Telegram Web Link
📍 Farg'onada “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari davom etmoqda

🔹 Bugun Farg‘ona davlat universiteti basketbol maydonida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning stritbol (o‘g‘il bolalar) turi bo‘yicha fakultetlararo universitet II bosqichi musobaqalariga start berildi.

➡️ Mazkur musobaqa talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

⚡️ Musobaqalar davomida jamoalar o‘zaro murosasiz kurash olib borib, g‘oliblar keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun bellashmoqdalar.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1👏1
"Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlari — aholi salomatligini mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlardan biri

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 1-2 sonli sport maktablari, Mahalla uyushmasi, Nuroniyal jamg'armasi bo'limi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorlikda aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faolligini oshirish hamda salomatligini mustahkamlash maqsadida "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini o‘tkazish jarayonlariga start berildi.

Mazkur tadbirda 30 yoshdan 70 yoshgacha va undan katta yoshdagi fuqarolar faol ishtirok etmoqda. Sport sinovlari aholining jismoniy holatini baholash, ularni sportga jalb etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
4👍4
💪 Sport vaziri Adkham Ikramov Bahrayn-2025 III Osiyo yoshlar o‘yinlarida ishtirok etayotgan muay-taychilarimiz bilan uchrashdi

🏆Ayni kunlarda Bahraynda xizmat safarida bo‘lib turgan Sport vaziri Adkham Ikramov Bahrayn-2025 III Osiyo yoshlar o‘yinlarida ishtirok etayotgan muay-tay bo'yicha sportchilarimiz bilan muloqot qildi.

✔️Uchrashuvda Sport vaziri terma jamoamiz a’zolariga oldinda turgan bahslarda muvaffaqiyat tiladi.

📑 Bahrayn-2025 III Osiyo yoshlar o‘yinlarida muay-tay bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi jami 10 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda.

🧾 Muay-tay bo'yicha bugungi bahslarda terma jamoamiz a'zolari Zaynab Isanova(-45kg), Doston Abduvaliyev (-45kg), Shohjahon Abduvaliyev (-48kg), Asadbek Turdiboyev (-51kg), Jasmina Ochilova (-54kg), Muzaffar Nurxo'jayev (-54kg), Mirjalol Nabiyev (-57kg) va Shaxruz Davronov (-60kg) bahslarga kirishishadi.

Sportchilarimizga omad yor bo'lsin!

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍93🎉1
2025/10/31 12:51:05
Back to Top
HTML Embed Code: