Telegram Web Link
#MuhammadYusufIzdoshlari

"OLIB KET BOLAM...😔"

Dilimda qolmasin, tinglagin so'zim,
Bir bora baxtingni ko'rsa bas ko'zim.
Sendan o'tinaman va iltimosim,
Qariyalar uyidan olib ket, bolam...

Tushungin meni ham, sensizlik og'ir,
Menga o'xshaganlar mehrga zordir!
Balki shu kunlar ham boshimda bordir,
Qariyalar uyidan olib ket, bolam...

Sarob bo'lmoqdami orzu umidlar,
Mayli bu kunlar ham bir kuni o'tar.
Onang yo'llaringda, intizor kutar,
Qariyalar uyidan olib ket, bolam...

Men ham ko'rsam deyman, bolam baxtingni,
Buzsangda sen menga bergan ahdingni.
Yig'ladim bugun men qumsab taftingni,
Qariyalar uyidan olib ket, bolam...

Bilmadim, bu yog'i qancha yashayman,
Sog'inch azobida bag'rim tirnayman.
Go'yo bu dunyoda yolg'iz o'xshayman,
Qariyalar uyidan olib ket, bolam...


Sardor Yoʼldosh sheʼri

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
"OʻZI KATTALARNING MAOSHI QANCHA?"

Markazda uyi bor birov nomida,
Shohona dasturxon nahor, shomida,
Taniqli hofizlar har ayyomida,
Oʻzi kattalarning maoshi qancha?

Talaba oʻgʻlining tagida tulpor,
Qizi ne xohlasa, xamisha bisyor,
Ukasi firmachi, qayin tadbirkor.
Oʻzi kattalarning maoshi qancha?

Soliqdan qarzi yoʻq, gazdan qarzi yoʻq,
Elektr, ichimlik suvdan arzi yoʻq,
Kaftining qadogʻi, tovon darzi yoʻq,
Oʻzi kattalarning maoshi qancha?

Bohavo joylarda oʻtar xar taʼtil,
Yoʻqlovga qoʻchqorlar qilinar qatl,
Bilishni istadim rostdan, bexazil,
Oʻzi kattalarning maoshi qancha?

Juftining boʻynida, barmogʻida zar,
Arzon matolarga tashlamas nazar,
Hoji nomin olgan volida, padar,
Oʻzi kattalarning maoshi qancha?

Toʻy qilar oʻntalab xoʻkiz, qoʻy soʻyib,
Kazolar keladi kaftga "kal" qoʻyib.
Xalq ketar hayratda osh, mayga toʻyib,
Oʻzi kattalarning maoshi qancha?

Xalq xali koʻrmadi qamalganini,
Poyabzal, libosin yamalganini,
Aqli bor anglaydi ashʼor manini,
Oʻzi kattalarning maoshi qancha?


Nomaʼlum 🤷🏽‍♂
🎙 Janob Hech Kim - Mahzunlik...

Xayrulla Hamidov sheʼri
Ilgari Mushukning bolasini bu ...? soʻz bilan atashgan hozir esa bu soʻzni deyarli kam ishlatamiz!

U soʻz qaysi?
Anonymous Quiz
39%
"Pishak"
15%
Mushukcha
37%
Xumpar
9%
Qulun
Prizident saylovi bo’larkanmi?
Hali 3,5 yil bor ediku...
Kimni saylasam ekan a?

O’zi nomzodlar kimlar edi...🤔))
"Faol" saylovchilar fikri...
#MuhammadYusufIzdoshlari

BAYRAM QILAYMI?

Oʻzbekka "basmach" deb atalmish tamgʻa-
Bosilgan kunlarni bayram qilaymi?
YO oʻzbek, quturgach "moʻylovli ogʻa"-
Osilgan kunlarni bayram qilaymi?

"Yot unsur" atalish bahonasida,
"Oʻtkan kunlar" chiqsa koshonasidan,
Toʻpponcha tiralib peshonasidan-
Otilgan kunlarni bayram qilaymi?

Gʻanim jon olay deb chiqqanda "ov"ga,
Zumda taslim boʻlib arzimas gʻovga.
"Millat oydinlari"n choʻchqafeʼl yovga-
Sotilgan kunlarni bayram qilaymi?

Bormidi bizdanda xoli xarobi,
Buzilgan masjidi xamda mehrobi.
Urush chogʻ muttasil qaygʻu sharobi-
Totilgan kunlarni bayram qilaymi?

Navbatda turgancha bir boʻlak nonga,
Non deb rahna solib goxida jonga,
Qoʻldan tirsakkacha yuvilmas qonga-
Botilgan kunlarni bayram qilaymi?

Zavjalar-bevayu, sagʻir-zurriyod,
Tobut quchib soldi volidalar dod.
Avaxtada chorak asrdan ziyod-
Yotilgan kunlarni bayram qilaymi?

Magadanga surgun boʻlgan bexuquq-
Bobolar goʻyo der ayt boʻlmay duduq:
Ellik darajadan oshganda sovuq-
Qotilgan kunlarni bayram qilaymi?

Bir paytlar deyishsa tizzalaring buk,
Temuriy vorisda qilt etmasdi tuk.
Yetmish toʻrt yil xalqim yelkasiga yuk-
Ortilagan kunlarni bayram qilaymi?

Toki qulaguncha u vahshiy tuzum,
Oʻz bogʻimda pishgan olmayu uzum.
Yot dasturxonlarga toʻxtamay bir zum,
Tortilgan kunlarni bayram qilaymi?


https://www.tg-me.com/Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi/2398

Abdurahmon Meshayan sheʼri
***

Yozyovonda yoz yomon
Qizdirarmish oftoblar.
Yozda qanday saqlar jon
Yozyovonlik mohtoblar?..

Qadimda-ku iziga
Zorlar boʻlib koʻchalar,
Maftun edi oʻziga
Bu yuzi oykulchalar.

Xayollari tom osha,
Oʻzlari chiqmay qoʻrgʻondan.
Bulutlarni tamosha
Qilishardi ayvondan...

Yozyovonda yoz yomon
Qizdirarmish oftoblar.
Yozda qanday saqlar jon
Yozyovonlik mohtoblar.

Qadimda-ku quyoshga
Qalqon edi chachvonlar.
Oʻsmalar oʻpgan qoshga
Armon endi chachvonlar.

Oqimga ters oqishdi,
Oʻrnak oldi gʻoʻr ishdin:
Paranjini yoqishdi,
Oʻzlaridan koʻrishsin!...

❗️ Mohtob - Nurli, nur sochuvchi oy yoki oydinda tug‘ilgan qiz.

❗️Chachvon - Paranji ostidan yuzga tutiladigan toʻr parda maʼnosini anglatadi.

Muhammad Yusuf Sheʼri📚

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
* * *

Kuzda ketgan turna qaytgandek bahor,
Bir kun huzuringga qaytishlarim bor,
Uzrimni o‘zingga aytishlarim bor,
Ey, mening yuragim yo‘qlagan diyor!..

Qaytarman, ammo qay ahvolda bilmam,
Balki, unda meni bukkan bo‘lar g‘am.
Balki, qaytmoq nasib etmas menga ham,
Cho‘lponi yodidan chiqmagan diyor.

Garchi bo‘lmasam ham yoningda yo‘ldosh,
Dardingga dildoshman, joningga jondosh,
Hattoki, qalandar Mashrabi talosh,
Boburi bag‘riga sig‘magan diyor.

Olloh-ku Anjonda qormish loyini,
Nodirang na qilsin xon saroyini?..
Qo‘qonga uzatib Mohlaroyini,
Bog‘ishamol bo‘lib yig‘lagan diyor.

Jannatlardan go‘zal, ko‘hligim mening,
Bag‘ring qon qildimi sho‘xligim mening,
Balki, bilinmas ham yo‘qligim mening,
Balki, meni ham goh yo‘qlagan diyor...

Kuzda ketgan turna qaytgandek bahor,
Bir kun huzuringga qaytmoqlarim bor,
Uzrimni o‘zingga aytmoqlarim bor,
Ey, yomon ko‘zlardan asragan diyor.

Muhammad Yusuf Sheʼri📚

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

🎙 Nuriddin Haydarov - Yur Muhabbat (original minus)

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Sheʼriyatga "Oshno" qalblar asosan kuz faslini yoqtiradi! Shaxsan menga ham kuz yoqadi kuzning mayin shamoli uchun yil boʻyi kutaman...😁
Sizga qaysi fasl yoqadi? 🤓
Anonymous Poll
42%
Bahor🥀
19%
Yoz🌅
25%
Kuz🌧️
14%
Qish❄️
MEN OʻZ BILGANIMDAN QOLMADIM

Qahrim qattiq bo’ldi,
Mehrim qattiq bo’ldi.
Nasihatni esa olmadim.
Harifim suyundi,
Do’stim kuyundi…
Men o’z bilganimdan qolmadim.

Osoyish botmadi biror bir kunim,
Talashib-tortishib tolmadim.
“Og’irroq bo’l, inim,
Siporoq bo’l, inim …”
Men o’z bilganimdan qolmadim.

Tengimni bilmasdan bir qizni suydim,
Suydim sira kulmay omadim.
“Shohona yasharmiz so’zimga kirsang…”
Men o’z bilganimdan qolmadim.

Quvnoq bo’l, deyishdi. Yolg’on ham kerak,
Jindak xushomad ham, quloq solmadim.
Oqni oppoq ko’rdim, qorani qora –
Men o’z bilganimdan qolmadim.

Ko’nglim sezar endi buyog’i ayon,
Do’stlarim, do’stlarim, baxtli bolaman!
Yo Toshkentda eng zo’r shoir bo’laman,
Yo qishloqqa qaytib ariq bo’yida,
Yalpizga suyanib, o’lib qolaman.

❗️Harif - Oʻrtoq, ulfat, sherik, joʻra

Muhammad Yusuf Sheʼri📚

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
***

Otdim vaqt yukini yelkadan osha,
Yoʻldan surdim temir panjarasini,
Koʻzimga yosh olib qildim tomosha,
Hazrat Bahouddin maqbarasini.

Buxoroi sharif, muqaddas beshik,
Ne-ne allomalar dunyoga kelgan.
Bunga shohlar kirgan kavushin yechib,
Bu joyga amirlar piyoda kelgan.

Men bir gʻarib shoir, men shoh emasman,
Aybim ham emasdir boʻlolmaganim.
Faqir boʻlib ham begunoh emasman,
Gunohim - oʻttiz yil kelolmaganim!..

Muhammad Yusuf Sheʼri📚

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф
Voice message
USMON NOSIRGA

Ona, men qaytaman, xavotir olma,
Ozroq savol-javob qilishar ekan.
Kerakmas, xaltamga yegulik solma,
Tekshirib qolishsa kulishar ekan.

Ona, men qaytaman, xavotir olma,
Ozgina o‘tirsam javob berarkan.
Siqilma, bu yerning azobi holva,
Faqat sog‘inch yomon azob berarkan.

Ona, men qaytaman, xavotir olma,
Kim ham yov bo‘ladi menday kibrga.
Ammo ko‘rib kelay endi bir yo‘la,
Yo‘llanma berishdi bugun Sibirga.

Ona, men qaytaman, xavotir olma,
Yig‘lama, yuragim to‘xtab qoladi.
Azroil ololmay yongan jonimni
Sening ko‘zlaringning yoshi oladi.


Ona, men qaytaman, xavotir olma,
Axir taqdir shuni yuzlagan ekan.
Ajab to‘rtta fasli muz bu o‘lkada
Insonlar qalbi ham muzlagan ekan.

Ona, men qaytaman, xavotir olma,
Sog‘indim yuragi otash elimni.
Ularga o‘qib ber muzlar bag‘rida
Otash qalbim bilan yozgan she'rimni.

Ona, men qaytaman, xavotir olma,
Bevafo itlarning hurmog‘i uchun.
Roziydim ming bora jonim berishga
Yurtimning bir siqim tuprog‘i uchun.

Ona, men qaytaman, xavotir olma,
Ajal so‘nggi yo‘lga jonni hozirlar.
Ammo sen yig‘lama, Onajon hali,
Tug‘iladi qancha Usmon Nosirlar.

Nomaʼlum
2024/06/01 01:15:08
Back to Top
HTML Embed Code: