Telegram Web Link
Jinsiy aloqaning davomiyligi qancha bo‘lishi kerak?

Seksologlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, jinsiy aloqa odatda 3 daqiqadan 7 daqiqagacha davom etadi. 1–2 daqiqalik aloqa “juda qisqa”, 10 daqiqadan yarim soatgacha bo‘lgan aloqa esa “juda uzoq” deb baholanadi. “Ideal davomiylik” esa 7–13 daqiqa oralig‘ida bo‘lishi aytiladi.

Yodingizda bo‘lsin: hammasi faqat daqiqa bilan o‘lchanmaydi. Ba’zida qisqaroq, lekin his-tuyg‘uga boy aloqa uzoq davom etganidan ko‘ra samaraliroq bo‘lishi mumkin.

Kichik maslahat: juftingiz bilan ochiq gaplashing. Bu har doim foydali — chunki ikkovloningiz nima istashingizni tushunib olasiz va ikkala tomon uchun qulay bo‘lgan usullarni topasiz.

Siz bu ma’lumotni ilgari ham bilganmisiz?

👍 – ha, bilardim
🔥 – yo‘q, endi bildim. Rahmat!

@Mubosharat
👍602🔥402🤯7😁43🤔3😢3❤‍🔥1
UCH OMIL

Jinsiy aloqa sifatli bo‘lishi uchun asosiy omillar uchtadir: o‘zaro munosabatlarning yaxshi bo‘lishi, jinsiy aloqa texnikasi va salomatlik.

O‘zaro munosabatlar yaxshi bo‘lmasa, oilada muhabbat, halovat bo‘lmasa, jinsiy aloqaga nisbatan xohish past, aloqa bo‘lganda ham qoniqarsiz bo‘ladi. To‘g‘ri-da, sizga qo‘pollik qiladigan, hurmatingizni joyiga qo‘ymaydigan bir kishi bilan qanday qilib maza qilib aloqa qilish mumkin?!

Jinsiy aloqa texnikasi deganda qanday aloqa qilish, jinsiy usullar va aloqa sifatini oshiruvchi boshqa harakatlarni nazarda tutmoqdamiz. Busiz ham aloqa sifatli bo‘lmaydi. Masalan, siz doim bitta usuldan foydalanaversangiz, zavq tuymay qo‘yasiz. Aloqadagi xilmaxillik sifatni oshiruvchi muhim omillardandir. Yo‘qsa, erkaklar “Har kun bir xil ovqat jonga tegadi” degan sabab bilan boshqa “ovqat”ga ko‘z tikishi mumkin.

Salomatlik yaxshi bo‘lmasa, har qancha mohir “chavandoz” bo‘lmang, “mina olmaysiz”. Quvvatni tiklash, zararlardan saqlanish kabi muhim omillar borki, bunga e’tibor qilish bilan jinsiy aloqa sifatiga erishish mumkin. Shuningdek, poklik kabi masalalar ham shu mavzuga kirib ketadi.

Biz ana shu uch omilni hisobga olgan holda yopiq kanalda shular haqida batafsil ma’lumot berib borishni boshladik. Buning uchun sizdan oyiga 47 ming so‘m to‘lov qilib qo‘shilish so‘raladi, xolos. Karta raqamingizni kiritib qo‘shilasiz, lekin bu mutlaqo xavfsiz. Biz ishonchli kishilarga bot yasattirib, rasmiy shartnoma asosida faoliyat boshladik. Karta raqamingizdan oshiqcha pul yechib olinmasligiga kafolat beramiz!

Ayollar yopiq kanali (faqat ayollar uchun):
https://www.tg-me.com/+Ke-6V6ANa0w2NmUy

Erkaklar yopiq kanali (faqat erkaklar uchun):
https://www.tg-me.com/+786ZVVLPjkhhZDdi

Foyda olmasangiz, pulingiz to‘liq qaytariladi.
👍69🔥16😁8🤯75😢3
Ba'zi obunachilar uchun #bildirish

— haqdorlarni biz faqat hayotda ko'rgan, ishonchli, halol, diyonatli kishilar orasidan tanlaymiz;
— ular asosan tirikchilikka yetkaza olmayotgan, bemorlari bor oilalar;
— hisobotni esa bot orqali berib boramiz;
— tashkilotchi @Hubbuna, @Mubosharat kanallari asoschisi G'iyosiddin Yusuf;
— xayriya yuzasidan yana savollaringiz bo'lsa, yuqorida aytilgan botga murojaat qilsangiz, javob beramiz, inshaalloh.

Sizning moddiy ko'magingiz qaysidir bemorga shifo, qaysidir oilaga quvonch olib kiradi!
👍7912❤‍🔥10🔥6😢4🤯1😱1
#Erkaklar, ayolingizga to'shakda e'tiborli bo'ling. Faqat o'zingiz qoniqib, orqa o'girib yotishni o'ylamang. Ayol kishi qoniqishi uchun erkakdan ko'ra ko'proq vaqt talab qilinadi. Shuning uchun jinsiy aloqani uzoqroq vaqt davom ettirishga harakat qiling.

Shu bilan birga, aloqadan oldingi va keyingi harakatlarga ham e'tiborli bo'ling. Yuqorida aytganimizdek, "ish" tugagandan keyin o'girilib yotish emas, quchoqlab yotish tavsiya qilinadi.

@Mubosharat
👍215😁6940🔥23😢15🥰9🙈5
Har beshinchi erkak erkalash, jinsiy aloqa yoki quchoqlashish paytida ayolning tanasi va sochlarini hidlaydi. Aytishlaricha, bu holat ularni juda hayajonga soladi.

#tarjima

@Mubosharat
👍205🔥84😁6823🙈23🤔12🥰8❤‍🔥7😢4
Ba’zan ayol qaynonasi, qaynisingil yoki qaynopalar bilan qandaydir nizoga borib qolishi mumkin. Bunday vaziyatda buning alamini erdan olish kerak emas. Ya’ni sening onang menga gapirdi, opang menga gapirdi deb erga qovoq-tumshuq qilib, kechqurun erga teskari qarab yotish kerak emas. Shunday holatda ham er xohlab chaqirganda rad qilish kerak emas. O‘z vazifangizni doimgidek bajaravering. Ayollarning ishiga erkaklarni aralashtirmang. Erni har narsaga rad qilaversangiz, u sizni xohlamay qoladi. Bu esa oilangizda nizolar kelib chiqishiga, hatto oilangiz buzilib ketishiga sabab bo'ladi.

📚 "Quloqqa aytiladigan gaplar" kitobidan #iqtibos

@Mubosharat
👍142🔥47🤯2220😢12🥰9😁5🤔1
Nega erkaklarga faqat jinsiy aloqa emas, balki to‘laqonli munosabatlar ham kerak?

Agar erkak munosabatlarga ochiq bo‘lsa, bu u jinsiy aloqadan voz kechadi degani emas. U ba’zida faqat jinsiy yaqinlikni tanlashi mumkin. Ammo bu uning hayotida faqat shu kerak degani emas.

Erkaklarga nafaqat jinsiy aloqa, balki yuksalishga, rivojlanishga xizmat qiladigan, chinakam yaqinlik beradigan munosabatlar zarur. Ular bunday munosabatlarda o‘z ustida ishlaydi, qiyinchiliklarni yengadi, maqsadlariga erishadi va bu yo‘lda qo‘lga kiritgan g‘alabalarini o‘z ayoliga olib keladi.

Chunki aynan u — ayoli — unga hammadan ko‘ra ko‘proq ishonadi, har qanday holatda tayanch bo‘la oladi. Ana shunday ayol uchun erkak har qanday marrani zabt etishga tayyor bo‘ladi.

#tarjima

@Mubosharat
👍175❤‍🔥47🔥30🤔147😍2🙈2😢1
Manbalarda yozilishicha, ayolning sakrab-sakrab "ot minishi" erkakni kuchliroq zavqlantirar ekan.

#tushungan_tushundi

@Mubosharat
😁503🔥54👍41🙈35❤‍🔥14🤔9😱85😢5🌚5🤯4
Mubosharat kanali lug'ati

Bola — jinsiy aloqaning beliga tepuvchi jonzot!

#Tabassum

@Mubosharat
😁873😢30🌚20🤔18🤯18👍17🔥12😱9🙈94🎉1
Azizlar, oila, farzand tarbiyasi va kitoblar bo'yicha savollaringizni @Yechimhubbunabot ga yuborishingiz mumkin. Javoblar @Yechimhubbuna kanalida beriladi.

Shuningdek, kanalda 600 dan oshiq savol-javoblarni o'qishingiz mumkin.

Eslatma!

• savolingiz qisqa matn shaklida bo'lsin;
• uzun savollarga, ovozli xabarlarga, diniy mavzudagi hamda jinsiy aloqaga doir savollarga javob berilmaydi;
• javob faqat kanal orqali beriladi, o'zingizga emas;
• shoshinch savolingiz yoki jiddiy muammo bo'lsa, batafsil maslahat kerak bo'lsa, konsultatsiya olishingiz kerak.
👍292🤯1😢1
​​Alloh taolo quyoshdan ham katta osmon jismlarini ham, ko'zga ko'rinmas zarralarni ham tartib-intizom asosida harakatlanadigan qilib qo'ygan. Hatto o'simliklar, daraxtlarda ham tartib-intizom bor: gullash vaqti, meva berish vaqti va hokazo.

Maxluqotlar orasida asosan insongina tartibsiz yashashni o'ziga ep ko'radi. Vaholanki, uning ham hayoti tartibli bo'lish uchun kuniga besh mahal, haftalik, oylik, yillik eslatmalar bor. Shu bilan ham hayotimizni tartibga solishimiz mumkin...

— Xo'sh, tartib-intizomning jinsiy aloqaga nima aloqasi bor? Qo'shilishni ham rejalashtirish kerakmi?

Tartib-intizomli yashash jinsiy aloqaga xizmat qiladi, bu aloqani rejalashtirish emas. Masalan, erkakning ish vaqti tayin bo'lmasa, kechasi 12-1 da uyga kirib kelsa, xotin uxlab yotgan yoki kutib charchagan bo'ladi!

Yoki xotin kun davomida ish qilib charchasa, me'yorni bilmasa, jinsiy aloqa qanday bo'ladi unda?

Rejalashtirishga kelsak, juftini aloqaga tayyorlash uchun oldindan "qichima" gaplar qilish kerak, lekin ikkisidan biri (ko'pincha erkak) xohlab qolganda "Bugun qo'shilmoqchi emas edik-ku?!" deb reja qilinmaganini eslatish to'g'ri emas. Kishi qo'shilgisi kelganda halol jufti bilan qo'shilaverishi kerak, buning uchun reja qilish yoki maxsus kun shart emas.

Qo'shilishga doir maxsus kunlar yoki taqiqlangan kunlar yo'q, faqat ayolning uzrli kunlarida bunga ruxsat yo'q.

#Erkaklar #ayollar

Premium kanalimiz
👍145🔥2916😁6❤‍🔥5🤯2
❝ Hayot zavqlari orasida eng totlilaridan biri bu sevganing bilan birga uxlashdir❞.

#tarjima

🔥 — Fikrga qo'shilganlar

@Mubosharat
🔥900😢67👍5044😁34🥰11❤‍🔥9😍3🤯2
Och, chanqagan holda jinsiy munosabat qilmaslik, shuningdek, to‘q, katta-kichik tahorat sindirish holatlarida ham qo‘shilmaslik kerak. Bular sog‘liq uchun zarardir.

Imom G'azzoliy

#Salomatlik

@Mubosharat
👍189🔥3817
Aytishlaricha, jinsiy aloqa paytida ayollar o'zlarini yaxshi his qilganlarida qo'llarida nimanidir siqib qo'yishadi: juftining qo'llari, orqasi, to'shak yoki choyshabni.

Sizda ham shunday bo'lsa, tasdiqlab qo'ying, iltimos. 🙈

#Ayollar

@Mubosharat
4😁565🙈393👍201🔥6839❤‍🔥16🌚14🤔8😢8😍4😱2
❝Haqiqiy tuyg'ular jinsiy aloqadan keyin qolganidir❞.

#Tarjima

@Mubosharat
😁220👍9851🔥36😢12🙈8❤‍🔥4🥰3🤔3
Ayol kishi to'shakda rad qilishiga erkakning ham hissasi bor. Albatta, ayol rad qilmasligi kerak, lekin jufti qoniqarli aloqani ta'minlay olmasa, uning uchun aloqaning qizig'i qolmaydi. Natijada yo'q deyishi mumkin.

Shu bilan birga, sifatli aloqa uchun ayol ham harakat qilishi kerakligini unutmang.

#Ayollar #erkaklar

@Mubosharat
👍109🔥28🌚114🤯1
Aytishlaricha, kassirlar, buxgalterlar va moliyachilar ko‘pincha jinsiy hayotda faol bo‘lishadi.

Tanishlardan shu kasb egalari bo'lsa, yuborib qo'yasiz. 😉

#Fakt

@Mubosharat
😁210🤔45👍32🌚16🔥7🤯5😍3🙈3
Mubosharat
Aytishlaricha, kassirlar, buxgalterlar va moliyachilar ko‘pincha jinsiy hayotda faol bo‘lishadi. Tanishlardan shu kasb egalari bo'lsa, yuborib qo'yasiz. 😉 #Fakt @Mubosharat
+ Buni o'qigan yigitlar qanday kasb egasi bo'lgan qizlarni tanlashni hal qilib bo'ldi! 😁
😁224🤔24🤯15👍5🔥32❤‍🔥1🎉1
Onda-sonda boʻlsa ham, bir-biringizga sovgʻa berib turing. Maqsad qimmatbaho hadyalar berish emas, balki oʻzaro hurmatni ifodalash, oilada paydo boʻladigan zerikish, ichikish kabi tuygʻularni ketkazishdir. Ayol kishi erining psixologiyasini bilishi ham juda muhim unsur. Chunki erkak kishi hurmat va eʼtiborga muhtoj. Qolaversa, birov uni shijoatlantirib turishini istaydi. Darvoqe, ayol kishi esa himoya, eʼtibor va eridan maqtov eshitishga muhtoj boʻlib yashaydi.  

Yusuf Xattor Muhammad

#Ayollar #erkaklar

@Mubosharat
👍166❤‍🔥36🔥2419😢4
Eng sevimlisi...

Kishiga qadrlangan joyi sevimli bo'ladi — xuddi sizlar menga sevimli bo'lganingiz kabi!

Boshqa obunachilarimizga aytib qo'ymanglaru, sizlar men uchun eng sevimli obunachisizlar!
• har bir yozganimni darhol o'qiysiz;
• munosabat (reaksiya) bildirasiz;
• ulashasiz;
• xayriyalarda qo'li ochiqsiz;
• reklamalarda ham uyaltirmaysiz!

Baraka toping! Shuning uchun noodatiy tarzda bunday post yozyapman. Hammasini bilib, e'tibor qilib turibman. Sizlar ham menga qadrlisiz, haqqingizda duodaman!

Allohning fazli ila ushbu kanalimiz faol xizmat qilib kelmoqda. Aslida, bu mavzuda yozish oson emas — dorda yurishdek xavfli. O'ng-u so'lga og'ib ketishdan cho'chiymiz. Alhamdulillah, imkon qadar belgilangan chiziqdan chiqmay mavzuni yoritib kelyapmiz. Bilmaganlarga ma'lumot, bilganlarga eslatma tarzda bunga qanchalar haqli ekanim haqida qisqacha eslatma qilay dedim:

• 2020-yilda oilaviy munosabatlar mavzusida so'z yuritish uchun Hubbuna kanalini tashkil qildik va shundan beri faol va obunachilarni mamnun qilgan holda xizmat qilib kelmoqdamiz;
• 2021-yilda Mubosharat kanaliga asos soldik va sekin-sekin faol bo'lib, bugungi kungacha mavzuga doir 3000 dan oshiq manfaatli post ulashdik;
• 2021-2022-yillarda "Kompas" liderlar akademiyasida oilaviy munosabatlar bo'yicha onlayn va oflayn dars berdim;
• 2022-2023-yillarda jinsiy aloqaga doir audioma'lumotlar, elektron kitoblar chiqara boshladim. Xususan, uzoq aloqa istovchilar uchun tayyorlagan ma'lumotimiz 1200 dan oshiq kishi xarid qilgan va tavsiyalarga amal qilganlar maqsadiga yetdi;
"Quloqqa aytiladigan gaplar" nomli jinsiy hayot haqida o'zbek tilidagi noyob kitoblardan birini yozdim. U ayollar uchun alohida, erkaklar uchun alohida yozildi. Umumiy hisobda 1700 dan oshiq kishi xarid qildi va ko'pchilik mamnun bo'ldi.
• Yana jinsiy aloqaga doir "Birinchi kecha" nomli yoshlar uchun audioma'lumot tayyorladik va boshqa ba'zi mahsulotlarimiz ham bor. Ular haqida batafsil ushbu kanal orqali bilishingiz mumkin.
• Eng so'nggi yangiligimiz ayollar uchun alohida, erkaklar uchun alohida yopiq kanal tashkil qildik. Unda o'zaro munosabatlar va jinsiy hayotni yaxshilashga doir chuqurlashtirilgan ma'lumotlar berib bormoqdamiz. Odatda mavzudan keyin vazifalar ham beriladi. Natijada obunachilardan ijobiy fikrlar kelmoqda.

Aslida, bu mavzuda ommaviy gapirmaslik uchun faqat yopiq kanallarda faoliyat yuritishni o'ylagan edik. Ammo sizlarni ko'zim qiymadi...

#Shaxsiyat

@Mubosharat
👍245❤‍🔥4929🔥16🥰12
2025/07/14 17:50:47
Back to Top
HTML Embed Code: