Telegram Web Link
💪 Sport vaziri o‘rinbosari Namangan viloyatiga tashrif buyurdi

🗣 O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Murad Ismailov sport infratuzilmasi holatini o‘rganish hamda sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish maqsadida Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.

💬Dastlabki manzilda vazir oʻrinbosari Namangan shahar sport maktabining Zarbdor filialida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari koʻzdan kechirildi.

Keyingi manzilda Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga qarashli “Pahlavon” sport majmuasi oʻrganilib, majmuadagi suzish basseyini holati hamda sportchilarning mashgʻulot jarayonlari oʻrganildi.

🫥Shundan soʻng vazir oʻrinbosari sport oʻyinlari hamda yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga qarashli tennis korti hamda Davlatobod tumanida joylashgan badminton markazi faoliyati koʻzdan kechirildi.

Sport vaziri oʻrinbosari tomonidan hududdagi sport infratuzilmalari holatini oʻrganish jarayonlari davom etmoqda.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/29 12:07:01
Back to Top
HTML Embed Code: