Telegram Web Link
Dinara Safina Toshkentda yosh tennischilar uchun master-klass o‘tkazdi
 
Bugun Olimpiya shaharchasida mashhur rossiyalik tennischi, 2009-yilgi dunyo reytingida birinchi raketkasi va “Katta Dubulg‘a” turnirlari finalchisi Dinara Safina ishtirokida master-klass bo‘lib o‘tdi.
 
Mazkur tadbir ITF W15 Tashkent xalqaro ayollar tennis turniri doirasida tashkil etildi.

Avval xabar berganimizdek, turnir 2025-yil 20–26-oktabr kunlari Toshkentda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) va O‘zbekiston tennis federatsiyasi hamkorligida o‘tkazilmoqda.
 
Dinara Safinaning master-klassi o‘nlab yosh sportchilar, murabbiylar va tennis ixlosmandlarini bir joyga to‘pladi.

Ishtirokchilar afsonaviy tennischi bilan bevosita muloqot qilish, savollar berish va u bilan birgalikda kortda mashq o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
 
Mashg’ulot davomida Dinara texnika, psixologik tayyorgarlik va intizomning ahamiyati haqida so‘zlab, muvaffaqiyat siri o‘yinga muhabbat va mehnatsevarlikdan boshlanishini ta’kidladi.
 
Mashg‘ulotdan so‘ng matbuot anjumani, fotosessiya tashkil etildi, unda sportchi jurnalistlar hamda yosh tennischilar savollariga javob berdi.
 
“Eng muhimi — har safar kortga chiqqanda jarayondan zavq olish. Muhim narsa faqat g‘alaba emas, balki o‘sish va o‘zingga ishonchdir. Men o‘zbekistonlik bolalarning ko‘zida o‘zim boshlagan paytdagi ishtiyoqni ko‘rdim”, — dedi Dinara Safina ishtirokchilar bilan suhbat chog‘ida.
 
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
6👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari yangi barpo etilgan Olimpiya shaharchasida bo‘lib, u yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, faoliyat olib borayotgan sport ustalari va murabbiylari bilan fikr almashdi.


Veb-sayt|Telegram| Facebook| YouTube| InstagramXParlamentTV_RADIO| Yoshlar parlamenti
👍4🥰1👏1
🏆 🏆 Bahrayn-2025: Muay-taychilarimiz saralash janglarini oʻtkazishmoqda

III Osiyo yoshlar oʻyinlarida muay-tay boʻyicha bellashuvlar qizgʻin davom etmoqda. Bugun ushbu sport turida 8 nafar hamyurtimiz bahs olib borgan boʻlsa, ulardan 5 tasi gʻalaba qozondi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2👏1
🏆 Bahrayn-2025: Bugun uch nafar bokschimiz gʻalaba qozondi

Mazkur Osiyo yoshlar oʻyinlarida boks bellashuvlari ham qiziqarli janglarga boy boʻlmoqda. Bugun Oʻzbekiston terma jamoasining 4 nafar a’zosi saralash jangini oʻtkazgan boʻlsa, ulardan 3 tasi ishonchli gʻalabalar bilan keyingi bosqichga yoʻl oldi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍3👏3
2025/10/31 09:33:28
Back to Top
HTML Embed Code: