Telegram Web Link
Samarqand shahridagi Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida “Kurash” sport turi bo‘yicha viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari H.Tuxtayev ishtirok etib,  polvonlarga omad tiladi.  Samarqand azaldan polvonlar yurti ekanligi,  bugungi musobaqa ishtirokchilari ularga munosib izdosh bo‘lishiga ishonch bildirdi.

"Bosh prokuror kubogi" uchun o‘tkazilgan musobaqada tuman va shahar bosqichida gʻalaba qozongan yoshlar g‘oliblik uchun qizg‘in kurash olib borishdi.

Musobaqa g‘oliblari diplom, sport ekipirovkalari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. O‘z vazn toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan polvonlar respublika bosqichiga yo‘llanma olishdi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍42
Kurash bo'yicha "Bosh prokuror kubogi" musobaqasining Farg'ona viloyat bosqichi g'oliblari aniqlandi

Farg'ona shahrida "Besh tashabbbus olimpiadasi" doirasida sportning kurash turi bo'yicha "Bosh prokuror kubogi" musobaqasining Farg'ona viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

Musobaqada 18-30 yosh toifasidagi erkaklar va ayollar 9 ta vazn toifasida murosasiz bellashdilar.


Yakunda barcha vazn toifalarida gʻolib va sovrindorlar aniqlanib, diplom, medal hamda qimmatbaho esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍6
2025/07/13 14:29:42
Back to Top
HTML Embed Code: