Telegram Web Link
Ayol kishi jinsiy aloqada orgazmga erishishi uchun o'rtacha 13–20 daqiqa kerak bo'ladi.

Biroq bu muddat har kimda har xil, albatta. Bu jismoniy va hissiy holatga, shuningdek, yaqinlik sifatiga qarab o'zgarishi mumkin.

Ayolning orgazmga erishishi uchun jinsiy aloqaning sifati, jufti bilan bo'lgan hissiy bog'lanish, oldindan tayyorgarlik (prelyudiya) va jinsiy rag'batlantirish usullari katta ahamiyatga ega.

Shuning uchun muhtaram erkaklar aloqani tez tugatib qo'yishdan saqlanishlari kerak. Ayol aloqadan qoniqmasa, aloqa qilmagandek qabul qiladi. Natijada rad qilish, asabiylik va boshqa salbiy holatlar kuzatiladi.

#Erkaklar #ayollar

@Mubosharat
137👍79🙈23🔥18😢11😁3😍2🎉1
IKKI OG‘IZ SO‘Z

Bizni yaxshi bilmaganlar uchun qisqacha o'zimiz haqimizda:

Kanal 2021-yilda tashkil qilingan. Ta'sischi va yurituvchi: yozuvchi, oilaviy munosabatlar bo'yicha ustoz va Islom institutining talabasi G‘iyosiddin Yusuf.

Maqsadimiz er-xotin orasidagi xos munosabatlar haqida qadriyatlarimiz mos ravishda ta'lim berish.

Kanaldagi ma'lumotlar mundarijasini ko'rish uchun bosing.

Jinsiy aloqaga doir savol berish uchun bosing.

Jinsiy aloqaga doir elektron kitob va darsliklar haqida bilish uchun bosing.

Kanalda reklama berish shartlarini ko'rish uchun bosing.

Mushuklarning suratini qo'yish orqali mavzuga ishora qilishga harakat qilamiz. Bu sizga malol kelmaydi degan umiddamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11432😁24🙈11
Mubosharat
IKKI OG‘IZ SO‘Z Bizni yaxshi bilmaganlar uchun qisqacha o'zimiz haqimizda: Kanal 2021-yilda tashkil qilingan. Ta'sischi va yurituvchi: yozuvchi, oilaviy munosabatlar bo'yicha ustoz va Islom institutining talabasi G‘iyosiddin Yusuf. Maqsadimiz er-xotin…
Yana ba'zi narsalarni aytib qo'yishimiz kerak:

O'zbek tilida jinsiy aloqa haqida qadriyatlarimizga muvofiq darslik va kitoblar barmoq bilan sanagudek oz. Shulardan biri bizning kitob va darsliklardir.

"Lazzatun-nisa" nomli jinsiy aloqaga doir 1646-yilda yozilgan kitob bor. Bu kitob o'zbek tilida topilmaydi. Uni biz Erkaklar uchun maxsus kanalda tarjima qilib berib boryapmiz.

Darvoqe, ayollar va erkaklar uchun alohida-alohida yopiq kanallarimiz ham bor. Ular haqida bilish uchun bosing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5411😁6🔥4🙈2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘rilgan sochga mas’h tortsa, g‘uslga o‘tadimi?

#poklik

@Mubosharat
👍36❤‍🔥12🔥72😱2🙈1
#Erkaklar ayolini uy-joy, yeb-ichish, kiyim-kechak kabi ehtiyojlar bilan ta'minlab qo‘ysa, katta ish qildim deb o‘ylaydi. To‘g‘ri, bu katta ish, lekin buning o‘zi yetarli emas. Ayol bundan tashqari mehr, e'tibor, g‘amxo‘rlik, shirin so‘z ham xohlaydi. Yo‘qsa, u o‘zini faqat to‘shak uchun kerak ekanman deb o‘ylaydi. Uning haqli ravishda ranjiganidan yotoqda ham muammolar kelib chiqadi. Shuning uchun erkaklar ham o‘zlarini isloh qilishi lozim.

@Mubosharat
👍21875🔥39🙈8😢5🤔1
Siz hech “resipseksual” degan tushunchani eshitganmisiz?

Bu odamlarning jinsiy istagi to‘liq darajada juftining holatiga bog‘liq bo‘ladi. Ya’ni agar jufti istasa, ular ham istaydi. Agar juftida ishtiyoq bo‘lmasa, ular ham darrov soviydi.

Resipseksual shaxs juftining qo‘zg‘alganini sezsa, zavq bilan unga hamrohlik qiladi. Lekin agar u faqat o‘zida istak borligini sezsa, ichkaridan birdaniga o‘chadi.

Bunday odamlarni ma’lum ma’noda havas qilish mumkin: ular na javobsiz sevgi azobini bilishadi, na boshqa birovga qaram bo‘lib qolishadi. Chunki ularning munosabati qandaydir beg‘araz sadoqat emas, bu xuddi oynadagi aksga o‘xshaydi: qanday qarasang, shunday ko‘rinasan.

Bu holat har doim tushunish oson bo‘lmagan, lekin ko‘p juftliklarda yashirincha yashab keladigan psixologik holat. Balki sizda ham shu borligini sezgandirsiz?

#tarjima

@Mubosharat
👍20266🤔19🙈17🔥15😢7🌚6😍1
Ba’zan ayol qaynonasi, qaynisingil yoki qaynopalar bilan qandaydir nizoga borib qolishi mumkin. Bunday vaziyatda buning alamini erdan olish kerak emas. Ya’ni sening onang menga gapirdi, opang menga gapirdi deb erga qovoq-tumshuq qilib, kechqurun erga teskari qarab yotish kerak emas. Shunday holatda ham er xohlab chaqirganda rad qilish kerak emas. O‘z vazifangizni doimgidek bajaravering. Ayollarning ishiga erkaklarni aralashtirmang. Erni har narsaga rad qilaversangiz, u sizni xohlamay qoladi. Bu esa oilangizda nizolar kelib chiqishiga, hatto oilangiz buzilib ketishiga sabab bo'ladi.

📚 "Quloqqa aytiladigan gaplar" kitobidan #iqtibos

@Mubosharat
👍16646🔥20😢19🤯8😁7🙈1
Ayol uchun ideal kun — bu yaqinlik, samimiy suhbat va do‘kon kezishdan iborat.

#Ayollar

@Mubosharat
😁408👍10863❤‍🔥28🔥8🥰5🤔4😢3🤯2
Forwarded from Qamar kitoblar do‘koni
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🩷 Farzandingiz islomiy qadriyatlar bilan ulg‘ayishini xohlaysizmi?

Har bir bola sof fitratda tug‘iladi. U Allohni tanishga moyil boʻlganpok qalb bilan dunyoga keladi. Uni qanday shakllantirish esa ota-onaning qo‘lida.

Islomiy tarbiya faqat qo‘rqitish, jazolash bilan emas – Allohga va o‘zingizga muhabbatli qilish bilan boshlanadi.

Gʻiyosiddin Yusuf qalamiga mansub “Sevdirib tarbiyalang” kitobida farzand tarbiyasi va parvarishiga oid shu kabi 300 ga yaqin tavsiyalar jamlangan.

Ulardan foydalanib, qalbingiz toʻrida saqlayotgan fayzli oilaviy manzalarni roʻyobga chiqarishingizga ishonamiz.

• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 204 bet;
• Narxi – 39.000 so‘m.


🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.

• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004
+998998454400

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3314🔥9🤯1
Musulmon uchun hayo fazilatdir. Faqat ba'zi o'rinlarda uyatchanglikni biroz chetga surish kerak bo'ladi. Xususan, er-xotin orasidagi xos suhbatda erkin bo'lish aloqadan to'la lazzat olishga olib keladi. Bunda har ikki tomon nima istashini ochiq aytib, bir-biri bilan bemalol munosabatda bo'ladi. Albatta, shariat ruxsat bergan ishlargina qilinadi.

#Erkaklar #Ayollar #tavsiya

@Mubosharat
👍132🔥3626❤‍🔥9😁5🙈1
BEL

Qorin atrofida shunaqa nozik joylar borki, ularga teginganingizda ayolingiz bexos kulib yuboradi, ba’zida esa ko‘zlari yarim yumib, davom eting degandek turadi.

Uning belini ohista silang. Shoshilmasdan, faqat mehr bilan. Bu shunchaki teginish emas, bu ishonch, yaqinlik, “men sen bilanman” degan tuyg‘u.

Ba’zida ayolingizni baxtli qilish uchun unga katta sovg‘alar kerak emas. Uning yonida jim turib, belidan quchoqlab turishning o‘zi kifoya.

Qachonki sizning kaftingiz uning belida bo‘lsa, u o‘zini dunyodagi eng xavfsiz joyda his qiladi. Ana shu yutuqdir!

#Erkaklar

@Mubosharat
293❤‍🔥91😁44👍43🔥17🙈15😢13🤔3
AJABLANTIRING

Ha, ayrim erkaklar aloqa paytida sizdan odatda eshitmaydigan ehtirosli gaplarini eshitib hayratlanib qolishlari mumkin. Lekin jinsiy hayotni biroz “silkitib” turish, unga yangilik olib kirish — juda ajoyib g‘oya.

Katta ish qilish ham shart emas. Masalan, uni koridorda “tasodifan” kutib olib, oddiy bir quchoqlashuvni kutilmagan va iliq bir yaqinlik sahnasiga aylantirsangiz bo‘ldi. Erkak kishi kutilmagan lahzalarni eslab yuradi. Ayniqsa, u sizdan bo‘lsa…

#Ayollar

@Mubosharat
🔥19169😁33👍23❤‍🔥6😢6
Taksida: "Iltimos, sal ehtiyotkorlik bilan haydang, uyda 9 ta bolam kutyapti".
Haydovchi: "Hah, ehtiyotkorlik haqida kim gapirsayam, faqat siz gapirmang".

Mavlon Marasulov

#Tabassum

@Mubosharat
😁696🤔7617🙈12👍4
O’zbek oilalarida ko’pchilik farzand ko’rgunicha bir-biriga to’ymaydi, romantik munosabatlarni juda maromiga yetkazadi. Xo’sh, farzandlar tug’ilganidan keyin tan olish kerakki, har xil muammolar kelib chiqishi bor gap. Ko’pchilikni fikri esa, farzandli bo’lding, tinchlik yo’q, oldingidek romantika qayerda deydi.

Bu siz o’zingiz miyyangizga o’rnatib olgan programma desak bo’ladi. Farzandlar 6 ta bo’lib ketsa ham, xuddi birinchi yildagidek romantik-ishqiy munosabatlarga kirishsa bo’ladi. Buning uchun sal xohish va tadbir kerak. Erkaklar! Sal zukko bo’linglar!

Har oy yo har ikki haftada bir kunni belgilang. O’sha kundan oldin farzandlariz qancha bo’lsa buvisinikimi yo boshqa yaqinlaringizni uyiga kuni bo’yi berib keling (O’zingiz ishongan odamga). Farosatini yeb qo’ymagan odam bo’lsa, ha xo’p deb tushunadi. Ayolingizni ehtirosini oldindan qo’zg’ab tayyorlab boring. Erkaklar, tasavvur qiling, siz bugun yangi kuyovsiz, ayollar siz esa hayajondagi yangi kelinsiz. O’sha kun kelishi bilan dunyoni tashvishimi, farzandlarmi, hammasini unuting. Tashvish go’rga kirishiz bilan tugaydi! Undan oldin emas! Vaqtinchalik uni unutib turish mumkin, xolos.

Endi romantika qismini o’zingizni fantaziyangizga qoldirdik. To’shakda esa farzandingizga tufli olib berish, ishxonadagi muammo, farzandlaringizni urishqoqligini muhokama qilib hamma ishni beliga tepmang!

To’shakda xuddi birinchi yildagidek romantikani avjiga chiqaring. Ayolingizga uni sevishingizni ayting, ayollar sizlar ham munosib javob bering. Qotib qolgan taxta bo’lib yotish yaramaydi. Nima bo’ldi o’zi, tinchlikmi deb romantikani erta kunda o’ldirmang.
Baxtli bo’linglar! Kanalni kuzatib boring. Halol romantika qilish ayb emas, kerak narsa.

#Erkaklar #Ayollar #tavsiya

@Mubosharat
😁270143👍87😢16🔥12🙈6
Xotin kishi cho‘milib ko‘chaga chiqib ketsang ham, ko‘chadan kelib cho‘milsang ham shubhalanadi.

Ayolshunos Konfutsiy

#Tabassum

@Mubosharat
😁605🙈25❤‍🔥20👍189🌚6🤔5🔥4
Ko‘pchilik erkaklar jinsiy aloqada asosiy maqsadga tezroq yetishga harakat qiladi. Lekin ayollar tabiatida bu jarayon boshqacharoq ishlaydi. Ular uchun o‘zaro his qilish, tananing har bir nuqtasiga e’tibor, sekinlik va mehr juda muhim.

Shuning uchun yaqinlikni boshlaganingizda, darrov asosiy bosqichga o‘tishga shoshilmang. Avval tanasining nozik joylariga muloyim teginishlar bilan e’tibor qarating — bu unga ishonch, iliqlik va tayyorlik hissini beradi. Ayniqsa, klitor va uning atrofidagi hududlar juda sezuvchan bo‘ladi, lekin bu joylarga yondashuv ehtiyotkor va sekin bo‘lishi kerak. Qo‘pol yoki shoshma-shosharlik ayolni chalg‘itib qo‘yishi mumkin.

Kirishda ham asta-sekinlik kerak: chuqurlikni bosqichma-bosqich oshirib, harakatlar ritmini ayolning nafas olishiga, tana reaksiyasiga qarab moslashtiring. Ba’zida qisqa harakatlar, ba’zida esa chuqurroq harakatlar bilan almashib borish ayolda lazzat hissini kuchaytiradi.

Esingizda bo‘lsin: jinsiy aloqa bu faqat harakatdan iborat emas, bu ikki qalb o‘rtasidagi tuyg‘ular almashinuvidir. Agar siz unga mehr va e’tibor ko‘rsatsangiz, u ham sizga yurakdan javob qaytaradi.

#tavsiya #erkaklar

@Mubosharat
🔥17883👍47🙈39😁17😢5❤‍🔥1
Qizlarni turmushga
tayyorlash


🌸Qizlarni turmushga tayyorlash faqatgina ularga sep yig'ish bilan bo'lmaydi. Mayli, aytarli sepi bo'lmasin, lekin xotinning vazifa-burchlarini bilsin, erga, qaynona, qaynota va yangi hayotidagi boshqa insonlarga qanday muomala qilishni bilsin. Shuningdek, qo'l-­oyog'i chaqqon, pazanda bo'lgani yangi uyidagi qadrini oshiradi. Eng asosiysi, xulqi go'zal, diyonatli bo'lsin. Shuningdek, yangi kelin-kuyov o'rtasidagi nozik ishlarni ham chiroyli qilib tushun­tirib qo'yish kerak. Xullas, kelinlikka tayyor bo'lish ham oson emas. Qiz faqat balo­g'atga yetish bilan kelinlikka yarab qolmaydi.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos
#ayollar

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
54🔥28👍23🤯3🤔1
Munosabatlar niholga o'xshaydi!

Unga doimiy parvarish, e'tibor zarur. Agar niholga vaqtida suv berib, tirgak qo'yib, keraksiz shoxlarini kesib parvarish qilmas ekansiz, yo qurib qoladi, yoki undan manfaatlana olmaysiz.

Munosabatlar ham shunga o'xshaydi. Juftingiz bilan doimiy harakatda bo'lishingiz kerak. Buning uchun ilm o'rganish, munosabatlarga qayg'urish uchun vaqt ajratishdan qochmang.

#Ayollar #erkaklar

@Mubosharat
86🔥33👍21😢7❤‍🔥3
Haqiqiy ehtiros qayerdan boshlanadi?

Ko‘pchilik erkaklar jinsiy yaqinlikning boshlanishi va tugashini jinsiy a'zolarga bog‘liq deb biladi. Aslida esa ayol ehtirosining markazi uning miyasidir. U erkakdan avvalo his, e’tibor va ruhiy bog‘lanish kutadi. Shuning uchun ham ba’zan uzoq davom etgan bitta bo'sa butun bir aloqaning sifatli bo'lishiga sabab bo‘lishi mumkin.

#tarjima

@Mubosharat
170👍70🔥38🙈20😁17🥰6❤‍🔥3🤔2
Ehsonning mukofoti faqat ehsondir!

Mavzumizdan kelib chiqib haqdor oilalarga yordam qilishga chaqiramiz. Ya'ni kimgadir ro'zg'or qilishda, kimgadir ust-bosh olishga yoki bemorlarni davolatishga va hokazo.

Batafsil ma'lumot

Karta raqam:
9860160605493933
👍4014🔥6
2025/07/13 17:03:55
Back to Top
HTML Embed Code: