Toʻgʻrimi?? 😅💔

@Muhabbat_Masofasida |
Ba'zan odamlar, "ketish" yoki "qolish" o'rtasida qoladi,
Ketish haqida o'ylaganingizda, sizni qolishga majbur qiladigan nimadir sodir bo'ladi,
Siz qolishni xohlaysiz, lekin ketishingiz kerak bo'lgan xatti-harakatlarni ko'rasiz
Va bu hayotning noaniqlik va nohaqliklaridan biridir!

@Muhabbat_Masofasida |
Ortiq qalbimdan joy olishga urinma, Chunki temir emasman 🥺❤️‍🩹

@Muhabbat_Masofasida
Dunyodagi eng yaxshi juftliklar:

Chips va sevimli film
Kitoblar va qahva
Adyol va Yomgʻirli havo
Kartoshka va ketchup
Choy va Shakar
Barselona va Real Madrid

Sen va men‌‌

@Muhabbat_Masofasida |
Bilmadim nega insonlar bunday
Nega tushunmaydi inson qalbini
Endi ayting chidaymiz qanday
Qanday eshitamiz inson dardini

Nega inson bir birin koʻrmas
Nega oyoqlarga otishadi tosh
Nega inson pinagin buzmas
Beixtiyor koʻzlarga kelganida yosh!


© Maftuna

@Muhabbat_Masofasida |
#Bedorlik

Men haqiqiy qalbi bor insonlarni ajrata olaman.Qalb degan tushunchani anglash bu oʻzingni anglash bilan barobar.Insonlar faqatgina kimgadir ozor berishni bilishadi.Kimningdir qalbini sindirishni va kimningdir qalbini yaralashni bilishadi.Koʻngilda qolishni emas balki koʻngildan qolishga harakat qilishadi.Shunday damlar keladiki, sen oʻz dardlaringni kimga aytish kerakligini ham bilmay qolasan.Yoningda kimnidir boʻlishini istaysan.Sening yuraging ham kim uchundir urishini istaysan.Lekin,afsus sen bu imkoniyatdan foydalanib boʻlgan boʻlasan. Har on qilgan harakating foydasiz ekanligini tushunasan.Har dam usiz yashayotganingni va usiz ham yashab bilishingni anglab yetasan.Men oʻzimda chin qalb bormi yoʻqmi bilmayman.Lekin men kimningdir qalbini ataylab sindirmayman......

© Maftuna

@Muhabbat_Masofasida |
"Masofadagi muhabbat"(Muhabbat masofasi) asarini o'qib

    Asarlarni ba'zi insonlar vaqt òtishi yoki shunchaki qiziqish uchun òqishadi. Bu holatda inson asar qahramonlari hayotini, ifoda etmoqchi bòlgan ichki tuyģularini batamom o'zida his qiladi deb aytish biroz xato deb o'ylayman. Aslida esa asarni o'qish emas, balki o'sha asar ichida yashash kerak. Men ,,Masofadagi muhabbat'' asarini ko'p marta kinosini kòrgan bolsamda uni òqish, asar ichida yashash-- Bu o'zgacha olam! ekanini tuymoqchi bo'ldim🙃. Sevimli asarimni òqish davomida ko'p qiziqarli holatlar yuz berdi, :
     ▪️,, Asardagi jòshqin voqealar😊 va talabalarni òqishga majbur qilayotgan zerikarli domlalar-☹️TESKARI PROPORSIONAL shunday emasmi?!(🙊😂).
     ▪️Asardagi Uyilning tug'ilgan kuni🥳 va Sakalova oyaning metadika darsi😕 -- to'g'risi aralashib ketdi(🤕😂)
      Ko'plab hikoyalar kabi menga asarning fojiyali voqealari yoqardi, ularni his qilishim oson bolmasdi. Ammo har doimgidek o'sha holatda emasligimga Allohimga shukronalar aytaman. Oxiri fojiyali asarlarni yoqtirishimning asasiy sababi ham shu edi. Shunday ichki tuyģulardan o'zim uchun ba'zilarini belgilab ham qo'ydim:


     ▪️,,Òzim muhtoj bòlgan vaqt uchun kurashmoģim kerak😔''
     ▪️,,- Uyil bu shunchaki hayot. Bari kiprik qoqqaningcha òtib ketadi🥺''
    
     Yana shuni alohida ta'kidlashim joizki, asar qahramonlaridek ba'zida ularni ich-ichiga sig'magan baxtiyorlikni o'zimda his qilaman:
     ▪️,,Yuragim yopirilgan tuyģulardan yorilib ketay derdi🥰''
     ▪️,,Stellaning jigarang kòzlari tuģilgan kunimga eng yaxshi sovģa😍''
     ▪️,,Òtgan tunning hayajonlari yuragimni shifoxonadan juda balandlarda parvoz qilishga majbur qiladi😇''

ana shunaqa gaplar barchasini siz qadrdonlarim bilan bolishgim keldi🤗!!!


© Dilnoza

@Muhabbat_Masofasida |
Ketganingdan keyin

@Muhabbat_Masofasida
#Bedorlik

Agar men tana bo'lsam, sen mening yuragimsan!
Daraxt bo'lsam, ildizim sensan,
Men rasm chizsam, sen mening eng yorqin boʻyoqlarim,
Men tun va, sen "Oy"imsan,
Men cholg'uman, sen esa taralguvchi mangu kuyimsan,
Men fasl edim, sen mening bahorimsan!




Sen mening borlig'imga doimo ma'no beradigan zotsan!

@Muhabbat_Masofasida |
Hech kimga ishonmang!

@Muhabbat_Masofasida |
#Bedorlik

Doim tayyor chaqqon va biyron..
Bazan oʻzga berguvchi ziyon..
Lek qarshingda boʻlur nogiron..
Soʻzlarimda qasdim bor mening

Muzdek sovuq, toshdanda qattiq..
His tuymagan zarradan ortiq...
Paydo boʻlsang toʻxtamas ogʻriq..
Yuragimda qasdim bor mening..

Kunduz ohim, Tunda tushimda..
Paydoyimsan aqlu - hushimda...
Bir hushu yoʻq qilar ishimda...
Oʻylarimda qasdim bor mening..

Unutdim deb qiladi ta'na..
Sen tomonga boʻylaydi yana...
Bir nigohla oʻlgan hamona
Koʻzlarimda qasdim bor mening


To be continued...

© MoonFlower (M.......)

@Muhabbat_Masofasida |
Muhabbat boʻlmaydi ❤️+🩹=❤️‍🩹

@Muhabbat_Masofasida
Sizlarga yana bir kanalcha, yani blogni tavsiya qilmoqchiman!

@sanjarovnaa1

Albatta obuna boʻlib oling
Unuta olasanmi?💔

@Muhabbat_Masofasida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qancha qiyinchiliklar bilan qarashilashsak qarshilashaylik, biz bu hayotda juda muhim bir narsaga egamiz:

...bir birimizga)


@Muhabbat_Masofasida |
Qachonlardir qalbimda kim uchundir joylar bor edi.Ammo men qalbimni yuragim tubiga koʻmganman.U uchun qalbim qulf solgan,usiz oʻtgan onlar ham yuragim tubidagi dardlarni qoʻzgʻayapti.Sevgi degan tuygʻu kimlar uchun qandayligini bilmadim ammo mening hayotimda katta rol oʻynaydi.Men sevsam butun bir vujud bilan sevaman.Xuddi qalbimda bir olov chirsillab yonayotgandek boʻladi.Hech qanday yolgʻonlarsiz hech qanday oʻzgarishlarsiz sevaman

© Maftuna

@Muhabbat_Masofasida |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bilasanmi sen nimasan?:


Sen yangi kitobning, yomg'ir tushgan tuproqning, xushboʻy gullarning ifori kabisan,
Nordon Salat bilan issiq palov, va koʻk choyning uygʻunligiga, bulutli moviy osmonga o'xshaysan;
Sen pianino klavishlarini silagan barmoqlar orasidan taralayotgan goʻzal kuysan,
Sen menga eng sevimli qo'shig'im kabi tinchlik berasan
!


Sen bu hayotdagi men uchun qadrli hamma narsasan,
Siz men uchun hayotning eng goʻzal tuhfasisan

@Muhabbat_Masofasida |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬 Nomi: Ishq / Ho'sh keyinchi? (Turk Kino)


Tuningiz osuda oʻtsin, azizlar!
Maroqli hordiq tilayman!

@Muhabbat_Masofasida |
2024/04/28 01:31:48
Back to Top
HTML Embed Code: