Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maqsad, reja va amal
💬 Hech qachon boshqalarning asossiz fikri uchun maqsadlaringizdan voz kechmang.. Odamlar har qanday vaziyatda ham negativ fikr topib bera oladi.

💬 Shu jumladan, siz ham hech qachon birovning hayotini bilmasdan uni muhokama qilmang. Undan ko‘ra o‘zingizning hayotingizga nazar soling. O‘zingizni muhokama qiling. O‘zingizning hayotingizni yaxshi tomonga o‘zgartiring. Doimo o‘z ustingizda ishlang.

@MAQSAD
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Odam o‘z hayotini bekorga sarflayotganining 8 belgisi.

Vaqtingizni qanday o‘tkazasiz? O‘zingizda mavjud bo‘lgan kunlarni qadrlaysizmi? O‘zlari bilmagan holda vaqtlarini bekorga sarflayotgan kishilarga xos ayrim belgilar quyidagilardan iborat. Umid qilamizki, bu fikr siz haqingizda emas:

«Maqsadsiz o‘tkazilgan yillar maqsad belgilab olgan ma'qul ekanini ko‘rsatdi».

Vaqtini bekorga ketkazadiganlarni ajratib turuvchi jihatlar nimalardan iborat?

Noliydilar

Bunday kishilar hayotidagi barcha narsadan nolishadi. Bunga atrofdagi kishilar, hukumat yoki osmondagi yulduzlarni aybdor qilib ko‘rsatishadi. Istalgan kishi, faqat o‘zlari emas. Aslida barchasiga ularning o‘zi aybdor. Hayotda yuz bergan voqea emas, unga bildirilgan munosabat muhimroq. Noliydigan kishi emas, hayotini o‘z qo‘llari bilan yaratuvchi inson bo‘ling.

Hayotlarini zerikarli ko‘rinishga keltirishadi

Uy – ish – ovqat pishirish – uy tozalash – uyqu. Boshi va oxiri yo‘q aylana bo‘ylab yurishadi. Miyaga bir xil shablonlar bilan ishlash oson. Shu yo‘l bilan u quvvatni tejaydi va siz uchun jon saqlashni ta'minlashga harakat qiladi. Biroq bu fikrlash uchun qopqondir. Agar doimiy ravishda bir xil ishlar bajarilsa, hayot zerikarli bo‘ladi. Biroq bu aylanani mustaqil uzish va hayotni o‘zgartirish mumkin. Kichik narsalardan boshlash mumkin, yangi yo‘ldan yurish, qiziqarli joylarga borish, ilgari qilmagan ishlarni bajarish.

Kelajak uchun rejalari yo‘q

Buyuk kishilar o‘z oldilariga buyuk maqsadlarni qo‘yadilar. Hayotda biror nimaga erishishni o‘ylamasangiz, hech nima olmaslik ehtimoliga duch kelasiz. Qayerga qarab harakatlanayotganingizni bilish uchun rejalar tuzish foydali.

Uyqu va hordiq rejimi yo‘q

Ko‘pchilik muvaffaqiyatli kishilar o‘zlarida ish va hordiq rejimi mavjud ekanini aytishadi. Odatda ular erta uxlab, erta turishadi. Masalan, Koko Shanel yaxshi uyquni qadrlagan. Charchagan holatda biror yaxshi narsa yaratish mumkin emas deb hisoblagan.

Salomatliklariga e'tibor berishmaydi

Tanamiz bizga umr bo‘yi xizmat qiladi. U haqida qayg‘urish va uning yaxshi holatda bo‘lishi uchun harakat qilish lozim. O‘z salomatligiga bee'tibor bo‘lgan kishilar keyinchalik buning evaziga juda katta haq to‘lashadi.

Aqllarini mashq qildirishmaydi

Aqlimiz doimiy ravishda yangi ma'lumot va bilimlar ko‘rinishidagi ozuqaga muhtoj. Katta yoshdagi ayrim kishilar yangi narsalarni o‘rganmay qo‘yishadi. Aql ravshanligini doimiy ravishda mashq qildirish va charxlash lozim.

Biror narsa bilan vaqtni o‘ldirish uchungina shug‘ullanishadi

Bunday kishilarning dam olish vaqti bekorchi mashg‘ulotlar bilan to‘lgan. Masalan, yangiliklar lentasini varaqlash yoki telefonda soatlab suhbatlashish kabi. Bir necha qiziqarli postlarni o‘qish, haqiqatan ham qiziqarli bo‘lgan biror narsa haqida ma'lumot olishning yomon tomoni yo‘q. Biroq bunga bir necha soatni sarflash shartmikan? Bu rivojlanishga yordam beradimi yoki hayotingizni biror qiziqarli narsa bilan to‘ldiradimi? Vaqtni behuda sarflash zararli. Uni qadrlashni o‘rganish kerak. Ana o‘shanda hayotingiz yaxshi tomonga o‘zgaradi.

Biror narsani o‘zgartirishdan cho‘chiydilar

Yangi va noma'lum narsalardan qo‘rqish – organizmning normal himoya reaksiyasi. Qo‘rquvni yengishni o‘rganish lozim. Agar hayotingizda biror nimani o‘zgartirish kerakligini tushungan bo‘lsangiz, hozir buning ayni vaqti. O‘zingiz istagan insonga aylanish uchun hech qachon kech emas.
Kun. uzdan olindi.

@Maqsad 🎯
⚡️ Bugungi kun – yangi imkoniyat!

Har bir tong – yangi imkoniyat, yangi sahifa, yangi boshlanish! Bugun kechagi xatolarni tuzatish, orzular sari yana bir qadam tashlash va o‘z ustingizda ishlash uchun ajoyib kun.

😀 O‘zingizga savol bering: Bugun men hayotimni yaxshilash uchun nima qila olaman?
● Mayda yutuqlaringizni qadrlang, chunki ularsiz katta muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi.
😀 O‘zingizga ishonch bilan harakat qiling – bugun hayotingizdagi eng yaxshi kunlardan biri bo‘lishi mumkin!

Bugun o‘zingizga biror foydali odat qo‘shing va shaxsiy rivojlanishingizga hissa qo‘shing. Siz bunga loyiqsiz!

@Maqsad
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🪫 Inson hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan 15 ta omil quyidagilar:

1. Dangasalik
2. Qo'rquv va shubha
3. O'ziga ishonchsizlik
4. Noqonuniy harakatlar va aldovlar
5. Zararli odatlar
6. Dushmanlik va yomon niyat
7. Tez-tez shikoyat qilish
8. Ortiqcha vaqt sarflaydigan qiziqishlar
9. Kecha-kunduz ishga bandlik
10. Sog‘lom turmush tarzini e’tiborsiz qoldirish
11. Yomon atrof-muhit
12. Doimiy tanqidchilik
13. Stressni boshqara olmaslik
14. Ortiqcha qarz va moliyaviy notinchlik
15. O'zingizni rivojlantirishdan voz kechish

@MAQSAD ⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Halollik

Haq masalasida meni eng ta'sirlantirgan hayotiy voqea.
Ustozimiz Shohruh aka G'ulomov hikoya qiladilar.

-
@Muhammadali_Eshonqulov

@MAQSAD 🎯
Ma'siyatdagi rohatdan, toatdagi qiyinchilik afzal

‏﴿رب السجن أحب إلي مما يدعونني إليه﴾

Yusuf aytdiki: "Robbim ular meni chaqirayotgan narsadan ko'ra men uchun qamoq suyukliroq.." (Yusuf:33).

Kim Allohga osiy bo'lib izzat va karomatda yashashdan ko'ra Allohning ibodatida ozor va qiyinchiliklarga sabr qilib yashashni tanlaydigan bo'lsa, dunyo va oxiratda yutib ketadi. Yusuf alayhissalom ham Allohga ibodat qilib qamoqda yashashni tanlagan edi, Alloh u zotni bu dunyoda ham ne'matlar ustida yashatdi.

Huddi shu kabi gunoh ustidagi ne'mat(rohat) sohiblarining hayotlarini oxiri mahzunlik va halokatga aylanadi.

[Ibn Taymiyya rohimahulloh]

Majm'u al fatavo (15/132)
Hali Hammasi Tugamadi...

Hayotda ko‘p narsani yo‘qotgandek his qilishingiz mumkin. Orzular amalga oshmayotgandek, rejalaringiz buzilgandek, yoki yo‘lingiz tutilib qolgandek tuyulishi tabiiy. Lekin unutmang, hali hammasi tugamagan.

🔹 Har bir muvaffaqiyatsizlik – yangi imkoniyatlar eshigi.
Bugun siz uchun yomon tuyulgan narsa ertaga hayotingizdagi eng yaxshi burilish bo‘lishi mumkin.

🔹 Har bir kun – yangi boshlanish.
Bugungi kichik qadamlaringiz kelajakdagi ulkan natijalarga olib keladi. Oldinga harakat qilishni davom eting.

🔹 Umid – eng katta qudratingiz.
Qalbdagi umidni yo‘qotmang. Eng qorong‘i tun ham tong otishi bilan yakun topadi. Sizning tushingiz hali haqiqatga aylanishi uchun vaqt bor.

Endi o‘zingizga savol bering:
🔸 Bugun o‘z orzularim uchun nima qildim?
🔸 Nima uchun kurashishni davom ettiraman?

Hali hammasi tugamadi, siz hali imkoniyatlaringiz cho‘qqisiga chiqdingizmi? Haqiqatga aylanishni kutayotgan orzularingiz sizni intilishga chorlayapti. Faqat davom eting!

Hali hammasi tugamadi. Sizga ishonamiz.

✈️ @MAQSAD
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👀 "Nimadir o‘ylab topish kerak..."

Tasavvur qiling, bir kuni uyg‘onasiz va hayotingizda qandaydir tub o‘zgarishlar qilish vaqti kelganini tushunasiz. Ammo nimadan boshlash kerak? Mana sizga ijodiy qadamlar:

🌟 Hayolingizdagi savolni o‘zgartiring
“Nimadir qilish kerak” emas, “Qanday qilib bu dunyoni yaxshilashim mumkin?” deb o‘ylang. Aqlingiz har qanday savolga javob topishga intiladi. Savolingizni to‘g‘ri tanlang.

🎨 Fantaziyangizni bo‘shating

Ko‘zlaringizni yuming va tasavvur qiling: hech qanday cheklovlar yo‘q! Agar barchasi mumkin bo‘lsa, siz nima qilgan bo‘lardingiz? Qog‘ozga yozing, hatto g‘alati tuyulsa ham. Yaratishning boshlanishi erkin fikrlashdir.

🔍 Oddiy narsaga ijodkorlik qo‘shing
O‘ylab ko‘ring, nima qilayotganingizni yanada qulayroq, chiroyliroq yoki qiziqarliroq qilish mumkin? Hattoki nonushta tayyorlashni ham san’atga aylantirish mumkin!

💡 Kichik harakatlar – katta yutuqlarga eshik
Dunyoni o‘zgartiradigan g‘oyalar oddiy narsalardan boshlanadi: yangi odat, noodatiy qarash yoki bitta o‘zgarish. Faqat boshlang.

Ehtimol, aynan sizning fikringiz boshqalarning hayotini o‘zgartirishga sabab bo‘lar? O‘ylab toping. O‘z imkoniyatlaringizni kashf eting. Dunyoni o‘zgartirish uchun bugun bir qadam tashlang!

✈️ @MAQSAD
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 Xarizma: Odamlarni O'ziga Tortish San'ati

Xarizma – bu insonni boshqalardan ajratib turadigan ichki kuch va jozibadorlik. Xarizmatik insonlar odamlarning e'tiborini jalb qilishni, ularni o'ziga ishontirishni va o'z fikrlarini yetkazishni biladi. Ammo xarizma tug'ma bo'lishi shart emas, uni rivojlantirish mumkin.

Xarizmatik bo‘lish uchun 5 qadam:

1. Ishonchli bo‘ling
Odamlar o‘ziga ishonadigan insonlarga ergashishni istashadi. Tana tili, so‘zlar va harakatlaringiz ishonchni aks ettirsin.

2. Suhbatda faol tinglang
Faqat gapirmang, balki boshqalarni tinglashni ham biling. E'tibor bilan tinglaganingiz boshqalarga qiziqishingizni ko‘rsatadi va ularni sizga yaqinlashtiradi.

3. Samimiy bo‘ling
Xarizmatik insonlar o‘zlariga va boshqalarga nisbatan samimiy bo‘ladi. Sun'iylikni odatda sezishadi, shuning uchun haqiqiyligingizni ko‘rsating.

4. Pozitiv energiya tarqating
Tabassumingiz, ovozingizning ohangi va energiya boshqalarni o‘ziga jalb qiladi. Salbiylikdan qochib, hayotga ijobiy qarashni odat qiling.

5. Niyatlaringizni to‘g‘ri tushuntiring
Xarizmatik insonlar o‘z fikrlarini aniq va tushunarli qilib yetkazishni bilishadi. Qanday maqsadga erishmoqchi ekaningizni atrofdagilarga ko‘rsating.

Xarizma – bu boshqalarga ilhom berish va ularni o‘z ortingizdan ergashtirish san'ati. Sizning xarizmangiz dunyoni o‘zgartirishi mumkin!

✈️ @MAQSAD
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Kichik g’alabalar

Katta g‘alabalar kichik g‘alabalar ko‘pligidan keladi. 

100 km marafon yugurmoqchi bo‘lsangiz, siz xohlaysizmi xohlamaysizmi kichik marafonlar g‘alabalarini qo‘lga kiritasiz. Birinchi 10 km, keyin 21 km va eng katta g‘alabagacha. Til o‘rganishda, har bir o‘zlashtirilgan so‘z g‘alaba. Kundalik hayot kichik g‘alabalarga to‘la, hattoki, har kuni kerakli vaqtda uyg‘onish ham kichik g‘alaba, to‘g‘ri ovqatlanish ham kichik g‘alaba.

Eng qiziq tarafi shundaki, omma kichik g‘alabalarni qadriga yetmaydi va ularni yutuq sifatida ham ko‘rmaydi. Ular oddiy kichik natijalar eng yirik o‘zgarishlarga olib kelishini bilganida edi, ularning oddiy kundalik hayotga qarashi butunlay o‘zgarardi. 

Kichik g‘alabani ta’mini sezgan inson, katta g‘alabani ta’mini sezish qo‘lidan kelishini tushunadi. 

© @Abdusattor

✈️ @Maqsad
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔻 Men Barchaga tavsiya qiladi 80ta kitob

🔹 Islomiy risola
‣ Ruhiy tarbiya 1,2,3- qismlar
‣ Hadis va Hayot 37 juz (bir yilda 10 ta yetadi)
‣ Kifoya 1,2,3 (boshida 1-ta, qolgani sal keyinroq oʻqilsa boʻladi)
‣ Ichindagi ichindadur
‣ Iymon va xuzun
‣ Siz qanday yashamoqchisiz?
‣ "Ihyou Ulumiddin"( Mubashshir Ahmad tahrirlari)
‣ Mukoshafatul Qulub


🔹 Islomiy badiiy
‣ Savdogarlar ustozi 1 & 2
‣ Men
‣ Halqa
‣ Sahro
‣ Qalb iffati
‣ Iskanja (Halqa va Iskanja - musibatda paytimda sabr qilishga, musibat hikmatini anglashimga yordam bergan)
‣ Saodat asri qissalari 1,2,3,4
‣ Abu Bakr Siddiq
‣ Hazrati Umar
‣ Har ayol Hojardir
‣ Sohilsiz dengiz
‣ Imom Aʼzam - benazir olim
‣ Sir
‣ Chunki sen - Allohsan

🔹Foydali dunyoviy badiiy
‣ Elon Musk
‣ Alkimyogar


🔹Shaxsiy rivojlanish
🔺 Qadam ba qadam
🔺 Pul alifbosi
🔺 Iroda kuchi
🔺 Diqqat
🔺 Atom odatlari
🔺 Samaradorlikning 21 yoʻli
🔺 Ilm olish sirlari
🔺 Dunyoni tebratgan 7 buyuk musulmon
🔺 Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bir kunlari
🔺 Himmat -moʻminning quvvati

🔹Munosabatlar
‣ Ijtimoiy odoblar
‣ Doʻst orttirish va odamlarda yaxshi taassurot qoldirish
‣ Xulqlari Qurʼon edi
‣ Eng komil inson


🔹 Biznes & karyera
‣ Essentialism
‣ Biznes start
‣ Sarafan Marketing
‣ Million dollarlik xatolar
‣ Musulmon tadbirkor


🔹 Farzand tarbiyasi
‣ Savdogarlar ustozi 1 & 2
‣ Halol Luqma
‣ Zukkolar va landovurlar
‣ Oʻgay ona
‣ 3 dan keyin kech
‣ Olim yetishtirgan onalar
‣ Nabaviy tarbiya

@MAQSAD 🎯
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HAYOT SIZNIKI

O‘zingiz yoqtirgan ishni qiling va uni tez-tez bajaring.

Agar biror narsa sizga yoqmasa, uni o‘zgartiring. Agar ishingiz sizga yoqmasa, uni tark eting. Agar yetarli vaqtingiz bo‘lmasa, telefon va televizordan foydalanishni to‘xtating.

⚪️Tahlil qilishni to‘xtating - barcha holatlarni ijobiy qabul qiling!

Ovqatlanayotganda, har bir luqmadan zavqlaning. Fikringizni, qo‘lingizni va yuragingizni yangi tajribalar va yangi odamlarga oching, biz bir-birimizdan boshqacha ekanligimiz bilan o‘xshashmiz.

Boshqalardan ularning xohishi nima ekanligini so‘rang va ular bilan ba‘zi orzularingizni baham ko‘ring.

Agar o‘zligingizni yo'qotib qo‘ygan bo‘lsangiz, o‘zingizni topishingiz mumkin. Ba‘zan imkoniyatlar faqat bir marta keladi, ulardan foydalaning.

Shunday qilib, o‘z qobig‘ingizdan tashqariga chiqing. Hayot qisqa.

📊Orzularingiz bilan yashang, natijani baham ko‘ring!

✈️@MAQSAD
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/28 13:13:58
Back to Top
HTML Embed Code: