Telegram Web Link
🫀

To‘g‘ri seni sog‘indim biroz
Lek o‘ylanma ozgina holos
Ko‘rgim kelar gohida bazan
Netay meni kechir iltimos

Seni doim sevaman desam
Yo‘q ilojim yo‘qdir ishonchim
Yo yoningda bo‘layin desam
Yolg‘izlikka mahkumman doim

Men yomonman kimga kerakman
Qoldir meni yomg‘irlar bilan
Mayli ketgin baxtsiz bo‘lsam ham
Qolayin men dardlarim bilan

Yurak tinmay so‘raydi seni
Aql unut deydi doimo
Bilmay qoldim nima qilishni
Kelgin urgat, qolgin doimo

© Sugʻdiyona

@Muhabbat_Masofasida |
Seni uchratganimdan beri
"evolyutsiya" nazariyasiga gumon qilaman!
Sen Goʻzallikning boshlanishi va yakunisan! Sendan keyin Latofat va nazokat hislatlari komil boʻlmaydi, barchasi senda boshlanib, sendan yakun topajak...

@Muhabbat_Masofasida |
#Bedorlik

"Limerensiya" degan soʻz bor, siz kimnidir shunchalik sevasizki, uning dardi sizning dardingizga, baxti esa sizning baxtingizga aylanadi, ikki kishi o'rtasidagi qandaydir chuqur qalban bogʻliqlik hissi; u inson sizdan his-tuyg'ularini yashirsa ham, siz baribir his etasiz, Bu juda o'ziga xos va chiroyli tuygʻu

@Muhabbat_Masofasida |
#Bedorlik

Qani edi har on yoningda boʻlganimda, qani edi olgan nafasingni his qilganimda...
Har bir tushgan nigohing meni koʻzlarimga tushganida edi.Men yozgan har bir satrlar senga atalganidek, sening bitta soʻzing menga atalganida qani edi...
Men nimani xohlayman bilasanmi? Har dam yoningda boʻlishni, qaygʻuyingga sherik bolishni, quvongan oningda birga boʻlishni istardim, Har on qalbimda bolganing kabi qani yonimda boʻlsang...
Men havas qilaman sen bilan boʻlgan insonlarga,har dam sen bilan suhbat qurgan insonlarga...
Bilasanmi sening koʻzlaring bu tubsiz dengizdek oʻz domiga tortib ketadi. Har on hayollarimda gavdalantirgan insonimni hayolimdan uzoqlashtirma...

Men yozgan satrlar bari sen uchun barisi...

© Maftuna

@Muhabbat_Masofasida |
.... ko‘ngil ko‘nikadi

@Muhabbat_Masofasida |
Sening kichik bir tabassuming, meni barcha baxtsizliklardan va tubsiz yolgʻizlikdan qutqara oladi!

@Muhabbat_Masofasida |
14 kishi chiqib ketsa, 1500 kishi qolar ekanmiz 🙂, chiqadiganlar chiqib olinglar!
Hiyonat.....

@Muhabbat_Masofasida |
Insonning yolg'izligi juda katta, juda ham chuqur, balki u dengizdek kengdir!
Lekin uni to'ldirish uchun
Bir "stakan" sevgi etarli. Bir ogʻiz shirin soʻz va bir chimdim mehr..

@Muhabbat_Masofasida |
Chinakam muhabbat aslo yakun topmaydi!

@Muhabbat_Masofasida |
Hech narsa abadiy emas, hammasi vaqt o‘tgani sari o‘zgaraveradi!

@Muhabbat_Masofasida |
❤️

Men uning qalbiga kirmadim o‘ynab,
Boqsam, ko‘zlaridan hasrat yog‘ardi.
U lazzat olardi o‘zini qiynab –
Mendan xafa bo‘lish unga yoqardi.



© Behzod Fazliddin

@Muhabbat_Masofasida |
#Bedorlik

Yilning beshinchi faslida, Fevralning 30-sanasi, soat 24:59 da seni unutaman!

@Muhabbat_Masofasida |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kamron va Feridedan sevgi saboqlari! 🤍😁

@Muhabbat_Masofasida |
Men shoxni silkitib, sen birovning savatiga tushishingni ko‘radigan g‘amgin shamolman.

@Muhabbat_Masofasida |
#Bedorlik

Ba'zida ayrim odamlar bilan avvalgidek iliq va yaqin bo'lmaganligingiz eng katta qasosdir, jang qilish va tortishishning hojati yo'q)

@Muhabbat_Masofasida |
Insonni haqiqat bilan yarala mayli,
Lekin, yolgʻon bilan Baxtiyor qilma...


@Muhabbat_Masofasida |
Kamayishda davom etmoqdamiz 😁
2024/06/05 21:45:22
Back to Top
HTML Embed Code: