Telegram Web Link
🗣 "Korporativ futbol kubogi-2025" musobaqasi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

🫥 Bugun Olimpiya shaharchasida "Korporativ futbol kubogi-2025" doirasida musobaqaning final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

📝 Ushbu bosqichda "Hayotbank" va "Xalq Banki" jamoalari bahs olib borishdi. Yakunda "Hayotbank" "Xalq Banki" jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylandi.

➡️Yakuniy natijalarga ko‘ra:

🥇 1-o‘rin "Hayotbank" jamoasi,
🥈 2-o‘rin "Xalq Banki" jamoasi,
🥉 3-o‘rin "Akfa" jamoasiga nasib qildi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍4
🗣 Ayni vaqtda Sport vaziri Adkham Ikramov boshchiligida joylarda aholini ommaviy sportga jalb qilish, sport ta'lim muassasalari faoliyati, "Prezident olimpiadasi"ga tayyorgarlik, sport infratuzilmasini rivojlantirish kabi masalalarga bag'ishlangan navbatdan tashqari hay'at yig'ilishi bo'lib o'tmoqda.

📑 Videoselektor tarzida o'tayotgan yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi mas'ullari, Milliy olimpiya qo'mitasi va uning viloyatlar ijrochi direktorlari, Milliy paralimpiya qo'mitasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalari boshliqlari, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari direktorlari, sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari rahbarlari ishtirok etishmoqda.


📝 Videoselektorda sportchilarimizning yirik sport musobaqalari, xususan Ozarbayjonda bo'lib o'tgan MDH o'yinlari, Bahraynda bo'lib o'tgan yoshlar Osiyo o'yinlaridagi natijalar tahlili, ayni kunlarda Saudiya Arabistonida o'tayotgan Islom birdamligi o'yinlaridagi ishtiroki yuzasidan axborotlar eshitilib tegishli ko'rsatmalar berildi.

🫥 Shuningdek, yig'ilishda joylardagi rahbarlarning kun tartibidagi masalalar yuzasidan hisobotlari eshitilib, yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar tanqidiy ko'rib chiqilmoqda.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍102
2025/11/06 07:18:21
Back to Top
HTML Embed Code: