Telegram Web Link
O‘zbekiston qilichbozlari Osiyo chempioni

Joriy yilning 22-26 oktabr kunlari Malayziya davlatining Kuala Lumpur shahrida qilichbozlik sport turi bo‘yicha
U-23 Osiyo Chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Musoboqaning shpaga yo‘nalishida bo‘lib o‘tgan jamoaviy bahslarda Osiyoning sakkiz eng kuchli jamoalari bilan kurashda shpagachilarimiz o‘z jasorat va haqiqiy mahoratlarini namoyon etishdi.

Gʻalabaga yo‘l:

1/8 final: O‘zbekiston — Turkmaniston — 45:30
Yarim final: O‘zbekiston — Gonkong — 45:44
Final: O‘zbekiston — Qatar — 39:38

🏆 Yakuniy natija:

🥇1-o‘rin — O‘zbekiston
🥈2-o‘rin — Qatar
🥉3-o‘rin — Gonkong
🥉3-o‘rin — Tailand

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👏4👍1
Jahon chempionatida yuksak natijalarga erishgan sportchilar va ularning murabbiylari munosib taqdirlandi

Avval xabar berganimizdek, Norvegiyada boʻlib oʻtgan ogʻir atletika sport turi boʻyicha jahon chempionatida hamyurtimiz Akbar Joʻrayev -110 kg vaznda yuqori natijalarni qoʻlga kiritib, uch karra jahon chempioni boʻlgan edi.

Ruslan Nurudinov esa ushnu nufuzli musobaqada 2 ta bronza medaliga ega chiqdi.

Bugun Milliy Olimpiya qoʻmitasida boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda yuqori natijalar qayd etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan sportchi hamda ularning murabbiylariga mukofotlar Sport vaziri oʻrinbosari Shaxrillo Maxmudov hamda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov tomonidan topshirildi.

Xususan uch karra jahon chempioni Akbar Joʻrayev Prezident sovgʻasi – BYD avtomobili va bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Tantanali tadbirda sportchilar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda soʻz olganlar Prezidentimiz tomonidan yurtimizda sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar oʻz samarasini berayotganligini, sportchilarimiz bundan keyin ham jahon arenalarida vatanimiz bayrogʻini yuksaklarga koʻtarishlarini ta’kidlashdi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
9👏6👍4
🏆 Bahrayn-2025: Asadbek Samandarov kumush medal sovrindori

Bugungi kun dasturidan oʻrin olgan taekvondo WT boʻyicha final bellashuvlari boshlandi. Yigitlar oʻrtasida -55 kg vazn toifasida bahs olib borgan Asadbek Samandarov finalda qozogʻistonlik raqibiga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan taqdirlandi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🏆 Bahrayn-2025: Omadbek Otabek delegatsiyamizga oʻninchi oltin medalni taqdim qildi

Oʻzbekiston delegatsiyasi III Osiyo yoshlar oʻyinlarida oʻzining oʻninchi oltin medalini qoʻlga kiritdi. Taekvondo boʻyicha -63 kg vazn toifasida ishtirok etgan Omadbek Otabekov finalda qozogʻistonlik sportchini magʻlubiyatga uchratib, musobaqa chempioniga aylandi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍101
Jahon chempionatida sambochilarimiz 24 ta medal qo‘lga kiritdi

24-26 oktyabr kunlari Buxoro shahridagi "Universal" sport majmuasida sambo bo‘yicha sport ustalari - faxriylar o‘rtasidagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan 400 nafardan ortiq sport ustalari medallar uchun kurash olib borishdi.

Musobaqada qatnashgan o‘zbekistonlik polvonlar umumiy hisobda 24 ta medalga sazovor bo‘lishdi. Vakillarimiz 6 ta oltin, 6 ta kumush va 12 ta bronza bilan umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni band etishdi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍10
🏆 Bahrayn-2025: Muzaffar Norxoʻjayev ham Osiyo yoshlar oʻyinlari chempioniga aylandi

Bahrayndan xushxabar davom etadi. Muay-taychimiz Muzaffar Norxoʻjayev Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun yana bir qimmatli oltin medalni keltirdi. 17 yoshgacha boʻlgan ishtirokchilar oʻrtasidagi -54 kg vazn toifasining finalida hamyurtimiz kambodjalik raqibidan ustun keldi va oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53👏2
2025/10/27 13:46:07
Back to Top
HTML Embed Code: