Telegram Web Link
“Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasi yoshlarni jismonan chiniqtirish, ularni vatanparvarlik, fidoyilik va mas’uliyat ruhida tarbiyalash yo‘lida katta maktabga aylandi.

Musobaqaning respublika bosqichida 140 nafar yosh 7 ta yo‘nalish bo‘yicha kuch sinashdi. G‘oliblar pul mukofotlari, sport inshootlari, va harbiy ta’lim muassasalariga tavsiyanoma bilan taqdirlandi.

Shuningdek, barcha ishtirokchilar 30 million so‘m pul mukofoti hamda eng yuqori natijalarni ko‘rsatgan 39 ming nafar yosh Qurolli Kuchlar rezerviga tanlab olindi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Yangiyer shahrida universal sport maydonchasi foydalanishga topshirildi

Bugun Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida universal sport maydonchasi foydalanishga topshirildi.

Yangiyerlik yoshlar “Besh tashabbus olimpiyadasi”ning 2024-yilgi mavsumi Respublika bosqichida shahka sport turi boʻyicha gʻoliblikni qo‘lga kiritgan edi.

Shu munosabat bilan Sport vazirligi tomonidan Yangiyer shahar Fazilat mahallasiga “Universal” maydonchasi qurilib foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Buranov, Yangiyer shahar hokimi o‘rinbosari Jasur Egamberdiyev, Milliy Olimpia qo‘mitasining viloyat bo‘limi ijrochi direktori Bahodir Eshonov, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Dilshod Ibragimov, Sport maktabi xodimlari, nuroniylar, yoshlar hamda mahalla faollari va sportchilar qatnashdi.
 
Mazkur maydoncha ushbu mahalladan yangi-yangi chempionlar chiqishiga xizmat qiladi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2025/07/05 18:33:18
Back to Top
HTML Embed Code: