Telegram Web Link
📍 Yuqori Chirchiq tumanining “Obodon” mahallasida yangi sport maydonchasi foydalanishga topshirildi

🔹 Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanining “Obodon” mahallasida joylashgan 28-maktab hududida zamonaviy vorkaut va stritbol maydonchasi foydalanishga topshirildi.

📑 Mazkur sport inshooti O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan 2025-yil “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida, mahalla fuqarolari va yoshlari tashabbusi bilan amalga oshirildi.


💬 Ochilish marosimida Toshkent viloyati Sport boshqarmasi xodimlari, mahalla nuroniylari, maktab jamoasi, yoshlar hamda faol fuqarolar ishtirok etishdi.

➡️ Chekka hududda barpo etilgan ushbu sport maydonchasi mahalla yoshlari va o‘quvchilarga sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda muntazam sport bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyat yaratadi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
📍 Farg'onada “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari davom etmoqda

🔹 Bugun Farg‘ona davlat universiteti basketbol maydonida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning stritbol (o‘g‘il bolalar) turi bo‘yicha fakultetlararo universitet II bosqichi musobaqalariga start berildi.

➡️ Mazkur musobaqa talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

⚡️ Musobaqalar davomida jamoalar o‘zaro murosasiz kurash olib borib, g‘oliblar keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun bellashmoqdalar.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1👏1
"Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlari — aholi salomatligini mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlardan biri

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 1-2 sonli sport maktablari, Mahalla uyushmasi, Nuroniyal jamg'armasi bo'limi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorlikda aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faolligini oshirish hamda salomatligini mustahkamlash maqsadida "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini o‘tkazish jarayonlariga start berildi.

Mazkur tadbirda 30 yoshdan 70 yoshgacha va undan katta yoshdagi fuqarolar faol ishtirok etmoqda. Sport sinovlari aholining jismoniy holatini baholash, ularni sportga jalb etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
4👍4
2025/10/31 15:47:53
Back to Top
HTML Embed Code: