Telegram Web Link
💪 Avval xabar berganimizdek, Sport vaziri oʻrinbosari xizmat safari bilan Namangan viloyatida boʻlib turibdi.

🗣 Xizmat safari davomida vazir oʻrinbosari ishtirokida sayyor qabul boʻlib oʻtdi. Tadbirda viloyat murabbiylari, sport maktabi rahbarlari hamda sportchilarning ota-onalari ishtirok etdi.

🟢 Sayyor qabul davomida sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy muammolarini hal qilish, sport inshootlarini ta’mirlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularga imkoniyat yaratish masalalari yuzasidan taklif va murojaatlari tinglandi.

Shuningdek, vazir oʻrinbosari ishtirokida onlayn tarzda muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Zoom platformasi orqali tashkil etilgan yig‘ilishda viloyatdagi barcha sport maktablari direktorlari qatnashdi.

🫥Unda Namangan viloyatida joriy etilayotgan Face ID tizimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kurash bo'yicha "Bosh prokuror kubogi" musobaqasining Xorazm viloyat bosqichi g'oliblari aniqlandi

Urganch shahridagi "Yoshlik" sport majmuasida "Besh tashabbbus olimpiadasi" doirasida sportning kurash turi bo'yicha "Bosh prokuror kubogi" musobaqasining Xorazm viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

Musobaqada 18-30 yosh toifasidagi erkaklar va ayollar 9 ta vazn toifasida murosasiz bellashdilar.

Yakunda barcha vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar aniqlanib diplom va medal hamda qimmatbaho va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Besh tashabbus Paralimpiadasi”

Bu faqat sport emas, balki qalblar birligi, jamoaviy ruh va haqiqiy qahramonlikning yorqin ifodasi bo‘ldi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Poytaxtimizda oʻtkazilgan "Besh tashabbus Paralimpiadasi" ommaviy sport musobaqalarining Respublika final bosqichidan yorqin lavhalar

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Oltin medali muborak!

Xorvatiya mezbonlik qilgan karate WKF bo’yicha “yoshlar ligasi” musobaqasi yakuniga yetdi. Unda hamyurtimiz -55 kg vazn toifasidagi iste’dodli sportchi Halimov Humoyunmirzo ham ishtirok etdi va oltin medalini qo’lga kiritdi.

“Humoyunmirzo juda kuchli raqiblarini dog’da qoldirdi. U o’z yosh toifasidagi eng yorqin vakillarni yutdi. Finalda Ukrainalik jahon chempioni Maksim Viechkanov ustidan yorqin g’alabaga erishdi.” deydi Yoshlar terma jamoasi katta murabbiyi G’ofurjon Zohidov.

Ta’kidlash kerakki, ushbu musobaqa yoshlar orasidagi turnirlarning eng nufuzlilaridan bo’lib, unda dunyoning iste’dodli karatechilari ishtirok etishadi. Bu safargi “yoshlar ligasi” da O’zbekistondan 2 nafar atlet qatnashdi va ulardan biri chempion bo’ldi.

Humoyunmirzo Halimov ushbu nufuzli musobaqaga ustozi Ilhomjon Umarov boshchiligida puxta tayyorgarlik koʻrgan holda ishtirok etdi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2025/06/30 18:48:15
Back to Top
HTML Embed Code: