Press-relizdan muhim iqtiboslar:

*Umumiy inflyatsiya yil boshidan pasayib, fevral oyida 8,3 foizni tashkil etdi. Biroq, so‘nggi oylarda yuqori talab va bir qator tartibga solinadigan narx va tariflarning oshishi fonida xizmatlar inflyatsiyasi tezlashishi kuzatildi. Bundan tashqari, aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari deyarli o‘zgarishsiz, yuqoriligicha qolmoqda.

*Joriy yil oxiriga inflyatsiya 8-9 foizlik prognoz diapazoni doirasida shakllanishi kutilmoqda. Prognoz davrida tartibga solinadigan narxlar o‘zgarishi va ularning inflyatsion kutilmalarga ta’siri bo‘yicha noaniqliklar saqlanib qolmoqda.

*Birinchi chorak yakunlari bo‘yicha iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari nisbatan yuqoriroq shakllanishi, keyingi choraklarda esa bazaviy prognoz doirasida 5,5-6 foiz bo‘lishi borasidagi kutilmalarni kuchaytirmoqda.  

*O‘tgan yilgi va joriy yil boshidagi yuqori fiskal xarajatlar kelgusi choraklarda yalpi iste’mol faolligini qo‘llab-quvvatlovchi asosiy drayverlardan bo‘ladi

*Import dinamikasida mashina va uskunalar, energetika va neft mahsulotlari, qora metallar importining yuqori o‘sishi davom etishi bir tomondan kelgusida ishlab chiqarish hajmlari oshishiga zamin yaratsa, ikkinchi tomondan savdo balansi taqchilligining saqlanib qolishini ham bildiradi. 

*Joriy operatsiyalar hisobining muvozanatga kelishi belgilangan fiskal intizomning ta’minlanishi, xorijiy investitsiyalar oqimi va iqtisodiyotni ekspor salohiyatini oshirishga qaratilgan tarkibiy islohotlarning natijadorligiga bog‘liq bo‘ladi.

*Pul-kredit siyosati operatsion mexanizmiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishlar qisqa muddatli pullar narxini pasaytirish orqali kelgusida kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining ham pasayishiga zamin yaratib boradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O’zbekistondagi mahalliylashtirish-bu saraton.
Mamlakatimizga yangi avtomobil zavodlarining kirib kelishi, ichki bozorda narx orishishi va savdoga ochilishimizni ortga surishi haqida 2020-yil sentabr oyida yozgan edim

Ayrim iqtiboslar:

Yangi zavodning paydo bo’lishi Uz Auto Motorsning sotuv hajmiga salbiy ta’sir qiladi. Bu esa, o’zi shundoq ham tannarxi qimmat bo’lgan avtomobillar narxining yanada oshishiga olib keladi(o’zgarmas xarajatlarning bitta avtomobilga tushadigan miqdori ortishi evaziga). Ya’ni yangi zavodning kirib kelishi hozirgi sharoitda ichki bozorda narxlar tushishiga emas balki oshishi olib keladi.

Tabiiyki, bu modellar o’zimizda ishlab chiqariladigan eng qimmat modellarga raqobatchi bo’ladi. Qimmat modellarga talabning kamayishi natijasida bu modellarning tannarxi oshadi. Zavod esa, bu modellarning bozordagi raqobatbardoshligini saqlab qolish uchun arzon(nisbatan noelastik) modellar narxini oshiradi.

Hozirgi vaziyatda Avtomobil ishlab chiqarishda ichki bozorga yangi ishlab chiqaruvchilar qancha ko’p kirib kelmasin, bu ichki bozordagi vaziyatni ijobiy tomonga o’zgartirmaydi(narxga salbiy ta’sir qilish ehtimoli katta). Bundan tashqari, yangi kirib kelayotgan ishlab chiqaruvchilar import bojlari pasaytirilishini ortga surish ehtimoli yuqori. Chunki yangi ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarishni aynan mamlakatimizda tashkil qilayotganliklari uchun hukumatdan turli imtiyozlar so’rashining ehtimoli yuqori(bojlarni yuqori ushlab turish kabi).
Tashqi savdo Yanvar-fevral

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida mamlakatimizning tashqi savdo aylanmasi qariyb 10 mlrd dollarga  yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,5 foizga o‘sgan. Bunda eksport hajmi 3,6 mlrd dollar (o‘sish 13,6 foiz), import esa 6,3 mlrd dollar (o‘sish, 8,7 foiz). Bir qarashda eksportning importdan yuqoriroq o‘sayotganligi  tashqi savdo defitsitini qisqartirishga zamin yaratadigandek tasavvur uyg‘otayotgan bo‘lsa-da aslida unday emas.

Birinchidan oylik eksportning nisbatan yuqori o‘sishi fevral oyida amalga oshirilgan 1,3 mlrd dollarlik oltin eksporti bilan izohlanadi. Xususan, fevral oyida oylik eksport 2,3 barobarga o‘sgan.  Ammo oltinsiz eksport fevral oyida 10 foizga o‘sgan, xolos. Taqqoslash uchun yanvar oyida oltinsiz eksportning o‘sish surati 20 foizni tashkil etgan edi.

Ikkinchidan, importning nisbatan past o‘sish surati 2023-yil yanvar oyidagi yuqori baza effekti bilan izohlanadi ( 2023-yil yanvar oyida qiymati 633 mln dollar bo‘lgan 13 ta samolyot import qilingan edi). Shu sababli yanvar oyida umumiy import bor yo‘g‘i  4 foizga o‘sgan xolos, fevral oyida esa oylik importning o‘sish 14 foizga yetgan.

Mamlakatlar kesimida  Rossiyaga eksportning o‘sishi sekinlashib fevral oyida oylik eksport 3 foizga o‘sgan (yanvar oyida 8 foiz). Xitoyga esa  yanvar oyidan buyon oylik eksport yuqori suratlarda o‘smoqda, xususan, yanvar oyida oylik eksport 2 barobar oshgan bo‘lsa, fevral oyida 66 foizga oshgan. Rossiyaga eksportning qisqarishi oldingi yildagi  yuqori baza effekti bilan (2023-yil fevral oyida  42 foizga o‘sgan edi) izohlanadi.

Turkiya va Qirg‘izistonga eksport yuqori suratlarda qisqarishda davom etmoqda.  Xususan, fevral oyida oylik eksport Turkiyaga 21 foizga (yanvarda 20 foiz), Qirg‘izistonga 58 foizga (yanvarda 38 foizga) qisqargan. Yanvar oyidagi yuqori o‘sishdan keyin Qozog‘istonga ham eksport  12 foizga qisqargan. Tojikiston (o‘sish 13 foiz) va Afg‘onistonga (17 foiz) esa eksportimiz nisbatan sog‘lom suratlarda o‘sishda davom etmoqda.

Fevral oyida Rossiyadan oylik import tezlashgan bo‘lsa,  Xitoydan importning o‘sishi  7 oy deganda biroz sekinlashgan (avtomobil importining sekinlashganligi bilan izohlanishi mumkin). Xususan, Rossiyadan oylik import fevral oyida 42 foizga o‘sgan bo‘lsa (yanvarda 12 foiz), Xitoydan import 21 foizga (yanvar oyida 108 foiz) o‘sgan xolos.

Qozog‘iston va Turkiyadan importimiz qisqarishda davom etayotgan bo‘lsa,  Tojikistonda import yuqori suratlarda o‘smoqda. Xususan, oylik import fevral oyida Turkiyadan 22 foizga, Qozog‘istonda 17 foizga qisqargan bo‘lsa,  Tojikistondan  oylik import 3,3 barobarga oshib 39 mln dollarga yetgan (bunday yuqori import o‘sishiga nima sabab bo‘lganini aniq aytish qiyin). Qirg‘izistondan import esa 23 foizga qisqargan.

Umuman olganda oldingi yilda kuzatilgan tendensiya qo‘shnilar (shuningdek Turkiya) bilan savdo aloqalarimiz yomonlashishda davom etmoqda.
Dr. Shoiraxon Nurdinova "Xulq-atvor iqisodiyoti" ga oid o‘quv qo‘llanma yozibdi. Kitobda xulq-atvor iqtisodiyotining mazmun-mohiyati, tarixiy rivojlanishi va nazariy asoslari yoritilgan.

Shuningdek, Qo‘llanmada xulq-atvor iqtisodiyotining klassik iqtisodiyot bilan o‘xshashlik va farqlari, qaror qabul qilish nazariyalari, xulq-atvor iqtisodiyotida tajribalar kabi mavzularga alohida e’tibor berilgan. Qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining magistrantlari uchun mo‘ljallangan.

Kitobni xarid qilish uchun:
https://asaxiy.uz/product/dr-shoirahon-nurdinova-hulq-atvor-iqtisodiyoti

#tavsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yillar kesimida joriy operatsiyalar hisobi defitsiti va uning YAIMga nisbatan o'zgarishi
To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar sezilarli qisqargan.

 2023 yil davomida   mamlakatimizga moliyaviy oqim  6,6 mlrd dollarni tashkil etgan. Umuman olganda moliyaviy oqimning qariyb 70 foizi 4 chorakka to‘g‘ri keladi.

Bunda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning sof oqimi 2,2 mlrd dollarni tashkil etib, 2022 yilga nisbatan 16 foizga yoki 425 mln dollarga qisqargan.

Portfel investitsiyalar hajmi qariyb 1 mlrd dollarni tashkil etgan. Bu oktyabr oyida  chiqarilgan 4,25 trln so‘m miqdoridagi "yashil" suveren xalqaro obligatsiyalar hamda 660 mln dollar miqdoridagi xalqaro obligatsiyalar bilan izohlanadi.

Umuman olganda to‘rtinchi chorakda to‘lov balansida moliyaviy oqimning yuqori darajada o‘sishi  natijasida umumiy oqim  joriy operatsiyalar hisobi defitsitiga nisbatan  900 mln dollarga ko‘proq bo‘lgan, bu esa to‘rtinchi chorakda  zaxiralar hajmining qariyb 1,9 mlrd dollarga oshishiga zamin yaratgan. Ammo oldingi choraklardagi nomutanosibliklar hisobiga zaxiralar hajmi 2023-yilda 2,7 mlrd  dollarga qisqargan.

 Menimcha, yuqori o‘sishda davom etayotgan (2023-yilda 6 foiz) davlatga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning sezilarli qisqarishini kelajak uchun xavotirli signal sifatida qabul qilinishi kerak. 

So‘ngi 5 yilda faqatgina  pandemiya kuzatilgan 2020-yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimida qisqarish kuzatilgan edi. O‘shanda iqtisodiy o‘sish 2 foizgacha sekinlashgan.  2023-yilda esa o'sish 6 foizni tashkil etib, 2022-yilga nisbatan 0,3 foizga tezlashgan.
Yillar davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va uning YAIMga nisbatan o‘zgarishi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ramazon hayiti muborak bo’lsin!
Valyuta kursi o‘zgarishining inflatsiyaga ta’siri borasidagi xavotirlar oshgan

Rasmiy inflatsiyaning pasayishi fonida inflatsion kutilmalar ham pasayib bormoqda. Mart oyida aholining inflatsion kutilmalari 0,2 foiz bandga pasayib 12,8 foizni tashkil etgan. Sezilgan inflatsiya esa o‘tgan oydagi kabi 12,7 foiz darajada saqlanib qolgan.

Kelajakdagi asosiy inflatsion xavotir valyuta kursining o‘zgarishi bo‘lib qolmoqda. Xususan, mart oyida respondentlarning 61 foizi valyuta kursining o‘zgarishini asosiy xavotir sifatida ko‘rgan. Taqqoslash uchun fevral oyida respondentlarning 56 foizi valyuta kursining o‘zgarishini asosiy xavotir sifatida ko‘rgan edi. Umuman olganda valyuta kursi to‘g‘irlangan avgust oyida valyuta kursining o‘zgarishi bo‘yicha xavotirlar 70 foizgacha yetgan edi. Joriy yil mart oyidagi ko‘rsatkich 2023-yil sentyabr oyidan buyon kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Mart oyida yana bir ko‘zga tashlanadigan o‘zgarish monopoliya va narxlarning sun’iy oshirilishi bo‘yicha xavotirlar sezilarli oshgan. Xususan, 35 foiz respondentlar narxlarning sun’iy oshirilishidan xavotirda. Bu holatni so‘ngi oylardagi tendensiyalar bilan izohlash mumkin (menimcha aprelda narxlarning sun’iy oshirilishi bo‘yicha xavotirlar yanada oshadi).

Aholi orasida yoqilg‘i va energiya resurslari narxining oshishi bo‘yicha xavotirlar oldingi oyga nisbatan biroz pasayib yanvar oyidagi darajaga qaytgan, ammo energiya resurslari narxining oshishi haligacha valyuta kursining o‘zgarishidan keyingi ikkinchi yirik xavotirligicha qolmoqda.

Boy aholining inflyatsion kutilmalari va sezgan inflatsiyasi sezilarli darajada yomonlashgan. Xususan, mart oyida 15 mln so‘mdan yuqori daromad oluvchi aholining inflatsion kutilmalari oldingi oyga nisbatan 3,1 foiz bandga yomonlashib 19,2 foizga yetgan. Kam daromad oluvchi aholi qatlamining esa inflation kutilmalari yaxshilanishda davom etmoqda. Xususan mart oyida 2 mln so‘mgacha daromadga ega aholi qatlamining inflatsion kutilmalari 11,1 foizni tashkil etib, fevral oyiga nisbatan 2 foiz bandga pasaygan.

Bu holatni oldin ham yozganimdek xizmatlar inflatsiyasining oziq-ovqat mahsulotlari inflatsiyasiga nisbatan yuqoriligi bilan izohlash mumkin. Ya’ni nisbatan daromadi yuqori aholi qatlami iste’molida xizmatlarning ulushi nisbatan yuqori bo‘lib xizmatlar narxining tezroq o‘sishi boy aholi qatlamiga past daromadlilarga nisbatan ko‘proq seziladi. Xususan, mart oyida xizmatlar inflatsiyasi 0,7 foizni tashkil etgan, oziq-ovqatlar inflatsiyasi esa 0.2 foizni tashkil etgan.

Umuman olganda, aprel oyida inflatsion kutilmalar va sezilgan inflatsiya rasmiy inflatsiyaga monand biroz pasayishi yoki mart oyidagi darajada saqlanib qolishing ehtimoli yuqori. Menimcha valyuta kursining qadrsizlanishi va narxlarning sun’iy oshirilishi bo’yicha xavotirlar oshishda davom etadi.
Aksariyat asosiy savdo hamkorlarimiz bilan oylik savdo qisqargan.

Yanvar-mart oylarida mamlakatimizning tashqi savdo aylanmasi 6,2 foizga o‘sib, 15,8 mlrd dollarni tashkil etgan. Bunda, eksport hajmi 6,4 mlrd dollar (o‘sish 10 foiz), import hajmi esa 9,4  mlrd dollarni (o‘sish 3,8 foiz)  tashkil etgan.

Mart oyida oltinning yuqori narxi fonida 1,3 mlrd dollarlik  oltin eksporti amalga oshirilgan.

 Oylik oltinsiz eksport 9,8 foizga o‘sib o‘sish surati oldingi oyga nisbatan biroz sekinlashgan (0,4 foiz). Oylik eksport asosiy hamkorlarimizdan faqatgina Qozog‘istonga biroz o‘sgan bo‘lsa (o‘sish 6 foiz), qolgan barcha asosiy hamkorlarimizga eksportimiz sezilarli darajada qisqargan. Xususan, mart oyida oylik eksport Rossiyaga 20 foizga,  Xitoyga 46 foizga,  Turkiyaga 35 foizga qisqargan.

Qo‘shnilarimizdan Qirg‘izistonga eksport bir necha oylik qisqarishdan (fevral oyida 58 foizga, Yanvar oyida 38 foizga qisqargan) keyin 15 foizga o‘sgan bo‘lsa, Tojikistonga eksport mart oyida 42 foizga qisqargan. Afg‘onistonga esa eksportning o‘sishi tezlashib 34 foizga yetgan.

 Mart oyida oylik import  5 foizga qisqargan  Asosiy savdo hamkorlarimizdan faqatgina Rossiyadan import o‘sayotgan  (23 foiz) bo‘lsa, qolgan asosiy hamkorlarimizdan import qisqarishga uchragan. Xususan, import Xitoydan 8 foizga,  Qozog‘istondan 14 foizga, Turkiyadan 3 foizga qisqargan.

Xitoydan import 2023-yil iyul oyidan buyon yuqori suratlarda o‘sayotgan edi (avtomobil kabi tovarlar importning yuqori suratlarda o‘sishi evaziga), fevral oyida  Xitoydan import sezilarli darajada sekinlashgan bo‘lsa, mart oyiga kelib import qisqarishni boshlagan.

Qo‘shnilarimiz Qirg‘iziston va  Tojikistondan import mos ravishda 35 foiz va 22 foizga qisqargan.
Markaziy bank 2024-yil I chorak uchun aholining qarz yuki darajasini aniqlash bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazayotgan ekan.

So‘rovnomada ishtirok eting, bir necha daqiqa vaqtingizni oladi, xolos.

So'rovnoma: @cbudebtburdenbot
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajada o’zgarishsiz qoldirish bo’yicha qaror qabul qildi.
Press-relizdan ayrim muhim iqtiboslar:

Iqtisodiyotda yuqori talabning saqlanib qolayotgani hamda ayrim tartibga solinadigan narxlar va tariflarning oshirilishi sharoitida xizmatlar inflyatsiyasi so‘nggi oylar davomida barqaror o‘sib bormoqda.

Bazaviy inflyatsiya sezilarli sekinlashib, mart oyida yillik 7,6 foiz va yil boshidan umumiy inflyatsiya darajasidan pastroq shakllandi.

Aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari inflyatsiyaning joriy va prognoz darajasidan yuqoriligicha qolmoqda. Shu bilan birga, tartibga solinadigan narxlarning to‘g‘rilanishi va aprel oyidan bir qator tovar va xizmatlarga QQS joriy etilishi ta’sirida inflyatsion kutilmalar dinamikasi yuqorilashi mumkin.

asosiy ssenariy bo‘yicha 2024 yilda umumiy inflyatsiya prognozi 9-11 foizgacha oshirildi. Umumiy inflyatsiya prognozini yangilanishi tartibga solinadigan narxlar oshishining pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarida keltirilgan makroiqtisodiy prognozlarida inobatga olingan dastlabki darajasidan yuqoriroq bo‘lishi bilan bog‘liq

Bazaviy inflyatsiyaning barqaror pasayish trayektoriyasida qolishi bo‘yicha mustahkam kutilmalar shakllanib, yil yakunida 7-8 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

So‘mning real almashuv kursi dinamikasi yil boshidan 0,9 foizga qadrsizlanib, uzoq muddatli trendi doirasida shakllandi. Tashqi savdo hamkorlar milliy valyutalari kurslari va inflyatsiyalari bo‘yicha prognozlarni inobatga olganda real almashuv kursiga nisbatan bosimlar kuzatilmayapti.

Yangilangan prognozlarga ko‘ra, YAIM o‘sishi yil yakuniga 5,2-5,7 foiz oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda.

 Ayni paytda, bazaviy inflyatsiyaning prognoziga erishish bo‘yicha xatarlar kuchayib, kelgusi davrlarda aholining inflyatsion kutilmalarida sezilarli o‘sish kuzatilgan taqdirda pul-kredit sharoitlarini o‘zgartirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.
Markaziy bankning asosiy stavkaning ko‘rib chiqish bo‘yicha  taqdim qilingan prezentatsiyaga ko‘ra joriy yilning birinchi choragida mamlakatimizga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 2,7 mlrd dollarni tashkil etganligi qayd etilgan. O‘tgan yilning mos davrida esa  to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar 1,1 mlrd dollarni tashkil etgan.

Agar to‘lov balansidagi ma’lumotlarga e’tibor qaratilsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tariximizda hech qaysi chorakda 1 mlrd dollarga yetmagan. Yillik oqim esa 2023 yilda 16 foizga qisqarib, 2,2 mlrd dollarni tashkil etgan.

Yanvar oyidagi press-konferensiyada to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 2023-yilda 7 mlrd dollarga yetganligi ta’kidlangan edi.
Mirkonomika
Markaziy bankning asosiy stavkaning ko‘rib chiqish bo‘yicha  taqdim qilingan prezentatsiyaga ko‘ra joriy yilning birinchi choragida mamlakatimizga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 2,7 mlrd dollarni tashkil etganligi qayd etilgan. O‘tgan yilning mos…
UNCTAD hisobotiga ko’ra, 2023-yilda Markaziy Osiyoga to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar 10 mlrd dollarni tashkil etib, oldingi yilga nisbatan 5 foizga qisqargan. Osiyo qit’asiga esa to’g’ridan-to’g’ridan investitsiyalar 584 mlrd dollarni tashkil etib, 12 foizga qisqarganligi qayd etilgan.

Yanvardagi press-konferensiyada esa to’g’ridan to’g’ri investitsiyalar 2023-yilda 2 barobarga oshib 7 mlrd dollarga yetganligi qayd etilgan edi.
2024/05/14 00:58:54
Back to Top
HTML Embed Code: