Telegram Web Link
Yuqoridagi ikki grafikda Xitoy eksportida so‘nggi 10 yilda ulushi yuqori oshgan va kamaygan tovarlar keltirilgan.

Eksportdagi ulushi avtomobillar (+2,3 foiz band oshgan), mikroprotsessorlar va integral sxemalar (+1,9 foiz band), elektr akkumulyatorlar (+1,5 foiz band) kabi tovarlarda yuqori o‘sgan bo‘lsakompyuterlar va ularning qismlari (-2,5 foiz band qisqarish), zargarlik buyumlari (-1,7 foiz band) kabi tovarlarning eksportdagi ulushi yuqori darajada qisqargan.

Shuningdek, eksporti qisqargan tovarlar orasida tekstil va charm sanoati mahsulotlari talaygina. Eksporti oshgan tovarlar orasida esa nisbatan yuqori texnologiyali tovarlar ulushi ko‘proq. Albatta, bu borada kompyuter va ularning qismlari eksporti ulushining qisqarishi istisno. Bu holat savdo urushi va geosiyosiy keskinliklar natijasida kompaniyalarning ishlab chiqarishni Osiyoning boshqa davlatlariga ko‘chirganligi bilan izohlanadi.

Umuman olganda, so‘nggi 10 yilda Xitoy eksportida nisbatan yuqori texnologiyali va yuqori qo‘shilgan qiymatli tovarlar eksporti oshib, taklif zanjirining nisbatan quyi bo‘g‘inidagi tovarlar eksportining qisqarish tendensiyasi kuzatilmoqda.

@Mirkonomika
Tug‘ilish darajasi (fertillik: har bir ayolga to‘g‘ri keladigan farzandlar soni) ko‘plab mamlakatlarda  asosiy muammoga aylanib bormoqda. Xususan, bu holat ayniqsa nisbatan daromadi yuqori mamlakatlarda o‘tgan asrning so‘ngidan buyon aholining tabiiy tiklanish darajasidan (2,1) past shakllanmoqda.  Dunyo bo‘ylab 1970 yilgacha 20 dan ortiq mamlakat tug‘ilishning tiklanish darajasiga yetib ulgurgan edi.  So‘nggi 4 yilda esa 7 ta mamlakatda tug‘ilish darajasi 2,1 dan pastga tushdi. 

Tug‘ilish darajasi past-o‘rta hamda past daromadli mamlakatlar tiklanish darajasidan yuqori bo‘lib, yuqori daromadli mamlakatlarning aksariyatida 2,1 dan sezilarli past shakllanmoqda.  Dunyoda eng ko‘p chaqaloq tug‘iladigan Hindistonda ham tug‘ilish darajasi 2020 yilda 2,1 dan pastga tushgan va hozir 1,95 ni tashkil etadi (grafikdagi eng katta aylana).

Mamlakatimiz esa hozircha tug‘ilish darajasi bo‘yicha nisbatan barqaror  holatda. Xususan, mintaqa bo‘yicha (Markaziy va Janubiy Osiyo) tug‘ilish darajasi faqatgina Afg‘oniston hamda Pokistondan pastroq bo‘lsa, daromad guruhimizdagi (past-o‘rta daromadli) mamlakatlarning mediana ko‘rsatkichidan yuqori shakllanmoqda.

BMTga ko‘ra, 2024 yilda mamlakatimizda tug‘ilish darajasi 3,49 ni tashkil etgan (rasmiy statistikamiz bo‘yicha 3,35). Taqqoslash uchun, bu ko‘rsatkich  Qozog‘istonda 2,98, Qirg‘izistonda 2,78, Tojikistonda 3,04 ga teng.  Shuningdek, mamlakatimiz fertillik darajasi so‘nggi 30 yilda deyarli qisqarmagan kam sonli mamlakatlardan biri. 1994 yilda mamlakatimizda fertillik 3,66 ni tashkil etgan. Ya’ni so‘nggi 30 yilda fertillik 0,17 ga pasaygan xolos. Pasayishning bunday kichikligi 2017 yildan keyingi davrda fertillikning sezilarli o‘sganligi bilan izohlanadi. Taqqoslash uchun, so‘nggi 30 yilda  fertillik Tojikistonda 1,75 bandga, Qirg‘izistonda 0.5 bandga pasaygan.

Qozog‘istonda esa 0,6 bandga oshgan. Bu holat Qozog‘istonda fertillik  mustaqillikning ilk yillarida keskin pasayganligi bilan izohlanadi. Xususan,  1988 yilda fertillik 3 ni tashkil etgan bo‘lsa, 1999 yilda 1,9 gacha pasaygan.  

@Mirkonomika
BMTga ko‘ra, mamlakatimizda tug‘ilish darajasi keyingi 30 yilda 2,46 gacha pasayadi.  2079 yildan keyin esa 2,1 dan (ya’ni aholining o‘rnini bosish darajasidan)  pastga tushadi.

 Shuningdek, tug‘ilish darajasi Turkmanistonda 2053 yilda, Qirg‘izistonda 2061 yilda, Tojikistonda 2068 yilda hamda Qozog‘istonda 2075 yilda  tiklanish darajasidan pastga tushishi prognoz qilinmoqda.
Tug‘ilish darajasining pasayishi tabiiyki vaqt o‘tishi bilan umumiy aholi sonining pasayishiga olib keladi. Yuqoridagi grafikda keyingi 25 yilda aholisi eng ko‘p qisqarishi kutilayotgan davlatlar keltirilgan.

Xususan, 2050 yilgacha Xitoy (-156 mln kamayadi), Yaponiya (-18 mln), Rossiya (-7,9 mln), Koreya (-6,5 mln)  kabi mamlakatlarda aholi eng ko‘p qisqarishi prognoz qilinmoqda.  

Mamlakatimiz aholisi esa 2050 yilga borib 52 mln kishiga (optimistik ssenariy  56 mln kishi), 2100 yilgacha esa 74 mln kishiga yetishi prognoz qilinmoqda (optimistik ssenariy 102,6 mln kishi).  

@Mirkonomika
​​Tug‘ilishlar soni qachon o‘sishni boshlaydi?

2023 yilda 962 ming chaqaloq tug‘ilgandan keyin ko‘pchilik 2024 yilda tug‘ilishlar soni 1 mlndan o‘tishini kutishgan edi. Lekin tug‘ilishlar soni 2024 yilda 926,4 mingtagacha qisqardi. Bu esa tabiiyki tug‘ilishlar bilan bog‘liq turli xavotirlarni keltirib chiqardi.

Men bu holatni vaqtinchalik holat  sifatida baholagan edim. Buni 1990-2000 yillarda  tug‘ilishlarning qisqarishi va aynan o‘sha avlod hozirgi kunga kelib farzand ko‘rishda asosiy rol o‘ynayotganligi bilan izohlagan edim.  Umuman olganda, bir nechta omillar  bu  fikrni qo‘llab quvvatlaydi.

Xususan, turmush qurush yoshining deyarli o‘zgarmasdan qolishiga qaramasdan, turmush qurishlar soni qisqarmoqda. 2024 yilda nikohlar soni oldingi yilga nisbatan 4,3 foizga qisqargan bu davrda o‘rtacha turmush qurush yoshi erkak va ayollarda 0,1 yoshga oshgan xolos. Ya’ni turmush qurishlar sonining qisqarishi asosan avlodlar sonidagi farq natijasida yuzaga kelayotgan bo‘lishi mumkin.

Boshqa tomondan fertillikda katta pasayish kuzatilmayapti. Xususan 2024 yilda tug‘ilishlar soni 3,7 foizga qisqargan bo‘lishiga qaramasdan fertillik darajasi 0,09 ga pasaygan, xolos.

Ya’ni yuqoridagi faktorlar sabab mamlakatimizda tug‘ilishlar soni kelayotgan  yillarda yana qayta tiklanib o‘suvchi fazaga qaytishini taxmin qilgan edim.

 BMTning o‘rta prognoziga ko‘ra esa, tug‘ilishlar soni 2042 yilga kelib 2024 yildagi darajaga yetishi mumkin. Tug‘ilishlarning pasayishi esa 2033 yilgacha davom etib, 2034 yildan yana o‘suvchi trendga qaytishi prognoz qilinmoqda.

BMTning nisbatan optimistik prognozlariga ko‘ra esa, tug‘ilishlar joriy yilda 977 mingga yetib, 2023 yilgi darajadan oshadi. Lekin kelasi yillarda nisbatan volatillikni saqlab qolib 2036 yildan keyingina 1 mlnlik chegaradan o‘tadi. Menimcha bu prognoz amalga oshmasa kerak (hech bo'lmaganda qisqa muddatda) chunki joriy yilning 4 oyidagi ma’lumotlarga ko‘ra tug‘ilishlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,9 foizga qisqargan. Ya’ni  katta ehtimol bilan tug‘ilishlar soni joriy  yilda 977 mingga yetmaydi.

Pessimistik prognozga ko‘ra esa tug‘ilishlar soni har yili pasayib boradi va hech qachon 2023 yildagi darajaga qaytmaydi. Agar fertillik o‘zgarmasdan qolsa  2032 yilga borib tug‘ilishlar soni 2023 yilgi darajaga yetadi. Tug‘ilishlarning o‘suvchi trendi esa 2027 yildan (qayta) boshlanadi.

Hozircha, joriy yilning 4 oylik ma’lumotlarida ba’zi ijobiy tendensiyalar ko‘rinishni boshlagandek (agar vaqtincha omillar natijasida yuzaga kelayotgan bo‘lmasa). Xususan, turush qurishlar sonidagi qisqarish ilk ikki oyda 9,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 4 oyda qisqarish 6,7 foizgacha pasaygan. Turmush qurishlar sonidagi manfiy farqning yopilib borishi esa o‘z navbatida tug‘ilishlar soniga ham ijobiy ta’sir o‘tkazadi (ozroq lag bilan). Ammo hozircha bu borada aniq xulosa qilish qiyin.

@Mirkonomika
So‘nggi 2 kunda so‘m deyarli barcha valyutalarga nisbatan mustahkamlandi

(Lotin Amerikasining ba’zi davlatlari va yana bir ikkita davlatlar valyutalari istisno bo‘lgan).

Xususan, ikki kunda o‘rtacha kurs asosiy valyutalardan dollarga nisbatan 0,7 foizga, yevroga nisbatan 0,9 foizga, funtga nisbatan 1,2 foizga, iyenaga nisbatan 1,3 foizga hamda frankka nisbatan 1,1 foizga mustahkamlangan.  Shuningdek, asosiy hamkorlarimiz valyutalaridan  tengega nisbatan 1,8 foizga, yuanga nisbatan 0,8 foizgaliraga nisbatan 0,9 foizga mustahkamlangan. Rublga nisbatan esa deyarli o‘zgarmasdan qolgan. Lekin kunlik hisobda  so‘m rublga nisbatan bugun (19 iyun uchun rasmiy kurs) 0,2 foizga, kecha esa 0,4 foizga mustahkamlangan.

Bu holat so‘nggi kunlarda ichki va mamlakatimizga xos omillarining valyuta kursi o‘zgarishiga yuqori ta’sir qilganligi bilan izohlanishi mumkin. Masalan eksport tushumlarining ortishi, oltin eksportidan tushumlarning sterilizatsiya qilinishi, Oy boshida rublning biroz mustahkamlanishi natijasida tezlashgan pul o‘tkazmalarining lag (kechikkan) ta’siri yoki kutilmalarning o‘zgarishi (masalan, so‘mning nisbatan barqaror qolishi so‘mda jamg‘arishning jozibadorligi oshirmoqda, bu jamg‘aruvchilar tomonidan xorijiy valyuta taklifining oshirilishiga sabab bo‘layotgan bo‘lishi mumkin) . Shuningdek, so‘nggi kunlarda yaqin sharqdagi geosiyosiy vaziyatning keskinlashishi oltin narxining o‘sishiga olib keldi. Bu esa oltin eksportini yana oshirgan va ichki valyuta bozorida qulay shart sharoitlar yaratayotgan bo‘lishi mumkin.

@Mirkonomika
Federal Rezerv asosiy stavkani 4,25-4,5 darajada o‘zgarish qoldirdi.

Pauell iqtisodiyotning holati haqida to‘liqlaroq ma’lumotga ega bo‘lmaguncha “kutish rejimi” davom etishini lekin joriy yilda  foiz stavkasi ikki marta pasaytirilishi kutilayotganligini ma’lum qildi.  

 Shuningdek,  so‘nggi oylarda boshqaruvda foiz stavkasini pasaytirmaslikka ovoz beruvchilar  4 kishidan 7 kishiga yetgan.
Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVJ) Ijroiya kengashining mamlakatimiz bo‘yicha asosiy tavsiyalari.

Fiskal siyosat:

•Soliq tushumlarining YAIMga nisbatan ulushi kamayishini bartaraf etish hamda ijtimoiy va iqtisodiy o’sishni oshiruvchi ustuvor ehtiyojlar uchun fiskal imkoniyatlar yaratish maqsadida budjet xarajatlarining samaradorligini oshirish.

•Tashqi qarz olish bo‘yicha belgilangan limitlarga qat’iy rioya qilish va oltin narxlarining yuqoriligi sharoitida prosiklik fiskal siyosaydan cheklanish.

•Davlat korxonalari (DK) va davlat-xususiy sherikligi (DXSh) orqali yuzaga keladigan fiskal xavflarni monitoring qilish.

•Davlat moliyasini boshqarish (DMB) tizimini takomillashtirish hamda fiskal shaffoflikni ta’minlash.

Pul-kredit siyosati

•Ma’lumotlarga asoslangan pul-kredit siyosatini davom ettirish. Bazaviy inflyatsiya yoki inflyatsion kutilmalar pasaymasa, monetar sharoitlarni yanada qat'iylashtirish.

•Pul-kredit siyosatida kommunikatsiyani mustahkamlashni davom ettirish.

Valyuta kursining moslashuvchanligini oshirish.

Imtiyozli kreditlashni bosqichma-bosqich tugatish.

Mikrokreditlarning tez sur’atlarda o‘sishi bilan bog‘liq xavflarni yumshatish uchun qo‘shimcha makroprudensial choralarni ko‘rib chiqish.

Tarkibiy islohotlar

• Nazorat qilinadagi narxlar va tashqi savdoni liberallashtirish jarayonlarini yakunlash.

•Davlat korxonalarini qo‘llab-quvvatlashni tugatish hamda ilg‘or xalqaro tajribalar asosida xususiylashtirishni jadallashtirish.

•Boshqaruv sohasidagi islohotlarni davom ettirish, shu jumladan shaffoflik va hisobdorlikni oshirish.
So'nggi kunlarda Dollar kursi haqida:

Bugun ham dollar 60 so'mga qadrsizlanishi prognoz qilinmoqda.
2003 yilda 53 ta Afrika davlatlarining 18 tasi AQShga nisbatan Xitoy bilan ko’proq savdo qilgan bo’lsa, 2023 yilga kelib 54 ta mamlakatdan 52 tasi AQShdan ko’ra ko’proq Xitoy bilan savdo qilmoqda ekan (#)
Yaponiyaning guruch muammosi haqida

2024 yil boshidan buyon Yaponiyada  guruch narxi 2 barobarga oshgan. Ichki bozordagi muvozanatni saqlash maqsadida zaxiralardan foydalanilgan. Natijada,  zaxiralar hajmi  910 ming tonnadan 100 ming tonnagacha pasaygan. Guruch bilan bog‘liq tushunmovchilik sabab vazir iste’foga chiqqanligi haqida o‘qigan bo‘lsangiz kerak.

Yaponiya ichki guruch ishlab chiqaruvchilarini himoya qilish maqsadida guruch importiga judayam yuqori cheklovlar o‘rnatgan. Xususan, yiliga 770 ming tonna atrofidagi import tarifsiz import qilinadi, kvotadan o‘tgan  miqdor esa kg uchun 2,3 dollarlik bojga tortiladi. Import yiliga asosan kvota doirasida (700-750 ming tonna) shakllanadi.

Lekin import yillik iste’molning 10 foizini ham tashkil etmaydi hamda ichki bozordagi narx o‘zgarishiga katta ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega emas. Xususan, 2024 yilda guruch narxi sezilarli oshgan bo‘lishiga qaramasdan  import hajmi (tonnada) 6,4 foizga oshgan xolos. Ya’ni importdagi yuqori cheklovlar importning narx o‘zgarishiga reaksiya qilishiga to‘sqinlik qiladi.  

Lekin xaritada Yaponiyaning atrofiga qaralsa undan uncha uzoq bo‘lmagan masofada  dunyoning eng yirik guruch eksportyorlari joylashgan (Hindiston, Tayland, Vyetnam) hamda ularda guruch narxi Yaponiyaga nisbatan karrasiga arzonroq (pastdagi grafikka qarang). Bu uch davlat birgalikda 2023 yilda 34,4 mln tonna miqdorida guruch eksport qilgan. Bu Yaponiya yillik iste’molining 4,2 barobari.

Ya’ni Yaponiyadagi guruch muammosining oson va ta’siri tez bo‘lgan yechimi mavjud.  Lekin qaror qabul qiluvchilar ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish, oziq-ovqat xavfsizligi kabi sabablar bilan guruch uchun bojlarni pasaytirmaydi. Natija esa Yaponiyalik iste’molchilar guruch uchun aslida to‘lashi mumkin bo‘lganidan ko‘proq to‘lashi hamda ichki hosilga turli ta’sir qiluvchi omillar natijasida boshqalarga nisbatan yuqori narx volatilligini boshdan kechirishga majbur.

Yaponiya rivojlangan davlat u yerda guruch yetishtirish judayam qimmatga tushadi. Shu sababli Yaponiya guruchni o‘zidan daromadi karrasiga kamroq bo‘lgan Tayland, Vyetnam kabi davlatlardan import qilib, ortiqcha resurslarni o‘zi nisbatan ustunroq bo‘lgan sohalarda ishlatishi maqsadga muvofiq.

@Mirkonomika
Markaziy bank qancha ko‘p mustaqil bo‘lsa, inflyatsiya shuncha past bo‘ladi. (#)
So‘m mustahkamlanishda davom etmoqda

Quyida so‘nggi kunlarda ba’zi valyutalar kursining dollarga nisbatan o‘zgarishi keltirilgan. Grafikda so‘m Braziliya reali hamda Polsha Zlotiysidan keyin dollarga nisbatan eng yuqori mustahkamlangan valyuta bo‘lgan. So‘nggi 5 sessiyada so‘m dollarga nisbatan 0,7 foizga mustahkamlangan (agar bugungi prognozniyam qo‘shsak mustahkamlanish 1 foizdan oshadi).

Shuningdek, asosiy hamkorlarimiz valyutalaridan rubl bu davrda dollarga nisbatan 0,5 foizga, yuan esa 0,03 foizga mustahkamlangan.  Yevro (-0,7 foiz), iyena (-0,3 foiz) kabi valyutalar esa hafta davomida dollarga nisbatan eng yuqori qadrsizlangan valyutalar bo‘lgan.

So‘mning dollarga nisbatan mustahkamlanishi sabablari haqida oldindan yozib kelaman. Xususan, joriy mustahkamlanish AQSh va butun dunyo iqtisodiyotidagi noaniqliklar (dollarni qadri pasayishiga xizmat qilmoqda), yuqori oltin narxi fonida keskin o‘sayotgan oltin eksporti (4 oyda 5,6 mlrd dollarga yetgan), pul o‘tkazmalarining kutilmalarga nisbatan yuqori shakllanayotganligi (bunda rubl mustahkamlanishi katta rol o‘ynamoqda),  savdo balansidagi profitsit ( fevral, mart, aprel oylarida), kutilmalarning o‘zgarishi (jamg‘arish bo‘yicha qarorlarga ta’sir qilayotgan bo‘lishi mumkin),  kabi omillar bilan izohlanishi mumkin.

P.s tanlab olingan valyutalar  aniq kriteriya bo‘yicha tanlanmagan (biz va jahon iqtisodiyotiga muhimroq deb hisoblaganlarimni qoldirganman). Ya’ni grafikdagi valyutalarga nisbatan ko‘proq mustahkamlangan yoki qadrsizlangan  valyutalar mavjud.

@Mirkonomika
So‘m mustahkamlanmayaptimi?

Albatta bu savolga javob berishda qaysi davrga hamda qanday kursga (real yoki nominal) murojaat qilinayotganligi judayam muhim. Masalan Yuliy Yusupov yil boshiga nisbatan taqqoslashlar orqali so‘m mustahkamlangani yo‘q degan fikrni ilgari surgan. Lekin iqtisodchi keltirgan argumentlar ayni vaqtdagi shart-sharoitlarni  to‘liq tushuntirib berolmaydi deb o‘ylayman.

Masalan, so‘mning yevro yoki rublga nisbatan qadrsizlanishining asosiy qismi bir necha oy oldin sodir bo‘lgan bo‘lib, hozirgi reallikni yaxshi ifodalamaydi.  Xususan, so‘mning rublga nisbatan qadrsizlanishini asosiy qismi fevral (-9.4 foiz) hamda mart (6.8 foiz) oylariga to‘g‘ri keladi. Yevroga nisbatan esa  mart (-3,2 foiz) hamda aprel (-3,9 foiz) oylarida asosiy qadrsizlanish yuz bergan. Keyingi oylarda so‘mning rublga nisbatan qadrsizlanishi davom etgan bo‘lsa-da,  qadrsizlanish ancha mo‘tadillashgan. Yevroga nisbatan esa may oyidan qadrsizlanish deyarli to‘xtagan.

Iyun oyida esa (hozirgacha bo‘lgan davr uchun o‘rtacha kurs) so‘m rublga nisbatan 0,6 foizga qadrsizlangan bo‘lsa yevroga nisbatan  0.11 foizga mustahkamlangan. Lekin joriy oydagi rublga nisbatan qadrsizlanishning asosiy qismi oyning boshida sodir bo‘lgan. So‘nggi 5 ta sessiyadan buyon esa so‘m rublga nisbatan mustahkamlanmoqda. O‘zi umuman so‘nggi 5-6 ta sessiyadan buyon so‘m deyarli barcha valyutalarga nisbatan mustahkamlanmoqda (masalan bugun barcha valyutalarga nisbatan mustahkamlangan).  Men bu  hodisani ichki  yoki faqatgina mamlakatimizga xos omillarning so‘m kursiga ta’sir yuqori ta’sir o‘tkazayotganligi bilan izohlagan edim.  

 Albatta, so‘mning faqatgina dollarga nisbatan mustahkamlanishi real valyuta kursining qanday o‘zgarayotganligi haqida hech narsa aytolmaydi. Lekin  nominal kursning (NEER) o‘zgarishi real kursning o‘zgarishida juda muhim rol o‘ynaydi. Yuqorida aytganimdek,  xuddi nominal kurs kabi real kursning qadrsizlanishi ham asosan o‘tgan oylarga xos tendensiya bo‘lib, joriy iyun oyi uchun reallikni ifodalamaydi. Xususan,  real valyuta kursi fevral oyida 3,4 foizga, mart oyida 0,8 foizga, aprel oyida 1,8 foizga qadrsizlangan (shaxsiy hisob kitoblarim).  

Lekin savdo ulushlari hamda  hamkorlarimizda inflyatsiya oldingi oydagi kabi shakllansa, real kurs iyun oyida taxminan 1 foiz atrofida mustahkamlanadi. Ya’ni iyun oyida so‘m katta ehtimol bilan nominal ko‘rsatkichlarda ham real ko‘rsatkichlarda ham mustahkamlanmoqda.

Dollarning qadrsizlanishi ham asosan oldingi oylardagi tendensiya hisoblanadi. Masalan, dollar indeksi  mart oyida 2,9 foizga, aprel oyida esa 3,3 foizga qadrsizlangan.  Keyingi oylarda esa dollar indeksining kuchsizlanishi sezilarli pasaygan (may oyida 0,7 foiz, iyun 1,4 foiz). So‘nggi voqealar fonida esa dollar indeksi yana mustahkamlanish fazasiga qaytgandek (lekin  hozircha nimadir deyish qiyin).

Umuman olganda, so‘mning dollarga nisbatan mustahkamlanayotganligini faqatgina  dollarning qadrsizlanishi va AQShdagi noaniqliklar bilan izohlash unchalik to‘g‘ri emas. Ya’ni bu bizga to‘liq javobni berolmaydi. Bundan tashqari,  Dollarning jiddiy qadrsizlanish esa davri allaqachon orqada qolib bo‘lgandek.

Bir necha oy oldin so‘mning mustahkamlanishi yoki barqaror qolishini dollarning qadrsizlanishi bilan izohlash  orqali asosiy o‘zgarishlarni (hammasini emas) tushuntirib berish mumkin bo‘lgandir lekin hozir unday emas. Ayniqsa iyun oyida so‘m nafaqat dollarga nisbatan balki deyarli barcha valyutalarga nisbatan mustahkamlanmoqda. Shuningdek, real ko‘rsatkichda ham mustahkamlanish yuz bermoqda. Ya’ni so‘m tom ma’noda mustahkamlanmoqda.

@Mirkonomika
Tashqi savdo. Oltin, energiya, xizmatlarsiz eksport qisqargan

May oyida 1 mlrd dollar qiymatdagi oltin eksport qilingan.  Joriy yilning 5 oyida oltin eksporti 6,5 mlrd dollarga yetgan.

Oy davomida eksport hajmi 2,9 mlrd dollarni tashkil etib, Oldingi yilning mos davirga nisbatan eksport 16,8 foizga o‘sgan. Import esa 3,8 mlrd dollarni tashkil etib, 6,5 foizga o‘sgan.  Oy davomida energiya tovarlar eksportining o‘sishi sezilarli tezlashgan. Xususan, oy davomida  energiya tovarlari eksporti 58,9 foizga o‘sgan. Xizmatlar eksportining o‘sish sur’ati esa oldingi oydagi 33,2 foizdan 19,8 foizgacha sekinlashgan (baribir nisbatan yuqori o‘sishi sur’ati).

Oltinsiz eksportning o‘sish sur’ati 9,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, oltin, energiya tovarlari hamda xizmatlarsiz eksport 1,1 foizga qisqargan. Qisqarish qaysi tovarlar hisobiga yuz berayotganligini hozircha aytish qiyin.

Davlatlar kesimida Xitoydan import nisbatan yuqori o‘sishda davom etmoqda (savdo urushi boshlanishi arafasida taxmin qilgandim).  Xususan, oy davomida  Xitoydan import 16 foizga o‘sgan. Shuningdek, Rossiya (23 foiz), Germaniya (55 foiz), Hindiston (69 foiz) kabi davlatlardan ham import nisbatan yuqori sur’atlarda o‘smoqda. Janubiy Koreya (-44 foiz) va AQSh (-49 foiz) kabi hamkorlardan esa oylik import qisqargan.

Xitoydagi ichki talab hamda qo‘shimchasiga savdo urushining ta’siri natijasida  Xitoyga oylik eksport ketma-ket ikkinchi oydirki qisqarmoqda. Xususan, oy davomida Xitoyga eksport 17,2 foizga qisqargan.  Shuningdek, Turkiya (-18,8 foiz),  Tojikiston (-6,2 foiz) kabi hamkorlarga  oylik eksport qisqargan.  Fransiya (68,4 foiz), BAA (2,4 barobar) kabi hamkorlarga esa eksport nisbatan yuqori sur’atlarda o‘smoqda. Oldinroq BAA ga oltin eksport qilganligimiz haqida yozgandim.

 @Mirkonomika
Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVJ) Markaziy bankka valyuta kursining kengroq diapazonda harakatlanishiga imkon berishni tavsiya qilgan.

XVJ Markaziy bankning valyuta bozoriga aralashuvini ikki asosiy holat bilan cheklash maqsadga muvofiq deb hisoblaydi: birinchidan, betaraflik tamoyiliga  rioya qilish – ya’ni mahalliy oltin ishlab chiqaruvchilardan xarid qilingan oltin qiymatiga tenglashtirilgan miqdorda xorijiy valyuta sotish orqali likvidlik ta’sirini neytrallashtirish;

ikkinchidan, COVID-19 pandemiyasi va  Rossiya-Ukraina urishining boshlanish yilidagi kabi, valyuta kursining haddan ziyod o‘zgaruvchanligi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda. Bunda, favqulodda vaziyatlar mezonlari aniq belgilanishi zarur, bu esa noaniqlikni kamaytirish va bozor ishtirokchilarining kutilmalarini shakllantirishni osonlashtiradi.

2024-yil davomida Markaziy bank betaraflik tamoyili nazarda tutganidan kam hajmda xorijiy valyuta sotganligi hisobga olinib, kalendar yil doirasida ushbu tamoyilga qat’iy rioya qilish zarurligi ta’kidlangan. Bunday yondashuv valyuta kursining moslashuvchanligini oshiradi.

So‘nggi vaqtlarda valyuta kursining nisbatan yuqori diapazonda o‘zgarayotganligi (qadrsizlanish ham mustahkamlanish ham) yuqoridagi tavsiyalarning natijasi bo‘lishi mumkin.
XVJ:

Mavjud pensiya tizimi o‘rta muddatli davrda barqarorligini hamda pensiya oluvchilarga munosib nafaqa to‘lovlarini ta’minlash maqsadida isloh qilinishi lozim.

Ushbu maqsadga quyidalar orqali erishish mumkin:

1. Pensiya yoshining past ko‘rsatkichlarini bosqichli ravishda oshirish;

2. Ayrim tashkilot kategoriyalari uchun belgilangan imtiyozli badal stavkalarini bosqichma-bosqich bekor qilish bilan bir vaqtda standart badal stavkasini oshirish;

3. Pensiya nafaqasi miqdorini mehnat faoliyati davomidagi o‘rtacha daromad asosida hisoblash;

4. Avtomatik narx indeksi asosidagi pensiya indeksatsiya mexanizmini joriy qilish.
Soliq siyosati yo‘nalishida

“XVJ texnik ko‘magi tavsiyalariga muvofiq, e’tibor, avvalo, ayrim aksiz soliqlarini (masalan, alkogol mahsulotlari, yoqilg‘i, avtotransport vositalari va shakar) oshirishga qaratilishi lozim (bu daromadni YAIMga nisbatan 1,1 foiz bandgacha oshirishi mumkin). Bu esa soliq bazasini kengaytirishga qaratilgan choralar bilan to‘ldirilishi kerak. Bunday choralar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

(i) investitsiyalar bo‘yicha imtiyozlarni qisqartirish, yuridik shaxslar daromad solig‘ida daromadga bog‘liq imtiyozlarni qayta ko‘rib chiqish (mavjud imtiyozlarni kengaytirish yoki yangilarini joriy etishdan tiyilish) – bu ham daromadni YAIMga nisbatan 1,1 foiz bandgacha  oshiradi;

(ii) samarasiz bojxona imtiyozlarini bekor qilish hamda yangilarini bermaslik – bu esa daromadlarni YAIMga nisbatan 3,2 foiz bandgacha  oshirishi mumkin.

Soliq tizimini adolatliroq qilish uchun jismoniy shaxslar daromad solig‘i tizimini progressiv shaklga o‘tkazilishi zarur”.
So‘m va dollar bir vaqtda qadrsizlanmoqda

Bir necha kunlik mustahkamlanishdan keyin so‘m uchta sessiyada  dollarga nisbatan (uch kundagi o‘rtacha kurs) 0,28 foizga qadrsizlandi (kunlik kurs mos ravishda 0,36 foiz, 0,6 foiz, 0,43 foiz ).

So‘m bilan bir vaqtda dollar ham boshqa valyutalarga nisbatan qadrsizlangan. Bir necha kun   oldin Yaqin sharqdagi keskinliklarning ortishi fonida dollar mustahkamlanishni boshlagandek ko‘ringandi. Lekin keyinchalik yana qadrsizlanish fazasiga qaytdi. Xususan, so‘nggi uchta sessiyadan dollar indeksi 1,1 foizga qadrsizlandi.

@Mirkonomika
2025/06/27 09:11:33
Back to Top
HTML Embed Code: