Telegram Web Link
Musulmon uchun hayo fazilatdir. Faqat ba'zi o'rinlarda uyatchanglikni biroz chetga surish kerak bo'ladi. Xususan, er-xotin orasidagi xos suhbatda erkin bo'lish aloqadan to'la lazzat olishga olib keladi. Bunda har ikki tomon nima istashini ochiq aytib, bir-biri bilan bemalol munosabatda bo'ladi. Albatta, shariat ruxsat bergan ishlargina qilinadi.

#Erkaklar #Ayollar #tavsiya

@Mubosharat
👍130🔥3526❤‍🔥9😁5🙈1
BEL

Qorin atrofida shunaqa nozik joylar borki, ularga teginganingizda ayolingiz bexos kulib yuboradi, ba’zida esa ko‘zlari yarim yumib, davom eting degandek turadi.

Uning belini ohista silang. Shoshilmasdan, faqat mehr bilan. Bu shunchaki teginish emas, bu ishonch, yaqinlik, “men sen bilanman” degan tuyg‘u.

Ba’zida ayolingizni baxtli qilish uchun unga katta sovg‘alar kerak emas. Uning yonida jim turib, belidan quchoqlab turishning o‘zi kifoya.

Qachonki sizning kaftingiz uning belida bo‘lsa, u o‘zini dunyodagi eng xavfsiz joyda his qiladi. Ana shu yutuqdir!

#Erkaklar

@Mubosharat
289❤‍🔥90😁44👍43🔥16🙈15😢13🤔3
AJABLANTIRING

Ha, ayrim erkaklar aloqa paytida sizdan odatda eshitmaydigan ehtirosli gaplarini eshitib hayratlanib qolishlari mumkin. Lekin jinsiy hayotni biroz “silkitib” turish, unga yangilik olib kirish — juda ajoyib g‘oya.

Katta ish qilish ham shart emas. Masalan, uni koridorda “tasodifan” kutib olib, oddiy bir quchoqlashuvni kutilmagan va iliq bir yaqinlik sahnasiga aylantirsangiz bo‘ldi. Erkak kishi kutilmagan lahzalarni eslab yuradi. Ayniqsa, u sizdan bo‘lsa…

#Ayollar

@Mubosharat
🔥18669😁33👍22❤‍🔥6😢6
Taksida: "Iltimos, sal ehtiyotkorlik bilan haydang, uyda 9 ta bolam kutyapti".
Haydovchi: "Hah, ehtiyotkorlik haqida kim gapirsayam, faqat siz gapirmang".

Mavlon Marasulov

#Tabassum

@Mubosharat
😁684🤔7617🙈12👍4
O’zbek oilalarida ko’pchilik farzand ko’rgunicha bir-biriga to’ymaydi, romantik munosabatlarni juda maromiga yetkazadi. Xo’sh, farzandlar tug’ilganidan keyin tan olish kerakki, har xil muammolar kelib chiqishi bor gap. Ko’pchilikni fikri esa, farzandli bo’lding, tinchlik yo’q, oldingidek romantika qayerda deydi.

Bu siz o’zingiz miyyangizga o’rnatib olgan programma desak bo’ladi. Farzandlar 6 ta bo’lib ketsa ham, xuddi birinchi yildagidek romantik-ishqiy munosabatlarga kirishsa bo’ladi. Buning uchun sal xohish va tadbir kerak. Erkaklar! Sal zukko bo’linglar!

Har oy yo har ikki haftada bir kunni belgilang. O’sha kundan oldin farzandlariz qancha bo’lsa buvisinikimi yo boshqa yaqinlaringizni uyiga kuni bo’yi berib keling (O’zingiz ishongan odamga). Farosatini yeb qo’ymagan odam bo’lsa, ha xo’p deb tushunadi. Ayolingizni ehtirosini oldindan qo’zg’ab tayyorlab boring. Erkaklar, tasavvur qiling, siz bugun yangi kuyovsiz, ayollar siz esa hayajondagi yangi kelinsiz. O’sha kun kelishi bilan dunyoni tashvishimi, farzandlarmi, hammasini unuting. Tashvish go’rga kirishiz bilan tugaydi! Undan oldin emas! Vaqtinchalik uni unutib turish mumkin, xolos.

Endi romantika qismini o’zingizni fantaziyangizga qoldirdik. To’shakda esa farzandingizga tufli olib berish, ishxonadagi muammo, farzandlaringizni urishqoqligini muhokama qilib hamma ishni beliga tepmang!

To’shakda xuddi birinchi yildagidek romantikani avjiga chiqaring. Ayolingizga uni sevishingizni ayting, ayollar sizlar ham munosib javob bering. Qotib qolgan taxta bo’lib yotish yaramaydi. Nima bo’ldi o’zi, tinchlikmi deb romantikani erta kunda o’ldirmang.
Baxtli bo’linglar! Kanalni kuzatib boring. Halol romantika qilish ayb emas, kerak narsa.

#Erkaklar #Ayollar #tavsiya

@Mubosharat
😁259139👍86😢16🔥10🙈6
Xotin kishi cho‘milib ko‘chaga chiqib ketsang ham, ko‘chadan kelib cho‘milsang ham shubhalanadi.

Ayolshunos Konfutsiy

#Tabassum

@Mubosharat
😁583🙈25❤‍🔥19👍179🌚6🤔5🔥4
Ko‘pchilik erkaklar jinsiy aloqada asosiy maqsadga tezroq yetishga harakat qiladi. Lekin ayollar tabiatida bu jarayon boshqacharoq ishlaydi. Ular uchun o‘zaro his qilish, tananing har bir nuqtasiga e’tibor, sekinlik va mehr juda muhim.

Shuning uchun yaqinlikni boshlaganingizda, darrov asosiy bosqichga o‘tishga shoshilmang. Avval tanasining nozik joylariga muloyim teginishlar bilan e’tibor qarating — bu unga ishonch, iliqlik va tayyorlik hissini beradi. Ayniqsa, klitor va uning atrofidagi hududlar juda sezuvchan bo‘ladi, lekin bu joylarga yondashuv ehtiyotkor va sekin bo‘lishi kerak. Qo‘pol yoki shoshma-shosharlik ayolni chalg‘itib qo‘yishi mumkin.

Kirishda ham asta-sekinlik kerak: chuqurlikni bosqichma-bosqich oshirib, harakatlar ritmini ayolning nafas olishiga, tana reaksiyasiga qarab moslashtiring. Ba’zida qisqa harakatlar, ba’zida esa chuqurroq harakatlar bilan almashib borish ayolda lazzat hissini kuchaytiradi.

Esingizda bo‘lsin: jinsiy aloqa bu faqat harakatdan iborat emas, bu ikki qalb o‘rtasidagi tuyg‘ular almashinuvidir. Agar siz unga mehr va e’tibor ko‘rsatsangiz, u ham sizga yurakdan javob qaytaradi.

#tavsiya #erkaklar

@Mubosharat
🔥16679👍46🙈37😁17😢5❤‍🔥1
Qizlarni turmushga
tayyorlash


🌸Qizlarni turmushga tayyorlash faqatgina ularga sep yig'ish bilan bo'lmaydi. Mayli, aytarli sepi bo'lmasin, lekin xotinning vazifa-burchlarini bilsin, erga, qaynona, qaynota va yangi hayotidagi boshqa insonlarga qanday muomala qilishni bilsin. Shuningdek, qo'l-­oyog'i chaqqon, pazanda bo'lgani yangi uyidagi qadrini oshiradi. Eng asosiysi, xulqi go'zal, diyonatli bo'lsin. Shuningdek, yangi kelin-kuyov o'rtasidagi nozik ishlarni ham chiroyli qilib tushun­tirib qo'yish kerak. Xullas, kelinlikka tayyor bo'lish ham oson emas. Qiz faqat balo­g'atga yetish bilan kelinlikka yarab qolmaydi.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos
#ayollar

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
53🔥27👍20🤯3🤔1
Munosabatlar niholga o'xshaydi!

Unga doimiy parvarish, e'tibor zarur. Agar niholga vaqtida suv berib, tirgak qo'yib, keraksiz shoxlarini kesib parvarish qilmas ekansiz, yo qurib qoladi, yoki undan manfaatlana olmaysiz.

Munosabatlar ham shunga o'xshaydi. Juftingiz bilan doimiy harakatda bo'lishingiz kerak. Buning uchun ilm o'rganish, munosabatlarga qayg'urish uchun vaqt ajratishdan qochmang.

#Ayollar #erkaklar

@Mubosharat
72🔥31👍18😢7❤‍🔥3
Haqiqiy ehtiros qayerdan boshlanadi?

Ko‘pchilik erkaklar jinsiy yaqinlikning boshlanishi va tugashini jinsiy a'zolarga bog‘liq deb biladi. Aslida esa ayol ehtirosining markazi uning miyasidir. U erkakdan avvalo his, e’tibor va ruhiy bog‘lanish kutadi. Shuning uchun ham ba’zan uzoq davom etgan bitta bo'sa butun bir aloqaning sifatli bo'lishiga sabab bo‘lishi mumkin.

#tarjima

@Mubosharat
140👍62🔥27🙈16😁15🥰5❤‍🔥3🤔2
Ehsonning mukofoti faqat ehsondir!

Mavzumizdan kelib chiqib haqdor oilalarga yordam qilishga chaqiramiz. Ya'ni kimgadir ro'zg'or qilishda, kimgadir ust-bosh olishga yoki bemorlarni davolatishga va hokazo.

Batafsil ma'lumot

Karta raqam:
9860160605493933
👍152
2025/07/12 15:56:19
Back to Top
HTML Embed Code: