги пучмоқлардан келар оқ кўчки.
Ота, азон чақир,
Овозингни сеп
Лаблари ёрилган тун роҳларига.
Нега бунча узоқ мафтун бўлдик, деб
Кўз бойлағич оқшом чироқларига.
Нигоҳим толдирди юлдуз - ёнарқурт
Кўксимизда ғижжак ҳислар тўлқини.
Аввал йиғлаётган онамни овут,
Кўрпага ўраб қўй укам устини.
Сўнгра азон чақир
Нафасим қайтди,
Субҳ  шонларидан руҳимиз қонсин.
Бир ажиб оҳангда чақирган пайтинг
Аллоҳу акбар, деб
Овул уйғонсин.

@Madina_Norchayeva

https://www.tg-me.com/Aytolmagan_dilim
🔥5
2025/11/09 05:48:45
Back to Top
HTML Embed Code: